Fizika attestatsiya №7

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika fanidan attestatsiya savollari №7

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

Induktivligi 0,2 Genri bo’lgan solenoidning chulg’amidan 10 A tok o’tmoqda. Solenoid magnit maydonining energiyasini aniqlang? (J)

2 / 40

Boshlang’ich tezliksiz 4 m/s² tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakatlanishni boshlagan nexia avtomashinasining 4- va 3- sekundlargi bosib o’tgan yo’llar nisbatini toping?

3 / 40

Kub shaklidagi jismning massasi 3 kg. Qirrasi 3 marta uzun bo’lgan va huddi shu moddadan tayyorlangan kub shaklidagi boshqa jismning massasi qanday bo’ladi?

4 / 40

Jism tezlanishining vaqtga bog`lanish grafigi berilgan. Jismning dastlabki tezligi V0= 20 m/s bo’lsa, t = 3s paytdagi tezligi nimaga teng (m/s)?

5 / 40

Jismjoyidan qo‘zg`alib, bir xil masofada 2 marta kata tezlikka erishishi uchun, unga ta’sir etuvchi kuchni qanday o‘zgartirish lozim?

6 / 40

Kater yo‘lning 1/4 qismini ϑ  tezlik bilan, qolgan qismini esa 2ϑ  tezlik bilan o‘tgan bo‘lsa, uning shu yo‘l­dagi o‘rtacha tezligi qanday?

7 / 40

Rasmda ko’rsatilgandek sharcha K nuqtadan V tezlik bilan otildi shu vaqtda L nuqtadan boshqa sharcha erkin tashlab yuborildi. Agar sharlarning yerga urilishdagi tezliklari bir xil bo’lsa ℎ1 /ℎ2

8 / 40

Jism 20 m balandlikdan 17,3 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. 2 s dan so’ng jism ko’chish vektori yo’nalishi gorizont bilan qanday burchak hosil qiladi?

9 / 40

Jismning harakat tenglamasi x= 5+6t+3t² ko’rinishda berilgan. Jismning dastlabki 2s da bosib o’tgan yo’lini toping (m)/

10 / 40

Moddiy nuqta A (-1;4) nuqtadan B (2;8) nuqtaga 5s da, so’ngra C (-5;1) nuqtaga 3s da o’tdi. Butun harakat davomidagi o’rtacha tezlikni aniqlang (m/s).

11 / 40

10 kg massali jism ishqalanish koeffitsiyinti 0,24 bo’lgan gorizantal tekislikda tinch turibdi. Unga 32N kuch ta’sir qila boshladi. Jismga ta’sir qilayotgan ishqalanish kuchini toping.

12 / 40

Gorizontal tekislikda joylashgan jismlarga tekislik tomonidan ta’sir etayotgan ishqalanish kuchlarini toping (N)? (rasmga qarang) m1=3 kg; m2=5 kg; M1=0,1; M2=0,2; F=12N

13 / 40

“Neksiya” avtomobili 15 sekundda tezligini 108 km/h gacha yetkazdi. Avtomobilning tezlanishi qanday (m/s²).

14 / 40

Aylanani K nuqtasidan boshlagan jism L nuqtagacha 4 s da bosib o’tdi. Jismning aylanish davrini aniqlang ?

15 / 40

Avtomobil tekis harakat qilib 1 minutda 900m yo`lni bosib o`tdi. U qanday tezlik bilan harakat qilgan.

16 / 40

8 g ozonda (O3) nechta kislorod atomi bor?

17 / 40

Stol ustida 20 kg massali jism turibdi. Jismga qo’zg’almas vaznsiz blok orqali o’tgan ip bog’langan. Ipning ikkinchi uchiga 10 kg massali jism osilgan. Jismlar qanday tezlanish bilan harakat qiladilar? Ishqalanish koeffitsiyenti 0,2. Blokdagi ishqalanish e’tiborga olinmasin.

18 / 40

To‘g‘ri chiziqli harakat qilayotgan jism t vaqtning o‘ndan bir qismini 3 m/s tezlik bilan, qolgan qismini 8 m/s tezlik bilan o‘tdi. Jismning harakat davomidagi o‘rtacha tezligi qanday (m/s) bo‘lgan?

19 / 40

Javlon to‘g‘ri chiziq bo‘ylab 12 m masofani yurib, Harakat yo‘nalishiga nisbatan 600 ga burildi va yana 5 m masofani bosib o‘tdi. Javlonning ko‘chish modulini toping (m).

20 / 40

Birinchisining tezligi 4 m/s, ikkinchisining tezligi 2 m/s bo'lgan ikkita bir xil sharcha o‘zaro qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanib, mutlaq noelastik urildi. To'qnashuvdan keyin 1- sharchaning tezligini toping.

21 / 40

Avtomobil tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakat qilib S masofani 2s da bosib o’tdi. Avtomobil xuddi shunday tezlanish bilan boshlang’ich 4S dan 9S gacha bo’lgan masofani qancha vaqtda bosib o’tadi ?

22 / 40

Grafikdan foydalanib jismning umumiy bosib o’tgan yo’lini toping .(m)

23 / 40

Massasi 2000 kg boʻlgan avtomobil egrilik radiusi 40 m boʻlgan qavariq koʻprikdan10 m/s tezlikda oʻtmoqda. Koʻprikning oʻrtasida avtomobil koʻprikka qancha kuch (kN) bilan bosadi?

24 / 40

Berilgan grafikdan foydalanib, boshlang’ich tezligi 2 m/s bo’lgan jismning 6 sekunddan keyingi tezligini (m/s) toping.

25 / 40

20 m/s tezlik bilan tekis harakatlanayotgan 500 m uzunlikdagi avtobuslar kolonnasi uzunligi 700 m bo‘lgan shaharchaga kirib bormoqda. Qancha vaqtdan so‘ng (s) kolonna shaharchadan butunlay chiqib ketadi?

26 / 40

G‘ildirak ω= 100πt rad/s burchak tezlik bilan aylanyapti. U 10 s da necha marta aylanadi?

27 / 40

Uzunliklari 10 sm va 40 sm bo’lgan prujinalarning har biriga m massali jism osilgan holda tebranmoqda. Yuklarning tebranish davrlari nisbati T1/T2 topilsin.

28 / 40

Aerostatdagi barometr 610 mm.sim.ust. ga teng bo’lgan bosimni ko‘rsatdi. U qanday balandlikda bo’lgan?

29 / 40

Gorizontga burchak ostida otilgan jismning ko’tarilish balandligi 80m ga teng bo’lsa, uning uchish vaqtini toping.

30 / 40

Jism 5 m radiusli aylana bo‘ylab 40 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda.Uning aylanish chastotasi qanday (s-1).

31 / 40

H=45 m balandlikdan v0 =40 m/s tezlik bilan gorizontal yo‘nalishda kamondan o‘q uzildi. O‘q harakatining boshlang‘ich va yerga tushishn nuqtasi orasidagi s masofani (m) aniqlang. Havoning qarshiligini hisobga olmang.

32 / 40

Ikkita jism harakat tenglamasi mos ravishda x=10−16t (m) va x=30+ 14t (m). Bu Jismlarning nisbiy tezligini toping (m/s).

33 / 40

Tosh tik yuqoriga 30 m/s tezlik bilan otildi.Qanday h (m) balandlikda uning kinetik energiyasi potensial energiyasining k=0,8 qismiga teng bo‘ladi?

34 / 40

Jism gorizontga 60° burchak ostida 20 m/s tezlik bilan otildi. Trayektoriyaning eng yuqori nuqtasida jism tezligining moduli qanday bo‘ladi (m/s)?

35 / 40

Massasi m bo‘lgan jism F=mυ² / R markazga intilma kuch ta’sirida radiusi R bo‘lgan aylana bo‘ylab doimiy v tezlik bilan aylanmoqda. Bu kuch jismning ikki marta aylanishida qanday ish bajaradi?

36 / 40

Massalari m1=9 kg va m2=1 kg bo‘lgan ikki brusok F=5 H kuch ta’sirida ishqalanishsiz tekis tezlanuvchan harakat qilmoqda (rasmga q.) m2 massali brusokka ta’sir qilayotgan F2 kuchni aniqlang (N).

37 / 40

Nuqtaning koordinatasi x =-10t + 2t² ([x]=m,[t]=c) tenglama bo‘yicha o‘zgaradi. Bu harakat tezligining vaqtga bog‘lanishi qanday?

38 / 40

20 m/s tezlik bilan ketayotgan avtomobil tormozlanish natijasida 5 s da to‘xtadi. Avtomobilning tormozlanish yo‘lini aniqlang (m).

39 / 40

Suvga nisbatan tezliklari 10m/s va 5m/s bo’lgan katerlar rasmda ko’rsatilgandek Amudaryoni kechib o’tishadi. Agar Amudaryoning tezligi 3m/s ga teng bo’lsa, katerlar orasidagi masofani aniqlang?

40 / 40

Moddiy nuqta yo’lning birinchi 4 km ini 2 km/h tezlik bilan, qolgan 1 h da esa 2,5 km/h tezlik bilan harakatlansa, uning boshlang’ich 2h dagi o’rtacha tezligini toping ( km/h )?

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0