Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 8-sinf Adabiyot » 8-sinf Adabiyot 18-mavzu 8-sinf Adabiyot 8-sinf Adabiyot 18-mavzu InfoMaster Mart 23, 2022 360 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 5 1 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf Adabiyot 18-mavzu yuzasida testlar 18 – MAVZU: TAKRORLASH 1 / 37 “Kuntug’mish “ dostonida qaysi daryo nomi keltiriladi ? A) Amudaryo B) Tajang C) Mug’ol D) Sirdaryo 2 / 37 Lutfiy haqida bitilgan quyidagi misralar qaysi manbadan olingan? «...To'qson to'qqiz yoshida olamdin o'tdi. Qabri Dehikanordadur, o'z maskani erdi». A) «Muzakkir ul-ahbob» B) «Majolis un-nafois» C) «Tazkirat ush-shuaro» D) «Nasoyim ul-muhabbat» 3 / 37 Qaysi poytaxt shaharda Navoiyning haykali bunyod etilmagan? A) Moskva B) Boku C) Tokio D) Ashxabod 4 / 37 Nodiraning forsiy she'rlari jamlangan devoni qanday nomlangan? A) «Devoni Макпипа» B) «Devoni Nodira» C) «Devoni Komila» D) «Devoni forsiy» 5 / 37 Urush yillarida frontda jang qilayotgan o'g'lini kutayotgan ota kechinmalar G'G'ulomning qaysi she'rida ifodalangan? A) "Kuzatish" B) "Xalq otlandi" C) "Sog'inish" D) "Biz yengamiz" 6 / 37 Oybekning qaysi she'ri Sobiq sho'rolar davlati, jumladan, O'zbekistonda ham «sotsialistik tuzumga qarshi kuchlar», «xalq dushmanlari»ni fosh qilish harakatlari avjga chiqayotgan bir pallada, xalq, millat qayg'usida ijod qilgan va qilayotgan jadid ziyolilari, Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat singari erk kuychilarini yoppasiga qoralash oddiy holga aylangan davrda yozilgan? A) «0'zbekiston» B) «Qoraxat» C) «Kuz yomg'iri...» D) «Na'matak» 7 / 37 «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasida qaysi sardorning o'n yara yesa ham otda tik turganligi ta'kidlanadi? A) Jaloliddin Manguberdining B) Elbors pahlavonning C) Amir Badriddinning D) Temur Malikning 8 / 37 Usmon Nosir o'zbek tiliga tarjima qilgan «Bog'chasaroy fontani» dostoni kimning qalamiga mansub? A) Nekrasov B) Lermontov C) H. Hayne D) Pushkin 9 / 37 Said Ahmad qaysi ijodkorning ixcham va teran fikrlash fazilatini o'zida mujassamlashtira olgan adib hisoblanadi? A) Fitratning B) Abdulla Qahhorning C) Hamid Olimjonning D) Furqatning 10 / 37 «Chinor» romani qahramoni Bektemir qayerlik edi? A) Qo'ng'irotlik B) Kapsanlik C) ) Shodasoylik D) Enasoylik 11 / 37 Ozod Sharafiddinovning farzandlariga aytgan (avlodlarga ham bir vasiyatdek yangrab qolgan) so'nggi so'zlarini toping. A) «G'ururingizni asranglar, chunki biz o'zbeklarmiz, o'zbekning o'z g'ururi bor...» B) «Yuragingizni asranglar, sizning eng katta boyligingiz ana shu рок yuragingizdir...» C) «Vatanni asranglar, axir bu go'zal Vatan Allohning el qatori sizga ham atagan buyuk tuhfasi...» D) «Kitoblarimni asranglar, mening eng katta boyligim mana shu kitoblar edi...» 12 / 37 To`ra Sulaymon qalamiga mansub asarlar qaysi qatorda to`g`ri ko`rsatilgan? A) «Shoir yuragi», «Bedorlik», «Sarob» B) «Kun va tun», «Afrosiyob», «Vatan tuprog`i» C) «Gul bir yon, chaman bir yon», «Yov qochdi», «Sarvinoz» D) «Yurak va aql», «Mening yulduzim», «Muhabbat» 13 / 37 «Otning egasi» hikoyasida Inod otini bermaslik uchun kichik leytenantga nima(lar) beradi? A) ikkita ho'kiz B) bir sog'in sigir C) bir sog'in echki D) o'nta qo'y 14 / 37 Muhammad Yusuf 1978-yilda qaysi oliy dargohni tamomlaydi? A) Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutini B) O'rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti)ni C) O'zbekiston dorilfununi (hozirgi Samarqand davlat universiteti)ni D) Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi Pedagogika universiteti)ni 15 / 37 Fuzuliy qalamiga mansub «Kerakmazmi sanga» radifli g'azalning matlasida bevosita qaysi obrazga murojaat qilinadi? A) so'fiyga B) bog'bonga C) pariga D) ko'ngulga 16 / 37 Thakurning qaysi qo'shig'i Bangladesh Xalq Respublikasining milliy madhiyasiga aylangan? A) «Oltin Bengaliya» B) «Xalq qalbi» C) «Mening oltin Bengaliyam» D) «Bengaliya qalbi» 17 / 37 S Yesenin“Ona ibodati “ she’rida ona va og’il timsoli orqali qanday mavzuni yoritgan ? A) hijron mavzusi B) vatan mavzusi C) oila mavzusi D) ) iltijo mavzusi 18 / 37 "She'r ko'p, ammo shoir-chi?", "Hayotiylik jozibasi, sxematizm inersiyasi" maqolalari muallifi kim? A) O. Sharafiddinov B) Т. Sulaymon C) A. Muxtor D) A. Qahhor 19 / 37 «Geyne bilan o'rtoq tutindim, Lermontovdan ko'mak o'tindim», - deya yozgan ijodkor kim? A) Muhammad Yusuf B) Oybek C) To'ra Sulaymon D) Usmon Nosir 20 / 37 Hayot sharobidan bir qultum yutay, Damlar g'animatdir, umr uzoq soqiy, Quyosh-ku falakda kezib yuribdi, Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy. Ushbu qadrli baytiar muallifi nomi qaysi qatorda berilgan ? A) G'. G'ulom B) U. Nosir C) M. Shayxzoda D) H. Olimjon 21 / 37 “Bu kitobni kitobxon boshdan oyoq shavq bilan,hech qayerda turtinmasdan,diqqatli susaymandan,ishtahasi bo’g’ilmasdan o’qib chiqadi…Kitobda qimirlagan har bir jonning qayg’usi,quvonchi qilish-qimish,muhabbati ga’zabi,og’zidan chiqadigan har bir so’zi rost.”.Yuqoridagi so’zlar kimga tegishli va qaysi asar haqida so’z bormoqda? A) A.Qahhor “Ufq” haqida B) S.Ahmad “Chinor” haqida C) O.Sharofiddinov “Shaytanat” haqida D) Oybek “O’tkan kunlar” haqida 22 / 37 Manbalarda taxallusi oldidan «mavlono» sifati qo'shib tilga olingan ijodkorni toping. A) Yusuf Xos Hojib B) Lutfiy C) Fuzuliy D) Navoiy 23 / 37 Qaysi shoir ko’nglida yotgan armonni ko’chib qolgan nortuyaga, quyosh tushmaydigan yerdagi erimay qolgan qiyoslab ta’riflangan? A) Mirtemir B) Abay C) Shavkat Rahmon D) To’ra Sulaymon 24 / 37 Ota diydoridan, ona mehridan, yor-do'stlar davrasidan olisda, chaqirsa ovoz yetadigan joyda quvg'in bo'lib olamdan o'tgan qahramon va u ta'riflangan asarning nomini toping. A) «Ufq» da – Tursunboy B) «Saodat sohili»da Binoqul C) «O'tkan kunlar»da - Usta Farfi D) «Mehrobdan chayon»da Safar bo'zchi 25 / 37 G'uncha ochilguncha o‘tgan fursatni Kapalak umriga qiyos etgulik, Ba’zida bir nafas olgulik muddat Ming yulduz so‘nishi uchun у etgulik. Shunday takrorlanmas misralar o‘rin olgan «Vaqt» she’ri muallifini aniqlang. A) G‘afur G‘ulom B) Abdulla Oripov C) Asqad Muxtor D) Oybek 26 / 37 Ilgari qaysi dostonni aytish darajasiga qarab baxshilar iste'dodiga baho berilgan? A) " Kuntug'mish" B) "Ravshan" C) " Malika Ayyor" D) "Alpomish" 27 / 37 Shoir «Iltijo» she’rida «Bahor, sensiz sahro-yu tog‘-u toshga jon qayda?» - der ekan, bu sahro - beminnat makon qidirib sargardon kezgan vatangado kimsalarnin tog‘-u toshlar - qilmishi qing'ir zotlarnin ramziy ifodasi ekanini ilg‘aymiz. Demak, bu zotlarning bahori yo‘q. Ular o‘z umri bahoriga mensimay qaragan, unga noshukurlik qilgan, bahorini toptagan kimsalardir. Ular hayot bahorini xazongc almashganlar.Ushbu parchada tahlili keltirilgan she’r muallifini aniqlang. A) Asqad Muxtor B) Muhammad Yusuf C) To‘ra Sulaymon D) Hamid Olimjon 28 / 37 «Ushbu she’rda otalarimizga xos bo‘lgan jamiki fazilatlar o‘zining yorqin ifodasini topgan. Ularning samimiyligi, jonsarakligi, har doim ham oshkor qilinavermaydigan farzandga mehr-u muhabbati, kuzatuvchanligi, tantiligi, andishasi ... barcha-barchasi shu she’rda namoyon bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, bu she’rda o‘zbek otasining bo‘rtma, umumiy, hamma uchun tanish, yaxlit siymosi aks ettirilgan». Ushbu ma’lumot qaysi she’r haqida? A) “ 0‘gut» (Fitrat) B) «Bu - men tug‘ilgan tuproq» (Mirtemir) C) «Sog‘inish» (G‘afur G‘ulom) D) «Genetika» (Abdulla Oripov) 29 / 37 "Vatan tushunchasi muayyan jug'rofiy hududnigina qamrab olmaydi, balki uning tarkibiga butun jamiyat, uning kechagi kuni, buguni va ertasi ham kiradi". Ushbu fikr kimga tegishli? A) М. Yusufga B) R. Tagorga C) To'ra Sulaymonga D) O. Sharafiddinovga 30 / 37 Bahorsiz ham divorsiz el ichra benazarnian- Bahor, ketma menins bos'imdan. Ushbu she'r muallifini toping. A) T. Sulaynion B) M. Yusuf C) A. Oripov D) G', G'ulom 31 / 37 Ijodkor she’rida she’riyatdagi jonlantirish san’atidan mahorat bilan foydalanib, dunyodan o‘tib ketgan yaqin odamining sog‘inchi, xotirasini qalamga oladi. She’rda: «Mana, qimmatligim, yana bahor kelib, Seni izlab yurdi, kezdi sarsari. Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni, Ul ham yosh to‘kdi-yu, chekildi nari» kabi ta’sirchan misralar o‘rin olgan. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida? A) Zulfiya B) Muhammad Yusuf C) Saida Zunnunova D) To‘ra Sulaymon 32 / 37 Bog'da tovus kabi xiromon bo'lib, Umid danagini birga ekingiz. G‘olib kelajakni sayr qilaylik Mushfiq onaginang bilan ikkimiz. Ushbu kelajakka ishonch ifodasi bo‘lgan umidbaxsh misralar muallifini aniqlang. A) To‘ra Sulaymon («Armon») B) Mirtemir («Bu - men tug‘ilgan tuproq») C) Abdulla Oripov («Genetika») D) G‘afur G‘ulom («Sog‘inish») 33 / 37 «Xon g'azabi - Xudo g'azabi» degan naql qaysi asarda uchraydi? A) «Kuntug'mish» B) «Ravshan» C) «Mirzo Ulug'bek» D) «Qutadg'u bilig» 34 / 37 U Farg‘ona shahrida temiryo‘lchi oilasida dunyoga keldi. Oilada uchinchi farzand bo‘lgan ... endigina 11 yoshga to‘lganida otasi vafot etadi. 0‘n ikki yetim bolani boqib katta qilish oson ish emas edi... . balog‘at yoshiga yetguncha bolalar uyida tarbiya topadi, o‘qiydi. U Toshkentga kelib, jurnalistlar tayyorlaydigan kurslarga o'qishga kiradi, gazeta tahririyatida ishlaydi. Ushbu parchada qaysi ijodkor haqida ma’lumot berilgan? A) Asqad Muxtor B) Turob To‘la C) Abdulla Qahhor D) Erkin Vohidov 35 / 37 ."Odam deb o'lgan odam - doim tirik bo'ladi", "O'zini deb yashagan - o'lik" kabi gaplar qaysi asarda keltiriladi? A) "Asrga tatigulik kun" B) "Chinor" C) "Mirzo Ulug'bek" D) "Qiyomat" 36 / 37 "Xarsang" (1984), "Gul bir yon, chaman bir yon" (1996), "Yovqochdi" (1998) kabi kitoblar muallifi kim? A) E. Vohidov B) T. Sulaymon C) U. Azim D) A. Oripov 37 / 37 «Tilak», «Tong edi», «Totli damlar» singari she’riy asarlar qaysi ijodkorning qalamiga mansub? A) Asqad Muxtor B) Hamid Olimjon C) Mirtemir D) Shuhrat 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz