6-sinf Biologiya 43-45-mavzular

0

6-sinf Biologiya 43-44-45-mavzular yuzasida testlar

1 / 50

O’simliklar yer sharida tarqalish qonuniyatlarini o’rganadigan {a}va tashqi muxit bilan bo’lgan munosabatlaridagi qonuniyatlari va tashqi muhit omillarining o’simliklarga tasirini{b} qaysi bo’limlar o’rgandi.

2 / 50

O'simliklar hujayra tuzilish darajasiga ko'ra qanday bo'ladi?

3 / 50

Barg va poyadan qaysi ildiz hosil bo’ladi?

4 / 50

Ildiz qismlari(zonalari) nechta va ular qanday ataladi (to'g'ri ketma-ketlikda joylashtiring)?

5 / 50

Novdaning ikkita barg oralig'i qismi qanday ataladi?

6 / 50

Bargning quyidagi funksiyalarni amalga oshirishini: fotosintez, suv bug‘latish transpiratsiya, gaz almashinuvi botanikaning qaysi bo’limi o’rganadi

7 / 50

Rasm asosida barglarning tomirlanishini juftlab ko’rsating? a-patsimon,b-parallel,c-yoysimon d-panjasimon

8 / 50

Piyozbosh uzunasiga kesib qaralganda uning organlari joylashgan joyini to’g’ri joylashtiring. 1)Piyozboshning tubida 2)tubidan pastga qarab 3)tubidan yuqoriga qarab 4)o’rtasida 5)tashqi tomonida qaysi organlari joylashgan bo’ladi? a)kurtaklari b) kalta poyacha c)seret barglar d)quruq qobiq e)qo’shimcha ildiz

9 / 50

Pallalar orasida yupqa to‘siq bo‘lib, unga urug‘lar birikadigan o’simliklarni belgilang. 1)g’o’za 2)burchoq 3)lola 4)mosh 5)karam 6)loviya 7)boychechak 8)turp 9)no’xat 10)bangidevona 11)zirako’t 12)chuchmoma 13)beda 14)rediska 15)oq akatsiya 16)qurttana

10 / 50

Suv bug’latish jarayonining o’simlik hayotidagi ahamiyatini belgilang. 1) ildiz orqali suv va mineral moddalarning so’rilishi tezlashadi 2)poya bo’ylab moddalarning harakati yaxshilanadi 3)o’simlik organlarining qizib ketishidan saqlaydi

11 / 50

Ijodiy faoliyatining asosiy qismini yashil o'simliklardagi fotosintez jarayonini o'rganishga bag'ishlagan va fanga o'zining munosib hissasini qo'shgan mashhur rus olimi va u fotosintezni asoslab bergan asarini nomini belgilang.

12 / 50

Bitta urug’kurtakka ega o’simliklarni ko’rsating. 1)olcha 2)shaftoli 3)boychechak 4)lola 5)gilos 6)g’o’za

13 / 50

Hozirgi vaqtda nechta dorivor o`simlikdan dunyo miqyosida foydalanilmoqda

14 / 50

Qaysi o’simliklaring mevalari uchida joylashgan bir tutam popuklar (tuk)lar hisobiga uchib tarqaladi? 1)xina 2)qayrag’och 3)nilufar 4)qo’g’a 5)saksovul 6)boyalish 7)g’umay 8)machin 9)zarang 10)yorongul 11)rovoch 12)zubturum 13)tol 14)jud 15)qurttana 16)o’qatar bodring 17)qoqio’t 18)cherkez 19)kurmak 20)shumtol 21)dukkakli o’simliklar 22)terak 23)qo’ypechak 24)burchoq 25)zarpechak 26)baliqko’z

15 / 50

Bahor kelib qulay sharoit tug'ilgach xlorella sporasida qanday o'zgarish kuzatiladi?

16 / 50

Xlorellaga xos bo'lmagan xususiyatlarni belgilan. 1)usti qalin va mustahkam qobiq bilan o'ralgan 2) usti yupqa va mustahkam qobiq bilan o'ralgan 3)hujayrasi sitoplazma, yadro xromatofor, vakuol va hujayra qobig’Idan tashkil topgan 4)sitoplazma, yadro xromatofor, hujayra qobig’Idan tashkil topgan 5)yorug'lik ta'sirida suv va karbonat angidriddan kraxmal sintezlaydi 6)yorug'lik ta'sirida suv va karbonat angidriddan kraxmal, oqsil va bohqa moddalar sintezlaydi 7)suvni, unda erigan CO2 va mineral moddalarni butun tanasi orqali shimib oladi 8)suvni, unda erigan CO2 va mineral moddalarni po'sti orqali shimib oladi

17 / 50

Ulotriks qanday usullarda ko'payadi?

18 / 50

Quyidagi rasmda tasvirlangan 6- raqamdagi organni nomini toping

19 / 50

Suv qirqqulog’ida soruslar qayerda joylashgan.

20 / 50

Oddiy qarag`ay qaysi oilaga kiradi

21 / 50

Qirqbo’g’imning erkak o’simtasi qaysi belgilari bilan urg’ochi o’simtasidan farqlanadi?

22 / 50

Quyidagi rasmda nima tasvirlangan

23 / 50

Qirqbo`g`imning qaysi qismidan tabobatda foydalaniladi

24 / 50

Virgin archasining vatanini aniqlang

25 / 50

Ochiq urug’lilarga xos bo’lmagan belgi va xossalarni aniqlang: a)daraxt va butalardan tashkil topgan; b)ko’p yillik o’tlardan tashkil topgan; c)urug’lari meva ichida yetiladi; d)urug’lari qubbalarda yetiladi; e)urug’lardan ko’payadi; f)sporalar yordamida ko’payadi.

26 / 50

Qirqbo’g’imning bahorgi poyasiga xos bo’lmagan xususiyatlarni belgilang. 1) ildizpoyasidagi kurtaklardan hosil bo’ladi 2)qulay sharoitga tushgan zigotadan hosil bo’ladi 3)shoxlangan 4)shoxlanmagan 5)qo’ng’ir rangli 6)yashil rangli 7)har bir shoxlangan poyasi uchida ko’plab spora beruvchi boshoqlar yetishadi 8)poyasi uchida 1ta spora beruvchi boshoq yetishadi

27 / 50

Yo`sinning (a), qirqquloqning (b), qirqbo`g`imning(c) tuproqqa tushgan sporasidan nima o`sib chiqadi

28 / 50

Ushbu o`simlik haqida qanday bilimga egasiz 1-barglarini uchi o`ralgan bo`lib, o`sgan sari yoziladi; 2-spermatozoidi ikki xivchinli; 3-arxegoniysida urug`lanish va ovogenez jarayoni sodir bo`ladi; 4-hayotida jinsiy bo`g`in ustunlik qiladi; 5-yashil suvo`ti; 6-gametafiti yuraksimon ikki jinsli; 7-usneya bilan bitta bo`limga kiradi

29 / 50

Quyidagi rasmda 4-raqamda nima tasvirlangan

30 / 50

Qirbo’g’imning bahorgi va yozgi poyasi uchun umumiy bo’lgan xususiyat(lar)ni aniqlang. 1) ildizpoyasidagi kurtaklardan hosil bo’ladi 2)qulay sharoitga tushgan zigotadan hosil bo’ladi 3)shoxlangan 4)shoxlanmagan 5)qo’ng’ir rangli 6)yashil rangli 7)har bir shoxlangan poyasi uchida ko’plab spora beruvchi boshoqlar yetishadi 8)poyasi uchida 1ta spora beruvchi boshoq yetishadi 9)ko’payish organi vazifasini bajaradi 10)organik moddalarni tayyorlash vazifasini bajaradi 11)ildizpoyada organik moddalar jamg’aradi 12) qulay sharoitga tushgan sporadan hosil bo’ladi

31 / 50

Dala qirqbo`g`imining sershox qirqbo`g`imdan farqini belgilang

32 / 50

1.Qirqbo`g`imga xos xususiyatlarni aniqlang 1. ildizpoyali 1 yillik o`t 2. ildizpoyali ko`p yillik o`t 3.daryo, kanal, ariq bo`ylaridagi sernam yerlarda uchraydi 4.zovur yoqasida, buloqlar atrofida marzalarda o`sadi 5. poyasi serqirra bo`g`imlarga bo`lingan 6. bo`g`im oralig`i g`ovak 7. shoxlari faqat poya bo`g`imlaridan chiqadi 8. Barglari halqa hosil qilib joylashadi 9.barglari ketma-ket joylashgan 10. barglari yo`qolib ketgan 11. poyasi uchida spora beruvchi boshoq hosil bo`ladi 12. shoxlari uchida spora beruvchi boshoq hosil bo`ladi 13. sporafill hosil qiladi 14. sorus hosil qiladi 15. sporafill poyaning o`zgarishidan hosil bo`ladi 16. sorus poyaning o`zgarishidan hosil bo`ladi 17. sporafill bargning o`zgarishidan hosil bo`ladi 18. sorus bargning o`zgarishidan hosil bo`ladi 19. 1 ta sporafilli bo`ladi 20. sporafillari halqa hosil qilib joylashadi 21. soruslari halqa hosil qilib joylashadi

33 / 50

Urug‘kurtakli qubbalari bittadan yoki ikkitadan uzun novdalarning uchida paydo bo‘ladi. Qubbaning o‘rtasidan o‘tgan o‘qqa 15 ta urug‘chi tangachalar birlashadi. Bu tangachalarning ustida nechta urug‘kurtak joylashadi.

34 / 50

Quyidagi rasmda qaysi o`simlik tasvirlangan

35 / 50

Qirqbo`g`imning sporangiylari qayerda hosil bo`ladi

36 / 50

Quyidagilardan qaysilari shakli o'zgargan barg hisoblanmaydi? 1) qirqbo'g'imning sporali boshog'idagi sporofillar; 2) qirqbo'g'imning sporangiyalari 3) piyozning seret barglari; 4) piyozning sersuv qobiqlari; 5) zirkning tikani; 6) do'lananing tikani; 7) oq akatsiya tikani;8) maymunjon tikani; 9) no'xat gajagi; 10) tok jingalaklari; 11) burchoq gajaklari.

37 / 50

Oddiy qarag’ayning urug’chili(1) va changchili(2) qubbalari tanasining qaysi qismlarida hosil bo’ladi? a)novdalarining uchki qismida b) novdalarining pastki qismida c) barglari asosida d) barglari ostida

38 / 50

Quyidagi o`simlikning suv ostidagi bargi va uning shakli to`g`ri berilgan javobni ko`rsating

39 / 50

Quyidagi rasmda qaysi o`simlik tasvirlangan

40 / 50

Urug‘kurtakka tushgan chang donasining … o‘sib chang nayini hosil qiladi.

41 / 50

Qirqbo’g’imning bahorgi poyasiga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang. 1) ildizpoyasidagi kurtaklardan hosil bo’ladi 2)qulay sharoitga tushgan zigotadan hosil bo’ladi 3)shoxlangan 4)shoxlanmagan 5)qo’ng’ir rangli 6)yashil rangli 7)har bir shoxlangan poyasi uchida ko’plab spora beruvchi boshoqlar yetishadi 8)poyasi uchida 1ta spora beruvchi boshoq yetishadi

42 / 50

Qirqbo`g`imning rivojlanish ketma- ketligini aniqlang 1. sporafit 2. Spora 3. zigota 4. erkak va urg`ochi o`simta 5. murtak

43 / 50

Quyidagi rasmda nima tasvirlangan

44 / 50

Qirqbo`g`im tabobatda nima maqsadda foydalaniladi

45 / 50

Qirqquloqlarning qirqbo’g’imlardan farqini aniqlang: a) ildizpoyali, ko’p yillik o’t; b)jinssiz va jinsiy bo’g’imlar gallanadi; c) vegetetiv ko’payish ildizpoyalar orqali sodir bo’ladi; d) ildizi qo’shimcha; e) bargi yirik, patsimon qirqilgan; f) spora beruvchi boshoqlar bo’lmaydi; j) sporalar soruslardagi sporangiyalarda yetiladi.

46 / 50

Zarafshon archasida urug‘langan tuxum hujayradan … , urug‘kurtakdan… rivojlanadi.

47 / 50

Qaysi archalar o`zbekiston tog`larida katta-kichik archazorlar hosil qiladi 1. Virgin 2. Zarafshon archasi 3.saur archa 4. Sharq sauri 5. Turkiston archasi 6.sarv

48 / 50

Funariyaning a- arxegoniy, b- anteridiysi, qirqbo`g`imning c-erkak va d-urg`ochi o`simtasiga xos belgilarni aniqlang 1. ko`p hujayrali 2. ko`p xivchinli spermatozoid hosil bo`ladi 3. 2 xivchinli spermatozoid hosil bo`ladi 4.kichkina chetlari bo`lingan 5. kolba shaklida 6. 1 ta tuxum hujayra yetiladi 7. ko`p tuxum hujayra yetiladi 8. 1 ta spermatozoid yetiladi 9. ko`p spermatozoid yetiladi

49 / 50

Virgin archasi qaysi oilaga mansub

50 / 50

Quyidagi rasmda qaysi o`simlik tasvirlangan

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0