10-sinf Adabiyot 7-mavzu

0

10-sinf Adabiyot 7-mavzu yuzasida testlar

7 – MAVZU: T.FAROG’IY

1 / 26

“Rustam otasini chopibdi “,-degan Lanqa gapni ,qo’zim ,o’zingga olma .”Rustamxon” dostonidan olingan ushbu parchadagi Lanqa so’zi qaysi javobda to’g’ri izohlangan?

2 / 26

Rus xizmatchisi Remezov, sheved zobiti logann Stralenberg, olim Misser Shmidtlar topib, ilm ahliga ma'lum qilingan yodnoma nomi qaysi javobda to’g’ri korsatilgan?

3 / 26

Sohibquron Amir Temur ulug’ shayx va shoir Ahmad Yassaviyga e’tiqodi hurmati yuzasidan nechanchi yilda qanday ulug’, xayrli ishni amalgam oshiradi?

4 / 26

Atoyi she'riyati haqidagi qaysi fikr to’g’ri?

5 / 26

Quyidagi fikrlar muallifi kim? «Bu aziz kitob hazrati xoqon Shohruh mirzo podshohligi davridan boshlab, shu zamonga qadar yer yuzini ravshan vujudlari bilan bezagan va bezab turgan olim va shoirlardan ko'plarining ba'zi sifatlaridan va ahvollaridan bayon qiladi».

6 / 26

Boburning markazlashgan davlat tuzishdan iborat maqsadi o'zi tug'ilib o'sgan yurtda - Movarounnahrda emas, balki undan ancha olisda - Hindistonda amalga oshgani quyidagilardan qaysi ruboiyda yorqin tarzda aks etgan?

7 / 26

Turdi Farog'iy qaysi she'rida «tifli ashk» - ko'z yoshining eng kichik bo'lagi singari nazarlardan qolmoq inson uchun yaroqsiz holatga kelib qolgan tanga pulga o'xshatiladi?

8 / 26

Turdi Farog'iy qaysi she'rida «Dizzax» - Jizzaxni tilga oladi?

9 / 26

Turdi qaysi davrda va qayerda yashab ijod etgan?

10 / 26

Turdi Farog'iyning qaysi she'rining lirik qahramoni nazarida «umri kiromi», «g'ussayi behuda» afsus va nadomatlar bilan to'lib-toshmoqda va barchasi «zaxmi nishi ro'zgor ahlini talx-u tundiman» degan xulosa uchun asos bo'lmoqda?

11 / 26

Turdi Farog'iy kimning huzurida moddiy qiyinchilikda yashaydi?

12 / 26

Turdi Farog'iyning «Yod mandin...» deb boshlanuvchi she'rining yakunlovchi bandida mojarolarning ostida qaysi urug'ning boshliqlari turganligi ravshanlashadi?

13 / 26

Shoir Turdidan bizga qadar saqlanib qolgan adabiy meros nechta she'rni tashkil etadi va ular qaysi tilda ijod etilgan?

14 / 26

Turdi Farog'iyning bizgacha qancha fardi yetib kelgan?

15 / 26

Turdi Farog'iyning qaysi she'rida lirik qahramon arzimas bir qatragina suvning «zoti qulzum» - dengizga taalluqli ekanligini unutmaslik lozimligiga ishora qiladi?

16 / 26

Turdi Farog’iy nechanchi yillarda yashagan?

17 / 26

Turdi Farog'iy qaysi she'ri yozilayotgan paytda o'z tug'ilgan joyida emas, boshqa o'lkalarda yashashga majbur bo'lganligi sabab, kunlarning qiyinligini, vaziyatning og'irligini «bo'lmagay mundin batar» ifodasi orqali ko'rsatib beradi?

18 / 26

Turdi Farog'iyning quyidagi baytida qo'llanilgan «faroz», «nishib», «qarib» so'zlarining ma'nolarini toping. Yuz farozidin ozib, tushdum nishibi qirqqa, Xavf-u biym-u vahm arosinda qaribi qirqqa.

19 / 26

Turdi Farog'iy qaysi she'rida hayot shoir uchun minglab sinovlarni, ko'plab qiyinchiliklarni ro'para qilganligi sabab hozir hatto ignaning teshigidan nam o'tadigan darajaga yetib kelganligini aytadi?

20 / 26

Turdi Farog'iy qaysi she'rida tushkunlikka tushgan, qiyinchiliklar girdobida yashayotgan shaxs fojiasining tasvirini chizar ekan, qiynalib ketdim demaydi, balki xalqona tilda: «Oshimga tufroq soldirdi», - deydi?

21 / 26

Turdi Farog'iyning muxammasidan olingan quyidagi qaysi band Turdining iltijolari, Yaratganga murojaati bilan boshlanadi?

22 / 26

Turdi Farog'iyning qaysi she'rida lirik qahramon iztiroblarining manbalari kashf etilib, ular orasida «charxi dun», «gardishi davron», shuningdek, taqdirning buqalamunliklari ajralib turadi? Charxi dun qildi manga javr-u jafolar behisob, Gardishi davron berur har lahza yuz ming pech-u tob.

23 / 26

Turdi Farog'iyning qaysi she'rida kechagi imkon va imtiyoz, bugungi imkonsizlik va mavhumiyat she'rxon ko'z oldida qiyoslab beriladi? Hukm jori, so'z qabuli, bir dun dargo'sh edim, Ahli davlatlar bilan yor-u harif, hamdo'sh edim, Hoy-hoyi bazmlarda shahd no'sho-no'sh edim, Xush zamonlar yuz qazoni boshida sarpo'sh edim, Bu zamon yavg'on qozon ostida qolg'on yundiman.

24 / 26

Quyidagi bayt qaysi shoirning qaysi asaridan keltirilgan? Tor ko’ngullik beklar, manman demang, kenglik qiling. To’qson ikki bovli o’zbek yurtidir, tenglik qiling.

25 / 26

Turdi Farog'iyning bizgacha qancha fardi yetib kelgan?

26 / 26

Turdi Farog'iy qaysi she'rida: «...yaxshi zamonlar ko'rdiman», - deb ta'kidlaydi va ayni paytda, «rindlarning sarxayli», «xush aysh»larni «damo- dam» (muntazam, uzluksiz) ko'rganligi bilan faxr-u iftixor ham etadi, o'ziga mehr ko'rsatganlarning davrasida «bazm-u majlis qurgan»ligini ham ta'kidlaydi?

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

81 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0