Ona tili va adabiyot majburiy blok №3 Mart 24, 2022Aprel 5, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot majburiy blok №3 ga fikr bildirilmagan. 0% 1 123456789101112131415 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №3 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 15 1. Quyidagi qaysi javobda nuqtalar o`rniga bo`g`iz undoshi qo`yiladi? A) i…cham, su…bat B) …onadon, i…tiyoriy C) te…nika, ta…minan D) …isoblanmoq, iste…zo 2 / 15 2. Ham yana Erhubbi bo`ladur tag`o, Ammamizning erlaridur Nurato. Ushbu parchada qo`llangan – lar qo`shimchasi qanday uslubiy ma`no ifodalab kelyapti? A) umumlashtirish B) kinoya C) kuchaytirsh D) hurmat 3 / 15 3. … ehsondan qochar, … mehmondan qochar. (O‘zbek xalq maqoli) Nuqtalar o`rniga mos so`zlarni qo`ying. A) baxil-xasis B) go‘zal-xunuk C) kam-ko‘p D) dono-nodon 4 / 15 4. Xuddi shunday erta bahorda, Uchrashgandik ikkov kechqurun Ayrilgandik erta sahaгda, Hali issiq ko'rinur o'rin. She'riy parcha tarkimda fonetik o'zgarishlar sonini aniqlang. A) 4 ta B) 8 ta C) 5 ta D) 6 ta 5 / 15 5. Yasama so‘zlar qatori berilgan javobni toping. A) gulla, chirilla, o`zim B) bilim, shoir, tilim C) shaftolizor, musobaqa, tepalik D) o‘kinch, o‘roq, unum 6 / 15 6. Berilgan so`zlardan qaysi biri –iq qo`shimchasi bilan yasalmagan? A) iliq B) tiniq C) siniq D) chiziq 7 / 15 7. Sayohat vaqtida ko‘rganlarimdan batafsil gapirdim. Ushbu gapda ostiga chizilgan so`z tarkibidagi kelishik shaklini qaysi ko`makchi bilan almashtirish mumkin? A) orqali B) uchun C) bilan D) haqida 8 / 15 8. (Qo`li,mushti,bilagi,dasti) zo`r birni yiqar, bilimi zo`r – mingni. Mos so`zni qo`ying. A) qo`li B) bilagi C) dasti D) mushti 9 / 15 9. Qaysi javobda berilgan terminlarning barchasi bitta fanga oid? A) ildizpoya, ra`noguldoshlar, mikroskop B) kurtak, xujayra, tenglama C) milod, mikroskop, tub son D) tenglama, kesma, milod 10 / 15 10. Darhaqiqat O`zbekistonning qayeriga borsangiz, sizni iliq kutib olishadi. Ushbu gapda qaysi tinish belgisi tushirib qoldirilgan? A) nuqtali vergul B) vergul C) tire D) ikki nuqta 11 / 15 11. O‘zaro zid ma’noli so‘zlar juftligini aniqlang. A) mushkul – dushvor B) zarar – foyda C) moziy – o`tmish D) uquvsiz – noshud 12 / 15 12. Hovli ancha tor edi. U qo`liga tor oldi. Ushbu gaplardagi tor so`zi so`zlarning shakl va ma`no munosabatiga ko`ra qaysi turiga mansub? A) shakldosh so`zlar B) antonim so`zlar C) ma`nodosh so`zlar D) paronim so`zlar 13 / 15 13. Qaysi javobda ajratib yoziladigan so`zlar berilgan? A) kino//yulduz,ilmiy//ma`rifiy B) yilma//yil, Olti//ariq C) talab//qil, har//xil D) qo`sh//tabaqa, anti//virus 14 / 15 14. Oddiy darajadagi sifat qaysi gapda uchraydi? A) Itning ko`zlari qop-qora ekan. B) Aqlli bolalar sinfimizda ko`p edi. C) Hovli bo`m-bo`sh edi. D) U ko`kimtir ko`ylagini kiyib olgan edi. 15 / 15 15. Po'stagini qoqmoq iborasining sinonimini belgilang. A) qattiq jazolamoq B) ayovsiz tanqid qilmoq C) talabchan Ьо lmoq D) ozor yetkazmoq 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot majburiy blok