On tili va adabiyot attestatsiya №8 Fevral 28, 2022Mart 4, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan On tili va adabiyot attestatsiya №8 ga fikr bildirilmagan. 0% 19 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! On tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №8 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 Qaysi javobda olmosh ega vazifasini bajarmagan? A) Bu – siz uchun katta sinov. B) Mayli-da kimgadir yoqsa, yoqmasa, ularga qo`shilib yig`lasharmidik. C) Boyning tashqarisida Yo'lchidan boshqa hech kim yo‘q. D) Seni odobli bo'lganing uchun hamma hurmat qiladi. 2 / 40 Qaysi gapda egalik qo'shimchalari qo'shilishi natijasida so'zlar imlosida tovush tushishi va tovush ortishi hodisalari ro'y bergan? A) Oltovlon ola bo'lsa, og' zidagini oldirar, to'rtovlon tugal bo'lsa, ko'kdagini undirar. B) Buningiz institutni bitiradi-ya, kelajagi haqida ham bir o'ylab ko'ring, hadeb erkalatmasdan. C) Ikkala qiz ham og'zini ochmay jim o'tirishar, bunisi ham, unisi ham miq etmasdi. D) Qalb qiynog'i og'ir bo'ladi, ko'nglingizni ezib qo'yadi, shuning uchun pushaymon bo'ladigan ishlarga yo'l qo'ymang. 3 / 40 Berilgan misralarning qaysi birida tardi aks san`ati qo`llangan? A) Menga dushvor erur sensiz tirilmoq, Senga men bo`lmasam ey jon, ne g`amdur B) Ko`z yoshim tuproq ila gar qotila Kelmagayman javridin haqqo tila C) Zulfung cheriki jamol mulkin, Oldi ko`zing ittifoqi birla D) Kuchum yetguncha ko`p qildim vafolar Vafoli qulni asrar podshohlar podshohlar 4 / 40 Aruz vaznidagi ramal bahrining asosiy bosh rukni qaysi? A) mafoil B) faulun C) foilotun D) mafoiylun 5 / 40 Qaysi gapda qatnashgan yasama fe’l va yasama otning asosi shakldoshlik xususiyatiga ega? A) Ona yuzin qoplar g’am, chimirgancha qoshini, Asta suyar qo’liga oppoq sochli boshini. B) Kimki farog’atli kunni istasa, u fe’l-atvorini sozlash lozim. C) Begona bilan quyon ovlama, Ovlasang ham, otini yoningga bog’lama. D) Yog’ayotgan yomg’ir tomchilari ajib ohang bilan derazani tiqillatib chertar edi. 6 / 40 Anvar Obidjon qaysi she’rida yurtimiz – Turonzamin tarixida kechgan xatarli va sharafli hodisalarning ko’pchiligi tarix kitoblari, solnomalarda “tarixiy voqea” deb atalishini yodimizga solar ekan, birdan bugungi O’zbekiston hayotiga shu nuqtayi nazardan qarab ko’rishni taklif qiladi? A) “Tinch kunlar” she’rida B) “Yer” she’rida C) “Hayotning har lahzasi go’zal” she’rida D) “Vatanjon” she’rida 7 / 40 Qaysi gapdagi yordamchi so`z turkumi so`zlarining tarkibi faqat til undoshlaridan iborat? A) Jaholat pardasi aql nurini to`sib qo`yadi va oz fursat o`tmay, u jarga qulab halok bo`ladi. B) Dono suhbatidan sira qochmagil, ta`sirin o`tkazar senga ham u til. C) Kiritmalar ham so`z, so`z birikmasi va gap shakllarida bo`lishi mumkin. D) Agar yerga topshirsang bir arpa dona, o`rim vaqti berar biri yuz dona. 8 / 40 Qaysi qatorda kompozitsion usuldagi ot+ot shaklida yasalgan so’z berilgan? A) otboqar B) achchiqtosh C) karnaygul D) oqqush 9 / 40 “O’tkan kunlar” romanida kimni zamona hokimlarining tuzugi bo’lsa ham, ko’p bo’lmasa ham, ozroq ularning ta’siri bunda hamn bor edi deb aytiladi? A) Normuhammad B) Xoliqbek C) O’tabboy D) Musulmonqul 10 / 40 Qaysi javobda uslubiy xoslangan so’zlarning o’zaro ma’nodoshlik hosil qilishi kuzatiladi? A) Barglarda raqs etar shabboda, O’ynar sabo shaklinda kecha. B) Hammamiz quyoshda pishgan jizzamiz, qachon tiz cho’kuvdik, hamon izzamiz. C) Yurganmisiz birga oy bilan Oqshom payti ko’m-ko’k o’rmonda? D) Chiroylidir go’yo yosh kelin, Ikki daryo yuvar kokilin. 11 / 40 Anvar Obidjonning bolalarga atalgan ilk komediyasi qaysi? A) “ Qorinbotir” B) “Masxaraboz bola” C) “Qo`ng`iroqli yolg`onchi” D) “Dahshatli Meshpolvon” 12 / 40 Qaysi javobdagi gapda qatnashgan ko`makchini unga ma`nodosh bo`lgan kelishik qo`shimchasi bilan almashtirib bo`ladi? A) Suvga egilib turgan jiyda barglari kumush kabi tovlanadi. B) Sodiq yugurib kelib koptokni zarb bilan tepdi. C) Biz har yili dam olish uchun shu yerga kelamiz. D) U Miyonko`lda bo`lgan jangda sher yanglig` kurashdi. 13 / 40 Asosida unli va jarangli undoshlargina ishtirok etgan yasama otlar berilgan javobni aniqlang. A) suzgich, tuzdon B) g`azalxon, supurgi C) bezak, bo`yoq D) arrani, lolani 14 / 40 Jahon ertakchiligida yangi bir usulni yaratgan adibning asari berilgan javobni toping. A) “Zolushka” B) “Qutbdagi gunafsha” C) “Bulbul” D) “Bochka cho`pchagi” 15 / 40 Matnni o`qing va ushbu matn asosida tuzilgan topshiriqlarni bajaring. Aytishlaricha, Iskandar taxtga o`tirgach, jahonda u tasarruf qilmagan joy qolmadi. Dunyoning barcha shohlari uning qullug`ini ado etishni o`zlariga sharaf deb biladilar. Yetti iqlim dur-u javohirlari uning xazinasi sari oqib keldi. Yurti obod, xalqi farovon bo`ldi. Dunyoning jami oqil-u donishmandlarini jam etdiki, barcha ilm-u ma`rifat singari u uchun ayon bo`ldi. Shunday jahongir shoh ajal oldida ojiz qolib vasiyat qiladi: “ Meni ko`mish uchun qabristongaolib borayotganda tobutdan bir qo`limni tashqariga chiqarib qo`ying. Toki unga boqqan kishilar yetti iqlimni olgan, yetti falak mushkulini hal qilgan qudratli hukmdor oxir-oqibat bu dunyoni tark etib, quruq qo`l bilan u dunyoga ketayotganini ko`rsinlar. So`nggi yo`lga ketar ekanman, istaymanki, menday jahongirning dunyodan quruq qo`l bilan ketayotgani mol-dunyo to`plashga ruju qo`ygan odamlar uchun ibrat bo`lsin! Iskandardek qudratli shohning mol-mulki o`ziga vafo qilmadi, ammo uning adli, ilm-urfoni tillarda doston bo`lib qoldi, zero insonning umri davomida to`plagan mol-u dunyosi bebaqodir, undan faqat ezgu amallargina yodgor bo`lib qoladi. Qaysi javobda quyidagi gap matn mazmuniga mos ravishda to`g`ri davom ettirilgan? Shoh Iskandar… . A) umrining so`ngida bu dunyoning o`tkinchi, bevafo ekanligini anglab yetibdi. B) bitmas xazina, ko`p boylik o`z hayitining asosiy mazmuni ekanligini tushunibdi. C) o`z xazinalari, boyliklari bilan birga ko`mishlarini vasiyat qilibdi. D) umrining so`ngida dunyoning ko`plab xalqlarini o`ziga tobe qilganidan g`ururlanibdi. 16 / 40 Hukmdorlikni o`rnatadigan, himoya qiladigan va ko`paytiradigan narsalar – katta boylik, qo`shin, adolatli siyosatdir, ularni bir-birovisiz tasavvur qilish qiyin.Ushbu gapda qatnashgan fe`llar haqida berilgan qaysi fikr to`g`ri? A) Ushbu gapda barcha fe`llar o`timli fe`llar sanaladi. B) Ushbu gapda tarkibida lug`aviy shakl yasovchilar qatnashgan tub fe`l mavjud. C) Ushbu gapda barcha yasama fe`llar tarkibida ikkitadan lug`aviy shakl yasovchi qo`shimcha qatnashgan. D) Ushbu gapdagi sodda yasama fe`llar bir xil so`z turkumidan yasalgan. 17 / 40 Berilgan so`zlardan qaysilarida chiziqcha notog`ri qo`llangan? 1) abri-bahor; 2) abri-navbahor; 3) abri-nayson; 4) adabiy- madaniy; 5) adabiy-ma`rifiy; 6) adabiy-nazariy. A) 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6 18 / 40 Bokschilarimiz jahon chempionatlarida o`z raqiblarini ilk raundlardayoq yutmoqda. Qaysi gapda tagiga chizilgan so`zning ma`nodoshi qatnashmagan. A) Shifokor bergan dorisini qoldirmasdan ichishni buyurdi. B) Muzaffar bo`l, g`olib bo`l, o`lkam, Do`st-u yor-u qardoshing bilan! C) Biz bu gal ham, albatta, g`alaba qozonamiz, do`stim. D) Ko`rinmas dushman ustidan zafar quchgan yurtdoshlarimiz bilan faxrlanamiz. 19 / 40 Hayotsevarlik shoir ijodida asosiy mavzulardan biri edi. Uning umumijodida bu g`oya bosh masala yanglig` ilgari suriladi. “______” dagi mashhur: Xushdurur bog`i koinot guli, Borchadin yaxshiroq – hayot guli, – degan bayt yorqin misoldir. Adib va asar nomi to`g`ri berilgan qator? A) Sa`diy “Bo`ston” B) Navoiy “Saddi Iskandariy” C) Navoiy “Sab`ayi sayyor” D) Sa`diy “Guliston” 20 / 40 “O`lim jazosi ham, umrbod qamoq jazosi ham bir xilda badaxloq choralardandir, biroq basharti ulardan bittasini tanla deyishsa, men, albatta, ikkinchisini tanlar edim. Har holda , yashamoq – o`lmoqdan afzalroqdir”, – degan fikrni isbotlash uchun yigirma besh yoshida yoshida o`n besh yillik mahkumlikka rozi bo`lgan va mana shu mahkumlik davrida yashashning asl mohiyatini kashf qilgan huquqshunos haqidagi hikoya muallifini aniqlang. A) Alfons Dode B) Anton Chexov C) Jek London D) Robindranath Thakur 21 / 40 Qaysi javobda yuklamaning ikki ma`no turi qatnashgan? A) Na so`ngiga yetoldi ishning Na dunyoni anglab ulgurdi. B) Mevani gullata bilishgina emas, undan mo`l va shirin hosil olish ham san`at. C) Charchadim. Siz ham meni o`ylamaysiz-da. D) Nosir oxun eski bo`lsa-da, ozoda libosda edi. 22 / 40 Qaysi javobdagi ma`lumot Saida Zunnunova haqida? A) Bolalarga bag`ishlangan “Dunyo bolalari” nomli hikoyalar to`plamini nashr qildirgan. B) “Quyoshli qalam” nomli poema muallifi C) “Xandon pista” deb nomlangan hajviy to`plami bor. D) Uning ilk she`ri “Salom senga” nomi bilan “Paxta fronti” gazetasida bosilgan. 23 / 40 Qaysi gapda tub va yasama asliy sifatlar ishtirok etgan? A) Naqadar go`zal jonivor bular. Sevaman, ko`ngildan, chindan sevaman otlarni!.. B) Bog`imizdan nafis va chiroyli gullarning xushbo`y hidlari anqiydi. C) Temur insoniylik xususiyatlariga ega bo`lgan buyuk shaxs edi. D) Hovlimizda ko`cha eshikdan kiraverishda kichkina, g`ishtin uycha bor. 24 / 40 “Aql qayrog`i” tasviriy ifodasining ma`nodoshi qaysi qatorda berilgan? A) ma`rifat nurxonasi B) ilm bulog`i C) hayot ko‘zgusi D) ziyo maskani 25 / 40 “Ravshan” dostonida “O`z holini bilmas” ma`nosida ishlatilgan so`z? A) taraqqos boylamoq B) chengnamoq C) sinlamoq D) tingjiramoq 26 / 40 Qaysi gapda imloviy xato yozilgan so`zlar soni ikkita? A) Qayerga qadami tegsa, u yerni birpasta tozalab qo`yadi. B) O`rtadagi xontahtada kechadan qolgan kabop va meva- cheva bor edi. C) Yaxshilik qilsang, oxirigacha yaxshilik qilgin, zinxor minnat qilma. D) Zebi yuragida tugulib yotgan zo`r tugunni yechib yuborgan edi. 27 / 40 “Kecha va kunduz” asaridagi qahramonlarni kasblari bilan to`g`ri moslashtiring. 1)rus mirzasi; 2) inoq mirzasi; 3) musulmon mirzasi; a)Sokolov; b) Hakimjon; c) Mirzabobo A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-a, 2-c, 3-b C) 1-a, 2-b, 3-c D) 1-c, 2-a, 3-b 28 / 40 Nahot mening yuragimni zanglatguvchi – sen, Ko`klam oshiq gulzorimni sarg`aytguvchi – sen. (H.Xudoyberdiyeva) Yuqoridagi misrada qatnashgan shakl yasovchi qo`shimchalar miqdori? A) 6 ta B) 7 ta C) 9 ta D) 10 ta 29 / 40 Matnni o`qing va ushbu matn asosida tuzilgan topshiriqlarni bajaring. Aytishlaricha, Iskandar taxtga o`tirgach, jahonda u tasarruf qilmagan joy qolmadi. Dunyoning barcha shohlari uning qullug`ini ado etishni o`zlariga sharaf deb biladilar. Yetti iqlim dur-u javohirlari uning xazinasi sari oqib keldi. Yurti obod, xalqi farovon bo`ldi. Dunyoning jami oqil-u donishmandlarini jam etdiki, barcha ilm-u ma`rifat singari u uchun ayon bo`ldi. Shunday jahongir shoh ajal oldida ojiz qolib vasiyat qiladi: “ Meni ko`mish uchun qabristongaolib borayotganda tobutdan bir qo`limni tashqariga chiqarib qo`ying. Toki unga boqqan kishilar yetti iqlimni olgan, yetti falak mushkulini hal qilgan qudratli hukmdor oxir-oqibat bu dunyoni tark etib, quruq qo`l bilan u dunyoga ketayotganini ko`rsinlar. So`nggi yo`lga ketar ekanman, istaymanki, menday jahongirning dunyodan quruq qo`l bilan ketayotgani mol-dunyo to`plashga ruju qo`ygan odamlar uchun ibrat bo`lsin! Iskandardek qudratli shohning mol-mulki o`ziga vafo qilmadi, ammo uning adli, ilm-urfoni tillarda doston bo`lib qoldi, zero insonning umri davomida to`plagan mol-u dunyosi bebaqodir, undan faqat ezgu amallargina yodgor bo`lib qoladi. Matn mazmuniga mos bo`lmagan xulosani aniqlang. A) Hukmdor poraxo`r bo`lsa, yurtni parokanda qiladi. B) Umr o`tkinchi, ezgu ishlarni o`z vaqtida qilib qolishga shoshilish lozim. C) Inson har qancha qudratli bo`lsa ham, dunyoga mutlaq hukmron bo`la olmaydi. D) Kishining mol-u dunyosi emas, ezgu amallari unga abadiy ziynatdir. 30 / 40 Bolala... o‘z otalari...an ...eros qi...ib ola...igan uch a...zal na...sa bor, bular: ...ushmuomalalik, odo..., s...doqat. Yuqoridagi hikmatli gap tarkibidagi nuqtalar o`rniga qo`yilishi kerak bo`lgan undoshlar undoshlarning uch tasnifidan qaysi biri ularni birlashtiradi? A) hosil bo`lish o`rniga ko`ra B) uch tasnifidan birortasi ularni birlashtirmaydi C) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra D) hosil bo`lish usuliga ko`ra 31 / 40 Matnni o`qing va ushbu matn asosida tuzilgan topshiriqlarni bajaring. Aytishlaricha, Iskandar taxtga o`tirgach, jahonda u tasarruf qilmagan joy qolmadi. Dunyoning barcha shohlari uning qullug`ini ado etishni o`zlariga sharaf deb biladilar. Yetti iqlim dur-u javohirlari uning xazinasi sari oqib keldi. Yurti obod, xalqi farovon bo`ldi. Dunyoning jami oqil-u donishmandlarini jam etdiki, barcha ilm-u ma`rifat singari u uchun ayon bo`ldi. Shunday jahongir shoh ajal oldida ojiz qolib vasiyat qiladi: “ Meni ko`mish uchun qabristongaolib borayotganda tobutdan bir qo`limni tashqariga chiqarib qo`ying. Toki unga boqqan kishilar yetti iqlimni olgan, yetti falak mushkulini hal qilgan qudratli hukmdor oxir-oqibat bu dunyoni tark etib, quruq qo`l bilan u dunyoga ketayotganini ko`rsinlar. So`nggi yo`lga ketar ekanman, istaymanki, menday jahongirning dunyodan quruq qo`l bilan ketayotgani mol-dunyo to`plashga ruju qo`ygan odamlar uchun ibrat bo`lsin! Iskandardek qudratli shohning mol-mulki o`ziga vafo qilmadi, ammo uning adli, ilm-urfoni tillarda doston bo`lib qoldi, zero insonning umri davomida to`plagan mol-u dunyosi bebaqodir, undan faqat ezgu amallargina yodgor bo`lib qoladi. Matndagi tagiga chizib ko`rsatilgan so`zlardan birortasining ham ma`nosiga mos kelmaydigan izohni aniqlang. A) faxr, iftixor, faxrlanishga arziydigan narsa B) egalik qilmagan, ixtiyoriga olmagan, xo`jayinlik qilmagan C) koinot, olam, falak, osmon D) obod, yashnagan, baxtiyor 32 / 40 Kitob Xalqaro kenglik Stansiyasi dunyodagi 5 ta yirik rasadxonalardan biridir. AQSHda ikkita, Yaponiya va Italiyada bittadan ana shunday obyekt allaqachon muzeyga aylantirilgan. Kitobdagi bu maskanda esa asteroidlar himoyasi dasturi hamda kosmik ekologiya doirasida izlanishlar olib borilmoqda. Stansiyaga kuniga yuzdan ortiq mahalliy va xorijiy say yohlar tashrif buyuradilar. Astronomik tadqiqotlarni o‘rganishga qiziqqan yoshlar uchun hududda koinotga sayohat qilish va yulduzlarni kuzatishga moslash tirilgan pavilyon ham qurilgan. („kitobsayyoh.uz“ dan) Berilgan matnda ajratib ko`rsatilgan so`zlarning nechtasining oxirgi bo`g`ini urg`uli bo`g`in hisoblanadi? A) 4 tasi B) 7 tasi C) 5 tasi D) 6 tasi 33 / 40 “Urushning so`nggi qurboni” hikoyasida Shoikromning kasbi? A) quruvchi B) montyor C) qarovul D) muovun 34 / 40 Avstraliyada ajoyib yurt vakillari yashagan. Materikka kelgan yevropaliklar bu yerning o‘zgacha xalqini yovvoyi odamlar deb hisoblashgan. Chunki ularning davlati ham, uyi ham yo‘q. Ular jamoa tarzida yashab, oziq-ovqatni ov orqali topishadi. Aborigenlar hayoti va turmush tarzi bilan yaqindan tanishuv ularning yovvoyi emasligini ko‘rsatadi. Aynan aborigenlar aqlli bumerang nomli o‘roqsimon qurol o‘ylab topishgan. Buni qarangki, otilgan qurol mo‘ljalga olingan jonzotga tegmasa, yana aylanib ovchiga qaytib kelardi. Berilgan matnda fonetik hodisaga uchragan so`zlar miqdori nechta? A) 3 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 5 ta 35 / 40 Tiniq osmon o`zining bor go`zalligi va malohatini cheksiz balandliklardan ulug`vorlik bilan bizga ko`z-ko`z qilib turar edi. Ushbu gapda qatnashgan sodda yasama so`zlar sonini aniqlang. A) 5 B) 4 C) 6 D) 3 36 / 40 Millatning o`zligini tayin etadigan eng so`nggi va bebaho xazina - milliy g`urur ekani voqeaband yo`sinda aks ettirilgan “Eng so`nggi xazina” she`ri qaysi shoir qalamiga mansub? A) Muhammad Yusuf B) Shavkat Rahmon C) Halima Xudoyberdiyeva D) Omon Matjon 37 / 40 Tire tushirib qodirilgan qo`shma gapni aniqlang? A) Do`kondorlar orasida faqat bir kishi o`ttiz besh-qirq yoshlardagi qandolatfurush sergak edi. B) Yulduzlarni xayolida har xil rangga bo`yab ko`rdi yulduzlar o`z rangida xira miltillab turaverdi. C) Osmonda, darxtlarda, toshlarda, bog`otlarda hamma yerda chumchuqlar chirqillashadi. D) Yigitlar daraxtlarning tagini yumshatdilar qizlar maktab hovlisini supurdilar. 38 / 40 Tarkibidagi ikkinchi qo`shimchasi faoliyat-jarayon otini yasashga xizmat qilgan so`zlar qatorini toping? A) bilimdonlik, odamgarchilik B) gulchilikni, to`kinchilik C) bog`dorchilik, chidamsizlik D) yuzakilik, terimchilik 39 / 40 Qaysi gapdagi eganing asosi fe`l bilan shakldosh bo`la oladi? A) Yozgi ta`tilda men badiiy kitoblar o`qishni rejalashtirganman. B) Bog`bon yosh nihollarni avaylab parvarish qilar va ularning rivojlanishini sinchiklab kuzatar edi. C) Kaftday kichkina hovlining bir chekkasidan o`tgan anhor bo`yidagi tolzor uning sevimli maskani edi. D) Birov suv topolmaydi ichgani, birov kechik topolmaydi kechgani. 40 / 40 Ko`pdin berikim yor-u diyorim yo`qtur, Bir lahza-yu bir nafas qarorim yo`qtur. Keldim bu sori o`z ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yo`qtur. Ushbu she`riy misralar haqidagi qaysi ma`lumot to`g`ri emas? A) Radifi bir so`zdan iborat B) Ushbu misralarda talmeh san`atidan foydalanilgan C) Ushbu misralarda tazod san`atidan foydalanilgan D) Qofiyadosh so`zlarda “r” tovushi raviy bo`lib kelgan 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot attestatsiya