Biologiya attestatsiya №4

0%
0

Biologiya fanidan attestatsiya savollari №4

1 / 40

Tirik organizmlarning tuzilish, rivojlanish va funksional birligi nima?

2 / 40

Tiriklikning eng zaruriy omili?

3 / 40

Tur turg’unligi nima tufayli ta'minlanadi?

4 / 40

Populyatsiyaning ikkinchi nomi?

5 / 40

Organizmni o'zgaruvchan tashqi muhit sharoitlariga javoban kimyoviy tarkibi va fiziologik jarayonlarning borishini ma'lum me'yorda ushlab turish nima?

6 / 40

Makkajoʻxorining somatik hujayralarida nechta autosoma xromosomalar mavjud

7 / 40

Organizmdagi oʻzgaruvchanlikning qanday turlari bor? 1.kombinativ 2.gen 3.rekombinativ 4.mutagenez 5.somatik 6.modifikatsion

8 / 40

Toʻliq irsiylanishning birinchi bogʻin duragaylar fenotipida namoyon boʻlmaydigan belgini aniqlang

9 / 40

Klaynfelter sindromida jinsiy xromosomalar holatini belgilang

10 / 40

Toʻrtta belgisi boʻyicha geterozigota organizm necha xil gameta hosil qiladi

11 / 40

Fotosintezda kuzatiladigan jarayon va uning ahamiyatini aniqlang. a-yorug`lik energiyasining kimyoviy energiyaga aylanishi; b-karbonat angidrid bilan suvdan organik birikma hosil bo`lishi; c-sintezlangan anorganik birikmalar energiya manbai bo`lib xizmat qilishi; d-atmosfera erkin kislorod bilan boyishi; e-sintezlangan organik birikmalar organizmlar uchun ozuqa va energiya manbai bo`lib xizmat qilishi; f-quyosh energiyasi mexanik energiyaga aylanishi; j-karbonat angidrid bilan kisloroddan organik birikma hosil bo`lishi

12 / 40

Tishlari ixtisoslashgan sinfga masub bo`lgan tishlari ixtisoslashmagan hayvonni aniqlang.

13 / 40

DNK ma'lum bir fragmentining tarkibida A nukleotidlari umumiy yig'indisi G nukleotidlari bilan teng miqdordaligi ma'lum bo'lsa hamda undan sintezlangan oqsilning massasi 14400 Da kelsa, DNK dagi T va S nukleotidlarining yig'indisi nechta bo'ladi?

14 / 40

Glukozaning kislorodsiz sharoitda sut kislotagacha parchalanishi tufayli ajralib chiqadigan energiyaning necha foizi issiqlik energiyasi sifatida tarqaladi?

15 / 40

Gipofez bezining gormonlari qaysi organga ta’sir ko’rsatishi bilan juftlab ko’rsating. 1) tireotrop 2) gonadotrop 3) adrenokortikoid a) qalqonsimon bez b) buyrakusti bezi c) jinsiy bezlar f) epifez bezi

16 / 40

Himoya rangi (a) va maskirovka (b) mavjud organizmlarni belgilang. 1.ikki pallali molluskalar 2.ninabaliq 3.kuropatka 4.kvashka 5.ko'lbuqa 6.kalina 7.gornostay 8.lattachi baliq.

17 / 40

Pisum sativumning resessiv belgilarini ajrating? 1)gulining qizilligi 2)donining silliqligi 3)yashil rangli,silliq don 4)gulning poya uchida joylashishi 5)poyaning uzun bo'lishi 6)yashil rangli, bo'g'imsiz dukkak 7)sariq rangli bo'g'imli bo'g'imsiz dukkak 8)gulning barg qo'ltig'ida joylashishi

18 / 40

Pubertat davrida o’troq hayit kechiradigan(a) va kechirmaydigan(b) organizmlarni aniqlang. 1.podaloriy; 2.yomg’ir chuvalchangi; 3.zirhlilar; 4.bulutlar; 5.lansetnik; 6.aktiniya; 7.korallpoliplar; 8.ko’ptukli halqali chuvalchanglar; 9.qizil chuvalchang; 10.bit

19 / 40

Sudralib yuruvchilar qaysi erada (a), kaltekesak va toshbaqalar ajdodi qaysi davrda (b) va arxeopteriks qaysi erada (c) kelib chiqqan?

20 / 40

DNK da nukleotidlar quyidagi tartibda joylashgan 1-zanjirda; AGAGTSAGATSGATSSGAT va 2-zanjirda esa TSTSAGTSTAGSTAGGSTA mutatsiyadan keyin 1-zanjirda; AGGGTSAGSTAGATSTGAT va 2-zanjirda esa TSSSAGTSGATSTAGASTA nechta tranzitsiya (a) va transversiya(b) sodir bo’ldi

21 / 40

Quyidagilardan xromosomasi 24 taga tenglarini aniqlang? a)qalampir arxeosporasidagi metafaza I da b)diploid navli tamaki mikrosporasini anafazasida c)olxo`ri arxeosporasida meyozdan so`ng d)tetraploid navli tamaki arxeosporasini profaza II da e) no`xatni mikrosporasini anafazasida autosomalari

22 / 40

V. Grand bo`yicha odam va otning gemoglabin zanjiridagi aminokislotalari solishtirilganda alfa zanjiridagi farq soni betta zanjirdagi farq sonidan …….

23 / 40

Chittaklar turlarining xususiyatlariga qarab ekologik alohidalanish (a), morfologik mezon (b) larni ko’rsating. 1.diafragmaga ega emas 2.moskovka chittagi va katta chittaklar boshi qoramtir tusda 3.lazorevka chittagi mayda hashorotlar bilan oziqlanadi 4.katta chittak va lazorevka chittaklari pat rangi bir biriga o’xshaydi. 5.kokilchali chittak o’simlik urug’lari bilan oziqlanadi 6.tojdor chittakning boshida bir tutam toji bor 7.chittaklarning erkagi yirik va rangli bo’ladi 8.moskovka chittagi hashorotlarning tuxumlari va qurtlari bilan oziqlanadi. 9.o’pkasi murakkab tuzilgan nafas olishda havo pufakchalari ishtirok etadi.

24 / 40

X-D tipda irsilanish……. da kuztiladi. 1) sindaktiliya, 2) miopiya, 3) ixtioz, 4) namozshomko‘rlik, 5) qandsiz diabet, 6) tish emali qo‘ng‘ir bo‘lishi, 7) rezus musbat (R+), 8) I° qon guruhi, 9) Doltanizm, 10) qora ko’zli 11) terida pigmentlarning bo‘lmasligi

25 / 40

Kabarga tarqalgan biogeografik viloyatda uchraydigan qushlarni belgilang?

26 / 40

Noto’g’ri fikrni belgilang.

27 / 40

Noto’g’ri fikrni belgilang.

28 / 40

Quyidagi rasmda eritrotsitlar tarkibidagi agglyutinagenga qarab qon guruhlarga ajratilgan jadval keltirilgan.Ushbu rasmdagi IV qon guruhini aniqlang?

29 / 40

O’simliklar ontogonezining ko’payish (a) va yoshlik (b) davri kuzatiladigan jarayonlar to’g’ri berilgan javobni aniqlang. 1.o’simlik quriydi; 2.gul hosil bo’ladi; 3.urug’ hosil bo’ladi; 4.urug’ unib chiqadi; 5.ildiz shakllanadi; 6.gul kurtagi hosil bo’ladi. 7.barg shakllanadi; 8. meva hosil bo’ladi; 9.ontonogenez yakunlanadi; 10.poya shakllanadi.

30 / 40

Ko`krak toj suyagi shakllangan erada paydo bo`lgan organizmlarni hozirgi vakillarini aniqlang. 1.kordait 2.sesarka 3.latimeriya 4.minoga 5.saur 6.rafleziya 7.o`rdakburun 8.sekvoya 9.pavituxa 10.siklop 11.laminariya 12.E.coli 13.achitqi

31 / 40

Quyidagi baliqning qon aylanishi tasvirlangan rasmdagi 4- raqamdagi baliq organiga xos bo’lmagan xususiyatni aniqlang?

32 / 40

Quyidagi ko’krak qafasining rasmidan faqat o’z tog’ayi bilan to’shga birikkan qovurg’alar tartib raqamlarini aniqlang?

33 / 40

Nodirning avlodida xromosoma kasalligi mavjud bo`lib, uning o`zida yelka chanoqqa nisbatan tor, balog`atga yetish davridan beri bir qancha jinsiy qoloqliklar yuzaga kelgan. Shundan kelib chiqqan holda unda yuzaga keladigan qaysi kasallik geni allelsiz bo`ladi?

34 / 40

Avtopoliploidiyaning muvozanatsiz turlarini ajrating. 1) 21 xromosomali bug’doy 2) 52 xromosomali go’za 3) 36 xromosomali xrizantema 4) 72 xromosomali karam 5) 24 xromosomali tog`olcha 6) 21 xromosomali no’xat

35 / 40

O’zgaruvchanlikning mutatsionga xos xususiyatlami aniqlang. 1) oraliq formalarsiz paydo bo’ladi; 2) sifat jihatidan farq qiladigan o’zgaruvchanlik; 3) irsiylanish xususiyatiga ega emas; 4) o’zgarishlar guruhli xarakterga ega; 5) irsiylanadigan o’zgaruvchanlik; 6) har xil yo’nalishli bo’ladi; 7) namoyon bo’lish xarakteriga ko’ra dominant va retsessiv bo’ladi; 8) o’zgarishlar tashqi muhit ta’siriga bog’liq; 9) tashqi muhit omillariga moslashish imkoniyatini yaratadi; 10) bir turga mansub individlarning tashqi muhit ta’siriga javob reaksiya yo’nalishi bir xil 10) natijasiga ko’ra 4 xil 11) bitta genotipning tashqi muhit sharoitiga qarab har xil fenotipni yuzaga chiqara oladi 12) kelib chiqishi organizmda biokimiyoviy va fermentativ reaksiyalarning o’zgarishiga bog’liq

36 / 40

Yo’ldoshlilarning vakilini eng qadimgini anilqlang. 1.kalamush 2.sakrovchi 3.yumronqoziq 4.tipratikon 5.norka 6.kutora 7.sichqon 8.yerqazar 9.suvsar 10.krot 11.latcha 12.taqaburun 13.kojan 14.vixuxol 15.chupchik 16.qulon 17.plakoxelis 18.g’izol 19.to’ng’iz 20.orangutan

37 / 40

Ilvirs (a), qashqaldoq (b), chiyabo‘ri (c) qaysi oila vakillari hisoblanadi?

38 / 40

Har xil xarakterga ega bo’lganlarni juftlang. 1) sindaktiliya, 2) miopiya, 3) ixtioz, 4) namozshomko‘rlik, 5) qandsiz diabet, 6) tish emali qo‘ng‘ir bo‘lishi, 7) rezus musbat (R+), 8) I° qon guruhi, 9) daltonizm, 10) qora ko’zli 11) terida pigmentlarning bo‘lmasligi

39 / 40

Nondagi oqsil miqdorini oshirish uchun 6,5 t unga qancha gramm lizin qo’shiladi?

40 / 40

Meyoz jarayonida xromosomalar to’plami holatlari qanday ketma – ketlikda namoyon bo’ladi 1) bir xromatidali xromosomalarning tetraploid to’plami 2) bir xromatidali xromasomalarning diploid to’plami 3) bir xromatidali xromosomalarning gaploid to’plami 4) ikki xromatidali xromosomalarning gaploid to’plam 5) ikki xromatidali xromosomalarning diploid to’plam

O'rtacha ball 0%

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0