Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 7-sinf Adabiyot » 7-sinf Adabiyot 12-mavzu 7-sinf Adabiyot 7-sinf Adabiyot 12-mavzu InfoMaster Mart 19, 2022 69 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Adabiyot 12-mavzu yuzasida testlar 12-MAVZU : ZAVQIY 1 / 31 .Hamzaning "Dardiga darmon istamas" she'rida qanday dard haqida so'z yuritilmoqda? A) O'sha kezlarda yurtda keng tarqalgan yuqumli kasallik B) lchkilikbozlik va qimor C) Poraxo'rlik, sudxo'rlik D) Ma'rifatsizlik, jaholat 2 / 31 Saida Zunnunovaning «Buvilar duoga qo'llarin ochib» she’rida «Boshi toshdan bo‘lsin jigarlaringizning, Ammo tosh bo’lmasin ko‘ksida yurak» satrlaridan kelib chiqadigan ma’noni ayting. A) Boshi toshdan bo‘lgan odam gapga tushunmaydi. B) Yurakdagi tosh kasallik keltiradi. C) Boshi toshday qattiq bo’lsin-u, ammo yuragi toshday bo’lmasin. odamlarni tushunadigan, ularni ayaydigan bo‘lsin. D) Bunday odamga gap ta’sir qilmaydi. 3 / 31 Shuhrat kimning ta’sirida adabiyotga mehr qo'ydi? A) yozuvchi Asqad Muxtorning ta’sirida B) shoir Tursunboy Adashboyevning ta’sirida C) adabiyot o'qituvchisi Yunus La- tifning ta'sirida D) yozuvchi Abdulla Qahhorning ta’sirida 4 / 31 Rasul Hamzatovning qaysi she’rida hayotning ayovsiz sinovlari ,g’araz, yomonlik ,xiyonat ,aldovlarni ko’raverib bezor bo’lgan boboning tashvishsiz nevara yig’isidan yozg’irishi o’z aksini topgan ? A) “Kenja nevaram Shahrizodaga” B) “Urush suvrati | C) “Nevaram” D) “O’g’lim ,sira bo’lmaydi urush” 5 / 31 Asqad Muxtor qaysi she’rida bolaligida kechqurun Somon yolidan yulduz uchganini, uni uzoq izlab, tikanlarni bosib, so'qmoqlarda tentirab topa olmagani haqida afsuslanib yozadi? A) «Soya» she’rida B) «Yo‘l» she’rida C) «Tug'ilish» she'rida D) «Yulduzim» she'rida 6 / 31 «Ме'mог» romanida saltanatga yov bo'lgan guruhlarga qo'shilib, Shohruxga suiqasd qilganlardan biri sifatida qo'lga olinib, qatl etilgan obrazni toping. A) Nizomiddin B) Najmiddin Buxoriy C) Shohruh D) G'avvos Muhammad 7 / 31 Siyosiy vaziyat qanday bo'lsa-da, odam insonlarga bo'lgan ishonchini yo'qotmasligi lozimligi, olomonning qutqusiga uchgan, odamga emas, to'daga xos tarzda o'ylay boshlagan kishi o'ziga ham, o'zgalarga ham falokatlar yog'dirishi O'lmas Umarbekovning qaysi qissasida ta'sirchan aks ettirilgan? A) «Kimning tashvishi yo'q» B) «Yoz yomg'iri» C) «Cho'li iroq» D) «Sevgim, sevgilim» 8 / 31 Shohdor Ona Bug’u omon qolgan ikki bolani qayerga olib ketadi? A) Sibirga B) Jilisoyga C) Enasoy daryosiga D) Issiqko’lga 9 / 31 "Ravshan" dostonidagi Go'ro'g'libek Yunus va Misqol parilarni qayerdan olib kelgan? A) Boysundan B) Qo'ng'irotdan C) Chambildan D) Ko'hi qof, bog'i Eramdan 10 / 31 «Mehr va Suhayl» hikoyatida Suhaylning otasi ismi... A) Navdar B) Nu'mon C) Nohid D) Nodir 11 / 31 «Anor» chistonida tashqi shakliy ko'rinish qaysi? A) gumbazsimon saroy B) sindirish kerakligi C) gulgunpo'sh qizlar hamda parda borligi D) gumbazsimon, tuynugi yo‘q 12 / 31 . «Hajvi ahli rasta» hajviyasida So'fining balosi deya ta’riflangan kim? A) Ortuqbachcha B) Abdulla C) Hojibachcha D) Abdulqodir 13 / 31 Zavqiyning asl ismi... A) Muhammad Siddiq B) Ibrohim C) Ubaydulloh D) Abdulloh 14 / 31 «Hajvi ahi rasta» hajviyasida Zavqiy kimni qora eshakka o'xshatadi? A) Shokirni B) Nazirbekni C) Ahmadjonni D) Solihni 15 / 31 «Hajvi ahi rasta» hajviyasidan olingan quyidagi parchada nuqtalar o'rnga mos javobni qo'ying. «So z ta 'siri ketmasin, ... Osh yesa og'iz artmasun fatakka». A) Shokir B) Mo'minshoh C) Siddiq D) Sodiq 16 / 31 . «Hajvi ahi rasta» hajviyasidan olingan quyidagi parchada nuqtalar o'rniga mos javobni qo'ying. «Silaft oriqqina ... Ahvoli ayon bo'lur кuzакка». A) Oxunjon B) Qosimjon C) Nazirbek D) Muhiddin 17 / 31 . «Hajvi ahi rasta» hajviyasidan olingan parchada nuqtalar o'rniga mos javobni qo'ying. «Pul kelmasa, ... Karnay chaladur bo'lar-bо'mакка». A) Oxunjon B) Siddiq C) Muhiddin D) Bonkaboyvachcha 18 / 31 Zavqiyning qaysi she'rida yurt kelajagi borasidagi shoirning armon, orzu va istaklari aks etgan? A) «Tanobchilar» B) «Ajab ermas» C) «Muncha ко'р» D) «Hajvi ahli rasta» 19 / 31 . «Hajvi ahi rasta» hajviyasida shoir kimni «bodfarakka» (varrak) o'xshatadi? A) Abdulqodirni B) Hojibachchani C) Qosimni D) Sobirni 20 / 31 . «Hajvi ahi rasta» hajviyasidan olingan quyidagi parchada nuqtalar o'rniga mos javobni qo'ying. « ... chorbozor qatnar, Chit moshinasin sotur elakka». A) Hojibachcha B) Dovudxo'ja C) Nosir D) Nazirbek 21 / 31 Barcha ma’rifatchilik adiblari singari Zavqiy ham hajviyotchilik bilan shug’ullangan .Zavqiyning hajviyalari ko’proq qaysi she’riy shaklda yaratilgan ? A) muxammas B) masnaviy C) ) murabba’ D) musallas 22 / 31 . «Hajvi ahli rasta» hajviyasida shoir kimni «qattig’ligi o'xsham'ish danakkа» deydi ? A) Nazirbekni B) Umarjonni C) Dovudxo'jani D) Abdulqodirni 23 / 31 Yurtimizda Zavqiyning saqlanib qolgan she'rlari jamlanib, qaysi yillarda nashr qilingan? A) 1955- va 1958-yillarda B) 1958- va 1960-yillarda C) 1956- va 1958-yillarda D) 1955- va 1956-yillarda 24 / 31 . «Hajvi ahi rasta» hajviyasida shoir kimni «kofircha» deydi? A) Ahmadjonni B) Nazirbekni C) Shokirni D) Muhiddinni 25 / 31 Zavqiyning qo’qonlik boylarni hajv qilib yozgan she’rini toping A) “ Saylov “ B) ” Ahli rasta hajvi “ C) “Boylar “ D) ”Bo’lgan ekan “ 26 / 31 Zavqiy qayerda tahsil oldi ? A) Qo’qondagi Madrasai Oliy B) Qo’qondagi Madrasai Chalpak C) A,B D) Qo’qondagi Madrasai Mir 27 / 31 . «Hajvi ahi rasta» hajviyasida Zavqiy kimni «oshqaboq xamak»ka o'xshatadi? A) Ahmadjonni B) Nazirbekni C) Shokirni D) Solihni 28 / 31 Kim va qachon Zavqiyning asli yetti banddan iborat bo'lsa-da, sho'rolar davrida mustabid tuzum mafkurasiga moslab, to'rt banddan iborat she'r tarzida taqdim etilgan asarini to'la matnini tiklab, matbuotda e'lon qilgan? A) Rustamjon Tojiboyev 1997-yili B) Boqijon To'xliyev 1998-yili C) Jamila Nagiyeva 2000-yili D) G'ulom Karimov 1999-yili 29 / 31 Zavqiyning 150 yillik yubileyi yurtimizda qachon nishonlandi ? A) 2003 B) 1991 C) 1997 D) 1993 30 / 31 Zavqiyning mashhur 46 boy haqidagi “Xajv ahli rasta” she’ri qayerga osilib qo’yilgandi ? A) Chorsu maydoniga B) Saroy oldiga C) Mo’ymanak ataluvchi saylgohga D) Gandimyon bog’iga 31 / 31 Shoirning o'z qo'li bilan tuzgan devoni hozir qayerda saqlanmoqda? A) Zavqiyning Qo'qonda yashayotgan avlodlari qo'lida B) Sharqshunoslik instituting qo'lyozmalar fondida C) Zavqiyning Hindistonda yashayotgan avlodlari qo'lida D) Zavqiyning Xitoy Xalq Respublikasida yashayotgan avlodlari qo'lida 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz