Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №1 6-sinf Ona tiliOna tili mavzulashtirilgan 6-sinf Ona tili №1 InfoMaster Mart 29, 2022 571 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №1 UNDOSH TOVUSHLAR O’ZBEK ALIFBOSI VA IMLO QOIDALARI BO’GIN VA URG’U LEKSIKOLOGIYA VA LUG’ATSHUNOSLIK Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Kosasi oqarmadi iborasining sinonimini toping A) oyog’i tortmadi B) bir to’ni ikki bo’lmadi C) boshi shishdi D) tuz totmadi 2 / 50 Qaysi javobda ko'rsatilgan xususiyat unli tovushlarga xos emas? A) Urg'u,odatda unli tovushga tushadi B) Bo'g'inlar unli bilan tugasa, ochiq bo'g'in hisoblanadi C) Unli tovushlarsiz bo'gin bo'gin hosil bo'hnaydi D) unlilar jarangli va jarangsiz bo'ladi. 3 / 50 Yopiq bo'g'inlarni toping A) qu-loq,so-ya,jang B) os-mon,mak-tab,tok-zor C) yu-bor,ham-dam,ol-ma D) gul-chi,so-at,pesh-voz 4 / 50 Yopiq bo'g'inlaridan biri faqat lab undoshlaridan tashkil topgan so'zni belgilang A) konduktor B) mafkura C) bolg'a D) bodomzor 5 / 50 Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) jabha, juziy B) taajjub, masjid C) tehnika, raxbar D) muhrdor, hamrox 6 / 50 Quyidagi fonetik tahlil qaysi qatordagi unliga xos? - yuqori tor, orqa qator, lablangan. A) a B) i C) u D) e 7 / 50 . h undoshiga to'g'ri tavsif berilgan javobni toping A) chuqur til orqa ,sirg'aluvchi jarangsiz undosh tovush B) chuqur til orqa ,sirg'aluvchi jarangli undosh tovush C) bo'g'iz , sirg'aluvchi jarangsiz undosh tovush D) chuqur til orqa ,portlovchijarangsiz undosh tovush 8 / 50 Ma’lum hududdagina ishlatilib, faqat shu yerda yashovchi kishilar tushunarli bo’lgan so’lar qanday nomlanadi. A) Paronomlar B) Atamalar C) Umumxalq ishlatiladigan so’zlar. D) Shevaga xos so’zlar 9 / 50 Qaysi so'zlarda faqat o'rta keng unlilar bor ? A) tugma, non B) elak, gulbeor C) bardam, shod D) erk, kel, el 10 / 50 Qaysi qatordagi so’zlarda urg’u oxirgi bo’g’inga tushmagan? A) vaholanki, fizika, ba’zan B) qishloq, ertalab, bugun C) doston, piyoda, marjon D) kitobxon, darsxona, ziyo 11 / 50 Qaysi qatordagi so'zlarning undoshlari jarangli lab tovushlaridan iborat. A) beibo, beva, vabo. B) ivi, bibi, jafo C) ibo, bamuk, bevafo D) bob, bobo , betob 12 / 50 Olimlar kompyuterni inson miyasidan andaza olib yaratgan . O’ylaydi Hisob –kitob qiladi .Muammolar yechadi .Xulosa chiqaradi .Eslab qoladi …Faqat kompyuterning insondan bitta ustunligi bor :keraksiz axborotni xohlagan paytda xotirasidan o’chirib tashlash mumkin ... Odam esa yomon xotiralarni miyasidan o’chirib tashlolmay aziyat chekadi …( O’ Hoshimov ) Yuqoridagi matn matnning qaysi turiga mansubligini aniqlang . A) muhokama matn B) hikoya matn C) tasviriy matn D) rivoyat matn 13 / 50 jo’ja va jirafa so’zlaridagi j tovushlari qaysi jihatdan o’zaro farqlanadi? A) talaffuzida labning ishtirokiga ko’ra B) til qismlarining harakatiga ko’ra C) portlovchi va sirg’aluvchiligiga ko’ra D) jarangli va jarangsizligiga ko’ra 14 / 50 Muhokama matn haqida berilgan qaysi hukmlar to’g’ri ? 1 Muhokama matn darsliklarda ko’proq qo’llaniladi . 2 Muhokama matn badiiy adabiyotda ko’proq qo’llaniladi . 3 Muhokama matn ilmiy adabiyotlarda ko’proq qo’llaniladi . A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,3 D) faqat 2 15 / 50 Lablanmagan unlilar qatiorini aniqlang A) i, e,a B) e,o',a C) a,i D) o,u,o' 16 / 50 Tasviriy matn haqida berilgan qaysi hukmlar to’g’ri ? 1 Tasviriy matn darsliklarda ko’proq qo’llaniladi . 2 Tasviriy matn badiiy adabiyotda ko’proq qo’llaniladi . 3 Tasviriy matn ilmiy adabiyotlarda ko’proq qo’llaniladi . A) 1,2 B) faqat 2 C) 1,3 D) 1,2,3 17 / 50 Tarkibida faqat tor unlilar ishtirok etgan so'zlarni belgilang. A) asal ,gul B) besh, yil C) to'rt, burchak D) qultum, uzum. 18 / 50 Qaysi qatordagi so'zda faqat jarangli undosh mavjud? A) soat B) do'lana C) pochta D) shoh 19 / 50 Qaysi qatorda barchasi imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar berilgan? A) harom-harish, zalvarli, hasharot, tatbiq, taalluqli B) harom-xarish, zalvorli, hasharot, tadbiq, taaluqli C) harom-xarish, zalvorli, hasharot, tadbiq, taalluqli D) harom-xarish, zalvarli, hashorat, tatbiq, taluqli 20 / 50 Portlovchi undoshlar yonma-yon kelgan so'zni toping A) soxtalik B) qing'ir C) hamfikr D) iqtisod 21 / 50 Qaysi jarangli undoshlar sirg'aluvchi tovushlarga mansub emas ? A) v,z B) j,g' C) m,g D) y.n 22 / 50 “Ona “ so’zidagi harflar o’rniga alifbodagi tartib raqami berilgan javob variantini aniqlang . A) 14,15,1 B) 14,21,1 C) 14,13,1 D) 19,18,2 23 / 50 Tarix fani birikmasining harflar tartibi to’g’ri berilgan qatorni toping. A) 19,1,17,22,8,5,1,13,8 B) 20,1,18,10,23,22,1,15,10 C) 19,1,17,7,22,5,1,13,18 D) 19,1,17,8,22,5,1,13,8 24 / 50 Qaysi so’zlarda urg’u so’zning birinchi bo’g’iniga tushgan? A) chollar, tollar B) barchasida birinchi bo’g’inga tushadi C) albatta, o’qiyman D) har kim, qaysi 25 / 50 Muayyan predmet yoki voqea-hodisalar ta’riflangan , tavsiflangan matn …hisoblanadi ? A) hikoya matn B) tasviriy matn C) muhokama matn D) rivoyat matn 26 / 50 Quyidagi so'zlarning qaysi biri tarkibida ochiq bo'g'in mavjud? A) san’atkorlik. B) otlantirmoq. C) ) biriktirmoq. D) to'rtlikdan. 27 / 50 Lotin alifbosi tartibida yozilgan so’zlar qatorini toping A) eshik ,fasl ,shimol B) bog’,gul ,daraxt C) anor ,kuz ,hosil D) jahon ,ilm ,shijoat 28 / 50 Lablangan unlilar qatorini aniqlang A) a,i e B) a,i C) barcha unlilar D) o’,o,u 29 / 50 Tarkibida faqat quyi keng unlilar qatnashgan so'zlar qatorini toping A) Narsa, vatan B) o'rin, bel C) boy. qush D) xomtok, ko'k 30 / 50 Qaysi so‘z imlosiga ko‘ra xato yozilgan? A) burushmoq B) boshmaldoq C) badhazim D) boshboshdoq 31 / 50 dengiz so’zi tarkibida qanday undosh til tovushlar mavjud ? A) ) 3 ta til oldi ,1 ta til o’rta undoshlari B) ) 2 ta til oldi ,1 ta til o’rta undoshlari C) ) 3 ta til oldi ,1 ta til orqa undoshlari D) ) 2 ta til oldi ,1 ta til orqa undoshlari 32 / 50 Orol o’sha –o’sha . Uzoqdan turib qarasang ,ko’zing to’ymaydi .Ilon kabi buralib oquvchi daryo shu yerga kelganda ,ikkiga ajralgan ,uch chaqirimdan so’ng yana birlashadi .Qo’sh kokil yanglig’ irmoq orasidagi orol esa yashnab turadi . .. Yuqoridagi matn matnning qaysi turiga mansubligini aniqlang . A) tasviriy matn B) hikoya matn C) rivoyat matn D) muhokama matn 33 / 50 Javoblarning qaysi birida unli tovushlar ko'rsatilgan? A) yo,yu,ya ,a B) b,f,k,t,s C) a.u,o',i,e,o D) m,ng,n,r,l 34 / 50 aysi qatorda sport atamalari berilgan? A) kilometr, tonna, vazn B) chala, halol, yonbosh C) suv, baland, chuqur D) balli, dushman, maydon 35 / 50 Bunday bo’g’in unli bilan tugaydi yoki bir unlidan iborat bo’ladi Ushbu izoh quyidagi qaysi tushunchaga taaluqli? A) ochiq bo’g’inga B) berkitilgan bo’g’inga C) yopiq bo’g’inga D) berkitilmagan bo’g’inga 36 / 50 Muayyan predmet yoki voqea-hodisalar haqida xabar beriladigan matn …hisoblanadi ? A) rivoyat matn B) tasviriy matn C) muhokama matn D) hikoya matn 37 / 50 Qaysi qatordagi so‘zlar alifbo tartibida yozilmagan? A) kattaqo'rg'on, kishmish, kuz B) mayiz, mashina, mosh C) telegraf, tipografiya, teploxod D) agrotexnika, anjir, anor 38 / 50 Qanday tovushlar jarangli undoshlar deyiladi? A) Faqat un(ovoz) dan hosil bo'ladigan tovushlar B) Faqat shovqindan hosil bo'ladigan tovushlar C) Nutq organlarida to'siqqa uchramaydigan tovushlar D) Shovqin va unlardan hosil bo'ladigan tovushlar 39 / 50 Muayyan predmet yoki voqea-hodisalar haqidagi fikr mulohazalar bayon qilingan matn …hisoblanadi ? A) rivoyat matn B) muhokama matn C) tasviriy matn D) hikoya matn 40 / 50 Urg'u yordamida so'z ma'nolarini farqlash mumkin bo'lgan qatorni belgilang A) surma, kitob , hovli B) fizik, chog'lar , mudir C) yangi, yigitcha , qishloqcha D) olma , anjir ,muhit 41 / 50 –a unlisining fonetik tasnifi qaysi qatorda to’g’ri berilgan? A) old qator, yuqori tor, lablanmagan B) old qator, o’rta keng, lablanmagan C) old qator, quyi keng, lablanmagan D) orqa qator, quyi keng, lablangan 42 / 50 Til oldi jarangsiz undoshlari berilgan қatorni aniқlang? A) k,q,x,h B) b,p,m C) l,z,d,j D) t,s,sh,ch 43 / 50 Old qator unlilar berilgan qatorni aniqlang. A) i, e, a. B) a,o,u. C) e, o, i. D) o, a, u. 44 / 50 Nihoyat ,Londondan Toshkentga uchadigan bo’ldik . Havo kemasiga chiqishimiz bilan osoyishta va yoqimli ovoz yangradi : “Assalom-u alaykum ,xonimlar va janoblar ! Sizlarni “O’zbekiston havo yo’llari “ milliy aviakompaniyasi nomidan muborakbod etamiz !” ..Yuqoridagi matn matnning qaysi turiga mansubligini aniqlang . A) rivoyat matn B) muhokama matn C) tasviriy matn D) hikoya matn 45 / 50 Arxaik so’zlar qatorini aniqlang A) me’mor,boj,yorg’uchoq ,paysa B) jayhun,muarrix ,jallod,bitik C) ulus,handasa,cherik ,oraz D) zindon,taxt,zebigardon, bo’noki 46 / 50 Lotin alifbosi tartibida yozilgan so’zlar qatorini toping. A) mumtoz, navo, jilo B) gavhar, xalq, o’rmon C) inson, karam, elak D) abadiy, vazir, hayo 47 / 50 Qaysi qatordagi barcha so’zlarda urg’u ma’no farqlaydi? A) oshiq, doston, ildizlar B) qoshlar,boshlar, yoshlar C) fizik, yo’llar, gullar D) olma, surma, childirma 48 / 50 Bo'gin...... A) so'zda bir xil unlilarning kelishidir B) so'zdagi unlilarning alohida ohang (intonatsiya)bilan aytilishidir C) bir havo zarbi bilan aytiladigan bir yoki bir necha toyushlar yig'indisidir D) gapdagi biror bo'lakning boshqasiga nisbatan alohida ta'kidlanib aytilishidir 49 / 50 Tarixiy so ‘zlar qatorini aniqlang. A) yo'qsil, avom B) sarf, nahv C) onhazrat, takyagoh D) vazir, mufti 50 / 50 Qaysi iboraning ma’nosi beparvo ,beg’am so’zlariga sinonimbo’la oladi ? A) qush kabi yengil tortmoq B) do’ppisi yarimta C) o’ziga yuqtirmaslik D) chuchvarani xom sanamoq 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz