On tili va adabiyot attestatsiya №6 Fevral 6, 2022Mart 4, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan On tili va adabiyot attestatsiya №6 ga fikr bildirilmagan. 0% 3 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! On tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №6 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 Payt, fursat, mahal, chog’, palla, muddat, dam, on, lahza. Yuqoridagi sinonim so’zlardan qaysi biri “ko’pincha ma’lum ish uchun lozim bo’lgan, shu ishga belgilangan vaqt” ma’nosini bildiradi? A) payt B) fursat C) lahza D) on 2 / 40 “Suv qalqisa loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqigandan buyon yomon ko’paydi”. Ushbu misralar qaysi asardan olinganligini aniqlang. A) Urushning so’nggi qurboni B) Bemor C) Muzqaymoq D) Shum bola 3 / 40 Quyidagi qaysi asarda yoshligida adashib shakar deb tuz yeb qo`ygan, lekin katta bo`lganida tuz yeb, shakar yegandek jilmayib turishgan majbur bo`lgan obraz uchraydi? A) O`tkir Hoshimov, “Dunyoning ishlari” B) G`afur G`ulom, “Shum bola” C) Turob To`la, “Yetti zog`ora qissasi” D) O`tkir Hoshimov, “Ikki eshik orasi” 4 / 40 Azm, aysh, arz, aft, aql, badnafs, bahs, boks, bazm,bayt, brak, vazn, vahm, vaqf, gips, globus, dafn, dahr, jazm, jalb, janr, jahl, jahd. Ushbu so`zlarning nechtasida jarangli jarangsizligiga ko`ra ham, til qismlarining harakatiga ko`ra ham birlashtiruvchi belgiga ega undoshlar qator holda kelgan? A) beshtasida B) to`rttasida C) oltitasida D) uchtasida 5 / 40 Tog’ning ko’rki tosh bilan, odamning ko’rki bosh bilan. Ushbu maqolda qaysi so’z turkumiga oid so’zlar ishtirok etgan? A) ot, sifat, ko’makchi B) ot, ko’makchi C) ot, sifat, bog’lovchi D) ot, bog’lovchi 6 / 40 ...yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan ekanlar. Ushbu ta`rif qaysi asarda keltirilgan va qaysi personajlarga nisbatan qo`llangan? A) “Ravshan” dostonida kallar B) “Mehrobdan chayon”da Anvarning o`rtoqlari C) “Uloqda” hikoyasida Turg`unning o`rtoqlari D) “Uch og`a-ini botirlar” ertagida botirlar 7 / 40 Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha undoshlari jarangsiz til undoshlariga mansub bo’lgan sifatlarni aniqlang. 1) yig’ma; 2) tushuncha; 3) qishki: 4) qaqshatqich: 5) tortinchoq: 6) ostki A) 3,5,6 B) 3,4,6 C) 1,3,4 D) 2,4,5 8 / 40 Qaysi gapda otga xos bo’lgan lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha qatnashmagan? A) Dilbar kelinchakning ko’ksida g’ulu, Zardoli shoxiga tashlar ko’z qirin. B) Qalbi quvonchga to’lgan kishilar xushbaxtdir, oyoq kiyim kiygan kishi uchun yerlar teri bilan qoplanganday emasmi? C) Xalqimizda farzandga nisbatan: “O’nta bo’lsa, o’rni boshqa”, - degan maqol bejiz aytilmagan, chunki o’zbek xalqi juda bolani sevadigan xalq sanaladi. D) Hovlida koptok o’ynayotgan bir to’da bolalar yoniga borib birpas ularni tomosha qilib turdi. 9 / 40 Tuproq to’shagida yotgan ko’p ko’rdim, Qaro yer bag’riga botgan ko’p ko’rdim. Ushbu gapdagi qo’shimchalar haqida berilgan to’g’ri ma’lumotni aniqlang. A) Ushbu gapda shakl yasovchi qo’shimcha ta’sirida so’z imlosida bir unlining tushib qolishi kuzatiladi B) Faqat bitta so’z tarkibida ikkita munosabat shakli qo’shimchasi qatnashgan C) Ot yasovchi qo’shimcha ta’sirida tovush o’zgarishi bilan yozilgan so’z qatnashgan D) Egalik qo’shimchasi faqat bitta so’z tarkibida qatnashgan 10 / 40 Yashash uchun foydali mehnat qilishni anglash insoniylikning birinchi shartidir. Ushbu gapda qatnashgan yasama so’zlar hyaqidagi to’g’ri ma’lumotni toping. A) Sondan yasalgan sifat qatnashgan B) Sodda yasama fe’llar otdan yasalgan C) Fe’ldan yasalgan ot qatnashgan D) Sodda yasama sifat fe’ldan yasalgan 11 / 40 Navoiyning ”Majolis un-nafois” asarida kim haqida shunday deyilgan: “Xuroson mulkining rangin fozili erdi, ko`p ulum va fununda mohir erdi Sanoe va aruz fanida barcha el ani musallam tutar erdi…? A) Sharafiddin Ali Yazdiy B) Darvesh Mansur C) Xondamir D) Yahyo Sebak 12 / 40 Quyidagi qaysi gaplarda kelishik qo‘shimchasining adabiy til me’yorlariga amal qilinmasdan xato qo‘llanishi kuzatiladi? 1) Biz sizni gazeta sharhi bilan tanishtiramiz; 2) Ularga fikrining ravon so‘zlamoqni o‘rgatish kerak; 3) Qadim zamonga Chin mamlakatida bir ulug‘ podshoh bo‘lgan ekan; 4) O ‘quvchilarga ot va sifatni farqlash vazifasi topshirildi. A) 2, 3, 4 B) 1, 4 C) 2, 3 D) 1, 2, 3 13 / 40 Gulxaniyning “Zarbulmasal” asaridagi qaysi masalda “yaxshilik qil suvg’a sol baliq bilur, baliq bilmasa xoliq bilur” deyilgan? A) “Kabutar bilan zog” B) “Tuya bilan bo’taloq” C) “Maymun va Najjor” D) “Toshbaqa bilan chayon” 14 / 40 Bolam kepti necha tog`lardan osha, Ikki zulfi gardaniga yarasha, Po`sht-a, po`sht, tomoshabin jonlarim, O`lganning nesin qilasizlar tomosha. Ushbu to`rtlik qaysi xalq doston qahramoni tomonidan aytilgan? A) Sultonxon B) Hasanxon C) Kuntug`mish D) Go`rog`li 15 / 40 Zulfiyaning qaysi she`rida H.Olimjonning mashhur she`rida bir misra keltirilgan? A) “Bog`lar qiyg`os gulda” B) “ Baxtim bor ajoyib kishilar aro” C) “ O`g`lim, sir abo`lmaydi urush” D) “ Bahor keldi seni so`roqlab” 16 / 40 “Farhod va Shirin “ dostonida Farhod kimlardan ishq sirlarini o’rganadi? 1) Boniy; 2) Moniy; 3)Qoran; 4) Suhaylo; 5) Suqrot. A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5 17 / 40 Berilgan gaplarning qaysi birida imloviy xatolik uchramaydi? A) Bahslashish ko`plarning qo`lidan keladi, oddiygina suhbatlashishni esa kamdan-kam kishi uddalaydi. B) Saxovat go`zallikdan ko`ra abzalroq. C) Istamay mutoala qilayotgan talaba – qanoatsiz qush ( S.Sheroziy) D) Bilimsiz kishilarning ko`ngli xurafotga moyil bo`ladi. (Abu Rayhon Beruniy) 18 / 40 Og’ilxonada o’nga yaqin tuyoqlarimiz bor. Ostiga chizilgan so’zda ma’no ko’chishning qaysi turi qo’llangan? A) metafora B) vazifadoshlik C) sinekdoxa D) metonimiya 19 / 40 O`g`il bu xil suhbatni xushlamasligini bildirib, nigohini pastga olarkan, javobini juda qisqa qildi va bir muddatdan so`ng boshini ko`tarib, otasining holatidan dong qotdi. Cholning jag`i osilgan ko`zlari baqraygan, musichani haydamoqqa ko`tarilgan o`ng qo`li havoda muallaq qolgan. Bamisoli haykal, hatto kiprik qoqmasdi Parchadagi fonetik hodisalar miqdori? A) 4 B) 3 C) 6 D) 5 20 / 40 Oybekning “Bolaning ko’ngli podsho” parchasida supuruqsiz, qarovsiz qolgan keng hovli kimniki edi? A) Dadaqozining B) Musoning C) Ahmadning D) Mirahmat otaning 21 / 40 Hikmatni anglamoqning o‘zi bir hikmatdir. Ushbu gapdagi ismning munosabat shaklini hosil qiluvchi qo‘shimchalar soni nechta? A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 6 ta 22 / 40 Qaysi gapda tinish belgisi noto`g`ri qo`yilgan? A) Hozirgi yoshlarga aytar so`zimiz – o`tgan ajdodlarimizga munosib farzand bo`ling. B) Kitob – eng yaqin sadoqatli do`stimiz. C) “Tilga e`tibor – elga e`tibor”. D) Aytadilar: “Fazilat nasl-u nasab bilan emas, balki odob bilan topiladi”. 23 / 40 Cheksiz dasht, yassi tepaliklar…Me`morning mag`rib tomonda, tepaliklar ustida yarqirab turgan yarim oy o`rog`iga ko`zi tushdi. Ushbu gapda ochiq bo`g`in qatnashgan so`zlar miqdori nechta? A) 19 ta B) 11 ta C) 12 ta D) 5 ta 24 / 40 Berilgan hikmatli so`zlardan qaysi biri fikrlar zanjiridan uzilib qolgan? A) Insonning eng sharafli va buyuk darajasi uning aqlidir. (Abdurauf Fitrat) B) Tabiat kimga aql-idrok, bilim bersa, u ezgu ishlar qilishga qo‘l uradi. (Yusuf Xos Hojib) C) Aql tarozisida tortib ko‘rilmagan har qanday bilim asossizdir. (Abu Ali ibn Sino) D) Har bir kishining fe’li va xulq-atvori o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga intilishida namoyon bo‘ladi. (Gyote) 25 / 40 Ishda to`g`rilik birovning nafsiga, moliga xiyonat qilmaslik, so`zda to`g`rilik har vaqt rost so`zlamaklikdur. (A.Avloniy) Ushbu gapda qatnashgan yasama so`zlar soni nechta? A) 3 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 4 ta 26 / 40 Omon Matjon kimning g`azaliga muxammas bog`lagan? A) Lutfiy B) Navoiy C) Fuzuliy D) Bobur 27 / 40 O`qib-o`rganmasdan ham foyda-zararning farqiga yeta olaman, degan odamni tentak deb bilmoq kerak. Gapda qaysi kelishik turi yoq? A) chiqish kelishigi B) jo`nalish kelishigi C) tushum kelishigi D) qaratqich kelishigi 28 / 40 Ukamni men o`zim barvaqt uyg`otdim. Gapda qaysi turkum so`zlari qatnashgan? A) ot, olmosh, olmosh, sifat, fe`l B) ot, ot, olmosh, ravish, fe`l C) ot, olmosh, ot, sifat, fe`l D) ot, olmosh, olmosh, ravish, fe`l 29 / 40 Berilgan gaplarning qaysilarida faqat qo`shimcha tarkibida fonetik hodisa yuzaga kelgan 1) Cholning chapdast, chaqon o`g`li bor, mening ham shunday farzandim bo`lsa edi; 2) Mening ikki bolam bor, ikkisi ham mehribon; 3) Meniki va seniki shu aziz tuproq, ko`z qorachig`iday asraylik, o`rtoq! 4) Otang seni ko`rmadi, chog`i. 5) Har bir kishi kasb-korni mukammal bilmog`i, yaxshi tarbiya olmog`i va yaxshi xulq-odob, fazilatlarga ega bo`lmog`i kerak A) 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 2, 4 30 / 40 Berilgan qo`shimchalardan nechtasi faqat lug`aviy shakl yasovchi qo`shimcha hisoblanadi? -la, - (i)b – ta, - tacha, - roq, - mtir, - gach, - niki, - cha, - xon A) 7 ta B) 5 C) 6 ta D) 8 ta 31 / 40 Qaysi qatorda kompozitsion usuldagi ot+ot shaklida yasalgan so’z berilgan? A) oqqush B) otboqar C) karnaygul D) achchiqtosh 32 / 40 O`g`lining dardiga sarg`aygan onaning oh-vohlariga chidab bo`lmasdi. Ushbu gapda qaysi turkumga oid so`zlar ishtirok etgan? A) ot, fe`l, undov B) ot, undov, sifat, fe`l C) ot, sifat, ravish, fe`l D) ot, sifat, olmosh, fe`l 33 / 40 Berilgan zid ma’noli so’zlardan qaysilari fe’l so’z turkumiga oid hisoblanadi? 1) mehnatsevar-dangasa 2) kelmoq-ketmoq 3) yolg’onchi-rostgo’y 4) ost-ust 5) toza-iflos 6) qisqa-uzun 7) urush-tinchlik 8) kulmoq-yig’lamoq. A) 2, 7 B) 1, 3 C) 2, 8 D) 5, 6 34 / 40 Bu kun vaslingni tark ayla, tilar jannat zohidlar, Berurlar nasyag`a naqdni, u ne nodon xaloyiqtur? (Atoyi ) Ushbu baytda qanday she`riy san`at qo`llangan? A) istiora B) ta`did C) tazod D) tashbeh 35 / 40 Qo`shma gap berilmagan javobni toping? A) Guli yo`q bo`stondan yaproq yaxshi, foydasi yo`q yo`ldoshdan tayoq yaxshi. B) Yuksak, teran va atroflicha fikr yurita oladigan va ijtimoiy faoliyatdan el-yurtiga naf yetadigan siymolarnigina mutafakkir deyish mumkin. C) G`ayratlining yuragi qaynar, g`ayratsizning yuragi o`ynar. D) Do`stlikdan o`tadigan narsa yo`q, shuning uchun do`st orttirish imkoniyatini qo`ldan boy berma. 36 / 40 Barcha gap bo`laklari bir xil so`z turkumi bilan ifodalangan gaplarni toping? 1) Savol – kumush, javob – oltin; 2) Kitob – aql qayrog`i; 3) Hamma nopok, hamma egri, yolg`iz siz to`g`ri. 4) Rostlik –do`stlik, yolg`onchilik – ko`rgulik; 5) Yolg`on yondirar, haqiqat qondirar. A) 1, 2, 3 B) 1, 2 C) 1, 2, 4 D) 3, 5 37 / 40 Mu...llif, ta...mil, ge...log, do...ra, sh...ira, j...iz, m...osh, m...ammo, m...orif, tabi...y, manf...at, ziro...t, insho...t. Qator unli qatnashgan so`zlarning nechtasida nuqtalar o`rniga keng unli qo`yiladi? A) 6 ta B) 10 ta C) 8 ta D) 12 ta 38 / 40 Qaysi gapdagi yordamchi so`z turkumi so`zlarining tarkibi faqat til undoshlaridan iborat? A) Kiritmalar ham so`z, so`z birikmasi va gap shakllarida bo`lishi mumkin. B) Dono suhbatidan sira qochmagil, ta`sirin o`tkazar senga ham u til. C) Agar yerga topshirsang bir arpa dona, o`rim vaqti berar biri yuz dona. D) Jaholat pardasi aql nurini to`sib qo`yadi va oz fursat o`tmay, u jarga qulab halok bo`ladi. 39 / 40 Qaysi asar ko’pgina jahon tillariga jami 24 tilga tarjima qilingan va bu asar Janni Rodarining tahsiniga sazovor bo’lgan? A) “Sariq devni minib” B) “Yetti zog’ora qissasi” C) “Shahzoda Plombir” D) “Shum bola” 40 / 40 “Dunyoning ishlari“ qissasida doimo yaltiroq tugmachali jigarrang kitel kiyib yuradi, gapirganda duduqlanib qoladi, chap qo'li tayoqday osilib turadi. Ushbu ta'rif qaysi qahramonga berilgan? A) Ermon buva B) Achinska C) Xo'ja D) Egamberdi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot attestatsiya