On tili va adabiyot attestatsiya №10 Mart 23, 2022Mart 23, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan On tili va adabiyot attestatsiya №10 ga 1 fikr bildirilgan 0% 20 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! On tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №10 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko‘paytirish, kengaytirish ma`nosinida qo`llanadigan so`z qaysi qatorda berilgan? A) diversifikatsiya B) brifing C) modernizatsiya D) strategiya 2 / 40 Qaysi gapda // belgisi o‘rnida ikki nuqta bo‘lishi kerak? A) Endi bildimki // unga tushuntirishning foydasi yo‘q ekan. B) Qamchibek boshqacharoq edi // ichidan o‘tayotganini yuzaga bilintirmasdi. C) G‘animlar duch kelar // jang bo‘lar puxta. D) Ruboiyni ichida o‘qidi // yuzini tabassum qopladi. 3 / 40 Qaysi so‘zlar qatorida boshqalari bilan o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila olmaydigan so‘z ishtirok etgan? A) yalqov, ishyoqmas, tanbal B) eplamoq, uddalamoq, sarflamoq C) betob, bemor, xasta D) ayyor, quv, mug‘ombir 4 / 40 “Me’mor” romanida “podsholarga yaqin yurmoq ajdarga yaqin yurmoqlikdan xavflidir”, - deb kim aytgan? A) Nizomiddin B) Najmiddin Buxoriy C) Zulfiqor D) Zavrak 5 / 40 Qaysi gapda ham tub, ham yasama mavhum otlar ishtirok etgan? A) Yalqovlik muhtojlikka olib keladi. B) Hunaringni ishga solib did bilan chiroyli bino solib bersalaring, bas. C) Vatanimga qaytgach, vujudimni quvonch, shukronalik hislari chulg’ab oldi. D) Hayo qalbning haqiqiy oynasidir. 6 / 40 O`qib-o`rganmasdan ham foyda-zararning farqiga yeta olaman, degan odamni tentak deb bilmoq kerak. Gapda qaysi kelishik turi yoq? A) jo`nalish kelishigi B) chiqish kelishigi C) tushum kelishigi D) qaratqich kelishigi 7 / 40 Gahi topdim falakdin notavonlig’, Gahi ko’rdum zamondin komronlig’, Base issig’, sovug’ ko’rdum zamonda, Base achchig’, chuchuk totdim jahonda. Navoiy ushbu baytlarni qaysi asarida keltirgan? A) “Hayrat ul-abror” B) “Saddi Iskandiry” C) “Muhokamt ul-lug’atayn” D) “Mahbub ul-qulub” 8 / 40 Qaysi gapda imloviy xato yozilgan so`zlar soni ikkita? A) Yaxshilik qilsang, oxirigacha yaxshilik qilgin, zinxor minnat qilma. B) Qayerga qadami tegsa, u yerni birpasta tozalab qo`yadi. C) Zebi yuragida tugulib yotgan zo`r tugunni yechib yuborgan edi. D) O`rtadagi xontahtada kechadan qolgan kabop va meva- cheva bor edi. 9 / 40 Tiniq osmon o`zining bor go`zalligi va malohatini cheksiz balandliklardan ulug`vorlik bilan bizga ko`z-ko`z qilib turar edi. Ushbu gapda qatnashgan sodda yasama so`zlar sonini aniqlang. A) 3 B) 5 C) 6 D) 4 10 / 40 Berilgan parchada nechta yasama so`z qatnashgan? “Jang maydoni yigitlarga husn bag‘ishlaydi. Yigit uchun mardlik, qahramonlikdan o‘zga ulug‘roq, oliyroq bir fazilat bormi?” – dedi Navoiy. A) 2 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 3 ta 11 / 40 Quyidagi vazifadosh ko`makchilardan nechtasi ot turkumidan hosil bo`lgan? Ost, tomon, oldin, yon, ust, orqa, so`ng, atab. A) 4 tasi B) 3 tasi C) 2 tasi D) 5 tasi 12 / 40 Bir g’azalida go’zal yor xokisor oshiqning yuziga oyoq bosar ekan, oyog’i og’riydi, “yuzing buncha bo’yradek dag’al bo’lmasa” deb nozlanadi. Ushbu mazmundagi bayt qaysi shoir ijodida uchraydi? A) Lutfiy B) Furqat C) Atoyi D) Navoiy 13 / 40 Hilm – ahloqli odamning qimmatbaho libosi. U kiyim turlarining eng chidamli matosidir. Hilm yomon nafsni daydi shamol uchirishidan asraguvchi va ikkiyuzlama munofiqlarning bexuda harakatidan himoya qiluvchidir. Yumshoq ko‘ngillilikni hodisalar to‘la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo‘ladi. Hilmni insoniyat qadrini o‘lchaydigan torozining toshiga tenglashtirsa ham bo’ladi. Matndagi nechta so’z imloviy jihatdan xató yozilgan? A) 3 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 2 ta 14 / 40 Qaysi gap tarkibida adabiy nutqning sofligiga futur yetkazuvchi unsurlardan biri – varvarizm uchraydi? A) Shundan buyon mundial saralashidagi omadsizlik termamizni tark etmayapti. B) Hudaychi Azizbekdan ilgariroqda qo‘riqchilarni ogohlantirib borar, yosh va keksa muhofizlar uni salomlab qarshi olar edilar. C) Mana, Salomxon aytvotti, xijolat bo’ladigan hech gap o’tmabdi-ku. D) Chol salmoqlab gap boshladi: – E xotin, o’lmaydigan odam bormi? 15 / 40 Shu yurt tinch – yo’q dilda sanchiqlaringiz, Qiqirlab yurishar qalliqlaringiz. Yor-yorlar yarashar, to’ylar yarashar, Yarashar to’qlikka sho’xliklaringiz. (M.Yusuf) Ushbu she’riy parchada ishtirok etgan yasama so’zlar haqidagi fikrlardan nechtasi to’g’ri? fe’ldan ot yasalgan; 2) fe’ldan sifat yasalgan; 3) taqlid so’zdan fe’l yasalgan; 4) otdan sifat yasalgan; 5) sifatdan ot yasalgan A) beshtasi B) to’rttasi C) uchtasi D) ikkitasi 16 / 40 Baxtsiz hodisa tufayli bir kunda xotini va ikki farzandidan ayrilgan obraz qaysi asarda uchraydi? A) ”Ot egasi” (Sh.Xolmirzayev) B) ”Dunyoning ishlari” (O’.Hoshimov) C) ”Qiyomat qarz” (O’.Umarbekov) D) ”Hellados” (N.Dumbadze) 17 / 40 Qaysi javobda taniqli davlat va din arbobi Xoja haqida noto’g’ri fikr keltirilgan? A) Buxoroda vafot etgan va Bahouddin Naqshband qabri yonida dafn etilgan. B) Mashhur “xojagon” silsilasiga asos solgan. C) Jonibek Sultonga bag’ishlab “Maqsad ul-atvor” nomli doston yozgan. D) Toshkentlik mashhur avliyo Zangi Ota avlodlaridan hisoblanadi. 18 / 40 Qaysi gapda ham vazifadosh, ham sof ko’makchi mavjud? A) Boburning o’z hayoti to’g’risida bunchalik ochiqchasiga yozgani Xondamir uchun ajablanarli hol edi. B) Sulton ularning barchasiga erinchoqlik bilan nazar tashladi. C) U siz uchun mana shu iztiroblarning, qiyinchiliklarning barchasiga dosh bera oladi. D) Bobur Agradan Kobulga yuborgan bu maktub Mohimga atab yozilganini sezib turardi. 19 / 40 Qaysi javobda faqat to’g’ri yozilgan so’zlar keltirilgan? A) murojaat, muallim, muovin, muolaja, muattar B) murojot, mallim, movin, molaja, muattar C) murojat, muallim, movin, muolaja, muatar D) murojaat, muallim, muovin, molaja, muattar 20 / 40 Kechasi ishlayman, kunduzi uxlayman. Ushbu gapda ishtirok etgan qo’shimchalar haqidagi to‘g‘ri hukmni toping. A) 1 ta so‘z yasovchi, 6 ta munosabat shakli B) 2 ta so‘z yasovchi, 4 ta munosabat shakli C) 1 ta so‘z yasovchi, 4 ta munosabat shakli D) 2 ta so‘z yasovchi, 6 ta munosabat shakli 21 / 40 Faqat bosh gap qismida yasama so‘z(lar) qatnashgan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang A) Kimki dushmani bilan olishganda ham insonparvarlikni unutmasa, u, albatta, yengadi B) Qaysi narsaga o'z mehnating bilan erishsang, o'sha narsa sen uchun qadrlidir. C) Tilagim shuki, ukalarim muhtojlik nimaligini bilmasin. D) Bizning maqsadimiz kishilarning dunyoqarashlarini shakllantirmoqdir, chunki har bir kishi yaxshilik va yomonlikni, oq-u qorani o'zi ajrata oladigan bo'lishi kerak 22 / 40 Qaysi gapda ham yetakchi fe’l qismi, ham ko‘makchi fe’l qismining asosi shakldoshlik xususiyatiga ega bo‘lgan yetakchi va ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi ishtirok etgan? A) Dadasining qo‘lidan ushlab, dikir-dikir sakrab o‘ynoqlab keta berdi. B) Ko‘klamning daragi kelmasdan ayvonga ko‘chib o‘tdi. C) Taxtga chiqqach, adolat bilan ish tutibdi. D) Qo‘qonga nonushta mahali yetib keldik. 23 / 40 O’tgan ajdodlarimiz bizni shu aziz xalqimizni astoydil sevishga, unga fidokorlik bilan xizmat qilishga, uning qadriyatlarini hurmat qilishga o‘rgatishgan. Ushbu gap haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas? A) Ot bilan ifodalangan vositasiz to’ldiruvchilarning kesimga bevosita tobelanishi kuzatiladi. B) Olmosh bilan ifodalangan qaratqich aniqlovchining kesimga bilvosita tobelanishi kuzatiladi. C) Olmosh bilan ifodalangan vositali to‘ldiruvchining kesimga bilvosita tobelanishi kuzatiladi. D) Olmosh bilan ifodalangan vositasiz to’ldiruvchining kesimga bevosita tobelanishi kuzatiladi. 24 / 40 Keltirilgan qaysi so’zlar noto’g’ri izohlangan? 1) tuzuk – nizom; 2) tamaddun – poydevor; 3) daroz – novcha, baland bo‘yli; 4) zarofat – dehqonchilik; 5) aborigenlar – tub joyliklar; 6) azimat -buyuklik. A) 1, 2, 6 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 5 D) 2, 4, 6 25 / 40 «Falaki jomakabud dastidin yuz dodki, bir yig‘inda haqni aytib, balog‘a qolib zinadan quvlang‘animda oyog‘im chiqib yotib qoldim. Yosh umrim hayf va rangim za’faron bo‘lib yotdim. Bor mavjud kuchim kitob o‘qumoq va g‘azal abyot qilmoq ila band bo‘ldi». Ushbu gaplar qaysi ijodkor tarjimayi holidan olingan? A) Turdi Farog’iy B) Mashrab C) Anbar Otin D) Bobur 26 / 40 Hilm – ahloqli odamning qimmatbaho libosi. U kiyim turlarining eng chidamli matosidir. Hilm yomon nafsni daydi shamol uchirishidan asraguvchi va ikkiyuzlama munofiqlarning bexuda harakatidan himoya qiluvchidir. Yumshoq ko‘ngillilikni hodisalar to‘la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo‘ladi. Hilmni insoniyat qadrini o‘lchaydigan torozining toshiga tenglashtirsa ham bo’ladi. Ushbu matndagi ajratilgan so’zlarning hech biriga mos bo’lmagan izoh qaysi javobda keltirilgan? A) yeyish-ichish, mol-dunyoga bo’lgan ehtiros B) qirg’oqqa tashlanib, kemani ushlab turadigan moslama C) jismoniy jihatdan kuchsiz, zaif D) so’zi va amali bir bo’lmagan kishi 27 / 40 1) hojib (eshik og‘asi), 2) payg‘om (xabar), 3) degrez (cho‘yandan qozon quyuvchi), 4) yorg‘ichoq (donni maydalash uchun ishlatilgan tosh asbob) 5) bog‘ot (bog‘lar, bog‘li joylar), 6) gisu (soch). Yuqorida keltirilganlardan qaysilari tarixiy so’z hisoblanadi? A) 1, 3, 5, 6 B) 2, 5, 6 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4, 6 28 / 40 Qaysi gap tarkibida subyektiv baho ifodalovchi qo’shimcha qatnashmagan? A) Kundoshlarning eng kichigi – bu dargohga tushganiga besh oygina bo‘lgan kelinchak – ganjiravonlik Unsinoy chilim solib tutdi. B) Shunda sizni azob emas, rohat kutajak. C) Hoy bolam, manavini bir simir. Ichginang uzilib ham ketgandir sanginani. D) O‘yinga mashg‘ul bo‘lib o‘tirgan olti-yetti yashar qizaloq soy yoqalab kelayotgan kishiga ko‘zi tushib, shodon qiyqiradi. 29 / 40 Navoiyning tarixiy-memuar ruhidagi asarlaridan biri keltirilgan javobni toping. A) “Xamsat ul-mutahayyirin” B) “Siroj ul-muslimin” C) “Nazm ul-javohir” D) “Sab’ati ahhur” 30 / 40 Turli shoirlarning bitiklaridan iborat to’plamga Shekspirning ham to’rt sonetini kiritib, “Otashin ziyoratchi” nomli kitob chiqargan noshir kim? A) Jaggard B) Ben Jonson C) Sautgempton D) F.Meres 31 / 40 Abdulla Qodiriy ijodi haqida: “Abdulla Qodiriy iste’dodli, qalbi butun va o’ziga xos ravishdagi shaxs edi… Abdulla Qodiriyning prozasi, birinchi navbatda, g’oyatda hayotiyligi bilan ajralib turadi”, degan haq gaplarni yozgan adib kim? A) Oybek B) Said Ahmad C) Maqsud Shayxzoda D) Abdulla Qahhor 32 / 40 Bir odam tovusning tumshug‘i bilan qanotlaridagi go‘zal, yaltiroq patlarni yulayotganini ko‘rib qoldi. Chidolmay so‘radi: – Ey go‘zal qush! Gunoh emasmi, shunday chiroyli, rang-barang patlaringni yulib tashlayapsan. Holbuki, sening go‘zalliging shu patlaringdir. Hamma shu patlaringdan yelpig‘ich qilish, ularni kitob sahifalari orasiga qo‘yishni o‘ylaydi, sen esa nima qilyapsan? Tovus javob berdi: – To‘g‘ri, lekin bu patlar mening jonimdan aziz emas. Chunki bu patlar tufayli meni ovlashadi, jonimga qasd qilishadi. Jon omon qolishi uchun xunuk bo‘lishim kerak. Matndagi nechta so’z tarkibida tovush almashishi yuz bergan? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 33 / 40 Bir odam tovusning tumshug‘i bilan qanotlaridagi go‘zal, yaltiroq patlarni yulayotganini ko‘rib qoldi. Chidolmay so‘radi: – Ey go‘zal qush! Gunoh emasmi, shunday chiroyli, rang-barang patlaringni yulib tashlayapsan. Holbuki, sening go‘zalliging shu patlaringdir. Hamma shu patlaringdan yelpig‘ich qilish, ularni kitob sahifalari orasiga qo‘yishni o‘ylaydi, sen esa nima qilyapsan? Tovus javob berdi: – To‘g‘ri, lekin bu patlar mening jonimdan aziz emas. Chunki bu patlar tufayli meni ovlashadi, jonimga qasd qilishadi. Jon omon qolishi uchun xunuk bo‘lishim kerak. Ushbu matn haqidagi noto’g’ri mulohazani aniqlang. A) Odamlar jonzotlarga nisbatan shafqatsiz. B) Tovusning go’zalligi o’ziga dushman. C) Odamlar tovuslarni yeyish uchun ovlamaydi. D) Tovus go’zallik uchun o’zini qurbon qilmoqchi. 34 / 40 Qaysi gapda tire tinish belgisi tushirib qoldirilgan? A) Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir tun yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz. B) Vatan har bir inson tug‘ilib o‘sgan, kindik qoni to‘kilgan tabarruk go‘sha! C) Mening opam ham mohir tikuvchi, ular bejirim ko‘ylaklar tikib charchamaydilar. D) Yaxshi niyatli kishilarning ahdi shu edi. 35 / 40 Qaysi qatordagi so’zning izohi noto’g’ri keltirilgan? A) Modernizatsiya – Zamonaviy talab va didga moslab o‘zgartirish B) Qutidor – Qo‘qon xonligida oliq-soliqlardan to‘plangan pullarni qabul qilib oluvchi, saqlovchi va xon xazinasiga topshiruvchi saroy amaldori. C) Kulliyot – Bir adabiy turga mansub asarlarning majmuyi, she’riy to‘plam. D) Murshid – Pir yoki eshonga qo‘l berib, so‘fiylik yo‘liga kirgan shaxs 36 / 40 Bir xil janrga mansub hajviy asarlar keltirilgan qatorni toping. A) «Yovuz niyatli kishi», «O‘n ikki stul», «Oltin buzoqcha», B) «Adabiyot muallimi», «Chiqdi», «Qiyshiq oyna» C) «Maysaraning ishi», «Og‘riq tishlar», «Saylov» D) «Maskovchi boy ta’rifida», «Dodhohim» «Tuhmatchilar jazosi» 37 / 40 Qaysi gap tarkibida sovg’a so’zining ma’nodoshi qo’llanmagan? A) Qishloq bolalari suyunchi so‘rab borishgan, xonadon sohiblari bolalarga hadyalar berishgan B) Tilmoch tortiqni oldi va beto‘xtov pristavga yaxshilab tushuntirishni va’da qildi. C) Sizga bu taronam – kuyim armug‘on, Nasr – og‘ir qadam, nazm – chopog‘on. D) Hovlimiz ziynati jambil, rayhonday, Otam ta’biricha edim boychechak. 38 / 40 Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramasida Amir Temur o’z o’g’li Mironshohni nima uchun qirq kun zindonga tashlaydi? A) begunoh odamni o’ldirgani uchun B) qilichini yo’qotib qo’ygani uchun C) xotiniga qo’l ko’targani uchun D) qo’l ostidagi lashkarlarga beetibor bo’lgani uchun 39 / 40 Qaysi qatorda Fuzuliyning turkiy devonidagi asarlarning miqdori to’g’ri tartiblangan? 1)ruboiy; 2) qasida; 3) g’azal; 4) qit’a a) 42 ta; b) 300 ga yaqin; c) 27 ta; d) 75 ta A) 1-b; 2-c; 3-d; 4-a B) 1-a; 2-c; 3-b; 4-d C) 1-d; 2-c; 3-b; 4-a D) 1-d; 2-a; 3-b; 4-c 40 / 40 Suluv qizlar burab qo‘yar sochini, Mard yigit g‘animdan olar o‘chini. Bag‘ring kuygandayin bo‘zlab yig‘laysan, Menga aytgin yig‘laganing vajini! “Go’ro’g’lining tug’ilishi” dostonida ushbu parcha kimning tilidan kimga qarata aytilgan? A) Hiloloy tilidan Ravshanga B) Rustambek tilidan Go’ro’g’liga C) Rustambek tilidan Hiloloyga D) Gajdumbek tilidan Ravshanga 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot attestatsiya