Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 6-sinf Biologiya » 6-sinf Biologiya 16-18-mavzular 6-sinf Biologiya 6-sinf Biologiya 16-18-mavzular InfoMaster Aprel 11, 2022 691 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Biologiya 16-17-18-mavzular yuzasida testlar 1 / 50 O‘simliklar embriologiyasi bo’limi nimani o’rganadi? A) A va C. B) o‘simliklarning ko‘payish a’zolarining tuzilishini; C) ko‘payish bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganadi; D) o‘simliklardagi hayotiy jarayonlarni; 2 / 50 Jazirama issiqqa bardosh berib, qum uyumlarida o’sadigan, barglari arang ko’rinadigan o’simliklarni belgilang. A) saksovul, qandim B) qizilcha, saksovul va qandim C) archa, saksovul D) archa, qizilcha 3 / 50 Raffleziyaga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang. 1) Sumatra orolida o’sadi 2)Kanar orolida o’sadi 3)Meksikada o’sadi 4)diametri 1 m gacha yetadi 5)ulkan gul A) 1,4,5 B) 3,4,5 C) 2,4,5 D) 1.4 4 / 50 Ikkilamchi qoplovchi to’qima va ularga xos belgilar keltirilgan javobni belgilang. 1-po’kakdan tarkib topgan 2-po’stloq deb nomlanadi 3-periderma deyiladi 4-barg va ildizlarda bo’ladi 5-epiderma bilan almashadi 6-shaffof hujayralardan iborat. A) 4/2/2006 B) 2/1/2005 C) 3/1/2005 D) 5/3/2006 5 / 50 Hosil qiluvchi to`qima hujayralariga xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang? 1)o‘lik, qalin qobiqli hujayralar; 2)tirik, cho‘ziq, qalin qobiqli, xloroplastga ega hujayralar; 3)o‘lik hujayralar; 4) tez-tez bo’linish xususiyatiga ega hujayralar 5)bir qavat zich joylashgan shaffof hujayralar; 6)suv to‘plovchi parenxima hujayralar;7)yirik yadroli, yupqa nozik po‘stli, ichi quyuq sitoplazma bilan to’lgan, tirik hujayralar 8) tirik hujayralar; A) 2,3,6,7 B) 4.7 C) 2,3,5,6,7 D) 1,2,3,6,8 6 / 50 Daraxtlarning tanasi, ildizpoya, ildizmeva, tugunaklar, piyozbosh, mevalar va urug‘larda yaxshi rivojlangan to’qima hujayralarini aniqlang. A) jamg’aruvchi parenxima B) suv to‘plovchi parenxima C) xlorofilli parenxima D) periderma 7 / 50 Begoniyaning iuldizi turi qanday? A) yon ildiz B) o’q ildiz C) asosiy ildiz D) qo’shimcha ildiz 8 / 50 Popuk ildiz tizimi hosil bo’lishi uchun o’simlikning qaysi organidan qo’shimcha ildizlar o’sib chiqishi zarur? A) murtakdagi yon ildiz B) boshlang’ich poya C) boshlang’ich ildiz D) asosiy ildiz 9 / 50 Ildiz tizimining …….. va ….. o’simliklar turiga ildizning shoxlanishiga,qo’shimcha ildizlarga va tuproq unumdorligiga bog’liq. A) o’lchami,ko’payishi B) tuzilishi va o’lchami C) shoxlanishi,tuzilishi D) bo’yi va eni 10 / 50 Ildiz turlarini tanglang. 1-popuk ildiz 2-yon ildiz 3-o’q ildiz 4-asosiy ildiz 5-qo’shimcha ildiz A) 1.4 B) 3/2/2005 C) 3/1/2004 D) 5/2/2004 11 / 50 Ildizning markaziy silindr qismiga nimalar kiradi? A) ildizda bunday qism yo’q B) ildiz qinchasi C) ildiz zonalar D) ksilema,floema 12 / 50 O'simliklarda ildiz qanday vazifa(lar)ni bajaradi? 1)vegetativ ko'payishda ishtirok etadi 2)suv va unda erigan mineral tuzlarni shimadi 3)oziq moddalar to'playdi 4) o‘simlikni tuproqqa biriktiradi A) 1,2,3 B) 2.3 C) 1,2,3,4 D) 2.4 13 / 50 Bo‘yi 1 m dan ham oshadigan bir yillik tayanch ildizli o’simlikni aniqlang. A) kanakunjut B) oqjo‘xori C) makkajo‘xori D) kanop 14 / 50 Metamorfozlashgan ildizlarga mos keluvchi tog`ri javoblar berilgan qatorni aniqlang? 1.saksovul 2.sabzi 3.makkajo`xori 4.ajriq 5.qizil lavlagi 6.sholg`om 7.yantoq 8.kartoshka 9.rediska A) 2,3,4,5,6,8,9 B) 1,3,4,5,6,9 C) 2,5,6,9 D) 2,4,6,8 15 / 50 O’q ildiz tizimi qaysi ildiz turlariga ega. A) yon B) asosiy C) o'q 16 / 50 Kurtaklari yirik, bir nechta yog‘ochlashgan poya tanaga ega ko‘p yillik o‘simlikni belgilang? A) nastarin B) terak C) tut D) na’matak 17 / 50 Bironta tayanchga o’ralmasa tik tura olmaydigan poya turini belgilang. A) yoyilib o’suvchi B) o’rmalovchi C) ilashuvchi D) o’raluvchi 18 / 50 Chirmashuvchi poyali o’simlikni belgilang. A) qulupnay, g’ozpanja B) rotang palma C) qo’ypechak, karnaygul D) tok 19 / 50 Qaysi turdagi poya yer yuziga qo’shimcha ildizlar chiqarib o’sadi? A) o’raluvchi B) o’rmalovchi C) ilashuvchi D) yoyilib o’suvchi 20 / 50 ... ... ma`lum bir maydonda ko`p sondagi o`simlik turlariga o`sish imkonini beradi A) poyalarning xilma-xil ko`rinishlari B) o’simliklarning o’troq hayot kechirishi C) oziqlanish usulining avtotrof ekanligi D) changlanish jarayonining turli o’simlikda turli vaqtda sodir bo’lishi 21 / 50 Ksilema qaysi to‘qima hujayralaridan tashkil topgan. A) asosiy (parenxima), mexanik (yog’ochlik tolalari) va o‘tkazuvchi (elaksimon naylar) B) o‘tkazuvchi (naylar), mexanik (yog‘ochlik tolalari), asosiy (parenxima) C) o‘tkazuvchi (elaksimon naylar), mexanik (yog‘ochlik tolalari), asosiy (parenxima) D) asosiy (parenxima), mexanik (lub tolalari) va o‘tkazuvchi (elaksimon naylar) 22 / 50 Mebel va uy ro’zg’or buyumlari tayyorlashda qaysi daraxtlardan foydalanilmaydi? A) tol, jiyda, terak B) yulg’un, eman, saksovul, chinor, zarang, yong’oq, qayrag’och C) saksovul, yulg’un, eman, o’rik, zarang, yong’oq, qayrag’och D) tut, tol, jiyda 23 / 50 Yog’ochlikdagi o’tkazuvchi naylarning vazifasini belgilang. A) o'simlikka pishiqligi va egiluvchanlik beradi B) o’simlikning qattiqligini ta’minlaydi C) barglardan boshqa organlarga organik moddalarni tashiydi D) Ildizdan boshqa organlarga suv va unda erigan mineral moddalarni tashiydi 24 / 50 O’sish konusi hujayralariga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang. 1)yupqa qobiqli 2)hujayralari doimo bo’linib turadi 3)bo’linishi natijasida poya bo’yiga o’sadi 4)bo’linish xususiyati cheklangan A) 1,2,3 B) 3.4 C) 2.3 D) 1,3,4 25 / 50 Poyaning ichki qismlarini to’g’ri ketma-ketlikda joylashtiring. 1)o’zak 2)kambiy 3)lub 4)ksilema 5)po’st A) 5,3,2,4,1 B) 1,2,3,4,5 C) 5,3,4,2,1 D) 5,2,3,4,1 26 / 50 Quyidagilardan qaysi bir(lar)ida xlorofill bo’lmaydi? 1) barg og’izcha hujayralarida 2) barg po’st hujayralarida 3) ustunsimon hujayralarda 4) ovalsimon hujayralarda A) 2.4 B) 2.3 C) 1.4 D) 2 27 / 50 Tomirlar barg etining qaysi qismlarigacha kirib boradi? A) ustunsimon hujayralar qavatigacha B) barg etining barcha qismigacha C) yumaloq hujayralar qavatigacha D) ovalsimon hujayralar qavatigacha 28 / 50 Barg og`izcha hujayralari xususiyatlari to’g’ri keltirilgan javobni belgilang 1) loviyasimon shaklda 2) ustunchasimon shaklda 3) ovalsimon shaklda 4)juft hujayralar 5)sitoplazma va yadrodan tashkil topgan 6) sitoplazma, yashil plastida va yadrodan tashkil topgan 7) hujayra qobig’i,sitoplazma, yashil plastida va yadrodan tashkil topgan 8) hujayra qobig’i, vakuol, sitoplazma, yashil plastida va yadrodan tashkil topgan A) 2,4,7 B) 1,4,6 C) 3,4, D) 1,4,8 29 / 50 Loviyasimon(a) va ovalsimon(b) hujayralar bargning qaysi qismlarida bo’ladi? 1)barg po’stida 2)barg tomirlarida 3)barg etida 4)qavat ustunchalar ostida 5)barg tukchasida A) a-2,b-4 B) a-3,b-5 C) a-4,b-1 D) a-1,b-4 30 / 50 Murakkab barglar qanday turlarga bo’linadi ? A) 3; panjasimon, uch bargchali, toq va juft panjasimon B) 3; panjasimon, uch bo’lakli, patsimon C) 4; panjasimon, uch bargchali, toq va juft patsimon, ikki va uch karra patsimon D) 3; panjasimon, uch bargchali, toq va juft patsimon 31 / 50 Barg eti hujayralarining hujayraviy tarkibini belgilang. 1) qobiq 2)sitoplazma 3)yadro 4)xlorofill A) 2,3,4 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,3 32 / 50 Barglarning ichki qismi qaysi to’qimalardan tashkil topgan? 1)asosiy 2)hosil qiluvchi 3)mexanik 4)o’tkazuvchi 5)qoplovchi A) 1,3,4,5 B) 1,2,3,4 C) 2,3,4,5 D) 1,2,4,5 33 / 50 Barglarning ichki tuzilishiga xos bo’lgan jihatlarni belgilang. 1)ustki va ostki po’st (epiderma) 2)barg eti 3)o’tkazuvchi nay tola 4)og’izcha 5)tukcha A) 1,2,3 B) 1,2,3,4,5 C) 1,2,3,4 D) 2,3,4 34 / 50 Qaysi tartibdagi joylashish(lar)da bir bo’g’imdan faqat bitta barg chiqadi? A) halqa hosil qilib B) qarama-qarshi C) navbat bilan D) A va C 35 / 50 Oddiy barglar yaprog’ining tuzilishiga ko’ra qanday bo’ladi? A) yumaloq, panjasimon, tuxumsimon,ovalsimon, yuraksimon,nashtarsimon, qalami, robmsimon, uchburchaksimon B) panjasimon, uch bargchali, patsimon C) o’yilgan, tekis D) panjasimon, uch bo’lakli, patsimon 36 / 50 Barg po’stining tagidagi qavatdagi hujayralarning shakli qanday bo’ladi? A) loviyasimon B) ustunsimon C) ovalsimon D) yumaloq 37 / 50 Barg tomirining nay tolalali boylamlarini nimalar hosil qiladi? 1)tomir 2)naylar 3)elaksimon naychalar 4)tola 5)yog’ochlik tolalari A) 2,3,4 B) 2,3,5 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,3 38 / 50 Barglari novdada halqa hosil qilib joylashgan o’simliklarni belgilang. 1)rayhon 2)g’o’za 3)tok 4)yalpiz 5)qirqbo’g’im 6)pomidor 7)chinnigul 8)olma 9)ligustrum 10)nastarin 11)o’rik 12)dalachoy 13)sambitgul 14)terak 15)kiyiko’t 16)tut 17)mavrak 18)qumrio’t 19)atirgul 20)gazanda 21)oqquray 22)kampirchopon 23)do’lana A) 2,3,6,8,11,14,16,19,21,23 B) t.j.y C) 5,13,18 D) 1,4,7,9,10,12,15,17,20,22 39 / 50 Oddiy bargli o’simliklarni belgilang. 1)olma 2)shirinmiya 3)beda 4)nok 5)o’rik 6)soxta kashtan 7)shaftoli 8)yong’oq 9)tut 10)tok 11)na’matak 12)qulupnay 13)loviya 14)no’xat 15)yeryong’oq 16)g’o’za 17)terak 18)rovoch 19)yantoq A) 1,4,5,7,9,12,16,17,18,19 B) 1,4,5,7,9,10,16,17,18,19 C) 1,4,5,7,9,10,16,17,18 D) 1,4,5,7,9,12,16,17,18 40 / 50 Burchoq o’simligidagi gajak qaysi tuzilmaning o’zgarishidan hosil bo’lgan? A) juft bargchalarning o’rnida B) juft patsimon bargdagi oxirgi barg C) toq bargchalar o’rnida D) novda 41 / 50 Murakkab bargli o’simliklarni bargining xillari bilan juftlab yozing. a)panjasimon b)toq patsimon c)juft patsimon d)uch bargchali 1)yong’oq 2)qulupnay 3)yeryong’oq 4)shoyi akatsiya 5)zarang 6)sebarga 7)no’xat 8)loviya 9)mosh 10)beda 11)soxta kashtan 12)shirinmiya A) a-11; b-1,12; c-3; d-2,6,8,9; B) a-5,11; b-1,12; c-3; d-2,6,8,9; C) a-11; b-1,12; c-3; d-6,8,9; D) a-5,11; b-1,3; c-12; d-6,7,8,9; 42 / 50 Ovalsimon va yumaloq hujayralarning joylashgan o’rnini tog’ri belgilang. A) ustunsimon hujayralarning ostida B) loviyasimon hujayralarning ustida C) ustunsimon hujayralarning ustida D) loviyasimon hujayralarning ostida 43 / 50 Bargning qaysi qismida hujayralar bir-biriga zich yondashgan holatda bo’ladi? A) barg etida B) nay tolali boylamlarda C) barg po’sti D) barg yaprog’ining barcha qismida 44 / 50 Barg po’stida joylashgan hujayralarning bajaradigan vazifalarini belgilang. 1)ichki qatlamlarni shikastlanishdan saqlaydi 2)ichki qatlamlarni qurib qolishdan saqlaydi 3)yorug’likning o’tishini ta’minlaydi 4)suvni bug’latadi A) 1,2,3 B) 1.2 C) 3 D) 1,2,3,4 45 / 50 Rasm asosida barglarning tomirlanishini juftlab ko’rsating? a-patsimon,b-parallel,c-yoysimon d-panjasimon A) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a B) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d C) 1-a, 2-c, 3-a, 4-d D) 1-b, 2-c, 3-d, 4-d 46 / 50 juft patsimon barg tuzilishiga xos bo’lgan xususiyatni belgilang. A) bargchalar soni juft bo’ladi B) bargchalar umumiy barg bandining oxirigacha qarama-qarshi joylashgan bo’ladi C) umumiy barg bandining uchi uchta barg bilan tugaydi D) umumiy barg bandining uchi bitta barg bilan tugaydi 47 / 50 Barglari novdada qarama-qarshi joylashgan butalarni belgilang. 1)rayhon 2)g’o’za 3)tok 4)yalpiz 5)qirqbo’g’im 6)pomidor 7)chinnigul 8)olma 9)ligustrum 10)nastarin 11)o’rik 12)dalachoy 13)sambitgul 14)terak 15)kiyiko’t 16)tut 17)mavrak 18)qumrio’t 19)atirgul 20)gazanda 21)oqquray 22)kampirchopon 23)do’lana A) 1,4,7,9,10,12,15,17,20,22 B) 5,13,18 C) 1 D) 9.1 48 / 50 Murakkab bargli o’simliklarni belgilang. 1)olma 2)shirinmiya 3)beda 4)nok 5)o’rik 6)soxta kashtan 7)shaftoli 8)yong’oq 9)tut 10)tok 11)na’matak 12)qulupnay 13)loviya 14)no’xat 15)yeryong’oq 16)g’o’za 17)terak 18)rovoch 19)yantoq A) 2,3,6,8,11,12,13,14,15 B) 2,3,6,8,10,11,12,13,14,15,18,19 C) 2,3,6,8,11,12,13,14,15,18,19 D) 2,3,6,8,10,11,12,13,14,15 49 / 50 Novdada barglar qanchalik qalin va ko’p joylashgan bo’lsa ularning quyosh nuriga nisbatan ehtiyoji qanday bo’ladi? A) Ustki qismdagi barglari quyosh nuriga to’yinganligi uchun yirik, pastdagilari esa nimjon va nozik bo’ladi B) Pastki qsimdagi barglari yirik, ustki qismdagilari esa mayda bo’ladi C) yorug’lik teng taqsimlanadi natijada yorug’lik tushmaydigan barglar tezda qurib qoladi D) har qaysi bargi quyosh nuri tushib turadigan holatda, quyoshga qarab o’girilib turadi 50 / 50 Barglari novdada navbat bilan joylashgan o’simliklarni belgilang. 1)rayhon 2)g’o’za 3)tok 4)yalpiz 5)qirqbo’g’im 6)pomidor 7)chinnigul 8)olma 9)ligustrum 10)nastarin 11)o’rik 12)dalachoy 13)sambitgul 14)terak 15)kiyiko’t 16)tut 17)mavrak 18)qumrio’t 19)atirgul 20)gazanda 21)oqquray 22)kampirchopon 23)do’lana A) 5,13,18 B) t.j.y C) 1,4,7,9,10,12,15,17,20,22 D) 2,3,6,8,11,14,16,19,21,23 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz