Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 5-sinf Adabiyot » 5-sinf Adabiyot 4-mavzu 5-sinf Adabiyot 5-sinf Adabiyot 4-mavzu InfoMaster Mart 16, 2022 82 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Vaqtingiz tugadi! 5-sinf Adabiyot 4-mavzu yuzasida testlar 4 – MAVZU: EZOP 1 / 27 Turkiy adabiyotdagi qo'shiq, afsona, marsiya, maqol singari janrlar haqida ilk ma'lumot beruvchi asar? A) "Devonu lug'otit turk" B) "Majolis un nafois" C) "Qutadg'u bilig" D) "Muxtasar" 2 / 27 «0'zgalar yurtida sulton bo'lguncha, o'z yurtingda cho'pon bo'l» maqoli bizga qaysi shoh va shoir bobomizni yodga soladi? A) Zahiriddin Muhammad Boburni B) Muhammad Rahimxon Feruzni C) Abulqosim Boburni D) Xusayn Boyqaroni 3 / 27 Topishmoqning javobini toping: “Teg desa tegmaydi, tegma desa tegadi “ A) armiya B) telefon C) lab D) bola 4 / 27 Topishmoqning javobini toping: “Bir parcha patir ,olamga tatir “ A) globus B) mehr C) Oy D) non 5 / 27 Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning gaplari, ishlari, ma'qullashlari, xulqiy sifatlari biz uchun nima hisoblanadi? A) o'n olti yoshlaridan B) olti yoshlaridan C) o'n yoshlaridan D) sakkiz yoshlaridan 6 / 27 Sahoba Ammor aytganlar : “Uchta xislatni o’zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo’lg’aydir” Sahoba Ammor aytgan 3 xislat qaysi qatorda berilgan ? 1)insofli va adolatli bo’lmoq 2) barchaga salom bermoq 3) ochga taom bermoq 4) kambag’alligida ham sadaqa berib turmoq 5) ilm o’rganmoq 6) g’azabini yashira olmoq A) 1,3,5 B) 3,4,6 C) 2,3,6 D) 1,2,4 7 / 27 Hadislarga ko’ra kimlar qiyomat kun ota-onalarini do’zaxdan parda bo’lib to’sib turadilar? A) yosh qizaloqlar B) nogiron bolalar C) ilm o’rgangan bolalar D) yetim bolalar 8 / 27 . Aqlni ishlatish, qiyinchilika sabrli bo’lish kerak, degan xulosa qaysi masalda ifodalangan ? A) Burgut zag’cha va cho’pon B) Ustiga tuz yuklangan eshak m C) Kiyik bilan tokzor D) Eshak bilan baqalar 9 / 27 Ezopning ”Burgut, zag’cha va cho’pon’’ masalidan chiqadigan xulosa? A) Ayrimlar ishlatadigan nayrang o’zining boshiga yetadi B) O’zingdan zo’rlar bilan bellashaman,deb chiranma,kulgu bo’lasan. C) yomonlikka bam yaxshilik bilan javob qaytarish D) yaxshilikni uning qadriga yetgan odamga qilish 10 / 27 Qaysi qatorda do'stga sodiq qolishni o’rgatuvchi masal berilgan? A) «Kiyik bilan tokzor». B) «Yovvoyi echkilar bilan cho'pon» C) «Eshak bilan baqalar D) «Bo'ri bilan Laylak» 11 / 27 Ezopning ”Ustiga tuz yuklangan eshak”masalidan chiqadigan xulosa? A) yaxshi-yomonga barobar yaxshilik qilish B) Ayrimlar ishlatadigan nayrang o’zining boshiga yetadi. C) O’zingdan zo’rlar bilan bellashaman,deb chiranma,kulgu bo’lasan. D) boriga qanoat qilib yashash 12 / 27 “Ovqat va kiyimning yangisi, do’stning eskisi yaxshi”. Mazkur xalq maqoliga mos keluvchi g’oya Ezopning qaysi masalida ifodalangan? A) “Burgut, zag’cha va cho’pon” B) “Yovvoyi echkilar va cho’pon” C) “Ustiga tuz yuklangan eshak” D) “Eshak bilan baqalar” 13 / 27 Ezopning “Kiyik bilan tokzor” masalidan qanday xulosa kelib chiqadi? A) kattalarga hurmatda bo’lish B) yaxshilikka hamisha yaxshilik bilan javob qaytarish C) yomonlikka yomonlik D) kamtar bo’lishlik 14 / 27 Rivoyat qilishlaricha Ezopning xo’jayini safarga otlanar ekan,o’z qullariga yuklarini bo’lib olib ,ko’tarib kelishni buyuradi .Shunda Ezop nimani ko’tarib oladi ? A) xo’jayinning kiyimlarini B) otlar uchun hashakni C) idish-tovoqlar solingan qopni D) non solingan og’ir qutini 15 / 27 “Og’irning ostidan ,yengilning ustidan o’tma “ ,degan maqol qaysi masalga mos? A) «Eshak bilan baqalar B) «Kiyik bilan tokzor». C) «Yovvoyi echkilar bilan cho'pon» D) “Ustiga tuz yuklangan eshak “ 16 / 27 Ezopning “Yovvoyi echkilar bilan cho’pon” masalidan qanday xulosa kelib chiqadi? A) do’stga sadoqat B) to’g'ri va rostgo’y bo’lish C) haqiqatgo’y bo’lish D) mehnatsevarlik 17 / 27 Ezopning qaysi masalidan kimki o’ziga yaxshilik qilganlarga yomonlik sog’insa , u ,albatta ,Xudoning qahriga yo’liqadi degan xulosa chiqadi ? A) «Yovvoyi echkilar bilan cho'pon» B) «Eshak bilan baqalar C) «Bo'ri bilan Laylak» D) «Kiyik bilan tokzor». 18 / 27 Yomon fe’lli, baxil odam, unga har qancha yaxshilik qilmang, og‘irini yengil qilaman, yordam beraman, deb o'ylamang, baribir и sizning yaxshiligingizni bilmaydi. Bil’aks, o‘zining yomonlik qilmaganini yaxshilikka yo'yadi. Bu bilan o‘z tubanligini yana bir marta namoyish etadi. Ezopning qaysi masalidan xuddi shunday xulosa chiqarish mumkin? A) «Eshak bilan baqalar» B) «Bo‘ri bilan laylak» C) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon» D) «Ustiga tuz ortilgan eshak» 19 / 27 Ezopning “ Eshak bilan baqalar” masali mazmuni qavsi o’zbek. xalq maqoliga hamohang? A) Osmon uzoq, yer qattiq. B) Sanamay sakkiz dema. C) Birni ko’rib shukr qil, birni ko’rib fikr qil. D) Buzoqning yugurgani somonxonagacha. 20 / 27 Har qanday qiyinchilikni bardosh bilan yengib o‘tishga harakat qilgan odam, albatta, maqsadiga yetadi.Ayrim ishyoqmas, havoyi kishilar mqsadlariga tez va oson yetishish uchun turli nayranglar o‘ylab topadilar-u, ammo kutilmaganda pand yeb qoladilar.Ezopning qaysi masalidan xuddi shunday xulosa chiqarish mumkin? A) «Yovvoyi echkilar bilan chopon» B) «Ustiga tuz ortilgan eshak» C) «Bo‘ri bilan laylak» D) «Eshak bilan baqalar» 21 / 27 Qaysi javobda sabr-toqat , shukronalik haqidagi masal berilgan? A) «Kiyik bilan tokzor». B) «Yovvoyi echkilar bilan cho’pon» C) «Bo’ri bilan Laylak» D) «Eshak bilan baqalar». 22 / 27 Ezop o‘z masallarida behudaga chiranish belni chiqarishi mumkinligini qanday timsollar vositasida ifodalagan? A) cho‘pon, baqa B) eshak, zag‘cha C) burgut, cho‘pon D) eshak, bo‘ri 23 / 27 Ezopning “Bo’ri bilan laylak” masalidan qanday xulosa kelib chiqadi? A) yaxshi-yomonga barobar yaxshilik qilish B) yomonlikka bam yaxshilik bilan javob qaytarish C) yaxshilikni uning qadriga yetadigan odamga qilish D) yomonlikka yomonlik bilan javob qaytarish 24 / 27 Qaysi masalga nisbatan "Birni ko'rib shukr qil ,birni ko'rib fikr qil "maqolini qo'llash mumkin ? A) "Eshak bilan baqalar " B) "Ustiga tuz ortilgan eshak " C) "Burgut ,zag'cha va cho'pon " D) "Kiyik bilan tokzor " 25 / 27 “Ayrim badfe’l kishilar yomonlik qilmaganlarining o’zinyioq yaxshilikka yo’yadilar” Ushbu xulosa Ezopning qaysi masalida aks etgan ? A) «Bo'ri bilan Laylak» B) «Yovvoyi echkilar bilan cho'pon» C) «Kiyik bilan tokzor». D) «Eshak bilan baqalar 26 / 27 “Ko’rpangga qarab oyoq uzat “ maqoli Ezopning qaysi masaliga mos keladi ? A) “Eshak bilan baqalar “ B) “Ustiga tuz yuklangan eshak” C) “Bo’ri bilan laylak” D) “Burgut ,zag’cha va cho’pon “ 27 / 27 Ezopning qaysi masalida o’ziga ortiqcha baho berishning oqibati yoritilgan? A) “Kiyik bilan tokzor” B) “Bo’ri bilan laylak” C) “Eshak bilan baqalar” D) “Burgut, zag’cha va cho’pon” 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz