Ona tili va adabiyot attestatsiya №5 Yanvar 29, 2022Yanvar 29, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot attestatsiya №5 ga fikr bildirilmagan. 0% 2 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №5 1 / 40 Qaysi javobda olmosh ega vazifasini bajarmagan? A) Seni odobli bo'lganing uchun hamma hurmat qiladi. B) Mayli-da kimgadir yoqsa, yoqmasa, ularga qo`shilib yig`lasharmidik. C) Boyning tashqarisida Yo'lchidan boshqa hech kim yo‘q. D) Bu – siz uchun katta sinov. 2 / 40 Ko`zlarim yo`l ustida, kelmadi yor, Ushbu keng dunyo ko`zimga bo`ldi tor. Qay qaroqchi oldi yorimning yo`lin, Mundagi baxtsiz yigit yo`l uzra zor... Ushbu to`rtlik qaysi asardan olingan? A) “O`tkan kunlar” B) “Kecha va kunduz” C) “Navoiy” D) “Mehrobdan chayon” 3 / 40 Berilganlardan qo’shma sifatlarni aniqlang. 1) sovuqmijoz; 2) hozirjavob; 3) achchiqtosh; 4) mehnatkash; 5) issiqxona; A) 1, 3 B) 1, 3, 5 C) 1, 2 D) 1, 2, 4 4 / 40 –tir, -dir, qo’shimchalari orqali fe’lning qaysi nisbati yasaladi? A) Fe’lning orttirma nisbati B) Noaniq fe’l C) Fe’lning o’zlik nisbati D) Fe’lning kichraytirma nisbati 5 / 40 "Bu ko'ylak sal qizilroq ekan." Ushbu gapda sifatning qaysi darajasi qatnashgan? Qaysi yo'l bilan hosil qilingan? A) ozaytirma daraja; leksik-morfologik yo'l bilan. B) orttirma daraja; morfologik yo'l bilan. C) ozaytirma daraja; morfologik yo'l bilan. D) orttirma daraja; leksik-morfologik yo'l bilan. 6 / 40 Qaysi gapda ikki o‘rinda vazifadosh bog‘lovchi ishtirok etgan? A) Aql va farosat quyoshga o‘xshaydi,beparvolik tufayli tushish mumkin bo‘lgan dog‘larga o‘rin qolmaydi B) Siz bilan bunday natijaga erishishimiz uchun tun-u kun mehnat qilishimiz lozim. C) Mol ham davlatingiz bilan emas, balki ilm-hunaringiz, go‘zal xulq-atvoringiz bilan faxrlaning. D) Kumushbibi endi o‘n yettini qo‘yib, o‘n sakkizga qadam bosganida, bo‘yi ham onasiga yetayozgan edi. 7 / 40 Azm, aysh, arz, aft, aql, badnafs, bahs, boks, bazm,bayt, brak, vazn, vahm, vaqf, gips, globus, dafn, dahr, jazm, jalb, janr, jahl, jahd. Ushbu so`zlarning nechtasida jarangli jarangsizligiga ko`ra ham, til qismlarining harakatiga ko`ra ham birlashtiruvchi belgiga ega undoshlar qator holda kelgan? A) beshtasida B) oltitasida C) uchtasida D) to`rttasida 8 / 40 Imloviy xatoliklar bo`yicha javoblarni moslashtiring. A) 1-c; 2-d; 3-a; 4-d; B) 1-b; 2-d; 3-a; 4-c; C) 1-b; 2-d; 3-c; 4-a; D) 1-c; 2-b; 3-d; 4-a; 9 / 40 Har kimki atog`a ko`p rioyat qilg`ay, O`g`lidin anga bu ish siroyat qilg`ay. Ushbu she`riy parchada ostiga chizilgan so`z qanday ma`no ifodalab kelyapti? A) hurmat, e`tibor qilish B) sitam,azob C) jabr,zulm; D) nopisandlik 10 / 40 Shunda arilar bularning ahvolini ko`rib, bular ham bizga o`xshagan och qolganlardan ekan, deb qayoqqa ketishayotganini so`rabdi. (“Susambil”) Ushbu gapda jami necha marta fonetik hodisa kuzatilgan? A) 4 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 1 ta 11 / 40 “Me’mor” romanida “podsholarga yaqin yurmoq ajdarga yaqin yurmoqlikdan xavflidir”, - deb kim aytgan? A) Najmiddin Buxoriy B) Zavrak C) Nizomiddin D) Zulfiqor 12 / 40 “Kamlikning kamoli bordir, Manmanlikning zavoli bordir…”, “O`zingdan kattani uchratsang pir bil, O`zingni er bilsang, birovni sher bil…” kabi hikmat darajasiga ko`tarilgan baytlar qaysi dostonda uchraydi? A) “Ravshan” B) “Alpomish” C) “Rustamxon” D) “Kuntug`mish” 13 / 40 1989–1998 yillarda xalqimiz istiqlolining ilk nishonalaridan biri – “Cho‘lpon” nashriyotida bosh muharrir, direktor bo‘lib ishlagan ijodkorning asari qaysi qatorda berilgan? A) “Sartarosh qo`shig`i” B) “Tandir haqida ertak” C) “Tug`ishganlar qaytdi ” D) “Atrofimizdagi qiziqchilar” 14 / 40 Qaysi qatordagi gapda yordamchi so`z turkumlarining barcha turi ishtirok etgan? A) O`sha kezlarda men shularning hammasini o`z ko`zim bilan ko`rib yurgan bo`lsam ham, ammo tub mohiyatiga uncha tushunib yetmagan edim. B) Biroq xirmonga kelishim bilan bu shirin xayollarimdan asar ham qolmay, ko`nglim g`ash bo`ldi. C) Agar birov xafa qilgan bo`lsa ayt, mana shu tayog`im bilan gardaniga bir tushiray. D) Goh ko`chada, goh maktabda uni ko`rib turardim-u, hech yurak yutib gaplasholmasdim. 15 / 40 ...yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan ekanlar. Ushbu ta`rif qaysi asarda keltirilgan va qaysi personajlarga nisbatan qo`llangan? A) “Mehrobdan chayon”da Anvarning o`rtoqlari B) “Uloqda” hikoyasida Turg`unning o`rtoqlari C) “Uch og`a-ini botirlar” ertagida botirlar D) “Ravshan” dostonida kallar 16 / 40 Musa Jalilning qaysi asari butun mamlakatda katta dovruq qozonadi va davlat mukofoti bilan taqdirlanadi? A) “Xat tashuvchi” B) “Ordenli millionerlar” C) “Oltin soch” D) Okopdan xatlar” 17 / 40 Qaysi gapda paronim bilan bog’liq xatolik mavjud? A) Mevasini ko’tarolmagan shoh qarsillab sindi. B) Yo’l yoqasidagi azim yong’oqlar, sizlar ham yaxshi qoling. C) Bu kasallikning davosini toppish uchun olimlar astoydil izlanishmoqda. D) Xalqimiz uchun o’sha davrlarda bunday tushunchalar butunlay yot edi. 18 / 40 “Shayx Sa’diy” voqeasining hissasini toping. A) Erta kun arpaga zor bo’lmay desang, Bukun ek, shoyadki, bug’doy non yesang. B) Ustiga kitob ortilgan eshak, Na olim va na donodir beshak. C) O’z qabohatini ko’rgan kishining o’zgalarning qabohatlarini ko’rmakka vaqti bo’lmas. D) Arablarda bir so’z bordir, yaxshi boq, Odobsiz boladan yo’g’i yaxshiroq. 19 / 40 Qaysi gapda otga xos bo’lgan lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha qatnashmagan? A) Xalqimizda farzandga nisbatan: “O’nta bo’lsa, o’rni boshqa”, - degan maqol bejiz aytilmagan, chunki o’zbek xalqi juda bolani sevadigan xalq sanaladi. B) Hovlida koptok o’ynayotgan bir to’da bolalar yoniga borib birpas ularni tomosha qilib turdi. C) Dilbar kelinchakning ko’ksida g’ulu, Zardoli shoxiga tashlar ko’z qirin. D) Qalbi quvonchga to’lgan kishilar xushbaxtdir, oyoq kiyim kiygan kishi uchun yerlar teri bilan qoplanganday emasmi? 20 / 40 Qaysi javobda “Ravshan” dostoni voqealari bayoni to’g’ri berilgan? A) Aynoq, Jaynoq, Ersak, Tersak polvonlar Ravshanxon Shirvon elda o’g’il tutingan kampirning o’z farzandlari bo’lib, Qoraxon podsho ulardan juda qo’rqar edi. B) Go’ro’g’li Gulanorni Ravshanbekka so’rab kelganida Avazxon bundan juda xursand bo’ladi, ammo Ravshanbek Avazxon va uning qizini o’ziga teng ko’rmaydi. C) Ravshanxonning zindonda yotganini eshitgan Go’ro’g’li G’irko’k otini minib, yo’lga chiqadi va uch oylik yo’lni yigirma kunda bosib o’tib, nevarasini dor ostidan qutqarib oladi. D) Zulxumor Ravshanxonning ahvoli haqida ota-onasiga xat bitadi, uni mayna qushning bo’yniga mahkam bog’lab, qushni uchirib yuboradi va mayna qush ham kelib Xon Dallining qo’liga qo’nadi. 21 / 40 Qaysi gapda ham tub, ham yasama mavhum otlar ishtirok etgan? A) Hunaringni ishga solib did bilan chiroyli bino solib bersalaring, bas. B) Hayo qalbning haqiqiy oynasidir. C) Yalqovlik muhtojlikka olib keladi. D) Vatanimga qaytgach, vujudimni quvonch, shukronalik hislari chulg’ab oldi. 22 / 40 Qaysi asarda mahallalarga chayon solig’ini solgani, odamlarni chayon zahri bilan o’ldirgani aytilgan? A) “Ulug’bek xazinasi” B) “Yulduzli tunlar” C) “Zulmat ichra nur” D) “O’tkan kunlar” 23 / 40 Qaysi gapda tovush o’zgarishi bilan yozilgan ot+ot tipidagi qo’shma sifat qatnashgan? A) Bolalar ichida eng sheryuragi Odiljon edi. B) U o’zining shirinso’zligi bilan boshqalardan ajralib turardi. C) Achchiq ko’z yoshlarin ichiga yutdi, Ilojsiz hayotning qo’lidan tutdi. D) Achchiqtosh xalq tabobatida keng qo’llanib kelingan. 24 / 40 Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko’rsatilgan so’zlarning asoslari o’zaro shakldosh bo’la oladi? U eshikning chiroyli shisha tutqichini avaylabgina ushlab ko’rardi. Oradan biroz vaqt o’tgach xonaga tutqunni olib kirishdi. Uning tushkun kayfiyati atrofdagilarga ham ta’sir qilayotgan edi. Bog’da ishlayotganlar allaqachon tushlikka chiqishgan. Anor butasimon mevali daraxtlar sirasiga kiradi. Bolakay mevazor bog’da aylanib yurdi. Otlar kelishik qo’shimchalari bilan turlanadi. Anjumanda turli millat vakillari ishtirok etayotgan edi. A) 2 B) 4 C) 3 D) 1 25 / 40 Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) “Maqtanayapti”, - demang, cho’l havosi yaxshi! B) Uning qattiq qo’rqqanini ko’rib, gapirolmay, shoshkancha ko’chaga otildi. C) Podsho vazir-u a’yonlar davrasida otdan tushib, tog’ bag’riga qarab yuribdi. D) Yurtimizda 9 may xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi. 26 / 40 Qaysi gapda ko’makchini unga ma’nodosh bo’lgan kelishik qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin? A) U mumtoz qo’shiqlarni zavq bilan kuylardi. B) U do’stining gaplarini diqqat bilan eshitdi. C) Men ham sizlar bilan shahar aylanishga boraman. D) Xatni olib, ko’k qalam bilan ostiga chizgan satrlarni o’qidi. 27 / 40 Do’stlikni e’zozlashning zarur sharti do’stlar bilan uchrashib turishdir. Ushbu gapda ismning munosabat shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar soni nechta? A) 4ta B) 3ta C) 5ta D) 6ta 28 / 40 Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog’liq xatolik bor? A) Mahmud Koshg’ariy: “ Botir jangda, dono majlisda sinaladi”, - deb aytgandi. B) “Qo’shiq – qalb mulki”, - dedilar ustozimiz. C) “Millatlarni, elatlarni, - deydi ijodkor, - buyuk do’stlik birlashtiradi”. D) “Yaxshi do’stni, deyiladi o’zbek xalq maqolida, - yomon kunda sinamoq kerak”. 29 / 40 Qaysi javobda yetakchi qismi yasama fe’l bo’lgan ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi ravishdosh shaklida qo’llangan? A) Ular bizni o’sha yerga borishimizni taqiqlab qo’yishgani uchun boshqa joyda o’ynashga qaror qildik. B) Birovlarning oldida seni masxaralab tashlaydigan do’stlaringdan voz kech, bunday odamlardan hech qachon haqiqiy do’stlar chiqmaydi. C) Onasining ovutishlaridan keyin biroz tinchib qolgan bola qandaydir o’yinchoqni o’ynash bilan ovora edi. D) Biz sizning oldingizda kecha bo’lgan voqeaning asl mohiyatini anglab olgani keldik. 30 / 40 Olimlarni fikriga qaraganda, qulupnay buyrakdagi toshlarni yemirish xususiyatiga ega, shu bilan birga, u buyrakda tosh hosil bo’lishining yo’l qo’ymaydigan tabiiy omillardan biri hisoblanadi.Ushbu gapdagi uslubiy jihatdan noto’g’ri qo’llangan qo’shimchalar sonini aniqlang. A) 2ta B) 4ta C) 3ta D) 1ta 31 / 40 Qaysi gapda qatnashgan yasama fe’l va yasama otning asosi shakldoshlik xususiyatiga ega? A) Kimki farog’atli kunni istasa, u fe’l-atvorini sozlash lozim. B) Begona bilan quyon ovlama, Ovlasang ham, otini yoningga bog’lama. C) Ona yuzin qoplar g’am, chimirgancha qoshini, Asta suyar qo’liga oppoq sochli boshini. D) Yog’ayotgan yomg’ir tomchilari ajib ohang bilan derazani tiqillatib chertar edi. 32 / 40 Yashash uchun foydali mehnat qilishni anglash insoniylikning birinchi shartidir. Ushbu gapda qatnashgan yasama so’zlar hyaqidagi to’g’ri ma’lumotni toping. A) Sodda yasama fe’llar otdan yasalgan B) Sondan yasalgan sifat qatnashgan C) Sodda yasama sifat fe’ldan yasalgan D) Fe’ldan yasalgan ot qatnashgan 33 / 40 Qaysi gaplar juftligida berilgan -siz shaxs-son qo’shimchasi har ikki o’rinda ko’plik ma’nosini ifodalab kelgan? A) Nimaga qarab turibsiz, hammangiz o’z ishingizni davom ettiring. Shunaqa ham uxlaysizmi, turinglar, tush bo’lib ketdi- yu. B) Kech bo’lib qoldi, qani, turinglar, yigitlar, endi ketasiz. Akramjon, siz hammasini yig’asiz, keyin birga jo’naymiz. C) Nimaga bitta o’zingiz turibsiz, qolgan yigitlar qani? Oyijon, bugun siz ham borasizmi, iltimos, bora qoling. D) Hozir mana bu rasmni chizasiz, o’g’lim, keyin ikkovlashib kamchiligini to’ldiramiz. “Siz ham menga juda yoqasiz”, - dedi ustozga. 34 / 40 Quyida berilganlardan so’z tarkibi ot+so’z yasovchi qo’shimcha+ lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha + sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha tartibida joylashmagan so’zlar ko’rsatilgan javobni aniqlang. 1) she’rxonlarning; 2) bilimdonliging; 3) qayg’urishdi; 4) bostirmada: 5) tushirtirmoq: 6) ranjitdi A) 1,2,4 B) 1,3,5 C) 2,4,5 D) 3,5,6 35 / 40 “Mahbub ul-qulub”da Navoiy:”…hodisalar to’la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo’ladi va insoniyat qadrini o’lchaydigan tarozining toshiga tenglashtirishga ham bo’ladi”, - deya ta’rif qilgan narsa nima? A) saxovat B) yaxshilik C) izzat-hurmat D) yumshoq ko’ngillilik 36 / 40 Millatning dahosi, aqli va ruhiyati maqollaridan bilinadi. Ushbu gapda tarkibi faqat til undoshlari va unlilardan iborat bo’lgan nechta so’z qatnashgan? A) 3 B) 2 C) 1 D) 4 37 / 40 Qaysi baytda tanosub, tashxis va husni ta’lil she’riy san’atlari qo’llangan? A) Sendek menga bir yori jafokor toipilmas, Mendek senga bir zori vafodor topilmas. B) Labingdin chun suchuklik qand o’g’urlar, Solurlar el ani suvg’a yalang’och. C) Boshimg’a yoqqan g’am toshi mingdin biricha bo’lmag’ay, Gardun agar ming Besutun yog’dursa farhod ustina, D) Hech kim mendek, ilohi, yoridin ayrilmasun, Mehribon munis o’shal dildoridan ayrilmasun. 38 / 40 Anvar Obidjon qaysi she’rida yurtimiz – Turonzamin tarixida kechgan xatarli va sharafli hodisalarning ko’pchiligi tarix kitoblari, solnomalarda “tarixiy voqea” deb atalishini yodimizga solar ekan, birdan bugungi O’zbekiston hayotiga shu nuqtayi nazardan qarab ko’rishni taklif qiladi? A) “Hayotning har lahzasi go’zal” she’rida B) “Yer” she’rida C) “Tinch kunlar” she’rida D) “Vatanjon” she’rida 39 / 40 Tuproq to’shagida yotgan ko’p ko’rdim, Qaro yer bag’riga botgan ko’p ko’rdim. Ushbu gapdagi qo’shimchalar haqida berilgan to’g’ri ma’lumotni aniqlang. A) Faqat bitta so’z tarkibida ikkita munosabat shakli qo’shimchasi qatnashgan B) Ushbu gapda shakl yasovchi qo’shimcha ta’sirida so’z imlosida bir unlining tushib qolishi kuzatiladi C) Egalik qo’shimchasi faqat bitta so’z tarkibida qatnashgan D) Ot yasovchi qo’shimcha ta’sirida tovush o’zgarishi bilan yozilgan so’z qatnashgan 40 / 40 Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha undoshlari jarangsiz til undoshlariga mansub bo’lgan sifatlarni aniqlang. 1) yig’ma; 2) tushuncha; 3) qishki: 4) qaqshatqich: 5) tortinchoq: 6) ostki A) 3,4,6 B) 1,3,4 C) 3,5,6 D) 2,4,5 O'rtacha ball 45% 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot attestatsiya