Tarbiya attestatsiya №3 Fevral 28, 2022Fevral 28, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Tarbiya attestatsiya №3 ga fikr bildirilmagan. 0% 4 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Tarbiya fanidan attestatsiya savollari №3 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 "Ta'vilot ahl as sunna" adarining muallifi kim? A) Abu Mansur Moturudiy B) Mahmud Zamaxshariy C) Burhoniddin Marg’inoniy D) Abu Nasr Forobiy 2 / 40 "O'g'il dono bo'lsa ota rohatda yashaydi" hikmatli gap kimga tegishli? A) Alisher Navoiy B) Abdulla Avloniy C) Kaykovus D) Mahmud Qoshg’ariy 3 / 40 Faol fuqarolik nima? A) Fuqarolarning huquqiy ong va madaniyatga ega bo’lishlik darajasi B) Fuqarolarning mahalliy, hududiy va xalqaro darajadagi faolligi C) Fuqarolarning shaxsiy, jamoaviy, mintaqaviy faolligi D) Fuqarolarning jamiyat va o’z davlati boshqaruvidagi faolligi 4 / 40 Harakatni amalga oshiruvchi shaxs tomonidan bajarilishi kerak bo'lgan ketma-ketlikni aniqlang? A) Fikr-harakat-natija B) Harakat-maqsad-samara C) Harakat-natija-myvaffaqiyat D) Fikr-g’oya-harakat 5 / 40 Bundan 1100 yil avval mahalla boshqaruv tizimi haqida kim aytgan edi? A) Narshahiy B) Zamaxshariy C) Ibn Arabshoh D) Alisher Navoiy 6 / 40 To‘g‘ri tartibda yozilgan qatorni toping. A) Bilish, tushunish, qo‘llash B) Fikr, harakat, natija C) Tadqiq qilish, kashf qilish, dunyoni boricha qabul qilish D) Tahlil qilish sintezlash va baholash, loyihalashtirish, konstruksiyalash 7 / 40 U xotira salohiyatini sezilarli tarzda oshirishi mumkin bo‘lgan algoritmni aniqladi. Axborotni o‘rganish va yodda saqlashning ko‘plab usullari uning izlanishlari asosida yaratildi.U poligotlar tug‘ilmaydi, balki shakllanadi degan xulosaga keldi. U kim? A) J. Miller B) J. Renar C) H. Ebbinhauz D) K. Ushinskiy 8 / 40 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ''O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida''gi farmoniga ko‘ra, ''Hunarmand'' uyushmasining Rishton tumani bo‘limi a'zosi, usta-kulol Alisher Nazirov ''SHuhrat'' medali bilan taqdirlandi. A) noto'g'ri B) to'g'ri 9 / 40 . Mantiqiy ketma-ketlikni toping. 1.Mustaqil o‘rganish 2.Aniq o‘rganish, fikrlarni aniq ifoda etish 3.Jamoa bilan ishlash 4.Savollarga joyida javob toppish 5.Xatolardan qo‘rqmaslik 6.Xatoni tuzatish A) 1;2;3;6;5;4 B) 3;2;1;6;4;5 C) 1;2;3;4;5;6 D) 2;1;3;6;5;4 10 / 40 ........ bu-ichki kuch, maqsadlarni ongli ravishda belgilash hamda yuzaga keladigan tashqi va ichki qiyinchiliklarni yengib o‘tib, maqsad sari intilish qobiliyati. A) Qat'iyat B) Iroda C) Qunt D) Sabr 11 / 40 Insoniyat tarixida bosma nashrlardagi eng birinchi yolg’on axborot nechanchi yilda e’lon qilingan? A) 1838-yilda B) 1837-yilda C) 1835-yilda D) 1836-yilda 12 / 40 Atamlarga mos ta’rifni aniqlang. 1) Oilaviy qadriyatlar 2) Qadriyat 3) Ekologik muammo 4) To’g’ri ovqatlanish a) Atrof-muhit va insoniyatning yo’q bo’lishiga olib keladigan muammolar; b) Oilaning barcha a’zolari tomonidan qadrlanadigan, ular uchun muhim bo’lgan, hurmat qilinadigan, ular uchun muhim bo’lgan, hurmat qilinadigan an’ana va urf-odatlar; c) Insoniyatning hayoti davomida turli sinovlardan o’tib kelayotgan urf-odat, an’analar umumlashmasi sanaladi; d) Inson salomatligi va mehnat qobiliyatini ta’minlovchi eng muhim omil hisoblanadi. A) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d B) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c C) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d D) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d 13 / 40 O’zbekiston Respublikasida .....ta diniy konfessiya, .....ta milliy madaniy markaz, ......ta do’stlik jamiyati faoliyat ko’rsatadi. A) 16 / 134 / 34 B) 16 / 137 / 36 C) 16 / 136 / 35 D) 16 / 138 / 36 14 / 40 Olimlarning ta’kidlashicha xozirgi kunda dunyoda qancha kasblar bor? A) 30 mingdan ortiq B) 40 mingdan ortiq C) 50 mingdan ortiq D) 20 mingdan ortiq 15 / 40 “Modomiki to’xtamas ekansan, sekin yoki tez yurayotganing – ahamiyatsiz. Muhimi to’xtab qolmaslik”. Ushbu fikr qaysi mashhur faylasufga tegishli? A) Aflotun B) Arastu C) Suqrot D) Konfutsiy 16 / 40 “Orzular izdoshi” hikoyasining muallifi kim? A) A. Grand B) J.Rodari C) J. Kenfild D) A.S.Pushkin 17 / 40 “Agar turnalar shaklini tark etsa, havo qarshiligiga uchraydi va ………his etadi. So’ng darhol avvalgi shakliga qaytadi va to’dadan madad oladi, kuchi tejaladi, maqsadga erishish osonroq va maroqli bo’ladi”. (“Turnalar” matnidan) A) Yolg’izlikning qiyinchiligini B) Kuchli xavf-xatarni C) Maqsadga yeta olmasligini D) Nobud bo’lishini 18 / 40 Natijaga erishish bosqichlarini ketma-ketlikda aniqlang. 1. Muvaffaqiyatlarni rejalashtirish 2. Yangi vazifalar qo’yish 3. Barqaror harakat 4. Natijalarni tahlil qilish A) 1,4,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4,2 D) 1,3,2,4 19 / 40 O’zbekiston Reapublikasi xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Tarbiya” fani uchun umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartini tasdiqlash to’g’risidagi qaysi buyrug’i asosida DTS tasdiqlandi.? A) 2020-yil 14- oktabrda 335-sonli B) 2020-yil 10- oktabrda 235-sonli C) 2020-yil 14- oktabrda 235-sonli D) 2020-yil 10- oktabrda 335-sonli 20 / 40 Hayotda kutilmagan voqealar har lahzada sodir bo‘lishi mumkin. Ularning hayotimizga qanday ta’sir qilishini nima belgilaydi? A) Bizning mehnatimiz B) Bizning munosabatimiz C) Bizning beparvoligimiz D) Bizning bilimimiz 21 / 40 Quyidagi fikr mualliflarini aniqlang. 1)Yaxshi do’st oynadir, unda kishining butun yaxshi va yomon tomonlari aks etadi. 2)Zulm bilan dunyoda nom qoldirib bo’lmaydi. …Dunyoga keldingmi, yaxshilik bilan nom qoldir. 3)Agar do’sting bilan teng ko’rsang baham, Shodlik teng ko’payar, teng bo’linar g’am. a)Abu Ali ibn Sino b)Kamol Xo’jandiy c)Erkin Vohidov A) 1-a, 2-c, 3-b B) 1-b, 2-c, 3-a C) 1-a, 2-b, 3-c D) 1-b, 2-a, 3-c 22 / 40 О‘quvchining fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, о‘ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yо‘naltirilgan ta’lim qanday nomlanadi? A) shaxsni ijtimoiylashtiruvchi ta’lim B) shaxsni tarbiyalovchi ta’lim C) shaxsga yо‘naltirilgan ta’lim D) shaxsni rivojlantiruvchi ta’lim 23 / 40 Uzluksiz ma'naviy tarbiya Konsepsiyasining VI bobi qanday nomlanadi? A) Umumiy o’rta ta'lim tizimida ma'naviy tarbiyani amalga oshirish B) Maktabgacha ta'lim tizimida uzluksiz ma'naviy tarbiyani amalga oshirish C) Oilada uzluksiz ma'naviy tarbiyani amalga oshirish D) Konsepsiyada belgilangan vazifalarni oila va uzluksiz ta'lim tizimida amalga oshirish 24 / 40 Prezident SH.M. Mirziyoevning «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini qachon imzoladi? A) 2017 yil 23 iyun B) 2017 yil 13 iyun C) 2018 yil 23 iyun D) 2017 yil 23 iyul 25 / 40 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida mahalla haqida, uning boshqaruvi haqida ta’kidlangan? A) 104-moddada B) 103-moddada C) 105-moddada D) 106-moddada 26 / 40 Hech bir xalq ……………mavjud bo’lmaydi. Oilani yaratish barcha millat va elatlar uchun ………… (Abu Rayhon Beruniy) A) Oilaviy qadriyatlarsiz / shartdir B) Ijtimoiy hayotsiz / dolzarbdir C) Ijtimoiy munosabatlarsiz / ahamiyatlidir D) Oilaviy munosabatlarsiz / tabiiydir 27 / 40 Ta’lim olish huquqini amalga oshirish nimalar orqali ta’minlanadi? A) ta’limning turli shakllarini qo‘llash; ta’lim muassasalarining siѐsiy partiyalar va ijtimoiy-siѐsiy xarakatlarga qaram emasligi. B) davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning barcha uchun imkoniyati borligi; davlat ta’lim muassasalaridagi ta’limning bepulligi; tayanch ma’lumoti olishning majburiyligi; C) Barcha javoblar to’g’ri D) ta’lim olish uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaratish; davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining tarmog‘ini yaratish; 28 / 40 Qomusiy olim Ibn Sino bilimlarni qanday tarozida o’lchash kerak deb ta'kidlagan? A) Axloq tarozisida B) Adolat tarozisida C) Vijdon tarozisida D) Aql tarozisida 29 / 40 Inson va tabiat munosabatlaridagi muammolar to'grisidagi ma'lumot nechanchi sinf darsligida berilgan? A) 5 sinf B) 8 sinf C) 6 sinf D) 7 sinf 30 / 40 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 6108-sonli Farmoni qachon qabul qilingan edi? A) 2020-yil 27-noyabrda B) 2020-yil 11-noyabrda C) 2020-yil 6-noyabrda D) 2020-yil 14-noyabrda 31 / 40 Buyuk faylasuf Arastu bundan necha yil avval yashagan? A) 2300 yil B) 2500 yil C) 3300 yil D) 1300 yil 32 / 40 «Hurmatli mehmon! Siz mehmonxonamizdan 200 metr radiusdan uzoqlashmang. Mabodo uzoqqa ketib qolsangiz, mehmonxona ma’muriyati sizning hayotingiz, sog‘lig‘ingiz, mol-mulkingiz daxlsizligiga kafolat bermaydi», – deb qaysi yirik shaharlar mehmonlari o’z mijozlarini ogohlantirishadi. A) Janubiy Koreya, Hindiston B) Germaniya, Indoneziya, C) AQSh, Malayziya D) Barcha javoblar to’g’ri 33 / 40 Matematik olim Murodulla Rayimovga tegishli bo’lgan fikrni aniqlang? A) Dunyoda hech yengib bo’lmaydigan kuch – bir daqiqadir. Biz uchun ahamiyatsiz bo’lgan shu birgina daqiqalar yi’gilib umrni hosil qiladi va aksincha, umrni besamar yo’q qilishiga ham olib kelishi mumkin. Demak, vaqt ham quradi, ham yemiradi. Faqat undan munosib foydalanganlargina nurli va mavaffaqiyatli umr yo’llaridan boradilar. B) To’griso’zlik va halollik ustiga qurilgan umr – eng go’zal umrdir. Diyonatli inson birovning haqqiga ko’z olaytirmaydi va hayotiga yolg’onni aralashtirmaydi. C) Odamlar bilan ishlash, qum ichidan tilla izlashga o’xshaydi: tomog’ingni achishtirgan changni emas, topayotgan tillani o’ylashing kerak. D) Hamma qobiliyatlardan eng yaxshisi – fikrni chirouli va tushunarli qilib ifodalamoqdir. 34 / 40 Prezident Shavkat Mirziyoyev qanday insonlarni bugungi kunning qahramonlari bo’lishi kerakligini ta’kidlagan edi? A) Sahiy va qo’li ochiq homiy insonlarni B) Qonun va adolat uchun kurashadigan insonlarni C) Harbiy xizmatchilarni D) Mehnatsevar insonlarni 35 / 40 Tomonlar o’rtasida kelishmovchiliklar paydo bo’lishining oldini olish, mavjud kelishmovchiliklarning mojaroga aylanishiga yo’l qo’ymaslik, shuningdek, mojaroning tarqalishini cheklashga qaratilgan diplomatik harakatga nima deyiladi? A) Evolyutsion diplomatiya B) Preventiv diplomatiya C) Iqtisodiy diplomatiya D) Proporsional diplomatiya 36 / 40 “Innovatsion ta’lim” tushunchasi dastlab qayerda asoslangan? A) 1919 yilda Berlinda B) 1995 yilda Moskvada C) 1979 yilda Rimda D) 1920 yilda Vashingtonda 37 / 40 6-sinf bitiruvchisiga qo’yiladigan malaka talablarini aniqlang. A) O’z faoliyatini tahlil qiladi, baholaydi; mas'uliyat va majburiyatlarini bajaradi B) Bilimli bo’lish zarurligini anglaydi; o’z harakatlarini baholaydi C) To’g’ri qaror qabul qiladi; sog’lom turmush tarziga amal qiladi va targ’ib qiladi D) Mas'uliyat va majburiyatlarga amal qiladi; shaxs sifatida o’zini anglaydi 38 / 40 Qur'on tafsiriga bag’ishlangan "Ta'vilotu ahlus sunna" asarining muallifi kim? A) Imom Buhoriy B) Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf C) Abu Mansur Moturudiy D) Burhoniddin Marg’inoniy 39 / 40 Abu Ali ibn Sino qanday kishini odamlarning eng qo’rqog’i deb hisoblagan? A) Loqayd va beparvo kishi B) Muvaffaqiyatsizlikdan cho’chigan kishi C) O’z manfaatini xalq manfaatidan ustun qo’ygan kishi D) Kamolot hosil qilishdan chetlangan kishi 40 / 40 O’zbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sog’ligiga zarar yetkazuvchi axborotlardan himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan edi? A) 2020-yil 25-iyunda B) 2018-yil 12-dekabrda C) 2019-yil 19-aprelda D) 2017-yil 8-sentabrda 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Tarbiya attestatsiya