Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №1 6-sinf Ona tiliOna tili mavzulashtirilgan 6-sinf Ona tili №1 InfoMaster Mart 29, 2022 477 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili №1 UNDOSH TOVUSHLAR O’ZBEK ALIFBOSI VA IMLO QOIDALARI BO’GIN VA URG’U LEKSIKOLOGIYA VA LUG’ATSHUNOSLIK Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Arxaik so’zlar qatorini aniqlang A) jayhun,muarrix ,jallod,bitik B) zindon,taxt,zebigardon, bo’noki C) ulus,handasa,cherik ,oraz D) me’mor,boj,yorg’uchoq ,paysa 2 / 50 Yopiq bo'g'inlardan biri faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan so'zni belgilang A) ko'cha B) kitob C) sunbul D) paxta 3 / 50 Qaysi javobda ko'rsatilgan xususiyat unli tovushlarga xos emas? A) Bo'g'inlar unli bilan tugasa, ochiq bo'g'in hisoblanadi B) Urg'u,odatda unli tovushga tushadi C) unlilar jarangli va jarangsiz bo'ladi. D) Unli tovushlarsiz bo'gin bo'gin hosil bo'hnaydi 4 / 50 “Ona “ so’zidagi harflar o’rniga alifbodagi tartib raqami berilgan javob variantini aniqlang . A) 14,15,1 B) 19,18,2 C) 14,13,1 D) 14,21,1 5 / 50 Muayyan predmet yoki voqea-hodisalar ta’riflangan , tavsiflangan matn …hisoblanadi ? A) rivoyat matn B) muhokama matn C) hikoya matn D) tasviriy matn 6 / 50 jo’ja va jirafa so’zlaridagi j tovushlari qaysi jihatdan o’zaro farqlanadi? A) talaffuzida labning ishtirokiga ko’ra B) portlovchi va sirg’aluvchiligiga ko’ra C) jarangli va jarangsizligiga ko’ra D) til qismlarining harakatiga ko’ra 7 / 50 Olimlar kompyuterni inson miyasidan andaza olib yaratgan . O’ylaydi Hisob –kitob qiladi .Muammolar yechadi .Xulosa chiqaradi .Eslab qoladi …Faqat kompyuterning insondan bitta ustunligi bor :keraksiz axborotni xohlagan paytda xotirasidan o’chirib tashlash mumkin ... Odam esa yomon xotiralarni miyasidan o’chirib tashlolmay aziyat chekadi …( O’ Hoshimov ) Yuqoridagi matn matnning qaysi turiga mansubligini aniqlang . A) rivoyat matn B) hikoya matn C) tasviriy matn D) muhokama matn 8 / 50 Leksikografiya nimani o’rganadi? A) harf va belgilarni B) so’z va uning ma’nolarini C) frazeologik iboralarni D) lug’at va uning turlarini 9 / 50 Quyidagi fonetik tahlil qaysi qatordagi unliga xos? - yuqori tor, orqa qator, lablangan. A) e B) u C) a D) i 10 / 50 Nihoyat ,Londondan Toshkentga uchadigan bo’ldik . Havo kemasiga chiqishimiz bilan osoyishta va yoqimli ovoz yangradi : “Assalom-u alaykum ,xonimlar va janoblar ! Sizlarni “O’zbekiston havo yo’llari “ milliy aviakompaniyasi nomidan muborakbod etamiz !” ..Yuqoridagi matn matnning qaysi turiga mansubligini aniqlang . A) tasviriy matn B) muhokama matn C) hikoya matn D) rivoyat matn 11 / 50 –a unlisining fonetik tasnifi qaysi qatorda to’g’ri berilgan? A) orqa qator, quyi keng, lablangan B) old qator, quyi keng, lablanmagan C) old qator, o’rta keng, lablanmagan D) old qator, yuqori tor, lablanmagan 12 / 50 G‘afur akaning o‘zi o‘sha buyuk ustozlar izidan borishga intilardi. Shuning uchun ham u tariximizni mukammal bilar, rasmlar chizar edi. U raqs tushganda , zo‘r raqqosalar ham davradan chiqib, tomosha qilardi. Qo‘liga taqsimcha olib, xalq termalarini aytganda, hamma jimib qolardi. Dutor chertganda, tinglovchilar bosh egib tebranishardi. G‘afur aka Yusuf qiziqlar bilan teng kelib askiya qilardi. Ushbu parcha matnning qaysi turiga mansub? A) tasviriy matn B) muhokama matni C) tavsifiy matn D) hikoya matni 13 / 50 Qaysi qatordagi barcha so’zlarda urg’u ma’no farqlaydi? A) fizik, yo’llar, gullar B) qoshlar,boshlar, yoshlar C) olma, surma, childirma D) oshiq, doston, ildizlar 14 / 50 Imlo lug’ati nima uchun kerak ? A) Og’zaki nutqni o’stirish uchun B) To’g’ri tallaffuzni o’rganish uchun C) So’zlarning to’g’ri yozilishini o’rganish uchun D) Shevaga xos so’zlarni bilish uchun 15 / 50 Orol o’sha –o’sha . Uzoqdan turib qarasang ,ko’zing to’ymaydi .Ilon kabi buralib oquvchi daryo shu yerga kelganda ,ikkiga ajralgan ,uch chaqirimdan so’ng yana birlashadi .Qo’sh kokil yanglig’ irmoq orasidagi orol esa yashnab turadi . .. Yuqoridagi matn matnning qaysi turiga mansubligini aniqlang . A) muhokama matn B) hikoya matn C) tasviriy matn D) rivoyat matn 16 / 50 Lotin alifbosi tartibida yozilgan so’zlar qatorini toping. A) gavhar, xalq, o’rmon B) mumtoz, navo, jilo C) abadiy, vazir, hayo D) inson, karam, elak 17 / 50 Qaysi qatordagi so'zlarning undoshlari jarangli lab tovushlaridan iborat. A) bob, bobo , betob B) ivi, bibi, jafo C) ibo, bamuk, bevafo D) beibo, beva, vabo. 18 / 50 Lablangan unlilar qatorini aniqlang A) o’,o,u B) a,i C) a,i e D) barcha unlilar 19 / 50 Qaysi qatordagi so‘zlar alifbo tartibida yozilmagan? A) telegraf, tipografiya, teploxod B) mayiz, mashina, mosh C) kattaqo'rg'on, kishmish, kuz D) agrotexnika, anjir, anor 20 / 50 Old qator unlilar berilgan qatorni aniqlang. A) i, e, a. B) a,o,u. C) o, a, u. D) e, o, i. 21 / 50 Tarixiy so ‘zlar qatorini aniqlang. A) onhazrat, takyagoh B) vazir, mufti C) yo'qsil, avom D) sarf, nahv 22 / 50 Qaysi qatorda barchasi imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar berilgan? A) harom-harish, zalvarli, hasharot, tatbiq, taalluqli B) harom-xarish, zalvarli, hashorat, tatbiq, taluqli C) harom-xarish, zalvorli, hasharot, tadbiq, taaluqli D) harom-xarish, zalvorli, hasharot, tadbiq, taalluqli 23 / 50 Muayyan predmet yoki voqea-hodisalar haqida xabar beriladigan matn …hisoblanadi ? A) hikoya matn B) rivoyat matn C) tasviriy matn D) muhokama matn 24 / 50 Tasviriy matn haqida berilgan qaysi hukmlar to’g’ri ? 1 Tasviriy matn darsliklarda ko’proq qo’llaniladi . 2 Tasviriy matn badiiy adabiyotda ko’proq qo’llaniladi . 3 Tasviriy matn ilmiy adabiyotlarda ko’proq qo’llaniladi . A) 1,3 B) 1,2,3 C) faqat 2 D) 1,2 25 / 50 Urg'u yordamida so'z ma'nolarini farqlash mumkin bo'lgan qatorni belgilang A) olma , anjir ,muhit B) yangi, yigitcha , qishloqcha C) fizik, chog'lar , mudir D) surma, kitob , hovli 26 / 50 Muhokama matn haqida berilgan qaysi hukmlar to’g’ri ? 1 Muhokama matn darsliklarda ko’proq qo’llaniladi . 2 Muhokama matn badiiy adabiyotda ko’proq qo’llaniladi . 3 Muhokama matn ilmiy adabiyotlarda ko’proq qo’llaniladi . A) 1,3 B) 1,2 C) 1,2,3 D) faqat 2 27 / 50 Atama ishtirok etgan gapni toping A) Xullas, bor haqiqatni qayta kashf etdim B) Sifat va otdan yasalgan qo’shma otlarga misol keltiring C) Bo’zchi belbog’ga yolchimas D) Insonlar Alloh oldida bir biriga teng bo’lgandek ,bir birlari oldida ham teng bo’lishlari lozim 28 / 50 Lotin alifbosi tartibida yozilgan so’zlar qatorini toping A) anor ,kuz ,hosil B) eshik ,fasl ,shimol C) bog’,gul ,daraxt D) jahon ,ilm ,shijoat 29 / 50 Muayyan predmet yoki voqea-hodisalar haqidagi fikr mulohazalar bayon qilingan matn …hisoblanadi ? A) hikoya matn B) muhokama matn C) tasviriy matn D) rivoyat matn 30 / 50 Qaysi jarangli undoshlar sirg'aluvchi tovushlarga mansub emas ? A) m,g B) v,z C) y.n D) j,g' 31 / 50 Portlovchi undoshlar yonma-yon kelgan so'zni toping A) hamfikr B) soxtalik C) iqtisod D) qing'ir 32 / 50 Lablanmagan unlilar qatiorini aniqlang A) o,u,o' B) i, e,a C) a,i D) e,o',a 33 / 50 aysi qatorda sport atamalari berilgan? A) balli, dushman, maydon B) kilometr, tonna, vazn C) suv, baland, chuqur D) chala, halol, yonbosh 34 / 50 Qanday tovushlar jarangli undoshlar deyiladi? A) Shovqin va unlardan hosil bo'ladigan tovushlar B) Faqat un(ovoz) dan hosil bo'ladigan tovushlar C) Faqat shovqindan hosil bo'ladigan tovushlar D) Nutq organlarida to'siqqa uchramaydigan tovushlar 35 / 50 Qaysi qatordagi so'zda faqat jarangli undosh mavjud? A) soat B) do'lana C) shoh D) pochta 36 / 50 Til oldi jarangsiz undoshlari berilgan қatorni aniқlang? A) b,p,m B) t,s,sh,ch C) l,z,d,j D) k,q,x,h 37 / 50 Tarkibida faqat quyi keng unlilar qatnashgan so'zlar qatorini toping A) boy. qush B) o'rin, bel C) Narsa, vatan D) xomtok, ko'k 38 / 50 Ma’lum hududdagina ishlatilib, faqat shu yerda yashovchi kishilar tushunarli bo’lgan so’lar qanday nomlanadi. A) Atamalar B) Umumxalq ishlatiladigan so’zlar. C) Shevaga xos so’zlar D) Paronomlar 39 / 50 Qaysi qatordagi so’zlarda urg’u oxirgi bo’g’inga tushmagan? A) vaholanki, fizika, ba’zan B) doston, piyoda, marjon C) qishloq, ertalab, bugun D) kitobxon, darsxona, ziyo 40 / 50 Kosasi oqarmadi iborasining sinonimini toping A) oyog’i tortmadi B) boshi shishdi C) bir to’ni ikki bo’lmadi D) tuz totmadi 41 / 50 Yopiq bo'g'inlarni toping A) os-mon,mak-tab,tok-zor B) qu-loq,so-ya,jang C) yu-bor,ham-dam,ol-ma D) gul-chi,so-at,pesh-voz 42 / 50 Shevaga xos so’zlar qaysi qatorda berilgan ? A) kecha,biz ,erta B) buvi ,shoti ,shakarob C) biz,siz ,men D) maktab ,non ,uzum 43 / 50 Quyidagi so'zlarning qaysi biri tarkibida ochiq bo'g'in mavjud? A) to'rtlikdan. B) otlantirmoq. C) ) biriktirmoq. D) san’atkorlik. 44 / 50 Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) tuxfa, tahlit B) tanbex, taxmin C) timsox, tuxmat D) rahnamo, rayhon 45 / 50 Qaysi qatordagi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga h harfi qo‘yiladi? A) alo…ida, ba…o, ba…s B) ar…eolog, mu…bir, i..tisos C) gul…an, a…ir, va…ima D) asla…a, gazet…on, giyo… 46 / 50 Qaysi iboraning ma’nosi beparvo ,beg’am so’zlariga sinonimbo’la oladi ? A) do’ppisi yarimta B) o’ziga yuqtirmaslik C) chuchvarani xom sanamoq D) qush kabi yengil tortmoq 47 / 50 Javoblarning qaysi birida unli tovushlar ko'rsatilgan? A) m,ng,n,r,l B) b,f,k,t,s C) yo,yu,ya ,a D) a.u,o',i,e,o 48 / 50 . h undoshiga to'g'ri tavsif berilgan javobni toping A) chuqur til orqa ,sirg'aluvchi jarangli undosh tovush B) chuqur til orqa ,sirg'aluvchi jarangsiz undosh tovush C) bo'g'iz , sirg'aluvchi jarangsiz undosh tovush D) chuqur til orqa ,portlovchijarangsiz undosh tovush 49 / 50 Tarkibida faqat tor unlilar ishtirok etgan so'zlarni belgilang. A) asal ,gul B) to'rt, burchak C) besh, yil D) qultum, uzum. 50 / 50 Bunday bo’g’in unli bilan tugaydi yoki bir unlidan iborat bo’ladi Ushbu izoh quyidagi qaysi tushunchaga taaluqli? A) berkitilgan bo’g’inga B) yopiq bo’g’inga C) ochiq bo’g’inga D) berkitilmagan bo’g’inga 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz