8-sinf Adabiyot 13-mavzu

0
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

8-sinf Adabiyot 13-mavzu yuzasida testlar

13 – MAVZU:  SHUKUR XOLMIRZAYEV  

1 / 32

"Kuntug'mish" dostonida Kuntug'mishni halokatdan saqlab qolgan timsol kim?

2 / 32

Lutfiy merosining necha foizini g'azal janri namunalari tashkil etadi?

3 / 32

Husayn Boyqaro qaysi faslda taxtga chiqqan?

4 / 32

Nodiraning forsiy she'rlari jamlangan devoni qanday nomlangan?

5 / 32

G'afur G'ulomning qaysi she'ri: «Shoirlar yarim avliyodirlar» degan fikming yaqqol isboti hisoblanadi?

6 / 32

Oybekning qaysi she'ri Sobiq sho'rolar davlati, jumladan, O'zbekistonda ham «sotsialistik tuzumga qarshi kuchlar», «xalq dushmanlari»ni fosh qilish harakatlari avjga chiqayotgan bir pallada, xalq, millat qayg'usida ijod qilgan va qilayotgan jadid ziyolilari, Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat singari erk kuychilarini yoppasiga qoralash oddiy holga aylangan davrda yozilgan?

7 / 32

«Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasida qaysi obraz otasining xuni uchun Jaloliddindan o'ch olmoqchi bo'ladi?

8 / 32

Usmon Nosir she'rlaridan birida nima(lar)ni «tarjima qilish»dan charchaganligini ta'kidlaydi?

9 / 32

«Ufq» romanining qaysi qismida Katta Farg'ona kanali qurilishi qalamga olingan?

10 / 32

«Chinor» romanida: «Odam deb o'lgan odam doim tirik bo'ladi», - degan gapni kim aytgan?

11 / 32

Ozod Sharofiddinov «Jahon adabiyoti» jurnaliga qaysi yillari bosh muharrirlik qilgan?

12 / 32

To’ra Sulaymon “Iltijo “she’rida nimani saodatga ishora deb aytadi ?

13 / 32

«Omon ovchining o'limi» hikoyasida qaysi qushlarning urush yillari tog'da yolg'iz qolgan odamlarni ham yeb ketishganligi, bo'riga tashlansayam oldin ko'zini o'yib olishi ta'kidlanadi?

14 / 32

«Omon ovchining o'limi» hikoyasida Omonning ikki oyog'ining to'pig'i shishib ketib, yon-verida jigarrang dog'lar paydo bo'lgach, Omon ko'chadan yurishni xohlamagani sabab qayerdan borib, kasalxonaning etagidan chiqishadi?

15 / 32

«Otning egasi» hikoyasida Inod otini bermaslik uchun kichik leytenantga nima(lar) beradi?

16 / 32

Shukur Xolmirzayev qalamiga mansub pyesani toping.

17 / 32

«Omon ovchining o'limi» hikoyasida Omon ayrim jonivorlarni sira otmas, aksincha, uzoq-uzoq tomosha qilishni yaxshi ko'rardi, ularning tundek unlariga singishib o'tirishni istardi, inson ruhiyatidagi bu aynish holati G'arb psixologiya fanida qanday talqin etiladi?

18 / 32

«Otning egasi» hikoyasida chorbog' qorovuli kim edi?

19 / 32

Shukur Xolmirzayevning qaysi romanida o'tgan asming yigirmanchi yillaridagi birodarkushlik urushining halokatli hodisalari tasvirlangan?

20 / 32

«Otning egasi» hikoyasida 'qishloq o'rtasidagi tepada o'rnashgan ikki xonali, tog'ning olis-olis burchaklaridan otli, eshakli bo'lib o'quvchilar qatnaydigan maktabning yagona muallimi kim edi?

21 / 32

«Omon ovchining o'limi» hikoyasida qaysi obrazga nafaqat tabiat va uning jonzotlariga, balki odam bolalariga nisbatan shafqat ham butkul begona?

22 / 32

«Otning egasi» hikoyasida otasidan juda erta, xotini va farzandlaridan fojiali tarzda ayrilgan qahramonni toping.

23 / 32

«Otning egasi» hikoyasida partiya komitetining nima sababdan shaxsiy ot saqlashni man qilganligi aytiladi?

24 / 32

«Otning egasi» hikoyasida bir qadar xo'mraygan, og'irkarvon va allanechuk odamovi, hamma hurmat qiladigan yigit kim edi?

25 / 32

«Otning egasi» hikoyasida qaysi qahramon o'z otini o'z qo'li bilan nobud qiladi, o'zining ko'ngil boyligini boshqalar ixtiyoriga, dargumon taqdirga topshirishdan ko'ra, uni, jonsiz holda bo'lsa-da, yonida qolishini istaydi?

26 / 32

«Otning egasi» hikoyasida Inodning oti kimdan yodgorlik edi?

27 / 32

«Otning egasi» hikoyasida Qorabayirga qarab faqat «zo'r» tulporni ko'rayotgan, qanday qilib bo'lsa ham uni o'ziniki qilmoqchi bo'lgan obraz qaysi?

28 / 32

Shukur Xolmirzayevning xotin-qizlarimizning sho'ro davridagi fojiali hayotini ro'yirost yoritgan, 1990-yilda sahnalashtirilgan asarini toping.

29 / 32

Shukur Xoimirzayev sho'ro davrida faqat qoralanib kelgan «bosmachilik harakati»ga yangicha yondashishga urindi va 1987-yilda yaratgan qaysi asarida mazkur hodisani butun murakkabligi bilan chuqur badiiy talqin etdi?

30 / 32

Shukur Xolmirzayevning qaysi qissalari Abdulla Qahhordek ustozlar e'tiborini qozongan?

31 / 32

«Otning egasi» hikoyasida qat'iyatli, qaysar, cho'rtkesar obraz qaysi?

32 / 32

«Otning egasi» hikoyasida garchi tog' qishloqlarining katta-kichik bolalariga muallimlik qilsa-da, tabiatan sodda va ishonuvchan, chiroyli gaplardan, kitobiy so'zlardan nihoyatda yiroq obraz qaysi?

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0