Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №15 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №15 InfoMaster Mart 31, 2022 37 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 6-sinf Ona tili №15 TAQSIM SON ,UNING YASALISHI KASR SONLAR .ULARNING YASALISHI VA IMLOSI HISOB SO’ZLARI TARTIB SONLAR MUSTAHKAMLASH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 54 Bunday bo’g’in unli bilan tugaydi yoki bir unlidan iborat bo’ladi Ushbu izoh quyidagi qaysi tushunchaga taaluqli? A) berkitilmagan bo’g’inga B) berkitilgan bo’g’inga C) yopiq bo’g’inga D) ochiq bo’g’inga 2 / 54 Tub so'zni aniqlang. A) ranjimoq B) sanamoq C) ushla D) tunamoq 3 / 54 O’timsiz fe'l qanday gapda qo’llanilgan? A) Eshik ochiq edi, xovlida nech kim ko’rinmas edi, B) Cho’pon qo’ylarni :sug’organi pastlikka haydaydi. C) Bogdagi har birlnihol qonib-qonb suv ichdi. D) Quyoshning darajasni g’ir-g’ir esgan shamol kesar edi. 4 / 54 Kesimi o‘zlik nisbatidagi fe’l bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) Sarvar manzilga tezroq yetib olish uchun o‘ngga qayrildi. B) Bu bino tez fursatda qayta tiklandi. C) G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi. D) Qiyg‘os ochilgan paxtalarni ko‘rib ko‘zi quvnadi. 5 / 54 Qaysi qo’shimchalar bilan yasalgan harakat nomi bo’lishsizlik ko’rsatkichi –ma qo’shimchasini qabul qilmaydi ? A) –moq B) –(i)sh C) –(u)v D) qabul qilmaydi 6 / 54 Bo’lishsiz fe’llar qaysi qatorda ? A) uvullamoq ,to’xtamoq,eslamoq B) qiziqmoq ,kiyinmoq,bajarmoq C) egallamoq ,aytmoq ,yozmoq D) bormoqchi emas ,ko’rgan emas ,yirtmayman 7 / 54 1 Bu xatda nima yozilganligini o'qib ham ko'rmadi 2 Bu sirni hecfi kimga ayta ko'rma Har ikkala gapdagi ko'rma fe'Ii qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l B) ikkala gapda ham mustaqil fe’l C) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l D) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l 8 / 54 -gan qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli qanday ma’noni bildiradi? A) Harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtida yuz berishini bildiradi . B) Ilgari ro’y bergan harakat va holatning so’zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi . C) So’zlovchining o’zi o’tgan zamonda bevosita ko’rgan harakat va holatni bildiradi D) Harakat va holatning ilgariroq bajarilganini bildiradi . 9 / 54 Buyruq istak maylidagi fe’l berilmagan qatorni belgilang A) Yaxshini yomon kunda sina B) Podsho saltanat ishlarida har kishinig so’zini eshitsin . C) Bugungi ishni ertaga qoldirma . D) Chin do’st uldurki ,do’stdin hech qachon ranjimaydi , ranjisa ham ,uzrini qabul qiladi 10 / 54 Qaysi qatorda faoliyat-jarayon nomini bildiruvchi otlar berilgan? A) chorvachilik, tanlov, chopiq,, loygarchilik, terim B) xayrlashuv, serobgarchilik, hayot, go’zallik, hasad C) ezmalik, terim, baxt, hunar, qalam D) chaquv, umum, xayol, yalqovlik , guzar 11 / 54 Qanday otlarga ko‘plik qo'shimchasi qo'shilganda kuchaytirish, ta’kidlash ma’nosi anglashilmaydi? A) donalab sanalmaydigan otlarga B) odamning juft a’zolari nomiga C) odamning toq a’zolari nomiga D) mavhum otlarga 12 / 54 Qaysi gapdagi sifat darajasi leksik usulda hosil qilingan? A) Ona Yeming xushbo‘y tafti mast qiladi kishini. B) Hulkaming och jigarrang yonoqlarida ajib bir qizillik o‘ynaydi. C) Ko‘z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar ketmasdi. D) U otasi Muzaffar Farmonovning batamom aksi: dadasi yum- yumaloq, baqaloq boisa, bu xushqad, xushsurat. 13 / 54 .Hajm-o’lchov sifatlari berilgan qatorni toping. A) xursand, ma’yus, keksa B) sirtqi, ichki, qishki C) odobli, kamtarin, sodda D) katta, behisob, og’ir 14 / 54 Sanoq son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Biz Turkiston tizma tog'ining etagida shahardan ikki-uch chaqirim naridagi qihloqda turar edik B) Shaharda bitta doktorxona bor C) Bu sopol ko’za-chi so’zimga ishon , Sodiq xizmat qildi ming yil odamga . D) Laylak har yili uchtadan bola ochar ekan 15 / 54 Ma’lum bir miqdordagi narsa-buyumlarni bir butunlik sifatida jamlab keladigan sonlar ......... deyiladi. A) kasr son B) sanoq son C) jamlovchi son D) chama son 16 / 54 Berilgan gapdagi son anglatgan ma'noga muvofiq so’zni tanlang. Bu gapni ikkinchi gapirmang . A) birov. B) teng. C) g’alati. D) boshqa. 17 / 54 Qaysi sonlar omonimlik xususiyatiga ega bo’lishi mumkin? 1.ikki 2.yuz 3.yigirma 4.to’rt 5.uch 6.qirq A) 1,2,6 B) 2,5,6 C) 1,2,3,4,5,6 D) 2,3,5,6 18 / 54 1 Milliy istiqlolga birinchi qadam 1989 - yil 21- oktabr ”Davlat tili haqida”gi Qonunni qabul qilish bilan qo’yildi. Ushbu gapdagi birinchi so’zi o’rniga uning ma’nodoshlaridan qaysi birini qo’ysa mantiqan to’g’ri bo’ladi? 1.avvalgi 2.dastlabki 3.ilk 4.eng yaxshi A) 2,3,4 B) 1,4 C) 1,2,3,4 D) 2,3 19 / 54 Qaysi gapda kasr son hisoblanuvchi so’z qatnashgan. A) Nurullo uchlasiga rosa sinchiklab tikildi. B) Kelganlarning uchdan biri notanish edi. C) Soat uch yarimlarda uchrashsak. D) Yolg’iz otning changi chiqmas. 20 / 54 Tartib son yasovchi qo’shimchani toping. A) –lar B) -lab. C) -larcha. D) -(i)nchi. 21 / 54 Qaysi qatorda kasr son ishtirok etgan ? 1 Bolalar eshaklarga yem berib o'zlari ham oz-ozdan non yeb olishguncha yarim soatcha vaqt o'tdi 2 Oilada kimda kim sahar soat to'rt yarim behlarda uyg'onsa o'sha yuzga yaqin odamdan iborat navbatga chopadi 3. Yo'lning kengligi 10,5 m ni tashkil qiladi 4 Rejaning uchdan ikki qimi bajarildi A) 1,2 B) 1,2,3,4 C) 2,3,4 D) 3,4,5 22 / 54 Butunning bo’lagini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so’zlar berilgan qatorni toping A) dasta ,shoda , bog’ B) nafar, bosh , nusxa C) siqim , to’da , botmon D) chaqmoq , luqma , shingil 23 / 54 Qaysi qatorda taqsim son hosil qiluvchi qo’shimcha berilgan. A) -ov B) -tacha. C) -ovlon. D) -tadan. 24 / 54 Qaysi qatordagi gapda hisob so’zlari mavjud? A) Shu orada mezbon ikki hovuch arpa solingan tog’olchani keltirib qo’ydi. B) Beshinchi, oltinchi kechuvga borganda dara ancha torayib qoldi. C) Cho’ponlar har tunda bittadan qo’y g’oyib bo’layotganini sezib qolishdi. D) Aravaga qo’shib bo’lmaydigan begona ikki otdan tamoman darak yo’q. 25 / 54 Taqsim son qaysi gap tarkibida qo’llangan? A) Ularning ikkovi ham jim qolishdi. B) So’rining shundoq yonida ikki dona olma tushibdi. C) Bemorlar palatalarga to’rttadan joylashtirildi. D) Hozir uyida shunaqa antiqa bodringdan to’rttasi bor. 26 / 54 Qaysi sonlar ma’no jihatidan sifatlarga yaqin turadi? A) miqdor sonlar B) kasr sonlar C) jamlovchi sonlar D) tartib sonlar 27 / 54 Qaysi gapda kasr son mavjud ? A) Bu yarim yo’lda yodiga tushdi. B) Qizaloq yarim tishini ko’rsatdi. C) A, B , C D) Ikki yorti-bir butun. 28 / 54 Butun miqdorning qismini ifodalovchi sonlar .... deyiladi ? A) chama son B) sonoq son C) taqsim son D) kasr son 29 / 54 Taqsim son qaysi gap tarkibida mavjud emas? A) Qurolsiz, navkarsiz mulla Fazliddin Ahmad Tanbalday yuz-ikki yuztadan qurolli yigitlari bor beklarga qanday bas keladi?! B) Qulupnayning mevasi naviga qarab, uchtadan - saksontagacha bo‘lishi ham mumkin. C) U bu yilgi bahorda har yuz ona qo‘ydan bir yuz yigirma bittadan qorako‘l qo‘zisi oldi. D) Azim har yelkasiga to‘rttadan odam sig‘adigan yigit boiibdi. 30 / 54 Sanoq son bilan sanaladigan narsalarni ifodalovchi so’z o’rtasida qo’llanib, bu narsaning o’lchovini bildiradigan so’zlar ... A) tartib son B) kasr son C) hisob so’zlari D) taqsim son 31 / 54 Taqsim son qanday hosil bo’ladi. A) .A, С B) dona sonni takrorlash orqali. C) Ikki sonni juftlash orqali. D) Hisob so’zlardan keyin -dan qo’shimchasini keltirish orqali. 32 / 54 Taqsim son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Biz Turkiston tizma tog'ining etagida shahardan ikki-uch chaqirim naridagi qihloqda turar edik B) Shaharda bitta doktorxona bor C) Laylak har yili uchtadan bola ochar ekan D) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi raumkin 33 / 54 Quyidagi gapdagi sonning ma'nosini aniqlang. Tokchadagi beshinchi chiroq lippillab yonar edi. A) noaniqlik ma'nosini. B) narsaning turini. C) tartibni. D) aniq miqdorni. 34 / 54 Qaysi son arning yozilishida chiziqcha noto’g’ri ishlatilgan? 1. 14-bob 2. 26-uy 3. XV-asr 4. 1980-yil 5. 8-Mart A) 2,3 B) 1,2,3 C) 3 D) 4,5 35 / 54 Quyidagi guruhdan taqsim sonli gapni aniqlang. A) Uchovi qabulxonaga kirishdi. B) Zarifa ikki-uch og’iz gap qildi. C) Ikala moysafid ham ko’chatzorga borishdi. D) Har birimiz bittadan kitob oldik. 36 / 54 Kasr son haqida aytilgan qaysi hukm to’g’ri? A) Butun miqdorni bildiruvchi qism asosan o’rin payt kelishigida yeladi B) Butun miqdorni bildiruvchi qism ko’pincha chiqish kelishigida keladi. C) Butun miqdorni bildiruvchi qism ko’pincha chiqish va qaratqich kelishigida keladi. D) Butun miqdorni bildiruvchi qism asosan qaratqich kelishigida keladi. 37 / 54 Javoblarning qaysi birida kasr son mavjud. A) Biz ikki yarim yil ichida ko’p yutuqlarga erishdik. B) Uchovimizning maqsadimiz bir. C) Besh oylar chamasi o’tgach, Ummatalini chaqirishibdi. D) Saida birinchi majlisni o’ttkazishga tayyorgarlik ko’ra boshladi. 38 / 54 Hisob so’zlar qo’llangan gapni toping A) Topgan bir dasta gul ,topmagan bir bog’ piyoz B) Yarim yorti ishlar bizga yoqmaydi C) Tanklar jangini Ahmadjon birinchi marta ko’rishi edi D) Ikki do’st suhbatlashib o’tirishardi 39 / 54 Kasr son qo’llangan qatorni ko’rsating. A) ... to’rt —beshtacha chakana havaskorlargina kelibdi B) Novvoyxonadan ikkita issiq. non olib chiqay C) Ikki hovli qo’shib yuborilgan edi. D) ... qizarib —bo’zarib, ketmondek oyning yarmi ko’rinadi. 40 / 54 Kasr son berilgan gapni aniqlang. A) Uchovimizning maqsadimiz bir. B) Bobom yarimta tishini ko’rsatib kuldi. C) Ahmadjon ularga qarab uch sidra o’q yog’dirdi. D) Bir bor gapirdim, ikki bor gapirdim, quloq solmadi. 41 / 54 Numerativlar (hisob )so’zlar qaysi so’z turkumlari bilan ifodalanadi ? A) sifatlar ,asosan yasama sifatlar B) gumon olmoshi bilan C) son ,sanoq sonlar D) otlar bilan 42 / 54 Hisob so’zlar asosan sonning qaysi turi bilan birga qo’llanadi ? A) chama son B) sanoq son C) jamlovchi son D) dona son 43 / 54 Qaysi gapda qo’llangan o’lchov so’zi alohida olinganda predmet nomini bildirib matn ichidagi o’lchov ma’nosini bildiradi ? A) To’rt nafar talaba darsga qatnashmadi B) To’rt yashik xurmo terishdi . C) Shahargacha hali uch chaqirim bor D) Uyning orqasida to’rt sotix ekin maydoni bor 44 / 54 Kasr son qatnashgan gapni toping. A) Bekatda o’ntacha odam avtobus kutib turardi. B) Sizlar mana shu to’qqizta xivichni birga qo’shib sindirib ko’ringlar-chi! C) Bolalar eshaklarga yem berib, o’zlari ham oz-ozdan non yeb olishguncha yarim soat vaqt o’tdi. D) Azim har yelkasiga to’rttadan odam o’tiradigan yigit bo’libdi. 45 / 54 Qaysi qatorda otlashgan sonlarga egalik qo’shimchasi noto’g’ri qo’shilgan? A) uchovi, to’rtovi B) ikkovimiz, to’rtalasi C) uchovlari, beshalangiz D) beshovim, ikkalam 46 / 54 Berilgan gapdagi son anglatgan ma'noga muvofiq so’zni tanlang. Bu shubhasiz, bizning yutug’imiz. Lekin ikkinchi tomonini ham esdan chiqarmaslik kerak. A) teng. B) birov. C) g’alati. D) boshqa. 47 / 54 Javoblarning qaysi birida kasr son mavjud. A) Yoniga yarimta nonni tiqib, yo’lga otlandi. B) Shu yerda o’n besh minut turamiz. C) U uchalasiga rosa sinchiklab tikildi. D) Beshovlon birdan xoxolab yubordik. 48 / 54 O’lchov so’zlar haqidagi noto’g’ri hukmni aniqlang A) O’lchov so’zlarning ayrimlari alohida olinganda predmet nomini,matn ichida esa o’lchov birligi ma’nosini bildiradi B) Sanoq son bilan sanalayotgan predmet o’rtasida qo’llanadigan o’lchov birliklariga o’lchov so’z deyiladi C) O’lchov so’zlar sanalayotganpredmetdan keyin keladi D) O’lchov birliklarining ayrimlari o’lchanayotgan sanalayotgan predmetlarning qandayligiga xoslangan bo’ladi 49 / 54 Qaysi songa egalik qo’shimchasi ikki marta qo’shilgan? A) yarmisini B) beshovini C) yuztachasini D) o’ntasiga 50 / 54 Qaysi qatorda hisob so’zlar berilgan? A) gektar , tanob , qop B) minglab ,minglarcha,o’nlab C) uchdan biri , yarimta , nimchorak D) beshtadan , uchovlon ,yuztacha 51 / 54 Quyida berilgan hisob so’z qanday ifoda uchun xizmat qilgan ? Bir qultum suvga zor bo’lib A) butunning bo’lagi B) masofa C) predmetni yakkalab hisoblash D) og’irlik o’lchovi 52 / 54 Tartib son yasovchi –inchi (-nchi) qo’shimchalari murakkab sonlarga qay tarzda qo’shiladi? A) faqat oxirgi songa qo’shiladi B) hamma songa qo’shiladi C) birinchi songa qo’shiladi D) vaziyatga qarab murakkab sonning talab etilgan qismiga qo’shiladi. 53 / 54 Numerativlar (hisob )so’zlar sonlar bilan qo’llanganda qanday tinish belgisi qo’yiladi ? A) tire, vergul B) ikki nuqta C) nuqtali vergul D) tinish belgisi qo’yilmaydi 54 / 54 Qaysi javobda bir xil kasr sonlar berilgan. A) yettidan besh, uchdan ikki, oltidan bir. B) bir butun, beshdan uch, nimchorak, ikki yarim. C) to’rtdan uch, yarim chorak, bir yarim. D) nol butun uchdan ikki, bir chorak, sakkiz yarim. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz