Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 7-sinf Adabiyot » 7-sinf Adabiyot 15-mavzu 7-sinf Adabiyot 7-sinf Adabiyot 15-mavzu InfoMaster Mart 19, 2022 126 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Adabiyot 15-mavzu yuzasida testlar 15-MAVZU: CHO’LPON 1 / 34 Qaysi javobdagi ma’lumot Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida? A) U yangi usulda ta’lim berishga ixtisoslashgan jadid maktablari ochgan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun «Yengil adabiyot», «Qiroat kitobi» singari darslik va majmualar yaratgan. B) U jamiyat a’zolarini ma’rifatli, o‘qimishli va ilg‘or fikrli qilishga qaratilgan «Millatimga», «Ahvolimiz» she’rlari va «Juvonboz» hikoyasi muallifidir. C) U Shahrisabz va Karkida yangi usulda ta’lim berishga ixtisoslashgan jadid maktablari ochadi. Yangi maktablar uchun «Muxtasar islom tarixi», «0‘qu» singari darsliklarni yaratadi. D) U insonlarning kelajagi uchun tarbiya muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidlab, shunday deydi: «.. .tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidur» 2 / 34 «Xalqimizning Saidaga qilgan yaxshi niyati bekor ketmadi. U xotin-qizlarga xos nazokat, iforli, tatimli lirikasi bilan dillarimizni erkalab, hordiqlarimizni yozib, mehnatga rag’batlarimizni toblantiradigan, idrokimizni go'zalliklar tomon yetaklaydigan fahmli shoiramiz bo'lib yetishdi». Saida Zunnunova haqidagi ushbu fikrlar muallifi kim? A) Said Ahmad B) Odil Yoqubov C) G'afur G'ulom D) Abdulla Qahhor 3 / 34 Shuhrat qalamiga mansub ilk roman ? A) „ Shinelli yillar " romani B) „ Oltin zanglamas " romani C) „ Mashrab " romani D) „ Jannat qidirganlar " romani 4 / 34 R Hamzatovning deyarli barcha asarlari yozilishi bilan qaysi tilga o’girilar edi ? A) rus B) ingliz C) fransuz D) o’zbek 5 / 34 Asqad Muxtor «Yulduzim» she'rida mo'jizaga yo'yilgan yulduz parchasini qanday ta'riflagan? A) «yoniq yulduzim» B) «hayotdagi orzularim» C) «bola baxtim» D) «hayotim mazmuni» 6 / 34 «Ме'mог» romanida Najmiddin Buxoriy va uning hamrohlari «do'zax» deb atalmish qaysi cho'lni bosib o'tadilar? A) Zarafshonni B) Qoraqumni C) Qizilqumni D) Mirzacho'lni 7 / 34 O'lmas Umarbekovning qaysi asarida yoshgina go'zal ayolning sirli o'limi sabablarini ochish, fojia manbalarini o'rganish, qotillarni aniqlash barobarida asar qahramonlarining ma'naviy qiyofalari oydinlasha boradi? A) «Sevgim, sevgilim» B) «Odam bo'lish qiyin» C) «Yoz yomg'iri» D) «Kimning tashvishi yo'q» 8 / 34 Shohdor Ona Bug’u omon qolgan ikki bolani qayerga olib ketadi? A) Jilisoyga B) Enasoy daryosiga C) Issiqko’lga D) Sibirga 9 / 34 "Ravshan" dostonida Hasanxon shirvon eliga kimni podsho qilib qaytadi? A) Ravshan B) Jaynoq C) Ersak D) Aynoq 10 / 34 "Saba’i sayyor" dostonida "Mehr va Suhayl" hikoyatini nechanchi iqlimdan kelgan musofir so’zlagan ? A) oltinchi B) to’rtinchi C) beshinchi D) uchinchi 11 / 34 . Uvaysiyning qaysi g'azalida oshiq zohid bilan bahsga kirishadi? A) «Sog'indim» B) «Uvaysiyman» C) «Anor» D) «Dog' o'ldi, dog' o'ldi» 12 / 34 . «Hajvi ahi rasta» hajviyasidan olingan quyidagi parchada nuqtalar o'rniga mos javobni qo'ying. «Silaft oriqqina ... Ahvoli ayon bo'lur кuzакка». A) Qosimjon B) Nazirbek C) Muhiddin D) Oxunjon 13 / 34 Quyidagi misralar Maxtumqulining qaysi she’ridan olingan ? G’ariblik bir darddir –odam o’ldirmas , O’ldirmas ,hayotda lekin kuldirmas “ A) “Adolat yaxshi “ B) “Bechoraman ” C) “Namasan “ D) “Turkman binosi “ 14 / 34 Anvarning og'asi Qo'qonga kimlar bilan kelgandi? A) Sharif va Rahim B) Shokir va Rahim C) Shukur va Rahim D) Shuhrat va Rahim 15 / 34 «Butun kuchni xalq ichidan olaylik, Quchoq ochib xalq ichiga boraylik» misralari Cho'lponning qaysi she'ridan olingan? A) «Xalq» she'ridan B) «Yong'in» she’ridan C) «Buzilgan o'lkaga» she’ridan D) «Binafsha» she’ridan 16 / 34 Cho'lponning «Go'zal» she'rida shoir nimalardan go'zalning qayerdaligini so'raydi? A) yulduz, oy, tong shamoli, tog', quyoshdan B) yulduz, oy, tong shamoli, quyoshdan C) yulduz, oy, tong shamoli, quyosh, bulutdan D) to'g'ri javob ko'rsatilmagan 17 / 34 Cho'lpon qanday yurtni buzilgan o'lka deb ataydi? A) Amaldorlari manfaatparast bo'lgan mamlakatni B) Fuqarosi halol va haromni ajiratmaydigan jamiyatni C) Mustamlaka asoratiga tushib qolgan va shunga ko'nikkan o'lkani D) Odamlari o'z o'tmishi va tilini yo'qotgan yurtni 18 / 34 Cho'lponning «Go'zal» she’rida qaysi personaj go'zalni bir ko'rib yo'lidan ozadi? A) oy B) quyosh C) yulduz D) shamol 19 / 34 Cho'lponning «Go'zal» she'rida go'zalni nimalar tushida ko'radi? A) yulduz va tong shamoli B) yulduz va oy C) yulduz va bulut D) yulduz va quyosh 20 / 34 Go'zal"sheridagi lirik takror qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan? A) "Mendan-da go'zaldir kundan-da go'zal" B) "Bir ko'rdim men uni shunchalar go'zal" C) "Tushimda ko'raman shunchalar go'zal" D) "Oydan-da go'zaldir, kundanda go'zal” 21 / 34 Cho'lponning qaysi she’ri savol bilan tugaydi? A) «Yong'in» she’ri B) «Binafsha» she’ri C) «Xalq» she'ri D) «Buzilgan o'lkaga» she’ri 22 / 34 "Go'zal" she'rida lirik qahramon nima uchun o'zini "Yoqsul" deb ataydi? A) Kambag'alligi uchun B) Yorning vasliga yetolmaganidan C) Go'zalning husni va fazilatlari oldida o'zini qusurli bilganidan D) U istagan go'zalning bu dunyoda yo'qligini bilgandan so'ng 23 / 34 Cho'lponning «Go'zal» she’ri qanday bandli she’r? A) muxammas – beshlik B) musaddas – oltilik C) murabba - to'rtlik D) musamman - sakkizlik 24 / 34 Cho'lpon «Buzilgan o'lkaga» she’rida nima uchun: «Кеl, men senga qisqaglna doston o'qiy, Qulog'ingga o'tganlardan ertak to'qiy», - deydi? A) o'tgan ajdodlar qahramonliklarini yodga solish uchun B) to'g'ri javob ko'rsatilmagan C) bitib qolgan quloqlarni ochish uchun D) A va В 25 / 34 «Tabiatning o'tini yo'q o'tida, Sharaq-sharaq qaynab chiqqan buloqlar» misralari Cho'lponning qaysi she'ridan olingan? A) «Yong'in» she’ridan B) «Binafsha» she’ridan C) «Buzilgan o'lkaga» she’ridan D) «Xalq» she’ridan 26 / 34 Cholponning 1921-yili yaratilgan asarini toping. A) «Go'zal» she’ri B) «Yorqinoy» dramasi C) «Ko‘ngil» she’ri D) «Kecha va kunduz» romani 27 / 34 Cholponning «Go‘zal» she’ri necha band va necha satrdan iborat ? A) 5 band, 24 misra B) 5 band, 25 misra C) 5 band, 30 misra D) 5 band, 50 misra 28 / 34 Cho'lponning "Binafsha"she'rida qanday g'oya ifodalangan? A) Binafshaning go'zalligi ta'rifi B) Erta ochilgan bahor chechagida madhiya C) She'riy majoziy manoga ega xo'rlangan el-yurt qayg'usi ifodalanadi D) Sevgan qizga dil izhori 29 / 34 Cho'lponning «Xalq» she’rida xalq nimaga qiyoslanadi? A) kuch, isyon B) olov, o'ch C) dengiz, to'lqin D) hammasiga 30 / 34 Cho'lponning "Ko'ngil'sheridagi yetakchi g'oyaviy motiv? A) Shaxs erki B) Ishq-muhabbat C) Do'stlik D) Sadoqat 31 / 34 Cho'lponning «Go'zal» she'rida «Oydanda go'zal dir, kundanda go'zal» misrasi necha marta takrorlanadi? A) 5 marta B) 8 marta C) 3 marta D) 2 marta 32 / 34 .«Go'zal» she'rida go'zalni o'ngida ko'rgan obraz qaysi? A) kun B) yulduz C) oy D) tun 33 / 34 Bir qo'zg'alur bir ko'pirar bir qaynar,Bir intulur, bir xovliqar bir o'ynar.. Mazkur misralar Cho'lponning qaysi she'ridan olingan? A) "Ko'ngil" B) "Qalandar ishqi” C) "Yong'in" D) "Xalq" 34 / 34 "Binafsha" she'rida qaday ruhiy holat ifodasi bo'rtib turadi? A) Nafrat B) Tanbeh berish C) Isyon D) Dardkashlik 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz