Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 6-sinf Adabiyot » 6-sinf Adabiyot 11-mavzu 6-sinf Adabiyot 6-sinf Adabiyot 11-mavzu InfoMaster Mart 18, 2022 66 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Adabiyot 11-mavzu yuzasida testlar 11 – MAVZU: SAID AHMAD 1 / 30 “Shum bola” qissasi an’analari keyinchalik qaysi o’zbek yozuvchisi davom ettirgan? A) X.To’xtaboyev. B) Said Ahmad C) O’ Hoshimov D) Turob To’la 2 / 30 Qaysi javobda Turob To4la qalamiga mansub to‘plamlar berilgan? A) «Shodligim», «Tabassum» B) «Erka kiyik», «Halima enam allalari» C) «Dinamo», «Tirik qo‘shiqlar» D) «Yuragimga yaqin kishilar», «Kuylarim sizga» 3 / 30 «Sariq devni minib» asarida Ho- shimjon Ro'ziyevga maslahatlar bergan shoirning nomini ko‘rsating. A) Jo‘ra Juman. B) Erkin Hamid. C) Mamarasul Bolta. D) Toshqin Obid. 4 / 30 “Qutbdagi gunafsha “ ertagida gunafshaning ochilganini birinchi bo’lib kim payqaydi ? A) pingvin B) Katta ayiq C) chayka D) ilon 5 / 30 Muqimiyning ilk devoni qanday nomlanadi? A) «Lirika i satira». B) «Muqimiy maa hajviyot». C) «Muqimiy bayozi». D) «Devoni Muqimiy». 6 / 30 «Веmог» hikoyasida Sotiboldining xo'jayini nima ish qilar edi? A) Zargarlik buyumlari savdosi bilan shug'ullanardi. B) Chigit po'choq va kunjara bilan savdo qilar edi. C) Chitfurushlik qilar edi. D) Gilam olib sotar edi. 7 / 30 Odil Yoqubov qaysi yillarda respublika Yozuvchilar uyushmasini boshqardi? A) 1991-1996-yillarda. B) 1987-1991-yillarda. C) 1982-1987-yillarda. D) 1975-1982-yillarda. 8 / 30 Erkin Vohidov bir she’rida choynak va piyola harakatlari orqali qanday fazilatni ulug‘ lagan? A) Kamtarlikni. B) Sahiylikni. C) Xushmuomalalikni D) Mehribonlikni. 9 / 30 O’tkir Hoshimov ijodiga masnub qissalar qaysi javobda berilgan? A) "Cho’l havosi", “Tushda kechgan umrlar" B) "Shamollar esaveradi", “Odamlar nima derkin” C) “Urushning so nggi qurbonni”, “Muhabbat” D) “Tengdoshlar". “Nur borki, soya bor" 10 / 30 Qaysi ertakda dunyodagi har bir mavjudot, avvalo, inson o’zini, o‘zligini tanishi kerak degan g’oya bor? A) «Hech qayoqqa olib bormaydigan yo‘l». B) «Hurishni eplolmagan kuchukcha». C) «Shahzoda Plombir». D) «Qutbdagi gunafsha». 11 / 30 Qaysi qatorda Said Ahmadning qissalari berilgan? A) “Hukm”, “Qadrdon dalalar” B) “Ufq”, “Hukm” C) “Qishloq hukm ostida”, “Qadrdon dalalar” D) “Jimjitlik”, “Muhabbat” 12 / 30 S. Ahmadning "Qoplon" xikoyasida qanday shaxs obrazi yaratilgan? A) Ig'vogar va to'hmatchi B) Amalparast va hudbin C) Hushomadgo'y, ikki yuzlamachi. D) ) Poraxo'r va byurokrat 13 / 30 S Ahmadning "Qoplon" hikoyasida qanday g'oya ifoda qilingan? A) Itning raqiblari bilan olishuv ko'rsatilgan B) Zotdor itning egasiga sadoqati ifoda qilingan.' C) Itga mehr qo'ygan kishi holatlari ko'rsatilgan D) Manfaatparast, xushomatgo'y kimsalarning har-xil qiyofaga kirishi ko'rsatilgan 14 / 30 “Qoplon” hikoyasida Qurbonboy Tillayevning qo‘lida kim bo‘lib ishlardi? A) haydovchi B) hayvon o‘rgatuvchi C) mashina yuvuvchi D) it boquvchi 15 / 30 Said Ahmad qaysi asarida voqeani asar qahramonining tilidan hikoya qilarkan, jamiyatimizda, halol kishilarning xatti-harakatlarida paydo bo'layotgan dabdababozlik, nozarur yumushlarga chalg'ib, kulgili vaziyatlarga tushib qolishi kabi nuqsonlar ustidan yengil kuladi? A) «Sobiq» B) «Qoplon» C) «Qochoq» D) «Qorako'z majnun» 16 / 30 «Sobiq» hikoyasidagi raisning ismini toping. A) Qurbonboy B) Berdiali C) Yigitali D) Ummatali 17 / 30 Qaysi ma’lumot Said Ahmadning hayoti va ijodi haqida emas? A) Said Ahmad Toshkent shahrining «Samarqand darboza» mahallasida dunyoga kelgan. B) Said Ahmad Oybekning psixologik tasvir mahoratini, G‘afur G‘ulom yumorini, Abdulla Qahhorning ixcham va teran fikrlash fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan ijodkordir. C) U dastlabki asari bilanoq buyuk ijodkor Abdulla Qahhor nazariga tushgan, undan «Sof, samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o‘qiladigan asar» yozibsiz deb maqtov olgan. D) Uning ilk mashqi o‘n olti yoshlarida «Mushtum» jurnalida chop etilgan va dastlabki ish faoliyati ham xuddi shu jurnalda boshlangan. 18 / 30 S.Ahmadning 1940-yili nashir etilgan birinchi hikoyalar to'plami qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan? A) "Eryurak" B) "Dunyo bolalari" C) "Qishloq hukm ostida " D) "Tortiq" 19 / 30 ."Qoplon" hikoyasidagi Qurbonboy qanday odam? A) .sadoqatli B) poraxo'r C) .oqibatli D) manfaatparast 20 / 30 .S.Ahmadning "Qoplon" nomli hikoyasidagi hushomadgo'y, laganbardor obrazining ismi qaysi javobda to'gri ko'rsatilgan? A) Tillayev B) Dadaboy C) .Qurbonboy D) Qodirboy 21 / 30 «Qoplon» hikoyasida Tillayev nima uchun ishdan ketadi? A) bod kasali qo'zg'agani uchun B) oq qon kasaliga duchor bo'lgani uchun C) sil kasaliga duchor bo'lgani uchun D) o'pkasi qattiq shamollagani uchun 22 / 30 Said Ahmadning birinchi hajviyasining nomini toping. A) ” Ishqiboz” B) “Hukm” C) “Sobiq” D) “Qoplon” 23 / 30 Said Ahmadga O`zbekiston Qahramoni unvoni nechanchi yili berilgan? A) 1998 yil B) 1999 yil C) 1997 yil. D) 2000 yil 24 / 30 Said Ahmadning birinchi hikoyalar to`plami qaysi va u nechanchi yilda chop etilgan? A) «Hayot saboqlari» 1938 yil B) «Sovg`a» 1942 yil C) «Tortiq» 1940 yil D) «To`y» 1940 yil 25 / 30 Said Ahmadning qissalarini toping. A) «Farg'ona hikoyalari», «Qadrdon dalalar» B) «Qadrdon dalalar», «Hukm» C) «Jimjitlik», «Xandon pista» D) «Muhabbat», «Hukm» 26 / 30 Said Ahmadning birinchi hajviyasi bosilganda u necha yoshda edi? A) 16 B) 19 C) 20 , D) 18 27 / 30 "Qoplon" va "Sobiq" hikoyalaridagi kulgi qanday kulgi? A) "Qoplon"dagi satirik, "Sobiq"dagi yumoristik B) Yumaristik C) . "Qoplon"dagi yumoristik , "Sobiq"dagi satirik D) Satirik 28 / 30 Said Ahmad romanlari to'g'ri sanalgan javobni ko'rsating. A) "Hijron kunlarida", "Ufq bo’sag’asida", "Qirq besh kun". B) "Qirq besh kun", "Kelinlar qo'zg'oloni", "Ufq" C) "Ufq", "Shum bola","Sariq devni minib" D) "Ufq", "Hukm", "Sud", "Jimjitlik". 29 / 30 «Sobiq» hikoyasida rais hikoya qahramoniga kimning mashinasida kinoga tushishini aytadi? A) Yigitalining B) Ummatalining C) Botiralining D) Qurbonboyning 30 / 30 Qaysi qatorda Said Ahmadning dramatik asarlari berilgan? A) «Qadrdon dalalar». «Hukm». B) «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Kuyov». C) «Tortiq», «Muhabbat». D) «Jimjitlik», «Ufq». 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz