Fizika attestatsiya №5

0%
2

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika fanidan attestatsiya savollari №5

Test muallifi: Navoiy viloyati Xatirchi tuman 54-maktabning fizika fani o'qituvchsi Toshev Anvar

1 / 40

Moddiy nuqta tezligining vaqt bo‘yicha o‘zgarish qonuni υ=4t (m/s) ko‘rinishga ega. Uning 5-sekundda o‘tgan yo‘li qanday (m)?

2 / 40

”Havo yoki gazga kuchli zaryadlar oqimi hosil bo`lishiga... deyiladi”. Gapni davom ettiring.

3 / 40

Jism gorizontal holatda boshlang‘ich ?1 tezlik bilan otilganida K nuqtaga, ?2 boshlang‘ich tezlik bilan otilganida esa L nuqtaga borib tushadi (ras.q).  Berilganlarga ko‘ra ?1/?2 nisbatni toping. (g=10 m/s² , havoning qarshiligini hisobga olmang)

4 / 40

7 kg massali 3 ta jism o’zaro ip bilan mahkamlangan va ular F=42N kuch bilan tortib ketilmoqda. Ikkinchi va uchinchi jismlarni bog’lab turgan ipning taranglik kuchini toping.

5 / 40

3 m/s tezlik bilan kelayotgan 30 t massali temiryo‘l vagoni tinch turgan vagonga tirkaldi. Tirkalgan vagonlar 1 m/s tezlik bilan harakatlana boshladi. Ikkinchi vagonning massasini toping (kg).

6 / 40

45 m balandlikdan14 km/soattezlik bilan gorizontal otilgan jism qanday(m) uzoqlikka borib tushadi? g=10 m/s².

7 / 40

Ikki jism bir nuqtadan bir vaqtda biri yuqoriga , ikkinchisi pastga otildi. Ikkovi ham vertikaldan 60° burchak ostida 30 m/s boshlang’ich tezlik bilan otilgan bo’lsa, 2 s dan so’ng ular orasidagi masofa necha metr bo’ladi?

8 / 40

Hajmi 5dm³ zichligi 1400 kg/m³ bo`lgan jismning kerosindagi og`irligini toping (N)? kerosin zichligi 800 kg/m³

9 / 40

Massasi m zaryadi q bo’lgan sharcha kuchlanganligi E ga teng va yer sirtiga parallel bir jinsli elektr maydonga erkin tushmoqda . Sharchaninig y=y(x) tenglamasini tuzing.

10 / 40

Rasmda ko’rsatilgan jismlar sistemasining tezlanishini toping (m/s²) . F1=15 N , F2=40 N , m1=2 kg , m2=3 kg , ? =30° ,? = 60° , jismlar va sirt orasidagi ishqalanish koiffisienti ? = 0,4 ga teng.

11 / 40

Ideal issiqlik mashinasi isitgich harorati ortib, sovutgich harorati kamaysa, FIKi qanday o’zgaradi?

12 / 40

Yig’uvchi linzaning bosh optic o’qiga nisbatan 30° burchak ostida yorug’lik tushmoqda. Agar nur linzadan o’tgach bosh optic o’qdan 20cm masofada unga parallel tarqalsa, linzaning focus masofasini aniqlang (m).

13 / 40

Radianga o’tkazing: 15°

14 / 40

Quyidagi fizik kattaliklardan qaysi biri vector kattalik emas?

15 / 40

Yer sirtidan qanday balandlikda erkin tushish tezlanishi yer sirtidagi qiymatiga nisbatan 49 marta kichik bo’ladi? Yerning radiusi R.

16 / 40

Radiusi 10cm bo’lgan suv tomchisi 10ta bir xil tomchiga ajratildi. Bunda sirt energiyasi qanday o’zgaradi? σsuv=73mN/m

17 / 40

Prujinaga m massali yuk osildi. Agar prujinaning 1/6 qismi kesib tashlanib yana shu yuk osilsa, nisbiy uzayish qanday o’zgaradi?

18 / 40

Havoning qarshiligi bo’lmagan joyda boshlang’ich tezliksiz erkin tushayotgan jism harakatning oxirgi uch sekundida 180m masofani bosib o’tdi. Jism tushgan balandlikni aniqlang (m). g=10 m/s²

19 / 40

Boshlang’ich tezligi 20m/s bo’lgan jism 10s ichida o’z tezligini 40m/s ga yetkazdi. Jismni tezligini vaqtga bog’lanish tenglamasini toping.

20 / 40

Issiqlik muvozanatda turgan ikki jismning qanday parametri teng bo’ladi?

21 / 40

Silindr yon sirti yuzi 24π ga, hajmi 48π ga teng. Silindrning balandligini toping.

22 / 40

Jismning harakat tenglamasi x= 5+6t+3t² ko’rinishda berilgan. Jismning dastlabki 2s da bosib o’tgan yo’lini toping (m)/

23 / 40

O’zgarmas bosimda vodorodni 50K ga isitish uchun bajarilgan ish, kislorodni 50K ga isitish uchun bajarilgan ishlarni taqqoslang. (mH₂=m₀₂ MH₂=2g/mol M₀₂=32g/mol )

24 / 40

Moddiy nuqta 5 m/s tezlik bilan tekis harakatlanib 40s dan so’ng daraxt yonidan o’tdi. Daraxtni koordinatalar boshi va moddiy nuqta harakat yo’nalishini musbat yo’nalish sifatida tanlab, t=60 s da jism koordinatasini aniqlang (m).

25 / 40

505 m/s tezlik bilan uchayotgan 200kg massali snaryad relslarga parallel yo’nalishda uchib massasi 20 t bo’lgan tinch turgan qumli platformaga urildi va qumga tiqilib qoldi. Platforma qanday tezlik bilan harakatlanadi (m/s)?

26 / 40

2 m uzunlikdagi porshenning o’rtasiga ishqalanishsiz harakatlana oladigan porshen o’rnatilgan. Agar porshenning ikkala qismidagi bosim 3marta farq qilsa, porshen bo’shatilganda harorat o’zgarmasa, porshen siljishini aniqlang (m).

27 / 40

O’z inersiyasi bilan harakatlanayotgan jismga ishqalanish kuchlari ta’sir eta boshlagach tekis sekinlanuvchan harakatlana boshladi. Shu vaqtdan boshlab toki to’xtaguncha bo’lgan yo’lning birinchi yarmida tezligi qanday o’zgaradi?

28 / 40

Asoslari teng bo’lgan qiya tekisliklar ustida ikki jism joylashgan. Agar birinchi qiya tekislikning qiyaligi 0,8 ga, ikkinchisining qiyaligi 0,6 ga teng bo’lsa jismlarning qiya tekislik etagidagi tezliklarini taqqoslang (v₁/v₂) µ=0

29 / 40

Moddiy nuqta A (-1;4) nuqtadan B (2;8) nuqtaga 5s da, so’ngra C (-5;1) nuqtaga 3s da o’tdi. Butun harakat davomidagi o’rtacha tezlikni aniqlang (m/s).

30 / 40

Ko’ndalang kesimi o’zgaruvchan bo’lgan quvurning birinchi qismida suyuqlik tezligi v₁=12 m/s, ikkinchi qismida v₂=16m/s ga teng. Shu qismlardagi gidrostatik bosimlarni taqqoslang.

31 / 40

Jismning bir nuqtasiga bir vaqtning o’zida modullari 50N va 30N ga teng bo’lgan ikki kuch ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning natijaviysi quyidagilarning qaysi biriga teng bo’lishi mumkin (N)?

32 / 40

Egri chiziqli tekis harakatda tezlanish vektori…

33 / 40

Yer sirtidan 4R masofadagi m massali jismni, Yer sirtidan 5R maaofaga olib chiqishda tashqi kuchlar bajargan ishni aniqlang. R-yer radiusi, g- yer sirtidagi erkin tushish tezlanishi

34 / 40

X₁=5+2t, X₂=6t-15 (m) qonuniyat bo’yicha harakatlanayotgan jismlarning uchrashish vaqti t va uchrashish joyi s ni toping.

35 / 40

Linza oldidagi buyum bilan uning haqiqiy tasviri orasidagi eng qisqa masofa 28cm ga teng bo’lsa, linzaning optik kuchini (D) toping.

36 / 40

dishda suv va suv bug’I bor. Harorat pasayganda suv bug’I molekulalarining konsentratsiyasi qanday o’zgaradi?

37 / 40

Jism biror balandlikdan erkin tashlanganda oxirgi ikki sekundda 160m yo’l yurdi. Jism tashlangan balandlikni toping (m).

38 / 40

3q, 2q va 3q nuqtaviy zaryadlar bir to’g’ri chiziqda o’zaro a masofada ketma-ket mahkamlangan. Agar zaryadi 3q, massasi m bo’lgan zaryad bo’shatilsa, qanday maksimal tezlikka erishadi?

39 / 40

A amplitude bilan garmonik tebranayotgan jismning muvozanat vaziyatidagi kinetik energiyasi 21 J. Muvozanat vaziyatdan A/3 nuqtada kinetik energiyasini aniqlang (J).

40 / 40

Tezliklari 10 m/s va 15 m/s bo’lgan jismlarning nisbiy tezliklari qaysi oraliqda bo’ladi?

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

 

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0