Ona tili va adabiyot attestatsiya №4 Yanvar 29, 2022Yanvar 29, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot attestatsiya №4 ga fikr bildirilmagan. 0% 6 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №4 1 / 40 Qaysi javobda quyidagi gap matn mazmuniga mos ravishda to’g’ri davom ettirilgan? Shoh Iskandar … A) umrining so’nggida bu dunyoning o’tkinchi, bevafo ekanligini anglab yetibdi. B) bitmas xazina, ko’p boylik o’z hayotining asosiy mazmuni ekanligini tushunibdi. C) o’z xazinalari, boyliklari bilan birga ko’mishlarini vasiyat qilibdi D) umrining so’nggida dunyoning ko’plab xalqlarini o’ziga tobe qilganidan g’ururlanibdi. 2 / 40 Ilon kabi buralib daryo shu yerga kelganda, ikkiga ajralgan, uch chaqirimdan so`ng yana birlashardi. Berigan gapda qaysi turkumlar qatnashgan? A) ot, ko`makchi, fe`l, ot, olmosh, ot, fe`l, son, fe`l, son ot, ravish, ravish, fe`l B) ot, ko`makchi, ravish, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son ot, ravish, ravish, fe`l C) ot, ko`makchi, fe`l, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son, ko`makchi, ravish, fe`l D) ot, ko`makchi, fe`l, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son, ot, ko`makchi, ravish, fe`l 3 / 40 Qaysi ijodkor o’z she’rida Vatanning tinchligini asrash xuddi “mo’rt shisha”ni asrashdek qiyin ekanligini eslatib o’tadi? A) Zulfiya B) E. Vohidov C) A. Avloniy D) A. Obidjon 4 / 40 Qaysi javobdagi baytda tazod san’atidan foydalanilmagan? A) Mumkin o‘lsa ko‘rmog‘im, ey sarvi ra’no, surating, Aylasa chashmim aro mardum kabi jo surating. B) Bu kun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim, Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim. C) Fasli navbahor o‘ldi ketibon zimistonlar, Do‘stlar, g‘animatdur, sayr eting gulistonlar. D) Orzu qildim: “ Tutarmen ”, - deb visoli domanin, Pora bo‘ldi hajr ilgida giribon oqibat. 5 / 40 Quyida berilgan qaysi so`zlar imloviy jihatdan noto`g`ri yozilgan? 1) xasrat; 2) mudofaa; 3) muddoa; 4) tobeylanmoq; 5) tamir A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3, 4, 5 6 / 40 Qaysi qo‘shma gap tarkibidagi ikkala sodda gapda ham hol ishtirok etgan? A) Kimki yaqiniga yaxshilik qilsa, dunyoda kam bo‘lmaydi. B) Agar shaharga yolg‘iz borsang, sendan qattiq xavotirlanamiz. C) Shunday kuldiki, zal zirillab ketdi. D) Katta gapirmagin, chunki sendan zo‘rlar ham topilishi shubhasiz. 7 / 40 Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g‘ayrat, ham dadillik baxsh etardi. Mazkur gapda qatnashgan mavhum otlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? A) Gapdagi barcha mavhum otlar hokim qismga bitishuv usulida birikkan. B) Gapdagi mavhum otlar otlarning tuzilishiga ko‘ra ikki turiga oiddir. C) Gapdagi yasama mavhum otlar har xil turkumga oid so‘zdan yasalgan. D) Gapdagi mavhum otlar ikki xil gap bo‘lagi vazifasida kelgan. 8 / 40 Qaysi gapda // belgisi o‘rnida ikki nuqta bo‘lishi kerak? A) G‘animlar duch kelar // jang bo‘lar puxta. B) Qamchibek boshqacharoq edi // ichidan o‘tayotganini yuzaga bilintirmasdi. C) Endi bildimki // unga tushuntirishning foydasi yo‘q ekan. D) Ruboiyni ichida o‘qidi // yuzini tabassum qopladi. 9 / 40 Qaysi javobda // belgisi o'rnida tireni qo'yib bo'lmaydi? A) Aziz kitobxon // hali katta oilaning qissalari tugamadi B) O'rinsiz g'azab// o'zingga azob C) A'lo o'qish // bizning va sizning asosiy hamda sharafli vazifamiz D) Uylar, devorlar, daraxtlar// hammasi qorong'ilikka jimgina cho'kdi 10 / 40 Vatanning baxti, porloq istiqloli, yorqin kelajagi uchun yashash, kerak bo'lganda jon fido etish shu zaminda yashayotgan har bir inson uchun ham farz, ham qarzdir. Parchada qanday fonetik o'zgarishlar ro'y bergan? A) tovush tushishi va tovush almashishi B) tovush tushishi C) tovush almashishi D) tovush almashishi va orttirilishi 11 / 40 Tog`ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani qahramonlari haqidagi ma`lumotlarni moslashtiring. A) 1-a; 2-c; 3-b; B) 1-b; 2-a; 3-c; C) 1-c; 2-b; 3-a; D) 1-b; 2-c; 3-a; 12 / 40 Tilimizga boshqa tildan kirib kelgan so`zlarning butunlay singib ketishi yoki singib kelmasligiga ko`ra javoblarni moslashtiring. A) 1-c; 2-a; 3-d; 4-b; B) 1-c; 2-a; 3-b; 4-d; C) 1-c; 2-d; 3-a; 4-b; D) 1-d; 2-c; 3-b; 4-a; 13 / 40 Menga qulluq qilma, Yurt tuprog‘in o‘p, Unga qullar emas, fidolar kerak. Uning senu mendek shoirlari ko‘p, Buyuk elga endi daholar kerak. Qaysi javobda ushbu misralar muallifining hayoti va ijodi haqida ma`lumot berilgan? A) Dantening “Ilohiy komediya” asarini tarjima qilgan. B) muallim oilasida dunyoga kelgan. C) Zamonaviy va tarixiy mavzularda drama yozgan. D) Uning ilk kitobi “Ona yer ” deb nomlangan. 14 / 40 Quyidagi qaysi javobda –lar qo`shimchasi olib tashlansa, jumla mazmunidagi obrazli tasvir yo`qolib, badiiylik sayozlashadi? A) Bugun o`quvchilar testni maroq bilan yechishyapti. B) Sovun yuqi qo`llari bilan yuzlarimni, boshlarimni silab yig`ladi. C) Allaqayerdandir ayollarning ovozi eshitilyapti. D) Ko`chada ko`p bolalar bir-birlari bilan janjal qilishyapti. 15 / 40 O`tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi haqida berilgan ma`lumotlardan noto`g`risini toping A) 1.3 B) 1.4 C) 2.4 D) 1.2 16 / 40 Qaysi qatordagi gapda olmosh shaxs oti o`rnida kelgan? A) Men Azimdan qo`rqmayman, shunchaki uni hurmat qilaman. B) Bugun o`ntasini yozishga ulgurdim, ertaga ham shuncha yoza olsam, ishim o`ylaganimdan ko`ra tezroq yakunlanar ekan. C) Shuni bildimki, sensiz hech narsani uddalay olmas ekanman. D) Ustozimiz juda mehribonlar, shuning uchun barchamiz ularni yaxshi ko`ramiz. 17 / 40 Quyidagi vazifadosh ko`makchilardan nechtasi ot turkumidan hosil bo`lgan? Ost, tomon, oldin, yon, ust, orqa, so`ng, atab. A) 2 tasi B) 5 tasi C) 4 tasi D) 3 tasi 18 / 40 Shunda arilar bularning ahvolini ko`rib, bular ham bizga o`xshagan och qolganlardan ekan, deb qayoqqa ketishayotganini so`rabdi. (“Susambil”) Ushbu gapda jami necha marta fonetik hodisa kuzatilgan? A) 3 ta B) 2 ta C) 1 ta D) 4 ta 19 / 40 Qaysi so`zning asosi quyi keng unlilar va jarangli undoshlardan tashkil topgan? A) ma`nodosh B) qo`nim C) noo`rin D) qanotli 20 / 40 Saodat kampir uni chaqaloqligida xuddi shu supada beshikka belab tebratardi. Uch yoshga kirguncha shu supada bag`rida olib yotgandi. Bo`rixon do`mboqqina bola bo`lgandi. Uni yomon ko`zdan asrasin, deb kiyimlariga tumor-u ko`zmunchoqlar taqib qo`yardi. (“Qora ko`z majnun”) Ushbu gapda jami necha marta fonetik hodisa kuzatilgan? A) 6 ta B) 7 ta C) 4 ta D) 8 ta 21 / 40 “Ko`p o`tmay, bozorning odatdagi tashvishi, to`poloni boshlandi. Bolalarning qiy-chuvi, sigir-buzoqlarning ma`rashi bilan dallollarning “Bor baraka”si qo`shilib, yaqindagina osoyishtalik hukm surgan qaqroq daryoga bahor toshqinidek jon kirdi”. Ushbu jumlalar qaysi asarda uchraydi? A) “Yulduzli tunlar” B) “Ravshan” C) “Me`mor” D) “Qiyomat qarz” 22 / 40 1. Bir kun mag‘rur tilshunos sohilda turgan qayiqqa minib narigi qirg`oqqa o‘tmoqchi bo‘ldi. Sohilda yo‘lovchi kutib turgan qayiqchilardan biriga yuzlandi. Qayiq yaqinlashdi. Olim qayiqqa o‘tirdi. Dengizni tomosha qilib ketayotgan olim qayiqchidan so‘radi: − Sen hech nahv o‘qiganmisan? − Yo‘q men johil bir qayiqchiman. Olim: − E voh, juda xafa bo‘ldim. Demak, yarim umring bexuda o‘tibdi, − deya achinib qayiqchiga qaradi. 2. Shu vaqt dovul turdi. Keyin dengizning o‘rtasida chayqala boshladi, qayiqchi butun kuchi bilan xavfdan qutulish uchun harakat qildi. Bo‘ron borgan sayin kuchayar, qayiq esa cho‘kish arafasiga edi. Shu vaqt qo‘rquvdan dir-dir titrayotgan olimdan qayiqchi so‘radi: − Ey, har narsani bilgan olim do‘stim. Suzishni bilasanmi? Yo‘q javobini olgan qayiqchi: − Voh, voh, sen umringni behuda sarflabsan. 3. Hozir butun umring ketdi. Chunki birozdan keyin qayig‘im cho‘kadi. Yaxshi bilginki: bu yerda hozir nahv (grammatika) emas, mahv ilmi lozim. Agar mahv ilmini bilsang, qo‘rqmasdan dengizga sakra, − dedi. (Jaloliddin Rumiy, “Masnaviy”) Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”si asosida tayyorlangan ushbu matnni o‘qing va raqamlab ko‘rsatilgan bandlarida ro‘y bergan xatoliklar turi moslashtirib ko‘rsatilgan to‘g‘ri javobni belgilang. a) imloviy xatolik; b) ishoraviy xatolik (punktuatsion); c) uslubiy xatolik (qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xatolik). A) 1-b, 2-c, 3-a B) 1-c, 2-b, 3-a C) 1-a, 2-c, 3-b D) 1-b, 2-a, 3-c 23 / 40 Mirmuhsinning quyidagi qaysi asarlarida zulm-u zo‘ravonlikga qarshi kurashgan shaxslarning o‘ziga xos obrazlari yaratilgan? A) «Tungi chaqmoqlar», «Ilon o‘chi», «Chotqol yo‘lbarsi» B) «Ziyod va Adiba», «Jamila», «Oq marmar» C) «Jamila», «Me’mor», «Turon malikasi» D) «Oq marmar», «Cho‘ri», «Tungi chaqmoqlar» 24 / 40 Qaysi gap tarkibida fe`l yasovchi qo`shimcha bilan omonim bo`la oladigan fe`llarning munosabat shakli qatnashmagan? A) Farovonlik istasang, baxtli bo`lganingda ham do`st-yor orttir. B) O`sha paytlar u Toshkentda yashardi. C) Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar. D) Uning sovuqdan lablari ko`karib ketgan. 25 / 40 1989–1998 yillarda xalqimiz istiqlolining ilk nishonalaridan biri – “Cho‘lpon” nashriyotida bosh muharrir, direktor bo‘lib ishlagan ijodkorning asari qaysi qatorda berilgan? A) “Tandir haqida ertak” B) “Tug`ishganlar qaytdi ” C) “Sartarosh qo`shig`i” D) “Atrofimizdagi qiziqchilar” 26 / 40 “Me’mor” romanida “podsholarga yaqin yurmoq ajdarga yaqin yurmoqlikdan xavflidir”, - deb kim aytgan? A) Nizomiddin B) Zavrak C) Najmiddin Buxoriy D) Zulfiqor 27 / 40 1. Bir kun mag‘rur tilshunos sohilda turgan qayiqqa minib narigi qirg`oqqa o‘tmoqchi bo‘ldi. Sohilda yo‘lovchi kutib turgan qayiqchilardan biriga yuzlandi. Qayiq yaqinlashdi. Olim qayiqqa o‘tirdi. Dengizni tomosha qilib ketayotgan olim qayiqchidan so‘radi: − Sen hech nahv o‘qiganmisan? − Yo‘q men johil bir qayiqchiman. Olim: − E voh, juda xafa bo‘ldim. Demak, yarim umring bexuda o‘tibdi, − deya achinib qayiqchiga qaradi. 2. Shu vaqt dovul turdi. Keyin dengizning o‘rtasida chayqala boshladi, qayiqchi butun kuchi bilan xavfdan qutulish uchun harakat qildi. Bo‘ron borgan sayin kuchayar, qayiq esa cho‘kish arafasiga edi. Shu vaqt qo‘rquvdan dir-dir titrayotgan olimdan qayiqchi so‘radi: − Ey, har narsani bilgan olim do‘stim. Suzishni bilasanmi? Yo‘q javobini olgan qayiqchi: − Voh, voh, sen umringni behuda sarflabsan. 3. Hozir butun umring ketdi. Chunki birozdan keyin qayig‘im cho‘kadi. Yaxshi bilginki: bu yerda hozir nahv (grammatika) emas, mahv ilmi lozim. Agar mahv ilmini bilsang, qo‘rqmasdan dengizga sakra, − dedi. (Jaloliddin Rumiy, “Masnaviy”) Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”si ma’lumotlari asosida tayyorlangan ushbu matnni o‘qing va matnning uchinchi bandida nechta ravish ishtirok etgan? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 28 / 40 Haqiqatdan qo`rqqan odam yolg`onning panasiga berkinadi. Berilgan gap haqida qaysi fikr to`g`ri? A) gapda o`zlik nisbatidagi fe`l qatnashgan B) gap tarkibida otlashgan sifat qatnashgan C) gap tarkibida barcha bo`laklar kesimga to`g`ridan to`g`ri (bevosita)bog`langan. D) gap tarkibida otlashgan sifatdosh qatnashgan 29 / 40 E.Vohidovning qaysi asarida xalqlar, millatlar, dinlar o’rtasidagi nizolar bashariyatga naqadar katta falokatlar olib kelishi teran tasvirlangan? A) “Ruhlar isyoni” B) “Quyosh maskani” C) “Nido” D) “Palatkada yozilgan doston” 30 / 40 Vazifasi jihatidan bir turga mansub bo’lgan qo`shimchalar ketma-ket qo’shilgan so’zni aniqlang. A) qizdirsa B) ko`rsat C) oqishroq D) isitkich 31 / 40 1995-yil 24-avgustda qabul qilingan imlo qoidalari ko`ra qaysi qatorda narsaning biror maqsad, ish uchun mo’ljallanganligini bildiruvchi qo’shma ot berilmagan? A) tokqaychi B) ko’zoynak C) qiymataxta D) qizilishton 32 / 40 Quyidagi gapda portlovchi undosh bilan tugagan yopiq bo`g`inlar soni nechta? Ba`zi xo`rozlar raqibni bir choqib, so`ng chekkaga borib tomosha qilib turadi. A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 6 ta 33 / 40 Aruz vaznidagi ramal bahrining asosiy bosh rukni qaysi? A) foilotun B) mafoil C) mafoiylun D) faulun 34 / 40 Muqimiy “Qoqondan Farg’onaga” qilgan sayohatida qaysi qishloqning odamlarini “charchashni bilmas yursalar, purzor ketmon ursalar, vaqti namozga kelsalar, masjid soriga lang ekan” deya ta’riflaydi? A) Yayfan B) Beshariq C) Rafqon D) Nursux 35 / 40 Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlar qaysilar? 1)shevaga xos so`z, ibora, grammatik shakllar, urg`u va talaffuz; 2)o`rinsiz qo`llangan chet so`z va so`z birikmalari (varvarizmlar); 3)dag`al, haqorat so`z va iboralar (vulgarizmlar); 4)“ishlamaydigan” yoki parzit so`zlar; 5)idoraviy so`z va iboralar (kanselyarizmlar). A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4 D) 3, 4 36 / 40 Saodat soatini soatsozga sozlatdi. Ushbu tez aytishdagi so`z yasovchi qo`shimchalar tarkibida nechta jarangli sirg`aluvchi undoshlar bor? A) 2 ta B) 1 ta C) 3 ta D) Bunday qo`shimcha mavjud emas 37 / 40 N. Dumbadzening zamonaviy mavzudagi qaysi asarlarida insonlarning bir-biriga munosabatidagi odamiylik, oqibat singari fazilatlar ulug'langan? A) «Quyoshni ko‘ryapman», «Kukaracha» B) «Qishloq bolalari», “Abadiyat qonuni” C) «Oq bayroqlar», «Quyosh kechasi» D) «Men, buvim, Iliko va Illarion», «Abadiyat qonuni» 38 / 40 Qaysi qatordagi gapda yordamchi so`z turkumlarining barcha turi ishtirok etgan? A) Goh ko`chada, goh maktabda uni ko`rib turardim-u, hech yurak yutib gaplasholmasdim. B) O`sha kezlarda men shularning hammasini o`z ko`zim bilan ko`rib yurgan bo`lsam ham, ammo tub mohiyatiga uncha tushunib yetmagan edim. C) Biroq xirmonga kelishim bilan bu shirin xayollarimdan asar ham qolmay, ko`nglim g`ash bo`ldi. D) Agar birov xafa qilgan bo`lsa ayt, mana shu tayog`im bilan gardaniga bir tushiray. 39 / 40 Qaysi gapda yasama sifatning asosi faqat portlovchilardan iborat? A) Osmon shunday tiniqki, qarab to`ymaysan. B) Ishonchli manbalarga tayanib ish ko`rdik C) Negadir yuzing so`lg`in, nima bo`ldi senga? D) Qaynoqqina choy damlab keling. 40 / 40 Charchamang, ko‘zlarim, boqay to'yguncha, Bu zavq daryosidan shimir, ey ko'ngil. Ushbu parchada qatnashgan fe’llar haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas? A) Ushbu gapda hokim qismga bitishuv usulida tobelangan fe’l qatnashgan. B) Sifatdosh shaklidagi o‘timsiz fe’l qatnashgan. C) Asosi o‘z shakldoshiga ega bo‘lgan ravishdosh qatnashgan. D) Ushbu gapdagi kesim vazifasida kelgan fe’llar buyruq-istak maylida qo‘llangan. O'rtacha ball 63% 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot attestatsiya