On tili va adabiyot attestatsiya №12 Iyul 22, 2022Iyul 22, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan On tili va adabiyot attestatsiya №12 ga fikr bildirilmagan. 0% 34 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! On tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №12 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1. Qaysi gapda // belgisi o‘rnida ikki nuqta bo‘lishi kerak? A) G‘animlar duch kelar // jang bo‘lar puxta. B) Qamchibek boshqacharoq edi // ichidan o‘tayotganini yuzaga bilintirmasdi. C) Endi bildimki // unga tushuntirishning foydasi yo‘q ekan. D) Ruboiyni ichida o‘qidi // yuzini tabassum qopladi. 2 / 40 2. O`tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi haqida berilgan ma`lumotlardan noto`g`risini toping A) 1.3 B) 2.4 C) 1.2 D) 1.4 3 / 40 3. “Kecha va kunduz” asarida domla – imom Ibrohim Xalilulloh to`g`risida kimdan dalil keltiradi? A) Mashrabdan B) Muqimiydan C) Yassaviydan D) So`fi Olloyordan 4 / 40 4. Qaysi gapda otga xos bo’lgan lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha qatnashmagan? A) Xalqimizda farzandga nisbatan: “O’nta bo’lsa, o’rni boshqa”, - degan maqol bejiz aytilmagan, chunki o’zbek xalqi juda bolani sevadigan xalq sanaladi. B) Dilbar kelinchakning ko’ksida g’ulu, Zardoli shoxiga tashlar ko’z qirin. C) Qalbi quvonchga to’lgan kishilar xushbaxtdir, oyoq kiyim kiygan kishi uchun yerlar teri bilan qoplanganday emasmi? D) Hovlida koptok o’ynayotgan bir to’da bolalar yoniga borib birpas ularni tomosha qilib turdi. 5 / 40 5. Qaysi gapdagi yordamchi so`z turkumi so`zlarining tarkibi faqat til undoshlaridan iborat? A) Dono suhbatidan sira qochmagil, ta`sirin o`tkazar senga ham u til. B) Agar yerga topshirsang bir arpa dona, o`rim vaqti berar biri yuz dona. C) Kiritmalar ham so`z, so`z birikmasi va gap shakllarida bo`lishi mumkin. D) Jaholat pardasi aql nurini to`sib qo`yadi va oz fursat o`tmay, u jarga qulab halok bo`ladi. 6 / 40 6. Gahi topdim falakdin notavonlig’, Gahi ko’rdum zamondin komronlig’, Base issig’, sovug’ ko’rdum zamonda, Base achchig’, chuchuk totdim jahonda. Navoiy ushbu baytlarni qaysi asarida keltirgan? A) “Saddi Iskandiry” B) “Mahbub ul-qulub” C) “Hayrat ul-abror” D) “Muhokamt ul-lug’atayn” 7 / 40 7. “Kecha va kunduz” asaridagi qahramonlarni kasblari bilan to`g`ri moslashtiring. 1)rus mirzasi; 2) inoq mirzasi; 3) musulmon mirzasi; a)Sokolov; b) Hakimjon; c) Mirzabobo A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-c, 2-a, 3-b C) 1-a, 2-b, 3-c D) 1-a, 2-c, 3-b 8 / 40 8. Basralik bir arabning javohirchilarga shunday hikoya aytib berganini eshitgandim: „Bir paytlar sahroda yo‘limni yo‘qotdim. Yonimda na yeydigan taom, na ichadigan bir qultum suv bor edi. O‘lishimga ishongan onimda uzoqda bir to‘rvani ko‘rib qoldim. Shunday yugurdimki, o‘sha paytdagi hayajonimni hech qachon unutolmayman. To‘rvani ochdim. Qarasam, uning ichi to‘la oltin ekan! To‘rvada non va suvning yo‘qligidan shunchalik xafa bo‘ldimki, bu achchiq iztirobni hech qachon unutolmayman“. Hikoyani eshitib, boriga shukur qilish ham ne’matdir, degan xulosaga keldim. (Shayx Sa’diy Sheroziy) Matnda qatnashgan so`z yasovchi qo`shimchalar qaysi qatorda berilgan? A) –lik, -chi, -ot, -um, -lik, -q, -dagi B) –lik, -chi, -ot, -um, - q C) –lik, -chi, -ot, -um, -lik, -q, -im, -ki D) –lik, -chi, -ot, -um, -a, - q 9 / 40 9. Qaysi gapda tire tinish belgisi tushirib qoldirilgan? A) Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir tun yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz. B) Vatan har bir inson tug‘ilib o‘sgan, kindik qoni to‘kilgan tabarruk go‘sha! C) Yaxshi niyatli kishilarning ahdi shu edi. D) Mening opam ham mohir tikuvchi, ular bejirim ko‘ylaklar tikib charchamaydilar. 10 / 40 10. Har ikkala qismi ham yasama so’zdan iborat juft sifatlarni toping. 1) ilmiy-ommabop; 2) aqlli-hushli; 3) uyma-uy; 4) meva-chevali; 5) qishin-yozin. A) 1,3,5 B) 1.2 C) 1,2,5 D) 2,4,5 11 / 40 11. Qaysi qatorda asosi omonim, yasama, o‘timli fe’l berilgan? A) yugurtirmoq B) chopishdi C) kuchaytirmoq D) yashartirmoq 12 / 40 12. Egalik qo‘shimchalari asosga qo‘shilsa, qanday fonetik hodisalar yuz berishi mumkin? A) tovush almashinishi va tovush tushishi B) tovush almashinishi, tovush ortishi va tovush tushishi C) tovush tushishi D) tovush almashinishi 13 / 40 13. Inson tabiatning eng ongli farzandi, uning boyliklarini asrovchi eng oliy xilqat sanaladi, shu bilan birga, inson bu boyliklarni ayovsiz sarflovchi, tabiatni tanazzulga olib boruvchi xilqat ekanligini ham unutmaylik. Berilgan gapdagi fonetik o‘zgarishlar sonini toping. A) C B) ) 3 ta C) 5 ta D) 4 ta 14 / 40 14. Qaysi gapdagi barcha yasama so‘zlarning asosi otturkumiga mansub? A) Barglari tukli, tuxumsimon, bandlari kalta, shoxlarda tartibli joylashgan. B) Bolalarning beg‘ubor qalbi to‘lib-toshib oqayotgan daryoday jo'shqin. C) Oybek domla nihoyatda tiyraklik va samimiyat bilan opaning gaplarini tasdiqladi. D) Mevasi tukli, ko‘rinishi yumaloq yoki biroz cho'ziq bo'lishi mumkin. 15 / 40 15. “Alpomish” dostonida poyga jarayonida kimlarning “Biri-biroviga mushti tekkanda, Tog‘ cho‘qqisi qulaganday bo‘ladi”, deya ta`riflangan. A) Hakimbek va Ko‘kaldosh B) Hakimbek va Qultoy C) Qorajon va Hakimbek D) Ko‘kaldosh va Qorajon 16 / 40 16. Quyidagilar orasidan so‘z yasovchi va shakl yasovchi sifatida o‘zaro omonim bo‘la oladigan qo‘shimchalarni ko‘rsating. 1) -siz, 2) -ona, 3) -lab, 4) -larcha, 5) -xon, 6) be- A) 1, 2, 5 B) 1, 2, 3, 5 C) 1, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6 17 / 40 17. Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga sirg‘aluvchi jarangsiz lab undosh tovush yoziladi? 1) ta...fiq; 2) ta...tish; 3) ta...sifnoma; 4) bata... sil; 5) ta...siya A) 1, 2, 4 B) 3, 5 C) 2, 4 D) 1, 2, 3, 5 18 / 40 18. Odamiy ersang demagil odami, Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami. Ushbu mashhur bayt Alisher Navoiyning qaysi dostonida keltirilgan? A) “Saddi Iskndariy” B) “Layli va Majnun” C) “Hayrat ul-abror” D) “Sab’ayi sayyor” 19 / 40 19. Olmoshning faqat bir ma’noviy guruhiga mansub so‘ zlar qatnashgan javobni aniqlang. A) Men o‘z fikrimni tushuntirib berishga harakat qilyapman, lekin siz uni eshitishni xohlamayapsiz. B) Tog‘asining shu odati sabab o‘g‘li Haydar ham, qizi Tohira ham bu xonadondan bezib ketishdi. C) Agar u guzardan hassasini do‘qillatib o‘tib qolsa, hamma barobar qalqib, to o‘tib ketguncha ta’zimda turadi. 20 / 40 20. Qaysi javobda quyidagi gapda qo‘llangan olmoshlar soni va turi to‘g‘ri ko‘rsatilgan? — Noshukurlik, — debdi u, — noshukurlikning bexosiyat tomoni shundaki, bu illatga o‘ralgan kishi his etish, jami narsadan lazzatlanish, bahramand bo‘lish qobiliyatini yo‘qotadi. A) 3 ta: 1 ta kishilik, 2 ta ko‘rsatish B) 3 ta: 1 ta kishilik, 1 ta ko‘rsatish, 1 ta belgilash C) 4 ta: 3 ta ko‘rsatish, 1 ta belgilash D) 4 ta: 1 ta kishilik, 2 ta ko‘rsatish, 1 ta belgilash 21 / 40 21. Qaysi javobda quyida keltirilgan parchadagi orttirma nisbat qo‘shimchasi olgan so‘z haqida noto‘g‘ri hukm berilgan? Mirzo Ulug‘bek belidagi serbar kamariga osilgan kalitni olib eshikning qulfini jaranglatib ochdi. A) Orttirma nisbat qo‘shimchasini olgan so‘zning yasalish asosi taqlid so‘zdir. B) Orttirma nisbat qo‘shimchasi olgan so‘z gapda hol bo‘lib kelgan. C) Orttirma nisbat qo‘shimchasini olgan so‘z tarkibida unlilar va faqat portlovchi til oldi undoshlari bor. D) Orttirma nisbat qo‘shimchasi sodda yasama so‘zga qo‘shilgan. 22 / 40 22. Quyidagi ismlar ma’no ko‘chishning qaysi turi asosida vujudga kelgan? Yo‘lbars, Bo‘riboy, Qoplonbek, Feruza, Yoqutoy, Asalxon A) vazifadoshlik B) metafora C) sinekdoxa D) metonimiya 23 / 40 23. Qaysi ravish yasovchi qo‘shimchalar shakldoshlik xususiyatiga ega ? 1) -lab; 2) -larcha; 3) -lay; 4) -siz; 5) -chasiga; 6) -ligicha. A) 1, 2, 5 B) 1, 2, 6 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3, 4, 6 24 / 40 24. Quyida keltirilgan gapdagi yasama so‘zlar qaysi so‘z turkumidan hosil qilingan? Achchiq bilan chuchukni totgan bilar, uzoq bilan yaqinni yurgan bilar. A) ravish B) sifat C) fe'l D) ot 25 / 40 25. Qaysi gapda so‘z yasovchi qo‘shimchalar soni nisbatan ko‘proq? A) Ochiq til osh yedirar, achchiq til bosh yedirar. B) Zargar firibgar bo‘lsa, oltin ham zanglaydi. C) Elning yirtig‘iga yamoq bo‘l, uzug‘iga uloq bo‘l. D) Tirishganning labi yog‘li, erinchoqning boshi qonli. 26 / 40 26. Qaysi javobda keltirilgan gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xatolikka yo‘l qo‘yilgan? A) Qanotlaring mallarang, jussang kichikligidan ko‘rinarkansan arang. B) Asl aynimas, aynisa ham buzilmas. C) Shu chog‘ artilleriya qismlari og‘ir to‘plar bilan ota boshladi. D) Sening vujudingda sirlilikning mavjudligini birinchi bor uchratganimdayoq payqagan edim. 27 / 40 27. "... maktabdan chiqarib olib, qizimga Ko'kqamish ko‘lida qo‘y sog‘dirib, chorvachilik ilmini o‘rgatayin, qo‘y sog‘moqqa usta bo‘lsin". Xalq dostonlaridagi qaysi ota o‘z farzandi haqida shunday qayg‘urgan? A) Avazxon B) Boysari C) Boybo‘ri D) Shoir vazir 28 / 40 28. Qaysi juftliklarda o'zaro shakldosh qo‘shimchalar ishtirok etmagan? 1)qovurma (lag‘mon) - qovurma (harakat inkori); 2)bog‘lar (o‘rin-joy oti) - bog'lar (harakat); 3)terim (tananing tashqi qoplamasi) – terim (faoliyat-jarayon oti); 4)ko'zlar (inson a’zosi) - ko‘zlar (harakat); 5)qaynatma (sho'rv- qaynatma (harakat inkori) A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3 C) 2, 3, 4 D) 2, 4 29 / 40 29. Quyidagi qaysi gapda o‘zaro omonim ko‘makchi morfemalar qatnashgan? A) Yaxshilikka yaxshilik qaytarish lozimligini esingdan chiqarma. B) Yuz tilim bo‘ldi dilim bir bevafoning dastidan. C) Bu qaro ko‘zlar neni ko‘zlar? D) Ko‘rik-tanlovda biz g‘olib bo‘ldik. 30 / 40 30. Qaysi muborak zot: “Yetti yoshda Arslonboboga qildim salom, Haq Mustafo omonatin qildim in’om”, deya e’tirof etgan? A) Imom Buxoriy B) Termiziy C) Ahmad Yassaviy D) Ahmad Yugnakiy 31 / 40 31. Dilim ranjitsa ham do‘q-u dag‘dag‘a, Bog ‘imda bu oqshom jonon о ‘ynasin. Gulday chiroyidan bo‘lay sadag'a, Ochilib-sochilib chunon o'ynasin. (Mirtemir) She’riy parchada qaysi nisbatdagi fe’llar qatnashganligini aniqlang. A) aniq, orttirma B) orttirma, aniq, o`zlik C) aniq, majhul D) aniq, majhul, orttirma 32 / 40 32. Qaysi gapda ham ot, ham sifat yasovchi qo‘shimcha bilan omonim bo‘la oladigan shakl yasovchi qo‘shimcha qatnashmagan? A) Ota olov va suv girdobidan ozodlik maydoniga chiqa oladigan o‘g‘il borligidan g‘ururlanar edi. B) Ko‘chaning narigi yuzidagi do‘konga bordik. C) Chaqin bo‘lma, bo‘lma guldurak. D) Sotqinlarga safimizda o‘rin yo‘q. 33 / 40 33. Ellik sakkizni rosa kutdim, kelmadi – piyoda ketdim. Ma’no ko’chishining turini toping. A) kinoya B) vazifadoshlik C) metafora D) metonimiya 34 / 40 34. Mashg‘uloti, kasbi-kori bilan bog‘liq qing‘ir ishlarga qo‘l urgan 46 ta shaxs illatlari qaysi asarda fosh etilgan? A) Muqimiy, "Tanobchilar" B) Muqimiy, "Sayohatnoma" C) A.Qahhor, "Adabiyot muallimi" D) Zavqiy, "Hajvi ahli rasta" 35 / 40 35. Uy eshigini ochsam, o‘g‘lim bilan o‘rtog‘i sovuqdan qizarib kirib keldi. Ushbu gapda ismlar guruhiga mansub nechta so‘z fonetik o‘zgarish asosida yo‘zilgan? A) 5 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 2 ta 36 / 40 36. Qaysi hikoyada iqtisodiy-madaniy qoloqlikning yana bir fojiali oqibati -johillik quyuq bo‘yoqlarda aks ettiriladi? A) “Bemor”, Abdulla Qahhor B) “Uloqda”, Abdulla Qodiriy C) “Mening o‘g‘rigina bolam”, G‘afur G‘ulom D) “Dahshat”, Abdulla Qahhor 37 / 40 37. Inson o`z hayotidagi g`alabali onlardan shodlanadi, turli omadsizliklar va qiyinchiliklardan esa tushkunlikka tushadi. Berilgan gapdagi nechta yasama so`zning asosi sifat so`z turkumiga mansub? A) 3 tasi B) 5 tasi C) 2 tasi D) 4 tasi 38 / 40 38. Qaysi shoirning g’azalida lirik qahramonning yuzi azbaroyi hijron azobini chekaverganidan sarg’ayib ketib, oltinni yashiradigan darajaga yetdi, ya’ni shunchalik sarg’aydiki, buning oldida tilloning sariqligi hech narsa bo’lmay qoldi, deb ta’riflanadi? A) Atoyi B) Lutfiy C) Bobur D) Navoiy 39 / 40 39. Quyidagi gapda qanday otlar ishtirok etgan? O‘lmasning onasi uyda o‘tiradi, do‘ppi tikadi. 1) shaxs nomi; 2) shaxs oti; 3) o‘rin-joy nomi; 4) o‘rin-joy oti; 5)narsa oti; 6) faoliyat-jarayon oti; A) 1,2,3 B) 1,3,4,6 C) 1,2,4,5 D) 1,2,3,5 40 / 40 40. Mirmuhsinning "Temur Malik" asari qaysi janrda yozilgan? A) hikoya B) qissa C) roman D) doston 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot attestatsiya