On tili va adabiyot attestatsiya №9 Mart 7, 2022Mart 7, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan On tili va adabiyot attestatsiya №9 ga fikr bildirilmagan. 0% 7 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! On tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №9 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 Qaysi qatordagi gapda 2 ta tovush tushishi va 1 ta tovush ortishi kuzatiladi? A) Ko’z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar, toshlarni osmonga irg’itib o’ynayotgan polvonlar ketmasdi. B) Otaxon, singlimning ko’ngli juda nozik. Qaytgunimcha unga qo’ldan kelgancha qarab, yordam berib turing. C) Bir vaqt qarasam, yig’layapman. Keyin asta uyga kiraman degan edim, haligi itlar yana uvlab yubordi. D) Ayriliq ham sinovdir, bolam. Sabr qiling, xalq orasida o’z obro’yingizga egasiz, shunday ekan hozircha faqat kutganingiz ma’qul. 2 / 40 Kesimi faqat til undoshlaridan tashkil topgan yasama so‘z bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) D)Do‘stlikka yaramaydigan shaxsning eng yaramasi − chaqimchi. B) A)Hasad va baxillik nafratdan ham murosasizroqdir. C) C)Tarixni anglash orqali insonda hayotni anglash qobiliyati shakllanadi. D) B)Oshkora yomonlikka nisbatan yasama ezgulikdan inson ko‘proq nafratlanadi. 3 / 40 Shodligim ko‘kka sig‘mas, Bitmas baxtim bor manim. Ushbu gapdagi shevaga xos so`zni belgilang. A) sig`mas B) shodligim C) bitmas D) manim 4 / 40 Qaysi qatordagi gapda olmosh shaxs oti o`rnida kelgan? A) Shuni bildimki, sensiz hech narsani uddalay olmas ekanman. B) Men Azimdan qo`rqmayman, shunchaki uni hurmat qilaman. C) Bugun o`ntasini yozishga ulgurdim, ertaga ham shuncha yoza olsam, ishim o`ylaganimdan ko`ra tezroq yakunlanar ekan. D) Ustozimiz juda mehribonlar, shuning uchun barchamiz ularni yaxshi ko`ramiz. 5 / 40 Qaysi gaplar juftligida berilgan -siz shaxs-son qo’shimchasi har ikki o’rinda ko’plik ma’nosini ifodalab kelgan? A) Hozir mana bu rasmni chizasiz, o’g’lim, keyin ikkovlashib kamchiligini to’ldiramiz. “Siz ham menga juda yoqasiz”, - dedi ustozga. B) Nimaga bitta o’zingiz turibsiz, qolgan yigitlar qani? Oyijon, bugun siz ham borasizmi, iltimos, bora qoling. C) Nimaga qarab turibsiz, hammangiz o’z ishingizni davom ettiring. Shunaqa ham uxlaysizmi, turinglar, tush bo’lib ketdi- yu. D) Kech bo’lib qoldi, qani, turinglar, yigitlar, endi ketasiz. Akramjon, siz hammasini yig’asiz, keyin birga jo’naymiz. 6 / 40 Hikmatni anglamoqning o‘zi bir hikmatdir. Ushbu gapdagi ismning munosabat shaklini hosil qiluvchi qo‘shimchalar soni nechta? A) 3 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 6 ta 7 / 40 Qaysi gapda imloviy xatolikka yo’l qo’yilmagan? A) Tabiat insonga turli-tuman ne’matlarni in’om etib, unga hayot bag’ishlab turadi. B) Sog’lom dunyoqarash kishidan ma’suliyat tuyg’usi bilan yashashni talab qiladi. C) Kattalar duosiga sazovor bo’lgan yoshlar bu duo barakasidan doyim bahramand bo’ladilar. D) U bilan to’g’ridan-to’g’ri muomalada bo’lmaydiganlar uni “Mavlonov” deb atar edilar. 8 / 40 Qaysi gapda o’zaro shakldosh so’zlar qo’llanmagan? A) Ularning hozirgi hollarini sezib yotgan Kumushning-da qaynab chiqqan ko’z yoshlari ikki chekkasidan yostiqqa oqib tusha boshlandi. // Baqirlab qaynab yotgan dorini birov qoshiq bilan shopirib turdi B) O’ng qoshi ustidagi kichkina ortiq ham quruq qolmadi, tiniq yuzda “mana men” deb o’z rassomini quvontirdi. // Darrov hovlini o’z bahosidan ancha ortiqqa olibdi. C) Dunyo ekan… ishq degan savdo Bormi faqat mening boshimda?! // Bir kuni qaynatasi Yodgorga maslahat soldi: “Qachongacha qishli-qirovli kunlardayam loy changallab yurasiz? Savdoga kiring – savdoda ga D) Nazarimda, yuragimning urishini butun dunyo eshitayotgandek edi. // Men dunyoga kelib, dunyo orttirdim. 9 / 40 Tire tushirib qodirilgan qo`shma gapni aniqlang? A) Osmonda, darxtlarda, toshlarda, bog`otlarda hamma yerda chumchuqlar chirqillashadi. B) Do`kondorlar orasida faqat bir kishi o`ttiz besh-qirq yoshlardagi qandolatfurush sergak edi. C) Yulduzlarni xayolida har xil rangga bo`yab ko`rdi yulduzlar o`z rangida xira miltillab turaverdi. D) Yigitlar daraxtlarning tagini yumshatdilar qizlar maktab hovlisini supurdilar. 10 / 40 Millatning o`zligini tayin etadigan eng so`nggi va bebaho xazina - milliy g`urur ekani voqeaband yo`sinda aks ettirilgan “Eng so`nggi xazina” she`ri qaysi shoir qalamiga mansub? A) Halima Xudoyberdiyeva B) Shavkat Rahmon C) Muhammad Yusuf D) Omon Matjon 11 / 40 “Raymando” balladasi muallifining birinchi romanini aniqlang? A) “Mehrol” B) “Shinelli yillar“ C) “Jannat qidirganlar” D) “ Oltin zanglamas” 12 / 40 Qaysi javobdagi gapda barcha so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) Hammasiga shu kalondimoq aybdor, – deb o‘yladi ichida. B) Hozir unga juda alam qilardi, ammo kimga zahrini sochishni bilmasdi. C) Bu hayolparast bolaning qo‘lidan hech kitob tushmasdi. D) Shu chog‘ xonaga Nozimjon otilib kirdiyu, uning yoqasiga yopishdi. 13 / 40 Qaysi javobda berilgan sifatlar belgini ta`kidlab, kuchaytirib ifodalagan? A) Menga o`xshash esli-hushli yigitga zoriqib o`tirgan ekan. B) Shirinsuxan, oqko`ngil insonlar mevali darxtga o`xshaydi. C) Tuproq qatlami qalin, sersuv yerlarda o`sgan archalar yo`g`on va bo`ydor bo`ladi. D) Sayyohlar chaqqon-chaqqon harakatlar bilan qirga ko`tarila boshlashdi. 14 / 40 Qaysi qatorda harakat nomi shakli qo`llangan? A) Bir narsa kishida umid uyg`otadi: farg`onaliklar nafaqat asrimizning so`nggi yilini, balki yangi mingyillikni munosib ko`rsatkichlar bilan kutib olmoqdalar. B) Bimaslik ayb emas, bilmaganini bo`yniga olmaslik ayb. C) Ko`chadagi shamchiroqlar xira-xira shu`la sochmoqda. D) Do`stning haqiqiy dilini bilmoqchi bo`lsang, sinab unga tilingda g`azab qilib yoki yuzingni tund, ya`ni qovog`ingni solib ko`r. 15 / 40 Hosil bo`lish o`rniga ko`ra boshqalaridan farq qiluvchi ovozdorlar guruhiga kiruvchi undosh tovush alifboda nechanchi o`rinda joylashgan? A) 18 B) 12 C) 13 D) 14 16 / 40 Basralik bir arabning javohirchilarga shunday hikoya aytib berganini eshitgandim: „Bir paytlar sahroda yo‘limni yo‘qotdim. Yonimda na yeydigan taom, na ichadigan bir qultum suv bor edi. O‘lishimga ishongan onimda uzoqda bir to‘rvani ko‘rib qoldim. Shunday yugurdimki, o‘sha paytdagi hayajonimni hech qachon unutolmayman. To‘rvani ochdim. Qarasam, uning ichi to‘la oltin ekan! To‘rvada non va suvning yo‘qligidan shunchalik xafa bo‘ldimki, bu achchiq iztirobni hech qachon unutolmayman“. Hikoyani eshitib, boriga shukur qilish ham ne’matdir, degan xulosaga keldim. (Shayx Sa’diy Sheroziy) Matnda qatnashgan so`z yasovchi qo`shimchalar qaysi qatorda berilgan? A) –lik, -chi, -ot, -um, -lik, -q, -dagi B) –lik, -chi, -ot, -um, -lik, -q, -im, -ki C) –lik, -chi, -ot, -um, - q D) –lik, -chi, -ot, -um, -a, - q 17 / 40 A. Avloniy she`rida aytilishicha, “milliy xayol” qayerda yoki kim (nima)da? A) Qur`onda B) maktabda C) yoshlarda D) iymonda 18 / 40 Basralik bir arabning javohirchilarga shunday hikoya aytib berganini eshitgandim: „Bir paytlar sahroda yo‘limni yo‘qotdim. Yonimda na yeydigan taom, na ichadigan bir qultum suv bor edi. O‘lishimga ishongan onimda uzoqda bir to‘rvani ko‘rib qoldim. Shunday yugurdimki, o‘sha paytdagi hayajonimni hech qachon unutolmayman. To‘rvani ochdim. Qarasam, uning ichi to‘la oltin ekan! To‘rvada non va suvning yo‘qligidan shunchalik xafa bo‘ldimki, bu achchiq iztirobni hech qachon unutolmayman“. Hikoyani eshitib, boriga shukur qilish ham ne’matdir, degan xulosaga keldim. (Shayx Sa’diy Sheroziy) Matn tarkibidagi fonetik hodisaga uchragan so`zlar miqdori nechta? A) 8 ta B) 5 ta C) 7 ta D) 9 ta 19 / 40 Qaysi qatordagi misollarda aldoqchi unli tovushlar berilgan? A) muomala, muallim B) o`tov, alanga C) matbaa, doira D) munchoq, mashg`ulot 20 / 40 Shaytonning qamchisiday bu bepusht kimga kerak… (“Oq kema”) Ajratib ko`rsatilgan so`zda urg`u nechanchi bo`g`inda bo`ladi? A) 4 B) 1 C) 3 D) 2 21 / 40 To`rtlikdagi urg`u olmaydigan qo`shimchalar miqdori? Xormisan yo gulmisan, Tojdormisan yo qulmisan, Chug‘zmisan, bulbulmisan, Nolon o‘zing, xushxon o‘zing… A) 9 ta B) 10 ta C) 13 ta D) 12 ta 22 / 40 Berilgan parchada nechta yasama so`z qatnashgan? “Jang maydoni yigitlarga husn bag‘ishlaydi. Yigit uchun mardlik, qahramonlikdan o‘zga ulug‘roq, oliyroq bir fazilat bormi?” – dedi Navoiy. A) 2 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 3 ta 23 / 40 Quyidagi vazifadosh ko`makchilardan nechtasi ot turkumidan hosil bo`lgan? Ost, tomon, oldin, yon, ust, orqa, so`ng, atab. A) 4 tasi B) 2 tasi C) 5 tasi D) 3 tasi 24 / 40 “Zarbulmasal”da Qul Muhammad Bahodirdan bo`lagini bilmaydigan obraz? A) zangi B) Yodgor po`stindo`z C) sarbon D) Ibrohimbek 25 / 40 “Shinni dog`i tekkan quroq dasturxon”, “ bo`shalgan sopol tovoq”, “bandi kuygan yog`och qoshiq”. Salbiylikni ifodalashga xizmat qilgan bu sifatlar qaysi asarda ko`zda tashlanadi? A) “Bemor” B) “ Urushning so`nggi qurboni” C) “Qiyomat qarz” D) “ Muzqaymoq” 26 / 40 Basralik bir arabning javohirchilarga shunday hikoya aytib berganini eshitgandim: „Bir paytlar sahroda yo‘limni yo‘qotdim. Yonimda na yeydigan taom, na ichadigan bir qultum suv bor edi. O‘lishimga ishongan onimda uzoqda bir to‘rvani ko‘rib qoldim. Shunday yugurdimki, o‘sha paytdagi hayajonimni hech qachon unutolmayman. To‘rvani ochdim. Qarasam, uning ichi to‘la oltin ekan! To‘rvada non va suvning yo‘qligidan shunchalik xafa bo‘ldimki, bu achchiq iztirobni hech qachon unutolmayman“. Hikoyani eshitib, boriga shukur qilish ham ne’matdir, degan xulosaga keldim. (Shayx Sa’diy Sheroziy) Berilgan matnga mos bo`lmagan maqolni toping? A) Ko`kka boqma, ko`pga boq! B) Birni ko`rib fikr qil, birni ko`rib shukur qil. C) Musofir bo`lmasang, musulmon bo`lmaysan. D) Yo`lda yo zo`r yaraydi, yo zar yaraydi. 27 / 40 “Do`st ila dushman so`zining farqiga bor, Fahm etar har kimki, o`lsa hushyor”. Bayt quyida berilgan qaysi hikoyaga ilova qilingan? A) “ Ikki do`st” B) “ Xurs ila bo`ri” C) “Chin do`st” D) “ Janjalchilik zarari” 28 / 40 Qaysi qatorda berilgan maqol fikrlar zanjiridan uzilib qolgan? A) Yeridan ayrilgan yetti yil yig`lar, Elidan ayrilgan o`lguncha yig`lar. B) Daraxtni yer ko`kartiradi, Odamni el ko`kartiradi. C) Bo`linganni bo`ri yer, Ayrilganni ayiq yer. D) El qo`risang, o`zarsan, Qo`rimasang, to`zarsan. 29 / 40 Zulfiya qalamiga mansub “ Haykal” she`rida nima non, suv, she`r va durga o`xshatilgan? A) yo`ldosh B) yuz C) bosh D) yot (begona) 30 / 40 Berilgan qaysi gapda undov, modal, taqlid so`zlarning barcha turiga mansub birliklar qo`llangan? A) Iye, shunday mas’uliyatli ishni bir o`zing qildingmi, barakalla, yashavor-ey! B) Obbo, bu shitir-shitir ovoz juda jonga tegdi-da, xullas, bezor bo`ldim, boshqa bu yerda tunamaymiz. C) Voy, juda kichkinasan-ku, adashib qolibsan, chamamda, obbo, sen-ey. D) Jigarim olovga tegardi jiz-jiz, Sochlarim oqargan shunda, ehtimol. 31 / 40 Qaysi javobda ma’noli qismlari asos+lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha+so‘z yasovchi qo‘shimcha+sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha tartibida joylashgan ot turkumiga oid so‘z qatnashgan? A) Qizg‘anchiqdan, faqatgina o‘zini o‘ylaydigan odamdan, sen saxovat kutma. B) Bu do‘konda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va hattoki yoqilg‘i sotiladi. C) Abbos, parta ustidagi o‘chirg‘ichni menga uzatib yuborgin. D) Ko‘z-ko‘z qilma, ko‘z tegar, Maqtanchoqqa so‘z tegar. 32 / 40 Talabalar sevinganidan terisiga sig‘may ketdi. Ushbu gapda ishtirok etgan bo'laklarni aniqlang. A) ega, to'ldiruvchi, to‘ldiruvchi, kesim B) ega, hol, kesim C) ega, to‘ldiruvchi, to'ldiruvchi, hol, kesim D) ega, hol, to‘ldiruvchi, kesim 33 / 40 Qaysi gapda o‘z sinonimi o‘rniga xato qo‘llangan ot qatnashgan? A) Birozdan keyin ona o‘g‘ ilchasi Xoliqjonning beg‘ubor basharasiga engashib tikildi. B) Cholning ovozi o‘zgardi, o‘pkasi to‘ldi, shekilli, birpas osuda qolib, keyin gapirdi. C) Qizini yer-ko‘kka ishonmagan ona uni katta dabdaba bilan uzatishni orzu qilardi. D) Bazzoz do‘konini katta o‘g‘liga qoldirib, har kuni asir namozini uyiga kelib o‘qir edi. 34 / 40 Kechagi har bir gapingiz biz ishonib kelgan aqidalarga mos bo`ladi. Ushbu gapda tarkibidagi undoshlari hosil bo`lish o`rniga ko`ra umumiylik kasb etuvchi so`zlar nechta? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 35 / 40 Qaysi ijodkor Pushkin, Bayron kabi ulug` shoirlarni o`ziga muallim deb bilgan? A) H.Olimjon B) E.Vohidov C) A.Oripov D) S.Zunnunova 36 / 40 Dunyoning ustunu - pul, pul topishqin, Meros – davlat demak, davlat pul demak”. Boylik haqida so`zlangan bu fikrlar qaysi asarda uchraydi? A) “Navoiy” B) “Kecha va kunduz” C) “O`tkan kunlar” D) “Yulduzli tunlar” 37 / 40 Qaysi gap tarkibidagi so`zlar faqat uch turkumga mansub? A) Qaysidir yili, aniq esimda yo`q, qish juda erta keldi. B) Har kimki so`zi yolg`on, yolg`oni zohir bo`lg`och, uyolg`on C) Hamma narsa oiladan boshlanadi. Kitobxonlik ham. D) Hamma nopok, hamma egri, yolg`iz siz to`g`ri. 38 / 40 Qaysi dostonning bosh qahramoni ikki gavhar donadan paydo bo`lgan? A) “Kuntug`mish” B) “Alpomish” C) “Ravshan” D) “Rustamxon” 39 / 40 Berilgan so`zlarning qaysilarining paronim jufti mavjud? 1) jodu; 2) ariq; 3) ba’d; 4) adl; 5) artish; 6) tambur; 7) tib; 8) tarif; A) 1, 2, 4, 6, 8 B) 1, 2, 3, 4, 6, 8 C) 1, 2, 4, 5, 6, 7 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 40 / 40 Jadvalda berilgan qaysi she`riy san`at(lar)ning ma`nosi notog`ri berilgan? A) 1, 2 B) 3, 4 C) 2, 4 D) 2, 3, 4 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot attestatsiya