Ona tili va adabiyot attestatsiya №1 Yanvar 6, 2022Mart 3, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot attestatsiya №1 ga 10 fikr bildirilgan 0% 54 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №1 1 / 40 T.To’laning ”Yetti zog’ora qissasi” asarida Navoiyni mahliyo qilgan donishmand deya kim tilga olinadi? A) Ahmad Yassaviy B) Otoyi C) Lutfiy D) Amir Temur 2 / 40 old, ko`ra, orqa, qarab,ro`para, deya, oldin, deb,avval, bo`ylab, keyin, so`ng, atab. Ushbu vazifadosh ko`makchilardan nechtasi fe`l so`z turkumidan hosil bo`lgan? A) 10 tasi B) 7 tasi C) 5 tasi D) 6 tasi 3 / 40 Zavqiyning “Hajvi ahli rasta” asarida oshqaboq xamakka o’xshatilgan qahramon. A) Nazirbek B) Shohaziz C) Shokir qora D) Mo’minshoh 4 / 40 Naqqoshlik – xalq amaliy sanatining qadimiy soxalaridan biridir. Naqqoshlikda ustalar tayyorlab beradigan andoza, qolip muxim ahamiyatga ega. Odatda, naqsh, bezakni malakali naqqosh ustalar chizib bergan. Bunday naqshlarni memorchilik, gilamchilik, kashtado‘zlik, kandakorlik kabi soxalarda uchratish mumkin. Naqsh yaratish ustadan did, maxoratdan tashqari katta tajriba va malakani talab qiladi. Shu sababli o‘tmishda naqqoshlar xalq hunarmandlarining eng bilimdon, istedodli qismi hisoblangan. (“Qomus” to‘plamidan) Ushbu parchada necha o`rinda imloviy xatolikka yo`l qo`yilgan? A) 5 B) 6 C) 7 D) 8 5 / 40 Quyidagi qaysi gapda vazifadoshlik asosida ma’nosi ko’chgan so’z ega vazifasida kelgan? A) Stol oyog’i pishiq yog’ochdan qilingan. B) Rentgen apparati natijalarini kutyapmiz. C) Qozonning qulog’i qiyshayib qolgan ekan. D) Bosh omon bo’lsa, do’ppi topiladi. 6 / 40 Quyidagi gapda mustaqil so`zlar miqdorini aniqlang? G`amgin qoyalar qilib qo`ygan gunohidan o`zi qo`rqib ketganday ingrab yubordi. A) 6 ta B) 7 ta C) 9 ta D) 8 ta 7 / 40 Asarlarni janri bilan moslashtiring? 1)“Ikki muhabbat”; 2) “Ilk muhabbat”; 3) “Chin muhabbat”; a)hikoyalar to`plami; b)pyesa; c)she`riy to`plam A) 1-a, 2-c, 3-b B) 1-b, 2-a, 3-c C) 1-a, 2-b, 3-c D) 1-b, 2-c, 3-a 8 / 40 Odil Yoqubov qalamiga mansub “Olma gullaganda” asarining janrini aniqlang. A) qissa B) roman C) hikoyalar to’plami D) pyesa 9 / 40 Umri… mazmuni… millat… dardi… darmon bo’lish… iborat deb bilgan Amir Temur xalqimiz… ardoqli, ulug’ farzandidir. Ushbu gapda nechta so’zdagi nuqtalar o’rniga qaratqich kelishigi qo’shimchasini qo’llash lozim? A) 4 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 5 ta 10 / 40 Quyidagi ajratib ko’rsatilgan band so’zi haqida berilgan to’g’ri hukmni toping. 1)Usta pichoqqa band yasash bilan ovora ekan, bezovta qilmadik. 2)Suv kelmasdan band tashlama. 3)Shifokor hozir band birozdan keyin xabar oling. A) 2-va 3-gapdagi band so’zlari o’zaro ko’p ma’noli so’zlar sanaladi va ushbu so’zlar 1- gapdagi band so’ziga nisbatan shakldoshlik hosil qila oladi. B) Har uchala gapdagi band so’zi bir so’zning turli ma’nolarda qo’llanishidir. C) 1- va 3-gaplardagi band so’zi o’zaro ko’p ma’noli so’zlar sanaladi va ushbu so’z 2-gapdagi band so’ziga nisbatan shakldoshlik qila oladi. D) Ushbu gaplarda qatnashgan band so’zlarining barchasi o’zaro shakldosh so’zlar sanaladi. 11 / 40 Qaysi javobda olmosh ega vazifasini bajarmagan? A) Boyning tashqarisida Yo'lchidan boshqa hech kim yo‘q. B) Bu – siz uchun katta sinov. C) Seni odobli bo'lganing uchun hamma hurmat qiladi. D) Mayli-da kimgadir yoqsa, yoqmasa, ularga qo`shilib yig`lasharmidik. 12 / 40 O’n oy davom etgan tergov azoblaridan so’ng adib “sovetlartga qarshi targ’ibot qilgan”likda ayblanib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan ijodkorning ijodi bilan bog’liq to’g’ri ma’lumotni aniqlang? A) Ushbu ijodkor qalamiga mansub asar o’tgan asrning 60- yillarida, Navoiy tavalludining 525 yilligi arafasida yaratilgan edi. B) Ushbu ijodkorning asarlarida ona yurti – O’zbekiston tabiati, uning zahmatkash xalqi mehnatini sharaflab yozgan she’rlari o’zining samimiyligi, ohangdorligi, o’quvchining eng nozik tuyg’ularini qo’zg’ata olishi bilan zamonlar sinovidan o’tib kelmoqda. C) Ijodkorning asarlaridan birida ulug’ mutafakkir Alisher Navoiyning ziddiyatlarga to’la hayoti tasvirlangan. D) Ijodkorning ijodidagi bosh mavzu nima deb so’ralsa, yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat, o’z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish va ardoqlash, deb aytish mumkin. 13 / 40 Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlar qatorini aniqlang? A) sazavor, mulaqot B) sozovor, muloqot C) sazovar, muloqat D) sazovor, muloqot 14 / 40 Qaysi gap tarkibida o’z paronimi bilan o’zaro bir xil turkumga mansub bo’la oladigan tub so’z qatnashgan? A) U otalik mehri jo’sh urib qizchasini bag’riga bosdi. B) Jahling chiqqan taqdirda ham birovga qattiq gapirma. C) Siz daraxtning shoxida yursangiz, u bargida yuradigan yigit. D) Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi begona afzal. 15 / 40 Yangidan o’zida kuch-g’ayrat tuyardi, kelajagiga, o’z maqsadlariga erishishga umid uyg’onardi. Berilgan gap tarkibida fonetik o’zgarish asosida yozilgan so’zlar haqida to’g’ri fikrni toping. 1)Ushbu gap tarkibida fonetik o’zgarish hodisasi sodir bo’lmagan. 2)Fonetik o’zgarishga uchragan so’zlarda tovush tushgan va almashgan. 3)Fonetik o’zgarishga uchragan so’zlar soni 3 ta. 4)Fonetik o’zgarishga uchragan barcha so’zlarda tovush tushgan. A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3 C) 2, 4 D) 1, 2, 3 16 / 40 Qaysi qatorda Mirtemir ijodiga mansub tarjimalar berilgan? Pushkinning"Yevgeniy Onegin" she'riy romani; Lermontovning "Maskarad" asarini "Manas" qirg'iz xalq eposini; "Qirq qiz" qoraqalpoq xalq dostoni; "Sosunli Dovud" arman xalqeposi. A) l, 2, 3 B) 4, 5 C) 3, 4 D) l, 2 17 / 40 Berilgan matndagi fonetik o’zgarishga uchragan so’zlar haqidagi noto’g’ri hukmni toping. A) Berilgan matnda olmosh tarkibida Tovush tushishi hodisasi ro’y bergan B) Beriligan matndagi so’zlarda ko’makchi morfemada ham tovush o’zgarishi kuzatiladi C) Berilgan matndagi olmosh tarkibida tovush ortishi hodisasi ro’y bergan D) Fonetik o’zgarishga uchragan ot tarkibida jarangli undosh jarangsiz undoshga almashgan 18 / 40 Sonor undoshlar haqida berilgan qaysi fikr to’g’ri emas? A) Sonorlarga mansub undoshlardan ikkitasi sirg’aluvchi undoshlar sanaladi. B) Sonorlarga mansub undoshlardan bittasi lab undoshi sanaladi. C) Sonorlar jarangli va jarangsiz undoshlar sanaladi. D) Sonor undoshlar jarangsiz juftiga ega emas. 19 / 40 Fuzuliyning “Dahr bir bozordir – har kas mato’in arz edar” baytini aytgan oddiy qorovul tohir aka obrazi qaysi asarda uchraydi? A) “O’tkan kunlar” B) “Yulduzli tunlar” C) “Kecha va kunduz” D) “Mehrobdan chayon” 20 / 40 Imlo qoidasiga nomuvofiq yozilgan so‘z qatnashgan gapni aniqlang. A) Hamon shamol o‘kirar, osmonning goh u, goh bu burchida chaqmoq yaraqlab, yong‘oq shoxlari shubhali g‘iyqillar, ammo endi bular uni qo‘rqitolmas edi. B) Lekin kun isishini kutish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas, chunki havoga ishonish qiyin, eng muhimi, qor ustiga qor yog'ib, dashtda qolib ketishlari ehtimoldan xoli emas. C) Kishining iste’dodi barcha sohada bir xil bo'lavermaydi, chunki yoshlar o‘zi sevgan, qobiliyatiga mos bo'lgan ishni tanlay bilishi kerak. D) Biroq vaqt ketsa ham, otaning maslahati bilan ish tutganlari yaxshi bo‘ldi, chunki yomontosh darasi ular kutganday mudhish edi! 21 / 40 Eldor akaning uyi o`n yetti tomdan keyin joylashgan, zo`rg`a topib bordik-da. Ushbu gapda ajratib ko`rsatilgan so`zda qanday ma’no ko'chishi kuzatiladi? A) metafora B) vazifadoshlik C) sinekdoxa D) metonimiya 22 / 40 T.Murodning “Yoshlik” jurnalida chop etilgan asari? A) “Otamdan qolgan dalalar” B) “Oydinda yurgan odamlar” C) “Yulduzlar mangu yonadi” D) “Ot kishnagan oqshom” 23 / 40 Ayol kishiga Qo‘l ko‘tarish nimaligin bilurmisan? Ayt! Sen-ku odam bolasisan, Qaysi bir hayvon Emayotib, uzib olar onasin ko‘ksin. Shohlarni-ku qo‘ya turay, payg‘ambarlar ham, Nabilar ham tug‘ilgan-ku ayol zotidan. Unutibsan, Senga bir vaqt aytib bergandim, To‘maris deb atalguvchi yovqur momomiz Turon zamin erki uchun maydonga chiqib, Eron shohin kallasini qonga bo‘ktirgan. u ham ayol bo‘lgan, Bilib qo‘y, o‘g‘lim! Rafiqasiga qo‘l ko‘targan o‘g‘ilga qarata ota tomonidan aytilgan ushbu misralar “Sohibqiron” dramasida qaysi qahramonga qarata aytilganligini aniqlang? A) Shohrux mirzo B) Jahongir mirzo C) Mironshoh mirzo D) Umarshayx mirzo 24 / 40 Qaysi asarda Turkistonda Qul Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasining shundoq biqinida O’rta Osiyoni zabt etgan general Chernyayev qurdirgan besh-oltita g’ishtin binolarning borligi, Chernyayev bu binolarni chor askarlari uchun qurdirganligi, ammo Sovet hokimiyati ularni qamoqxonaga aylantirib atrofini tikanli sim bilan o’raganligi tasvirlangan? A) “Mehrobdan chayon” romanida B) “Muzqaymoq” hikoyasida C) “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida D) “O’tkan kunlar” romanida 25 / 40 “Go`ro`g`lining tug`ilishi ” dostonida Gajdumbek kimning o`g`li? A) Qovushtixonning B) Odilxonning C) Shohdorxonning D) Jig`alixonning 26 / 40 “…… bu yog’ida to’qson besh, bu yog’ida to’qson besh o’n kam ikki yuz kokili bor, bir yog’ini tilla suviga botirgan, bir yog’ini kumush suviga botirgan, tong shamolida qotirgan. Jamoli chillaning qoriday tingjirab, yaltirab o’tirgan”. Ushbu parchada xalq dostonlaridagi qaysi qahramonning husn-u jamoli ta’riflangan? A) Xolbekaning B) Barchinoyning C) Zulxumorning D) Gulanorning 27 / 40 Navoiyning ”Haq taolo xoni in`omi-yu karami omi ” qit`asidagi ishonch, e`tiqod, ixlos, tushuncha, fikr, bilim ma`nolarini qaysi so`z ifodalaydi? A) aqida B) gumroh C) ro`za D) ro`ziy 28 / 40 Berilganlardan qaysi birida grammatik moslik buzilgan? A) gulni barglari B) mevani ekmoq C) suv ichida cho`milmoq D) kuzdagi boychechak 29 / 40 Qaysi gapda paronimlarni qo’llash bilan bog’liq uslubiy xato mavjud? A) Bir tup tut tagida bir tup turp turtib turibdi. B) Bu gaplardan so’ng anchagacha otasining boshi xam bo’lib yurdi. C) Bu ta’rifda barcha aloqa xizmatlari bepul amalga oshiriladi. D) Shifoxonada butunlay tuzalib bod balosidan qutuldim. 30 / 40 Boshni fido ayla ato qoshig`a Jismni qil sadqa ano boshig`a. Ushbu misralar Navoiyning qaysi dostonidan olingan? A) “Hayrat-ul abror” B) “Saddi Iskandariy” C) “Farhod va Shirin” D) “Layli va Majnun” 31 / 40 “Suv qalqisa loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqigandan buyon yomon ko’paydi”. Ushbu misralar qaysi asardan olinganligini aniqlang. A) Muzqaymoq B) Bemor C) Urushning so’nggi qurboni D) Shum bola 32 / 40 Qaysi javobda imloviy xato yozilgan so’zlar soni ikkita? A) Zebi yuragida tugulib yotgan zo’r tugunni yechib yuborgan edi. B) Yaxshilik qilsang, ohirigacha yaxshilik qilgin, zinxor minnat qilma. C) Qor urib turgan bir kun edi. Birdan ko’chada dod-faryod ko’tarilib qoldi. D) O’rtadagi xontaxtada sovub qolgan kabob va meva-cheva bor edi. 33 / 40 Jabr-u jafolardan o’tgan, endigina sening qo’lingdan tutgan, seni yo’qotib qo’ymaslik maqsadida bor vujudi bilan sen uchun yashayotganlarning orzusisan, mustaqillik! Ushbu gapda qo’llangan yasama so’zlar soni nechta? A) 3ta B) 4 ta C) 2 ta D) 5 ta 34 / 40 Voqea-hodisa, shaxs-narsani nomlash uchun ishlatilgan (bir so‘z yoki so‘z birikmasi bilan ifodalangan) qisqa gapdan so‘ng ishlatiladigan tinish belgisi qaysi gapda qo`llangan? A) She’rim! Yana o‘zing yaxshisan! ( U. Nosir ) B) Yashash. Bu – orzular qanotin kermoq. Yashash. Bu – muhabbat gullarin termoq. (O. Matjon) C) Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim! ( M. Yusuf ) D) Podshoh o‘sha bolani yoniga o‘tqazib, undan so‘rabdi: Mening uyim chiroylimi yoki otangnikimi? 35 / 40 Arman xalq eposi “Sosunli Dovud” dostonini tarjima qilgan ijodkorning asari qaysi qatorda berilgan? A) “Singan umid” B) “So`nggi kun” C) “Astrabod ” D) “Izlaganim” 36 / 40 Qaysi javobda keltirilgan gapda tarkibida faqat til oldi undoshlari bo’lgan qo’shma sifat mavjud? A) U juda shirinsuxan odam ekan. B) Milliy mafkuramizda milliylik umumbashariy g’oyalar bilan uyg’unlashib ketgan. C) Qo’shiqning diltortar navolari hammani o’ziga rom qildi. D) Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag’ishlaydi. 37 / 40 Berilgan qo`shimchalardan nechtasi ham so`z yasovchi, ham lug`aviy shakl yasovchi, ham sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha vazifasini bajara oladi? -ar, - y, -ish, -ib, - gan, - lab, - a, - ka. A) 7 tasi B) 5 tasi C) 3 tasi D) 4 tasi 38 / 40 Qaysi ijodkor o’z she’rida Vatanning tinchligini asrash xuddi “mo’rt shisha”ni asrashdek qiyin ekanligini eslatib o’tadi? A) Zulfiya B) A. Obidjon C) A. Avloniy D) E. Vohidov 39 / 40 Iboralarni o`z muqobili bilan moslashtiring. 1) xafa; 2) xursand; 3) hovliqmoq; 4) yuvosh; 5) lallaygan; 6)sho‘x. a)ichiga chiroq yoqsa yorimaydigan; b)og‘zi qulog'ida; c)o‘pkasini qo`ltiqlamoq; d)qo‘y og'zidan cho‘p olmagan;e) og‘zing qani desa qulogini ko‘rsatadigan; f) yerga ursang ko‘kka sapchiydigan; A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e, 6-f B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-e, 5-d, 6-f C) 1-a, 2-b, 3-e, 4-d, 5-c, 6-f D) 1-a, 2-b, 3-f, 4-e, 5-d, 6-c 40 / 40 Berilganlardan qo’shma sifatlarni aniqlang. 1) sovuqmijoz; 2) hozirjavob; 3) achchiqtosh; 4) mehnatkash; 5) issiqxona; A) 1, 3, 5 B) 1, 2 C) 1, 3 D) 1, 2, 4 O'rtacha ball 53% 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot attestatsiya