5-sinf Adabiyot 13-mavzu

0

5-sinf Adabiyot 13-mavzu yuzasida testlar

13 – MAVZU: ZAHRIDDIN MUHAMMAD BOBOUR

1 / 32

Maqolning davomini toping: «Xalqqa xizmat -...».

2 / 32

Nimaning mo’ylovi oyog’idan uzun ? Topishmoqning javobini toping

3 / 32

Sahoba Ammor aytganlar : “Uchta xislatni o’zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo’lg’aydir” Sahoba Ammor aytgan 3 xislat qaysi qatorda berilgan ? 1)insofli va adolatli bo’lmoq 2) barchaga salom bermoq 3) ochga taom bermoq 4) kambag’alligida ham sadaqa berib turmoq 5) ilm o’rganmoq 6) g’azabini yashira olmoq

4 / 32

Ezopning “ Eshak bilan baqalar” masali mazmuni qavsi o’zbek. xalq maqoliga hamohang?

5 / 32

“Uch og’a ini botirlar” ertagidagi hikoyada to’ti podshohdan uyga borib kelishiga necha kunga ruhsat so’raydi ?

6 / 32

Hamid Olimjon xotirasiga ehtirom tarzida yozilgan «0'riklar gullar...», “Haykal “ she'rlarining muallifi kim?

7 / 32

«Botir tikuvchi» ertagida qaysi obraz tikuvchini temir gurzi bilan o'ldirmoqchi bo'ladi?

8 / 32

Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur “ tarixiy qissasidagi “xushchaqchaq ,gapdon ,tor va tanburni yaxshi chaladigan ,o’z suhbati bilan majlisga jon kirgizadigan yigit “ deb ta’riflangan kim ?

9 / 32

Oybekning dostonlari berilgan javobni toping.

10 / 32

Mirtemir qalamiga mansub asarlarni toping.

11 / 32

O'tkir Hoshimov «Farzandlarimga o'gitlar»da kim haqida: «...hech nimaga erisholmaydi. Faqat o'zgani ham, o'zini ham abgor qiladi», -degan fikrni bildiradi?

12 / 32

“Sher bilan durroj” asaridagi sher qanday edi?

13 / 32

Bobur butun ko'rgan-kechirganlarini qaysi asarida mufassal bayon qilgan?

14 / 32

Boburning avlodlari hind diyorida qancha muddat hukmronlik qildilar?

15 / 32

Boburning quyidagi ruboiysida qo'llangan «laim» so'zining ma'nodoshini toping. Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen, Ham mol yig'ishtirur laim ermasmen. Kobulda iqomat etti Bobur, dersiz, Andoq demangizlarkim, muqim ermasmen.

16 / 32

Boburning qaysi ruboiysi mazmunini shoirning hayotdagi shiori edi deyish mumkin?

17 / 32

Boburning qaysi misra bilan boshlanuvchi ruboiysida fojia hazil bilan beriladi?

18 / 32

(Bobur) Ruboiy misralarining to'g'ri tartibini belgilang. 1) Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutungiz; 2) Bir-birini necha kun g'animat tutungiz; 3) Chun gardishi charx budurur, tengri uchun; 4) Jamiyatingiz borini davlat tutungiz.

19 / 32

Boburning bizgacha yetib kelgan she'rlarining hajmi qancha?

20 / 32

Boburning qaysi ruboiysi Andijonning xiyonatchilar qo'liga o'tishi, o'zining ikki-uch yil tog'-u toshlarda sarson-sargardon bo'lib yurishi tufayli yaratilgan?

21 / 32

Boburning quyidagi ruboiysidagi «beqaydmen» so'zining ma'nosi qaysi javobda to'g'ri berilgan? Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen, Ham mol yig'ishtirur laim ermasmen. Kobulda iqomat etti Bobur, dersiz, Andoq demangizlarkim, muqim ermasmen.

22 / 32

Boburning bizgacha yetib kelgan she'rlarining qanchasi ruboiy hisoblanadi?

23 / 32

Boburning qaysi ruboiysida yaxshilikning sharofati, yomonlikning kasofati, vafoga vafoning, jafoga jafoning qaytajagi haqida so'z ketadi?

24 / 32

Bobur «Ey bodi sabo» deb boshlanuvchi ruboiysida qayerdagi yoriga xabar yuboradi?

25 / 32

Bobur nechta devon tuzgan va bizgacha shulardan nechtasi yetib kelgan?

26 / 32

«Bobur» so'zi qaysi tildan olingan va qanday ma'noni anglatadi?

27 / 32

Bobur qaysi ruboiysida Kobul va G'azna shaharlarini jangsiz egallab olsa-da, butun ko'ngli ona Vatanida ekanligini ta'kidlagan?

28 / 32

Bobur qalamiga mansub quyidagi misralar qanday janrda yozilgan va «sarrishtayi aysh» birikmasining ma'nosi nima? Tuz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur. Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur. Sarrishtayi ayshdin ko'ngulni zinhor Uz. oh, Zahiriddin Muhammad Bobur

29 / 32

( Bobur) Ruboiyning to'g'ri tartibini belgilang. 1) Sen shu'lasen, ul shu'lag'a kuldurmen. 2) Nisbat yo'qdur, deb ijtinob aylamakim. 3) Shohmen elga, vale senga quldurmen. 4) Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen.

30 / 32

Bobur qaysi janrning tengsiz namunalarini yarata olgan?

31 / 32

Bobur «Ko'ngli tilagan murodiga yetsa kishi...» deb boshlanuvchi ruboiysini qachon yozgan?

32 / 32

Otasi bevaqt vafot etgach, Farg'ona hokimligi necha yoshli Boburning zimmasiga tushadi?

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

96 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0