6-sinf Adabiyot 22-mavzu

0

6-sinf Adabiyot 22-mavzu yuzasida testlar

21 – MAVZU: TAKRORLASH

1 / 41

«Shum bola» qissasida Sariboy «innaykeyin» shum bolaning qaysi gapidan keyin hushidan ketadi?

2 / 41

Quyidagi asarlardan qaysi birini Turob To‘la o'zbek tiliga tarjima qilgan?

3 / 41

Xudoyberdi To'xtaboyevning «Qiz bolaga tosh otmang» asari qaysi janrda yozilgan?

4 / 41

Janni Rodarining qaysi asari zamonaviy muammoga dahldorligi bilan ajralib turadi?

5 / 41

Muqimiy ijodini o'rganish borasidagi ishlarning samarasi o'laroq paydo bo'lgan to'plam - "Muqimiy bayozi" kim tomonidan tuzilgan?

6 / 41

A.Qahhor nasrda badiiy tafsil qo’llash mahoratini quyidagi yozuvchilarning qaysi biridan o'rgangan?

7 / 41

Odil Yoqubov qaysi yillarda respublika Yozuvchilar uyushmasini boshqardi?

8 / 41

E. Vohidov “O’zbegim” qasidasida kimni osmon toqiga narvon qo’ygan zot deb ulug'laydi?

9 / 41

.O'tkir Hoshimov qaysi yili O'zbekiston xalq yozuvchisi unvoniga sazovor bo'ldi?

10 / 41

«...Bola va o'smir rtihidagi go'zallikni himoyalashga e’tibor» berib kelayotgan yozuvchi kim?

11 / 41

“Qoplon” hikoyasida Qurbonboy Tillayevning qo‘lida kim bo‘lib ishlardi?

12 / 41

Musa Jalilning “Ishonma” she’rida lirik qahramonni nima olg‘a borishga undaydi?

13 / 41

O'zbek xalq qo'shiqlari ko'proq she'riyatning qaysi vaznida yaratilgan?

14 / 41

Muqimiy "Sayohatnoma"sidan o'rin olgan sayohatlarning yo'nalishi qaysi bandda to'g'ri keltirilgan?

15 / 41

Gulxaniy ’’Zarbulmasal’’asari xalq orasida qanday nom bilan mashhur bo’lgan ?

16 / 41

Umidim : yashasin maktab bolasi , Alar har biri she’ri javonim Bu bayt Avaz O’tarning qaysi she’ridan olingan ?

17 / 41

Abayning "Nasihatlar" kitobi Yettinchi so'zida "Bola onadan tug'ilganda ikki odat bilan tug'iladi", -deyilgan. Bu ikki odat qaysi?

18 / 41

«Bas, bas ezgu onalar qalbi, Yashay olsin bexavf, baxt bilan. Mehnatimiz, g‘azab, sevgimiz Tinchlik dcydi butun xalq bilan». Ushbu misralar Zulfiyaning qaysi she'ridan olingan?

19 / 41

. Sho'ro zamonida Pirimqul Qodirovning qaysi romanidan go'yo turli xil «g'oyaviy xatolar» topishib, asar va uning muallifini badnom qilishga urinishdi, ijodkorning o'zi aytganidek, «mustabid tuzum tazyiqi ostida roman olti yil chop etilmay yotdi»?

20 / 41

Ushbu asar Tog‘ay Murodni iste’dodli yozuvchi sifatida ko‘rsatgan dastlabki yirik asar edi. Unda ming yillar mobaynida unutilmay, elda ardoqlanib kelinayotgan tarixiy qadriyat - kurash, kurashchi polvonlar, ular orasidagi muomala-munosabatlar, ziddiyatli hayotiy muammolar qalamga olinadi. Ushbu ma’lumot Tog‘ay Murodning qaysi asari haqida?

21 / 41

Quyidagi misralar Ibroyim Yusupovning qaysi she’ridan olingan? Ota, narvon bo‘pti anov qo'sh terak! Bolam, terak emas bu umr-ku. bu!

22 / 41

Qaysi hikoyaning qahramoni eng ilg‘or paxtakor boiib, asosiy ishini yig‘ishtirib, turli kerak-nokerak majlis. kengash, yig‘ilishlarga borishga majbur boigan?

23 / 41

Xonlar tomonidan 200 darralab savalanib, ma’naviy va jismoniy qiynoqlardan muttasil azob chekib, uzoq yashay olmay, 35 yoshida vafot etgan shoir kim?

24 / 41

«Netay, axir do'st pistoletim So'nggi so‘zdan to‘sat bosh tortdi. Kishan soldi dushman qo’limga Va erksizlik qa’riga otdi». Ushbu misralar Musa Jalilning qaysi she’rdan olingan?

25 / 41

E. Seton Tomsonning hayvonlar haqidagi mashhur «Yavvoyi yo`rg`a» kitobini kim o`zbek tiliga tarjima qilgan?

26 / 41

«Shalola» she'riy to'plami muallifi kim?

27 / 41

Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘is- ton Davlat mukofoti sohibi . «O'zbekiston Qahramoni» unvonini olgan, 30 dan ortiq she’riy va nasriy kitoblar muallifini aniqlang.

28 / 41

"O'rtanmish el" ozodligi uchun hatto zolim xon boshini olmoqqa tayyor ijodkor kim?

29 / 41

Sipohi pora istar. Mulla ijora istar, Bechora chora istar. Bir chora zamon bormu? Ushbu misralar kimning qalamiga mansub?

30 / 41

“Senga mendan xabar bersalar, « Shoir o‘ldi cndi» desalar, Yo‘q, ishonma. jonim! Bu so‘zni - Do‘stlar aytmas, meni scvsalar”. Ushbu o'tli misralar qaysi shoir qala- miga mansub?

31 / 41

Rossiyaning Orenburg guberna- sida tug'ilgan. II jahon urushida nemislar qoiiga asir tushib. fashistlar tomonidan qatl etilgan shoir kim?

32 / 41

Qaysi xalq qo'shig'ini qizlar juft-juft bo'lishib, kaftlarini bir vaqtda bir-biriga urib, aylanishib, yana urishtirib aytadilar?

33 / 41

«Qora ko'zlar», «Olmos kamar» asarlari muallifi kim?

34 / 41

“Kun chiqish yo’lovchisisga “ , “Qoraqalpoqni ko’p maqtamang ko’zimcha “ , “Qora tol “ , “Turnalar “, “Mening yigit vaqtim “ she’rlari muallifi kim ?

35 / 41

«Boy bolasi bilan kambag‘al bolasi». «Ilm o’rgan» she’rlari, «Naqliya so'zlar» asari muallifi kim?

36 / 41

1942-yil iyun oylarida janglarda yaralanib, fashistlar qo'liga asir tushib. Berlindagi Moabit turmasiga olib ketilgan, keyinchalik vahshiy- larcha o'ldirilgan vatanparvar, iste’dodli shoir kim?

37 / 41

Qaysi ijodkorning bizgacha nasrdagi bir asaridan tashqari lirik janrdagi 12 ta gazal. bitta qasidasi yetib kelgan xolos?

38 / 41

«Men o`zbek xalqiga haykal qo`yaman» degan adib kim edi?

39 / 41

Laganbardorlik. xushomadgo‘ylik qoralangan asarni aniqlang.

40 / 41

1 “Qirq qiz” , “Aktrisaning iqboli “ , “Umrbek laqqi “ dramalari ,”Ajiniyoz “ librettolari muallifi kim ?

41 / 41

«G‘ayri tilini sa’y qiling bilgali, yoshlar, Kim ilm-u hunarlar bilonki ondin ayondir» misralari orqali xorijiy tillarni bilish kishi va jamiyat hayotiga qanday ijobiy ta’sir ko'rsatishini bashorat qilgan shoir kim?

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0