Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 6-sinf Biologiya » 6-sinf Biologiya 25-27-mavzular 6-sinf Biologiya 6-sinf Biologiya 25-27-mavzular InfoMaster Aprel 11, 2022 333 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Biologiya 25-26-27-mavzular yuzasida testlar 1 / 50 “Qizil kitob”ga kiritilgan o’simliklarni belgilang. A) isiriq, chakanda, zubturum B) yong’oq, bodom, pista, safsan C) xolmon, shirach, sallagul D) shuvoq, sebarga, burchoq 2 / 50 Jazirama issiqqa bardosh berib, qum uyumlarida o’sadigan, barglari arang ko’rinadigan o’simliklarni belgilang. A) qizilcha, saksovul va qandim B) archa, qizilcha C) archa, saksovul D) saksovul, qandim 3 / 50 Hosil qiluvchi to`qima hujayralariga xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang? 1)o‘lik, qalin qobiqli hujayralar; 2)tirik, cho‘ziq, qalin qobiqli, xloroplastga ega hujayralar; 3)o‘lik hujayralar; 4) tez-tez bo’linish xususiyatiga ega hujayralar 5)bir qavat zich joylashgan shaffof hujayralar; 6)suv to‘plovchi parenxima hujayralar;7)yirik yadroli, yupqa nozik po‘stli, ichi quyuq sitoplazma bilan to’lgan, tirik hujayralar 8) tirik hujayralar; A) 1,2,3,6,8 B) 4.7 C) 2,3,5,6,7 D) 2,3,6,7 4 / 50 Quyidagi rasmda qaysi o`simlik tasvirlangan A) xara B) elodeya C) xlorella D) chigit 5 / 50 Popuk ildiz tizimi hosil bo’lishi uchun o’simlikning qaysi organidan qo’shimcha ildizlar o’sib chiqishi zarur? A) boshlang’ich poya B) murtakdagi yon ildiz C) boshlang’ich ildiz D) asosiy ildiz 6 / 50 Ildiz tizimining …….. va ….. o’simliklar turiga ildizning shoxlanishiga,qo’shimcha ildizlarga va tuproq unumdorligiga bog’liq. A) tuzilishi va o’lchami B) bo’yi va eni C) o’lchami,ko’payishi D) shoxlanishi,tuzilishi 7 / 50 Ildiz tukchalari qaysi zonada ko`p bo`ladi? A) o`tkazuvchi B) bo`linuvchi C) o`suvchi D) so`ruvchi 8 / 50 Yangi ildiz tukchasi ildizning qaysi qismidan hosil bo'ladi? A) shimuvchi qism. B) bo'linuvchi qism C) o'suvchi qism D) ildiz po'sti 9 / 50 Chirmashuvchi poyali o’simlikni belgilang. A) rotang palma B) tok C) qo’ypechak, karnaygul D) qulupnay, g’ozpanja 10 / 50 Kurtaklari yirik, bir nechta yog‘ochlashgan poya tanaga ega ko‘p yillik o‘simlikni belgilang? A) na’matak B) terak C) tut D) nastarin 11 / 50 Dastlab generativ so‘ngra vegetativ kurtaklari yoziladigan, kurtagi nisbatan mayda bo’lgan yog’ochligi qattiq o’simlikni belgilang. A) bodom B) olma C) o’rik D) tut 12 / 50 Qaysi daraxtda lub tolalari ko'p? A) tut B) hammasi C) kanop D) zig'ir 13 / 50 Barg og`izcha hujayralari xususiyatlari to’g’ri keltirilgan javobni belgilang 1) loviyasimon shaklda 2) ustunchasimon shaklda 3) ovalsimon shaklda 4)juft hujayralar 5)sitoplazma va yadrodan tashkil topgan 6) sitoplazma, yashil plastida va yadrodan tashkil topgan 7) hujayra qobig’i,sitoplazma, yashil plastida va yadrodan tashkil topgan 8) hujayra qobig’i, vakuol, sitoplazma, yashil plastida va yadrodan tashkil topgan A) 2,4,7 B) 1,4,6 C) 3,4, D) 1,4,8 14 / 50 Barg eti hujayralarining hujayraviy tarkibini belgilang. 1) qobiq 2)sitoplazma 3)yadro 4)xlorofill A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 1,3,4 15 / 50 Gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilgan o’simliklarni belgilang. 1)marmarak 2)o’sma 3)olma 4)nok 5)lola 6)karnaygul 7)boychechak 8)olcha 9)qo’ypechak 10)chuchmoma 11)gulsafsar 12)g’o’za A) 2,3,4,5,7,12 B) 5,7,10,11 C) 3,4,8,12 D) 1,6,9 16 / 50 Bir jinsli gullarga ega bo'lgan o'simliklarni belgilang. 1)terak 2)tut 3)gazanda 4)tol 5)qayin 6)yong'oq 7)makkajo'xori 8) qovoq. A) 2,3,4,5 B) 1,2,3,4,5,7 C) 1,2,3,4,5,6,7,8 D) 1,3,4 17 / 50 Sxemalarda ifodalangan to‘pgul turlarini aniqlang. A) 1 - murakkab shingil, 2 - murakkab boshoq, 3 - savatcha B) 1 - murakkab boshoq, 2 – murakkab shingil, 3 - qalqoncha C) 1 - murakkab boshoq, 2 – murakkab soyabon, 3 – qalqoncha D) 1 - murakkab soyabon, 2 – murakkab boshoq, 3 - oddiy soyabon 18 / 50 Makkajo’xorini urug’chili(1) va changchili(2) to’pgullarini belgilang. A) 1-so’ta 2- murakkab shingilli boshoqcha B) 1-so’ta 2-kuchala C) 1-ro’vak 2-so’ta D) 1-kallakcha 2-murakkab shingilli boshoqcha 19 / 50 Bandsiz gullarga ega to’pgullarni belgilang. 1) shingil 2)oddiy boshoq 3)qalqoncha 4)so’ta 5)boshcha 6)soyabon 7)savatcha 8)kuchala A) 2,4,5 B) 1,6,8 C) hammasi D) 1,3,6,7 20 / 50 Soxta mevali o’simliklarni belgilang. 1)olma 2)o’rik 3)olxo’ri 4)behi 5)shaftoli 6)olcha 7)nok 8)gilos A) 1,4,7 B) 1,3,4,5,7 C) 2,3,5,6,8 D) 2,5,6,8 21 / 50 Sxemalarda ifodalangan to‘pgul turlarini aniqlang. A) 1 - oddiy boshoq, 2 - oddiy shingil, 3 - so‘ta B) 1 - qalqoncha, 2 - murakkab boshoq, 3 - savatcha C) 1 - kuchala, 2 - murakkab shingil, 3 - savatcha D) 1 - oddiy boshoq, 2 - kuchala, 3 - so‘ta 22 / 50 Organik moddalar yashil bargning qaysi qism(lar)idagi hujayralarda hosil bo’ladi? A) xlorofillda B) barg etida C) barg yaprog’ining barcha qismida D) barg po’sti 23 / 50 Mineral o’g’itlarni ta’sir qilish xususiyatlari bilan juftlab yozing. 1)kaliyli 2)azot (selitra)li 3)fosforli 4)go’ng a)tuproqda chirib, uning holatini yaxshilaydi b)o’simlikning o’sishini tezlashtiradi c)o’simliklar uchun zarur bo’lgan moddalarni hosil qiladi d)mo’l hosil to’planishiga yordam beradi e)tez pishib yetilishini ta’minlaydi A) 1-d,e; 2-b; 3-d,e; B) 1-d; 2-b,e; 3-d; 4-a,c; C) 1-d; 2-b,e; 3-d; D) 1-d,e; 2-b; 3-d,e; 4-a,c; 24 / 50 O'simliklarda quyosh nuri ta'sirida va xlorofill donachalari ishtirokida anorganik moddalardan organik moddalar hosil bo'lishi va havoga kislorod ajralib chiqishi jarayoni … deb ataladi. A) fotoliz B) autosintez C) xemosintez D) fotosintez 25 / 50 Suv va unda erigan mineral moddalarning tuproqdan so'rilishi nima(lar)ga bog'liq holda kechadi? A) shira harakati B) barg hujayralarining so'rishi C) ildiz bosimi D) A va B 26 / 50 Suv unda erigan holdagi mineral moddalar (oziq moddalar) … orqali o'simlikning barcha organlari bo'ylab harakatlanadi. A) ksilema B) floema C) nay tolali bog'lam D) po’stloq 27 / 50 Karbonat angidridning suv bilan birikishi barg eti hujayralarining qaysi organoidida kechadi? A) endoplazmatik to'r B) xlorofill C) mitoxondriya D) sitoplazma 28 / 50 Ildiz bo`g`zidan kesib tashlansa suv yumalab tushadigan o`simlik. A) shuvoq B) tok C) yantoq D) keyreuk 29 / 50 Qaysi turdagi o’g’itlar tuproqda chirib, uning holatini yaxshilaydi va hosildorligini oshiradi, o’simliklar uchun zarur bo’lgan moddalarni hosil qiladi? A) fosforli va azotli B) kaliyli va fosforli C) azotli D) organik (go’ng) 30 / 50 O'simliklarda … qancha yetarli bo'lsa, organik moddalar ham shuncha ko'p hosil bo'ladi. 1)yorug'lik 2)harorat 3)suv 4)mineral tuzlar 5)CO2 A) 1,2,3,4 B) 1,2,3,4,5 C) 1 D) 1,3,4 31 / 50 Xlorofill donachalari ishtirokida hosil bo'lgan organik moddalarning suvda erish yoki erimaslik xususiyatini belgilang. A) suvda eriydi B) juda kam miqdorda eriydi C) ko'p qismi suvda eriydi, ba'zilari esa umuman erimaydi D) suvda erimaydi 32 / 50 Ijodiy faoliyatining asosiy qismini yashil o'simliklardagi fotosintez jarayonini o'rganishga bag'ishlagan va fanga o'zining munosib hissasini qo'shgan mashhur rus olimi va u fotosintezni asoslab bergan asarini nomini belgilang. A) Timiryazev "Quyosh, hayot va o'simlik" B) Timiryazev "Quyosh, hayot va xlorofill" C) Timiryazev "Quyosh va o'simlik" D) Timiryazev "Hayot va xlorofill" 33 / 50 Agar barglarda organik moddalar yetishmasa o'simlikda qanday jarayon kuzatiladi? A) o'simlikning barcha hujayra, to'qima va organlari o'sish va rivojlanishdan to'xtaydi B) ildiz orqali suv so'rilishi tezlashadi C) shira harakati tezlashadi D) barglarda organik moddalar kam hosil bo'ladi 34 / 50 Quyidagi rasmda qanday jarayon tasvirlangan A) o`simliklar barcha organlari nafas olishi B) organic moddalarni lub tolalari orqali harakatlanishi C) bargning suv bug`latishi D) suv va unda erigan mineral moddalarning harakatlanshi 35 / 50 Ko’p yillik o’simliklarning ildiz tukchalari qaysi faslda o’z faoliyatini boshlaydi(faollashadi)(a) va qaysi faslda tugatadi(b)? A) a-bahor; b-kuz B) a-bahor; b-qish; C) a-yoz; b-kuz; D) a-yoz; b-qish 36 / 50 Barglarni rangsizlantirish uchun qaysi eritmadan foydalaniladi? A) yodning kuchsiz eritmasi B) sirka eritmasi C) spirt eritmasi D) xlorid kislotaning kuchsiz eritmasi 37 / 50 Ildiz tukchalari bilan yonma-yon joylashgan hujayralarga xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang? 1.bitta hujayradan iborat 2.uzun 3.yumaloq 4.yirik yadroli 5.tirik 6.qalin qobiqli 7.yupqa qobiqli A) 1,2,4,7 B) 3,5,7 C) 1,3,5,7 D) 1,3,4,5,7 38 / 50 Fotosintez jarayonida ishlatiladigan CO2ni o'simlik qayerdan oladi? A) o'simlikda sodir bo'ladigan moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo'ladi B) ildiz orqali suvda erigan holatda so'rib olinadi C) poyadagi yasmiqchalar orqali qabul qilinadi D) bargdagi og'izchalar orqali qabul qilinadi 39 / 50 Tajribada terakning bargli novdasidan olib birining pastki qismidan sal yuqorirog'idagi po'stlog'i halqa shaklida kesib olinadi va ikki novdani bir xil vaqtda suvga solinadi. Oradan ikki hafta o'tgach nazorat uchun olingan 1-novdada qanday o'zgarish kuzatiladi? A) novdaning faqat pastki qismida ildiz hosil bo'ladi B) novdaning 2 joyida: halqa kesilib boshlangan va tugallangan joylarida ildizlar hosil bo'ladi C) novda qurib qoladi D) faqat po'stlog'i kesilgan joyning yuqorisidan ildiz hosil bo'ladi 40 / 50 Fotosintez so'zi qaysi so'zdan olingan qanday ma'noni anglatadi? A) yunoncha so'z "fotos"-yorug'lik; "sintez" - birlashtirish, qo'shish B) lotincha so'z "fotos"-yorug'lik; "sintez" - birlashtirish, qo'shish C) yunoncha so'z "fotos"-elektron; "sintez" - birlashtirish, qo'shish D) lotincha so'z "fotos"-elektron; "sintez" - birlashtirish, qo'shish 41 / 50 O’g’itlar asosan nechta va qanday guruhlarga bo’linadi? A) 2; organik va anorganik B) 2; organik va mineral C) A va B D) 2; makroelementli va mikroelementli 42 / 50 Elaksimon naylar suvda erigan organik moddalarni bargning qaysi qismidan oladi? A) barg yaprog’ining barcha qismidan B) barg etidan C) xlorofilldan D) juft loviyasimon hujayralardan 43 / 50 CO2 ning suv bilan birikishi natijasida (xloorofillda) dastlab qanday birikma hosil bo'ladi? A) shakar –glukoza B) sut kislota C) kraxmal D) karbonat kislota 44 / 50 Nima suv va unda erigan oziq moddalarni bir hujayradan ikkinchisiga, pastdan yuqoriga ko’tarilishiga majbur etadi? A) hujayralararo bosim B) shira harakati C) ildiz bosimi D) hujayra ichidagi bosim 45 / 50 Tajribada terakning bargli novdasidan olib birining pastki qismidan sal yuqorirog'idagi po'stlog'i halqa shaklida kesib olinadi va ikki novdani bir xil vaqtda suvga solinadi. Oradan ikki hafta o'tgach po'stlog'i halqa shaklida kesilgan novdada qanday o'zgarish kuzatiladi? A) novdaning 2 joyida: halqa kesilib boshlangan va tugallangan joylarida ildizlar hosil bo'ladi B) faqat po'stlog'i kesilgan joyning yuqorisidan ildiz hosil bo'ladi C) novda qurib qoladi D) novdaning faqat pastki qismida ildiz hosil bo'ladi 46 / 50 Agar novdaning po'stlog'i kesib olinsa bu o'sha joydagi moddalar almashinuviga qanday ta'sir ko'rsatadi? A) suv, mineral moddalar va oziq moddalari o'tmaydi-moddalar almashinuvi buziladi B) oziq moddalari o'tmaydi C) suv va mineral moddalari o'tmaydi D) moddalar almashinuvi jaddalashadi 47 / 50 Ildiz suv va unda erigan mineral moddalarni zarur miqdorda yetkazib bermasa o'simlikda qanday jarayon kuzatiladi? A) yon ildizlar o'sib chiqadi B) barglarda organik moddalar kam hosil bo'ladi C) o'simlikning barcha hujayra, to'qima va organlari o'sish va rivojlanishdan to'xtaydi D) qo'shimcha ildizlar o'sib chiqadi 48 / 50 Suv va unda erigan mineral moddalarning tuproqdan ildizga- poyagacha ko’tarilish jarayonining ketma-ketligini belgilang. A) tuproqdagi suv va unda erigan mineral moddalar, ildiz tukchalari, po’stloq, o’tkazuvchi qism, yer ustki qism B) tuproqdagi suv va unda erigan mineral moddalar, ildiz tukchalari, o’tkazuvchi qism, po’stloq, yer ustki qism C) tuproqdagi suv va unda erigan mineral moddalar, ildiz tukchalari, po’stloq, o’tkazuvchi qism, lub tolalari, yer ustki qism D) tuproqdagi suv va unda erigan mineral moddalar, ildiz tukchalari, o’tkazuvchi qism, po’stloq, elaksimon naychalar, yer ustki qism 49 / 50 CO2 ning suv bilan birikishi natijasida (xloorofillda) keyinchalik qanday birikma hosil bo'ladi? A) shakar -glukoza B) kraxmal C) sut kislota D) karbonat kislota 50 / 50 Ildiz tukchasi va ildiz po`st hujayrasi uchun umumiy xususiyat? A) hujayralari yumaloq va tirik B) hujayra shakli, mag`zi yirik C) qobig`i yupqa bo`lgan tirik hujayra D) C.yirik yadro 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz