Fizika attestatsiya №3

0%
2

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika fanidan attestatsiya savollari №3

1 / 40

Bir xil yònalishda katta harakatlanayotgan protonlar oqimi òzaro siqilib ingichka shnurni hosil qiladi. Qanday kuch tasirida protonlar oqimi siqiladi?

2 / 40

Tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism o‘z tezligini 120 sekund ichida 3 marta oshirdi va 480 m masofaga ko‘chdi. Jismning boshlang‘ich tezligini toping(m/s).

3 / 40

Rasmdagi sistema pastga a tezlanish bilan tushayotgan bo’lsa, ipdagi taranglik kuchi qancha (N)? g=10 m/s2.

4 / 40

Metro eskalatori uzunligi 18 m. Eskalator sizni 12 sekundda yuqoriga olib chiqdi. Eskalatorning tezligini toping.

5 / 40

Tosh tik yuqoriga V0 =30 m/s tezlik bilan otildi. Qanday h (m) balandlikda uning kinetik energiyasi potensial energiyasining 4/5 qismiga teng bo’ladi?

6 / 40

Moddiy nuqtaning berilgan sanoq sistemasidagi harakati x=7+6t va y=5+8t tenglamalar bilan berilgan. Jism dastlabki 2 s ichida qanchaga ko‘chadi (m)?

7 / 40

Modda atomi qanday zarralardan tuzilgan?

8 / 40

Bir xil miqdordagi ikkita kuchning teng ta’sir etuvchisi 6√3 N, bitta kuchning o‘zi 6 N. Ikkita kuch yo‘nalishlari orasidagi burchakni toping.

9 / 40

8 litrli idishda 2,4·1024 ta gaz molekulasi bor. Gaz molekulalari kondensatsiyasini hisoblang.

10 / 40

Dinamometrga yuk osilganda uning ko`rsatishi 24,5 N ga teng bo`ldi. Unga qanday massali yuk osilgan?

11 / 40

Massasi 1 t bo’lgan avtomobil dvigatelining 500 N tortish kuchi tasirida joyidan qo’zg’alib, 30 s da qanday (m) yo’l o’tadi? Qarshilik kuchini hisobga olmang.

12 / 40

Javohir o’z tezligini 14 m/s dan 10 m/s gacha tekis kamaytirib bordi va jami 192 m masofa bosib o’tdi. Buninguchun qancha vaqt sarflangan (s)?

13 / 40

Jism koordinatalari (6;5) bo’lgan nuqtadan koordinatalari (12;13) bo’lgan nuqtaga ko’chdi. Uning ko’chish moduli qanday (m)?

14 / 40

an = 0, ar ≠ 0 qanday harakat?

15 / 40

Poyezd yo’lning 1/3 qismini 15 m/s tezlik bilan, qolgan qismini 30/ms tezlik bilan o’tsa, uning shu yo’ldagi o’rtacha tezligi qanday (m/s)?

16 / 40

Jism gorizontal holatda boshlang‘ich ?1 tezlik bilan otilganida K nuqtaga, ?2 boshlang‘ich tezlik bilan otilganida esa L nuqtaga borib tushadi (ras.q).  Berilganlarga ko‘ra ?1/?2 nisbatni toping. (g=10 m/s² , havoning qarshiligini hisobga olmang)

17 / 40

Tik yuqoriga 10 m/s tezlik bilan otilgan jism ma’lum vaqtdan so’ng, yerga qaytib tushdi. Uning yo’li va ko’chishini toping. (m)

18 / 40

Jismning bir nuqtasiga 2 N va 8 N kuch birbiriga nisbatan 0° burchak ostida qoʻyiigan. Jismga taʻsir qiluvchi natijaviy kuchni toping (N).

19 / 40

Mexanika bo’limidagi SI sistemaga kirgan asosiy birliklarni ko’rsating.

20 / 40

Magnitafon o’ragichi 6m/s tezlik bilan 60s da tasmani o’rab bo’ladi. agar o’ragichning boshlang’ich radiusi 2sm, oxirgi radiusi 10 sm bo’lsa. Tasmaning qalinligi qanday (mm)? ?= 3 deb oling.

21 / 40

50 sm li iрga bog‘langan sharcha minutiga 36 marta aylanmoqda. Uning aylanish chastotasini toping (Hz).

22 / 40

Jismjoyidan qo‘zg`alib, bir xil masofada 2 marta kata tezlikka erishishi uchun, unga ta’sir etuvchi kuchni qanday o‘zgartirish lozim?

23 / 40

Agar 90 kg massali kosmonavt kosmik kemada uchish vaqtida yuklanish 3 ga teng bo‘lsa, kosmonavtning og‘irligi qancha bo‘ladi (kN) ?

24 / 40

To‘g‘ri shosse bo`ylab bronemashina OX o ‘q yo‘nalishida 20 m/s tezlik bilanharakatlanmoqda. Vaqt boshidan 10 s o‘tgan paytda u koordinatasi 100 m bo‘lgan nuqtadan o‘tadi. Vaqt boshidan 10 s avval u koordinatasi qanday bo‘lgan (m) nuqtada edi?

25 / 40

To`g`ri chiziqli harakatlanadigan jismning berilgan tezlik grafigidan foydalanib, uning 10 s ichidagi bosib o`tgan yo`lini toping. 

26 / 40

45 m balandlikdan14 km/soattezlik bilan gorizontal otilgan jism qanday(m) uzoqlikka borib tushadi? g=10 m/s².

27 / 40

Tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan “Neksiya” avtomobili 25 s davomida tezligini 36 km/soat dan 72 km/soatga oshirdi. “Neksiya” avtomobilining tezlanishini toping (m/s²).

28 / 40

Suvga nisbatan 15 m/s tezlik bilan suzayotgan aviatashuvchi kema palubasi bo‘ylab kema tezligi vektoriga30° burchak ostida10 m/s tezlik bilan avtomobil harakatlanmoqda. Avtomobilning okean suviga nisbatan tezligi modulini aniqlang (m/s).

29 / 40

Gorizontal yo`nalishda harakatlanib ketayotgan samolyotdan snaryad erkin tushib ketdi. Uning samolyotga nisbatan harakat trayektoriyasi qanday shaklda bo`ladi?

30 / 40

Kater yo‘lning 1/4 qismini ϑ  tezlik bilan, qolgan qismini esa 2ϑ  tezlik bilan o‘tgan bo‘lsa, uning shu yo‘l­dagi o‘rtacha tezligi qanday?

31 / 40

Bir g’ishtni ikkinchisining ustiga qo‘yib, yuqoriga otishdi. Yuqoridagi g’ishtning pastdagi g’ishtga bosim kuchi qachon nolga teng bo`ladi? Havoning qarshiligini hisobga olmang.

32 / 40

Jismga o`zaro 90° burchak ostida yo`nalgan ikkita 6 va 8 N kuchlar ta'sir qilmoqda. Bu kuchlar teng ta'sir etuvchisining moduli qanday (N)?

33 / 40

Nuqtaviy zaryadlar orasidagi masofani 12 sm ga qis­qartirganda, ularning ta’sir kuchi 16 mar­ta ortsa, ular orasidagi dastlabki masofani toping (sm).

34 / 40

4 MW∙soat energiyani GJ da ifodalang.

35 / 40

Jism qachon to`g`ri chiziqli tekis harakat qilgan hisoblanadi?

36 / 40

Hаrаkаtlаnаyotgаn pоyezd vаgоnidа o‘tirgаn оdаm nimаlаrgа nisbаtаn tinch hоlаtdа?

37 / 40

Jism 40 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. Jismning yerga urilish paytidagi tezligi 50 m/s ga teng. Jism qanday balandlikdan otilgan (m) ?

38 / 40

Jism 125 m balandlikdan 30 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. U yerga qancha vaqtdan (s) so`ng tushadi? Havoning qarshiligini hisobga olmang. g=10 m/s².

39 / 40

Jism 20 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. Jismning uchish uzoqligi uning otilish balandligiga teng. Jism qanday balandlikdan otilgan (m) ? g = 10 m/s².

40 / 40

0,4 m/s² tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jismning ma’lum vaqtdagi tezligi 9 m/s ga teng. Jismning shu vaqtdan 10 s oldingi paytdagi tezligi qancha bo‘lgan (m/s)?

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

 

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

2 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Iltimos, reklama blokeringizni o’chiring!

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0