Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №4 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №4 InfoMaster Mart 29, 2022 198 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №4 FE’L NISBATLARI ANIQ NISBAT O’ZLIK NISBATI MAJHUL NISBAT ORTTIRMA NISBAT ORTTIRMA NISBAT QO’SHIMCHALARNING ISHLATILISHI BIRGALIK NISBAT FE’LLARNING VAZIFA SHAKLLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Bo'g'inga ajralmaydigan so'zlar qatorini toping. A) hukm, gramm, ong. B) qit'a, qal'a, yechim. C) ongi, yengil, yangi. D) yongan, singil, bong. 2 / 50 Sodda yasama so'zlar berilgan qatorni aniqlang. A) tok qaychi dunyoqarash tomorqa B) yerto'la. belbog', mingoyoq C) alirgul, o'rinbosar, oqqush D) serhosil, o'xshovsiz, noto'g'ri 3 / 50 O’timsiz fe'l qavsi gapda qo’llanilgan ? A) Komila bayramga ofiltadek kiyindi. B) Akam bu yil universitetni tugatdi, C) Paxtakorlarimiz hosilni barvaqt yig’ib olishdi, D) Endi sizni kim deb ataylik? 4 / 50 Faqat lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar ishtirok etgan so’zlarni toping. A) aybsitmoq, ulg’aytirgan, bormadi. B) kulimsiramoq, ellardagi, ketguncha. C) asabiylashmoq, kelinchak, keltirish D) giyohlarni, ajratildi, topildi 5 / 50 Harakatning bajaruvchisi deganda nima nazarda tuliladi? A) fe 'llardan anglashilgan holatni hajaruvchi narsa B) В va C. C) fa 'llardan anglashilgan harakat va holatni bajaruvchi narsa D) fe 'llardan anglashilgan harakat va holatni bajaruvchi shaxs 6 / 50 Fe'llarning lug'aviy shakllari hisoblanadigan so'zlarni toping. A) ol, yur, qol B) edi, ekan, emish C) o'sayotgan, yozish, o'qib D) esa, bo'ldi 7 / 50 Qaysi nisbat shaklida bajaruvchilarning ko’p ekanligi anglashiladi ? A) majhul B) o’zlik C) birgalik D) aniq 8 / 50 Orttirma nisbat qo’shimchalari berilgan qatorni toping. A) -sh(-ish), -l(-il) B) -ir, -ar, -iz C) -t, -ch, -im D) -sh(-ish), -n(-in) 9 / 50 Fe'Ining sifatdosh shakli gapda qanday gap bo'Iagi vazifasida keladi ? 1 ega 2 abiqlovchi 3 to'Idiruvchi 4 kesim 5 hol A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2 D) 4 10 / 50 Fe'lning lug'aviy shakllariga qaysi bandda misol berilgan? A) o'qish, o'qimoq, o'qimoqda B) kel, kelgan, kelsa C) kelmoq, kelib, kelar D) yozdi, yozmoqda, yozmoqchi 11 / 50 Qaysi qatordagi fe’l birgalik nisbatdagi fe’lga mansub ekanligini aniqlang A) hazillashmoq B) o’rtoqlashmoq C) ishlashmoq D) go’zallashmoq 12 / 50 Birgalik nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gap qatorini belgilang. A) Sog’lom odam tabiatning eng bebaho asaridir. B) Ona mehri ilohiy, uni Yaratgan ato etgan C) Hayot uchun, tiriklik uchun yer, suv, havo, quyosh, nuri qanchalik kerak bo’lsa, insoniy mehr ham shunchalik zarurdir. D) Do’stlarim men bilan xayrlashishdi, institutda bo’ladigan kechaga borolmasligimga achinishdi 13 / 50 Qaysi qatorda orttirma nisbatdagi fe’l berilgan ? A) keltirilgan B) chaqirtirildi C) kiyintirishdi D) yozdirgizdim 14 / 50 Majhul nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni toping A) Uzumlar shipga osildi B) Qattol o’g’ri dorga osildi C) B,C D) U erkalanib dadasining elkasiga osildi 15 / 50 so’ra fe’lidan quyidagi qaysi qo’shimchalar orqali orttirma nisbat yasash mumkin? 1 –t 2 –dir 3 –tir 4- giz 5 -qaz A) 1 B) 1,3 C) 1,2,3,4,5 D) 1,3,4 16 / 50 O’zlik nisbatdan hosil bo’lgan fe’lning orttirma nisbat shaklini toping A) o’zgartirildi ,ishlatildi B) yuvinishdi ,kiyinishdi C) yuvintir ,kiyintir D) keltir ,yozdir 17 / 50 -t qo’shimchasi vositasida qanday fe’llardan orttirma nisbat hosil qilish mumkin ? A) –y undoshi bilan tugagan ko’p bo’g’inli so’zlardan B) Unli tovush bilan tugaagan so’zlardan C) –r undoshi bilan tugagan ko’p bo’g’inli so‘zlardan D) –y,-r undoshlari bilan tugagan bir bo’g’inli so’zlardan 18 / 50 Qaysi gapda majhul nisbatdagi fe’l mavjud ? A) Qo’riq yer ekin ekishga tayyorlandi B) Uzoqdan suv ko’rindi C) Bir pasda janjal boshlandi D) Tuguncha ichidagilar yerga to’kildi 19 / 50 O’zlik nisbatdagi fe’l qaysi qatorda qo’llangan? A) Ko’p o’tmay dalalarda ertangi karam nihollari yashnadi B) Saida bir yigitga ashula ayttirdi C) Ularga javob berilsin D) Navoiy sehrli sadolarga beixtiyor berildi 20 / 50 Fe’ldagi birgalik nisbatini ifodalovchi qo’shimcha quyida berilgan qaysi qo’shimchaga sinonim bo’la oladi ? A) –n,in B) –sh,-ish C) –lar D) –l,-il 21 / 50 Orttirma nisbat fe’llari berilgan qatorni aniqlang. A) bitirmoq, ko’rsatmoq B) aytmoq, tomchilamoq C) tasvirlamoq, ko’rilmoq D) anglamoq, asramoq 22 / 50 Orttirma nisbat xosil qiluvchi - gaz, - kaz, - kaz qo’shimchalari o’tmoq fe’liga qay tarzda qo’shilishi mumkin? A) o’tkaz, o’tqaz tarzida B) faqat o’tkaz tarzida C) o’tgaz, o’tkaz, o’tqaz tarzida D) faqat o’tqaz tarzida 23 / 50 Qaysi qatordagi gapda majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan ? A) Tiniq ko’kda oq bulut parchalari ko’rindi B) Erkin yosh havaskorlar to’garagiga yozildi C) Uylar ,klublar ,kutubxonalar qurildi D) O’qituvchimiz ko’rsatmasi bilan safga tizildik 24 / 50 Qaysi nisbatdagi fe’llar ish harakatning boshqa shaxs yoki vosita bilan bajarilganini bildiradi ? A) o’zlik B) birgalik C) majhul D) orttirma 25 / 50 Birgalik nisbatidagi fe'llar ishtirok etgan gaplarni aniqlang. 1. U tog'asi bilan quyuq so'rashdi. 2. Mehmonlar kelib qolishdi. 3. Kelishgan yigit ekanmi? 4. Akam kvartiraga joylashdi. 5. Ishni tezda tugatdilar. A) 2, 5 B) 1,3, 4 C) faqat 2 D) 2, 4, 5 26 / 50 O’zlik nisbatdagi fe’l qaysi gapda qo’llangan ? A) Mix qoqildi B) Ot qoqildi C) Hovli orqali uyga kiriladi D) Odil ishdan bo’shatildi 27 / 50 Kesimi o‘zlik nisbatidagi fe’l bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) Bu bino tez fursatda qayta tiklandi. B) Qiyg‘os ochilgan paxtalarni ko‘rib ko‘zi quvnadi. C) Sarvar manzilga tezroq yetib olish uchun o‘ngga qayrildi. D) G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi. 28 / 50 Qaysi qatordagi fe’llardan o’zlik nisbati shaklini hosil qilib bo’lmaydi ? A) artmoq,qiynamoq,kavshamoq B) ekmoq,sug’ormoq,kesmoq C) minmoq,haydamoq,kiymoq D) yuvmoq ,yasamoq ,bezamoq 29 / 50 Unli tovush bilan tugagan fe’llardan qaysi qo’shimchalar orqali orttirma nisbat hosil qilish mumkin ? A) –t,-dir B) -t,-g’iz C) –tir,-dir,-giz ,-qiz ,-t D) –t 30 / 50 Qaysi nisbatdagi fellar vosita bilan bajarilgan harakatni bildiradi? A) birgalik B) majhul C) orttirma D) o’zlik 31 / 50 Qaysi nisbat fe’l nisbat bajaruvchisining noaniqligini ifodalaydi? A) majhul B) orttirma C) birgalik D) aniq 32 / 50 .Majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gapni aniqlang . A) U to’yga borish uchun kiyindi, yaxshilab tarandi . B) Sarimsoqboy bolalarga rosa maqtandi C) Rota yana bir qator bo’lib yo’lida davom etmoqda . D) Yangi do’ppi va liboslar kiyildi . 33 / 50 Majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan kesim qatnashgan gapni aniqlang. A) Bayram arafasida mahallamizda yangi to‘yxona ochildi. B) O‘zligini yo‘qotgan xalq boshqa bir xalqqa qo‘shilib ketadi. C) Yuk orqalagan, og‘ir qoplar ostida ikki bukilgan aravakashlar ko‘rinar edi. D) U qilgan ishlarini o‘ylab, vijdon azobida qiynaldi. 34 / 50 Orttirma nisbatdagi fe’llardan iborat qatorni toping A) oqiz ,keltir ,ishlat B) ko’rsat,ishlandi,olindi C) taraldi,yuvildi,yozildi D) ko’rindi,uxlatildi ,sotdi 35 / 50 yemoq ,demoq fe’llaridan majhul nisbat qay tarzda hosil qilinadi ? A) so’z asosi unli tovush bilan tugaganligi uchun –l qo’shimchasi qo’shish orqali B) yemoq ,demoq fe’llaridan majhul nisbat yasalmaydi C) so’z asosiga –il qo’shimchasi qo’shish orqali D) so’z asosi va majhul nisbat qo’shimchasi orasida –y tovushini orttirish orqali 36 / 50 –ir orttirma nisbat qo’shimchasi haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri? A) undosh bilan tugagan ko’p bo’g’inli fe’llarga qo’shiladi B) undosh bilan tugagan bir bo’g’inli fe’llarga qo’shiladi C) vazifasiga ko’ra shakl yasovchi qo’shimcha hisoblanadi D) fe’l yasovchi qo’shimcha bilan omonimlik hosil qiladi 37 / 50 Qaysi gapda birgalik nisbatdagi fe’l berilgan? A) Birgalik nisbatdagi fe’l berilmagan . B) Paxtani toza terish o’z burchimizdir . C) Maqsadimiz –tinch yashash, o’qish, ishlash va qurish D) U uyqudan turgach, maza qilib kerishdi . 38 / 50 Birgalik nisbatidagi fe’llar aniq nisbatdagi fe’llarga teng kelgan so’zlar qatorini aniqlang A) urishdi,janjallashdi ,bajarishdi B) so’kishdi ,to’qnashdi ,ketishdi C) bahslashdi ,janjallashdi,to’qnashdi D) qimirlashdi,yurishdi,janjallshdi 39 / 50 Qaysi so‘zda orttirma nisbat qo‘shimchasi mavjud, lekin undabu nisbatga xos ma’no ifodalanmagan? A) surishtirmoq B) o‘g‘irlatmoq C) oqizmoq D) ko‘rsatmoq 40 / 50 Orttirma nisbat ma'nosi kuchaygan so'zni aniqlang. A) surishtirishdi B) o'qittirmoq C) gapirtirma D) bildirib qo'ygin 41 / 50 Majhul nisbat shaklidagi fe’l ishtirok etmagan gapni toping A) Barcha mahallalarda sumalaklar pishirildi B) Rustam shahmat to’garagiga yozildi C) Yerlarga don sepildi D) Javoblarning barchasida fe’llar majhul nisbat shaklida qo’llangan 42 / 50 Bajaruvchisi aniq bo’lgan harakat yoki holatni bildirgan fe’l shakli ... A) aniq nisbat B) o’zlik nisbat C) orttirma nisbat D) majhul nisbat 43 / 50 Orttirma nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni aniqlang A) Archa qishin yozin ko’m-ko’k turadi B) Asta –sekin tong yorisha boshladi C) Fan yutuqlar butun dunyoni qoyil qoldirmoqda D) Mehnat baxt keltiradi 44 / 50 Xalqning sha’niga, ming yillar davomida to’plagan obro’-e’tiboriga dog’ tushirishga hech kimning haqi yo’q. Ushbu gapda fe’lning vazifa shakllaridan qaysi biri mavjud? A) sifatdosh, harakat nomi B) sof fe’l, harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh C) sof fe’l, harakat nomi D) harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh 45 / 50 Qaysi nisbat qo’shimchalari fe’lga birdan ortiq tarzda qo’shiladi? A) orttirma nisbat B) o’zlik nisbat C) birgalik nisbat D) majhullik nisbat 46 / 50 Birgalik nisbat shaklidagi fe’lni aniqlang A) bellashmoq B) birlashmoq C) do’stlashmoq D) kuylashmoq 47 / 50 Birgalik nisbat shklidagi fe’llar qatorini belgilang A) kiyilmoq,taralmoq ,yuvilmoq B) gullatmoq ,bitirmoq ,yedirmoq C) tabriklamoq ,yozmoq,kelmoq D) terishmoq ,ekishmoq,kulishmoq 48 / 50 Qaysi javobda faqat orttirma nisbatdagi fe’llar berilgan? A) yozdirmoq,so’rattirmoq,ekishmoq B) ko’rsatmoq,qaytarmoq,o’tkazmoq C) pishirmoq,sug’ormoq,qiynalmoq D) oqizmoq, yuvinmoq,otilmoq 49 / 50 Majhul nisbatdagi fe’l qo’llangan gapni toping A) Bu savollarga bolalar turlicha javob berishdi B) Ofarin topshiriqni o’z vaqtida bajaribsizlar C) Qurilishga zarur materiallar olib kelindi D) Botirlar qo’rquvni bilmaydilar 50 / 50 Ona kelar yo'lda yugurib, Ko'ringandan qizini so'rab. Yuqoridagi gapda fe'lning qanday vazifadosh shakllari ishtirok etgan? 1) sof fe'l; 2) harakat nomi; 3) sifatdosh; 4) ravishdosh. A) 1, 2, 3, 4 B) 3, 4 C) 1, 3, 4 D) faqat 4 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz