Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 6-sinf Adabiyot » 6-sinf Adabiyot 20-mavzu 6-sinf Adabiyot 6-sinf Adabiyot 20-mavzu InfoMaster Mart 18, 2022 112 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Adabiyot 20-mavzu yuzasida testlar 20 – MAVZU: TOG’AY MUROD 1 / 39 “Shum bola “ asari qaysi usulda yozilgan ? A) yumoristik B) romantik C) realistik D) satirik 2 / 39 Turob To’laning bolalar uchun yozgan nasriy asari qaysi? A) “Sariq devni minib” B) ”Qizbuloq” C) “Yetti zog’ora qissasi “ D) “Shum bola “ 3 / 39 Xudoyberdi To‘xtaboyevning «Sariq devni minib» romaniga oid qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? A) Hoshimjon biroz ishlab pul topish uchun uyini tashlab ketib qoladi. B) Hoshimjon brigadalarning birida kompost bilan kompotning farqiga bormasdan rosa izza bo‘ladi. C) Dono va Oysha Hoshimjonning singillari bo‘ladi. D) Hoshimjon o‘zi va do‘sti Qosimga yettita fandan choraklik chiqarib qo‘yganligini avval ona tili, keyin fizika o‘qituvchisi bilib qoladi. 4 / 39 “Insonga avvalo yaxshi ustoz darkor” degan g’oya qaysi ertakda aks ettirilgan ? A) «Qutbdagi gunafsha». B) «Shahzoda Plombir». C) «Hurishni eplolmagan kuchukcha». D) «Hech qayoqqa olib bormaydigan yo‘l». 5 / 39 «Tanobchilar» satirik hikoyasida tanobning necha oyda kelishi aytiladi? A) olti oyda B) uch oyda C) besh oyda D) o'n ikki oyda 6 / 39 «Веmог» hikoyasida Sotiboldining xo'jayini nima ish qilar edi? A) Gilam olib sotar edi. B) Zargarlik buyumlari savdosi bilan shug'ullanardi. C) Chigit po'choq va kunjara bilan savdo qilar edi. D) Chitfurushlik qilar edi. 7 / 39 Odil Yoqubov qissalari ko 'rsatilgan qatorni belgilang. A) "Muqaddas", "Qanot juft bo'ladi" B) Matluba","Tengdoshlar" C) "Er boshiga ish tushsa" "Adolat manzillari" D) A va B 8 / 39 E.Vohidovning dastlabki she'riy to'plamini belgilang? A) “Tong nafasi” B) 'Tirik sayyoralar" C) "Hozirgi yoshlar" D) "Charog'bon" 9 / 39 . O'tkir Hoshimov qalamiga mansub asar nomi keltirilmagan javobni aniqlang. A) «Oltin zanglamas» B) «Ikki eshik orasi» C) «Dunyoning ishlari» D) «Bahor qaytmaydi» 10 / 39 «Maskovchi boy ta’rifida», «Saylov», «Dodhohim» asarlari qaysi shoiming qalamiga mansub? A) Furqat. B) A. O'tar. C) Muqimiy. D) A.Qahhor. 11 / 39 Said Ahmadning birinchi hajviyasining nomini toping. A) “Hukm” B) ” Ishqiboz” C) “Sobiq” D) “Qoplon” 12 / 39 Musa Jalilning “Ishonma” she’rida lirik qahramonni nima olg‘a borishga undaydi? A) vataniga bo‘lgan sadoqat B) yigitlik g’ururi C) dushmanga bo’lgan cheksiz nafrati D) bayrog‘iga qon bilan yozilgan onti 13 / 39 "Yorg'ichoq qo'shig'i mehnat qo'shiqlarining qaysi turiga kiradi? A) chorvachilik B) dehqonchilik C) mavsum D) marosim 14 / 39 A Navoiy “Mahbub ul qulub” asarida aytilishicha ,bemahal hadya qilingan zarbof chopon nimaning belgisi ? A) hilmga B) saxovatga C) tilga D) safarga 15 / 39 Gulxaniyning yana bir taxallusi… A) Nodir B) Mijmar C) Jur’at D) Foniy 16 / 39 Avaz O'tar qanday oilada tug'ilgan? A) baqqol oilasida B) xattot oilasida C) gilamdo'z oilasida D) hunarmand oilasida 17 / 39 Abayning «Nasihatlar» kitobidagi quyidagi fikrlar nimaga qaratilgan? «...yaxshining ham, yomonning ham tayangani - sensan. Sen ikkalasiga ham birdek xizmat qilasan, istaganini topib berasan - mana shu odating yomon!». A) Yurakka B) Ilmga C) G‘ayratga D) Aqlga 18 / 39 . Zulfiyaning qaysi she'ri «0'zi kashf etardi, kashf etganday baxt» misralari bilan tugaydi? A) «0'g'lim, sira bo'lmaydi urush» B) «Bahor keldi seni so'roqlab» C) «Bog'lar qiyg'os gulda» D) «Baxtim bor, ajoyib kishilar aro...» 19 / 39 . «Yulduzli tunlar» («Bobur») romanida Boburni «o'ldi» deb ovoza tarqatib, Andijonni aldamchilik bilan egallagan kirn? A) Ilyosxo'ja B) Tug'luq Temurxon C) Ahmad Tanbal D) Tilba Sulton 20 / 39 Tog‘ay Murodning qaysi asarida qadimiy xalq musobaqasi - kurash san’atining butun qonun-qoidalari eng mayda jihatlarigacha batafsil tasvirlangan? A) «Oydinda yurgan odamlar» B) «Otamdan qolgan dalalar» C) «Yulduzlar mangu yonadi» D) «Ot kishnagan oqshom» 21 / 39 . Tog'ay Murod qaysi asari uchun Qodiriy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo'lgan? A) «Otamdan qolgan dalalar» B) «Oydinda yurgan odamlar» C) «Ot kishnaaan oqshom» D) «Yulduzlar mangu yonadi» 22 / 39 “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida Bo‘ri polvon suygan, ammo yaqin do‘sti “ilib ketgan” burni puchuq qizning ismi nima edi? A) Momoqiz B) Suluv C) Barchin D) Oyqiz 23 / 39 . Qoplonbek va Oymomo To'g'ay Murodning qaysi asari qahramoni hisoblanadi? A) “Otamdan qolgan dalarlar" B) “Yulduzlar mangu yonadi” C) "Oydinga yurgan odamlar” D) “Ot kishnagan oqshom" 24 / 39 Kinorejissor Shuhrat Abbosov Tog’ay Murodning qaysi asari asosida ikki qismli film suratga olgan ? A) “ Oydinda yurgan odamlar “ B) “Otamdan qolgan dalalar” C) “ Ot kishnagan oqshom “ D) “Yulduzlar mangu yonadi 25 / 39 Tog`ay Murodning «Yulduzlar mangu yonadi» qissasidagi qaysi timsol orqali unutilayotgan an’analarimiz haqida fikr yuritadi ? A) Maksim polvon. B) Tilaberdi polvon. C) Bo`ri polvon. D) Ismoil polvon 26 / 39 "Yoshlik 'jurnalida chop qilinishi bilan butun xalqimiz orasida juda tez dovruq qozondi. Chunki bu asarda о ’sha davr adabiyotida kamdan kam tilga olinadigan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar. butun dunyoga ibrat qilib ko’rsatiladigan "sovet kishisi ” tabiatiga xos bo’lgan turfa illatlar badiiy jihatdan ta’sirchan va ishonarli tarzda ochib berilgandi. Ushbu parcha Tog’ay Murodning qaysi asari haqida? A) “Ot kishnagan oqshom” B) “Otamdan qolgan dalalar” C) “Oydinda yurgan odamlar” D) “Yulduzlar mangu yonadi” 27 / 39 "Bu roman o'zbek xalqining Chor Rossiyasi va sho'ro bosqini ostida o'tgan hayotini -yuz yildan ortiqroq tarixni o'zida mujassam etgan. Asarda bir oilanmg uch avlodi hayoti misolida butun millatning taqdiri o'ta ta'sirchan bo'yoqlarda ifoda etiladi". Ushbu mulohazalar qaysi asar haqida ekanligini aniqlang. A) "Kafansiz ko'milganlar" B) "Otamdan qolgan dalalar" C) "Qiyomat" D) "Oydinda yurgan odamlar" 28 / 39 Tog‘ay Murod tavallud topgan tuman nomi qaysi javobda berilgan ? A) Denov B) Sariosiyo C) Termiz D) Xo’jasoat 29 / 39 Tog‘ay Murod asarlari qatorini belgilang. A) «Ikki karra ikki besh», «Ikki eshik orasi», «Dunyoning ishlari». B) «Ulug‘bek xazinasi», «Diyonat», «Ko‘hna dunyo». C) «Yulduzli tunlar». «Avlodlar dovoni», «Qora ko'zlar». D) «Otamdan qolgan dalalar», «Ot kishnagan oqshom», «Oydinda yurgan odamlar». 30 / 39 “Farzandlar hayotga beparvo qaraydi .Musibat bilan xursandchilik farqiga bormaydi .Farzandlarimiz o’zlarimiz minayotgan mashinaga o’xshaydi ! Odam kim ,mashina kim ,bilib bo’lmay qolyapti “ “”Yulduzlar mangu yonadi “ asaridan olingan ushbu fikrlar kimga tegishli ? A) Maksim polvon B) Abray polvon C) Nasim polvon D) Bo’ri polvon 31 / 39 Iste’dodli yozuvchi Tog`ay Murodning ilk romani qaysi javobda to`g`ri ktsrsatilgan? A) «Yulduzlar mangu yonadi. B) «Ot kishnagan oqshom» C) «Momo yer qo`shig`i» D) «Otamdan qolgan dalalar» 32 / 39 Qaysi ma’lumot Tog‘ay Murod hayoti va ijodi haqida? A) Ijodkor tarjimon sifatida Ernest Seton- Tompsonning «Yovvoyi yo‘rg‘a» asarini o‘zbek tiliga mohirlik bilan og‘irgan. B) Ijodkor Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida oddiy zahmatkash odamlar oilasida tug‘ilgan. C) Uning otasini ham «xususiy mulk egasi», «mushtumzo‘r» sifatida quloq qiladilar. 1939-yilda uning otasi qamoqdan qaytadi va oilasini Sirdaryoga ko‘chirib ketadi. D) Uning qissasini o‘qigan Abdulla Qahhor yozuvchiga maktub bitib, asar uni suyuntirib yuborganini aytgan, «sof, samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o‘qiladi”gan asar yozgani bilan tabriklagan. 33 / 39 T Murodning “Yulduzlar mangu yonadi “ qissasida Bo’ri polvon kimdan mag’lub bo’ladi ? A) Maksim polvondan B) Nasim polvondan C) Ismoil polvondan D) Abray polvondan 34 / 39 Ushbu asar Tog‘ay Murodni iste’dodli yozuvchi sifatida ko‘rsatgan dastlabki yirik asar edi. Unda ming yillar mobaynida unutilmay, elda ardoqlanib kelinayotgan tarixiy qadriyat - kurash, kurashchi polvonlar, ular orasidagi muomala-munosabatlar, ziddiyatli hayotiy muammolar qalamga olinadi. Ushbu ma’lumot Tog‘ay Murodning qaysi asari haqida? A) «Oydinda yurgan odamlar» B) «Otamdan qolgan dalalar» C) «Yulduzlar mangu yonadi» D) «Ot kishnagan oqshom» 35 / 39 0‘zbeklarning qon-qoniga singib ketgan, ming yillar mobaynida unutilmay, elda ardoqlanib kelayot gan tarixiy qadriyat - halol kurash va kurashchi polvonlar, ziddiyatli hayotiy muammolar aks ettirilgan asarni belgilang. A) «Oydinda yurgan odamlar». B) «Yulduzlar mangu yonadi». C) «Otamdan qolgan dalalar». D) «Ot kishnagan oqshom». 36 / 39 Tog’ay Murodinng qaysi qissasi “Yoshlik “jurnalida chop etilgan ? A) “ Ot kishnagan oqshom “ B) “Yulduzlar mangu yonadi “ C) A,C D) “ Oydinda yurgan odamlar “ 37 / 39 Bo’ri polvonning o’g’li Tilovberdi polvon kimdan yengiladi? A) Normurod polvondan B) Bo’ri polvondan C) Maksim polvondan D) Abray polvondan 38 / 39 Qaysi javobda Tog‘ay Murodning romani berilgan? A) «Otamdan qolgan dalalar» B) «Yulduzlar mangu yonadi» C) «Ot kishnagan oqshom» D) «Oydinda yurgan odamlar» 39 / 39 «Biz polvonlik maktabida o`qimadik. Polvonlik bizga ota emas, pushtdan-pushtga, qandan-qanga o`tib kelyapti» jumlalarini «Yulduzlar mangu yonadi» asarining qaysi qahramoni aytgan? A) Ismoil polvon B) Bo`ri polvon. C) Maksim polvon. D) Tilaberdi polvon. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz