Fizika attestatsiya №2

0%
2

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika fanidan attestatsiya savollari №2

1 / 40

Kub shaklidagi jismning massasi 3 kg. Qirrasi 3 marta uzun bo’lgan va huddi shu moddadan tayyorlangan kub shaklidagi boshqa jismning massasi qanday bo’ladi?

2 / 40

Rasmda ko‘rsatilgan 10 kg massali parallelepiped shaklidagi jismni 1–holatdan 2–holatga o‘tkazish uchun kamida qancha ish bajarish kerak?

3 / 40

Bir litr suv necha sm3 ga teng?

4 / 40

8 litrli idishda 2,4·1024 ta gaz molekulasi bor. Gaz molekulalari kondensatsiyasini hisoblang.

5 / 40

45 kg massali bola 15 m/s tezlik bilan yurayotgan bòlsa, uning kinetik energiyasi (J) nimaga teng?

6 / 40

Tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism o‘z tezligini 120 sekund ichida 3 marta oshirdi va 480 m masofaga ko‘chdi. Jismning boshlang‘ich tezligini toping(m/s).

7 / 40

Radiusi 4 m bo’lgan aylana trayektoriya bo'ylab tekis harakatlanayotgan jismning chiziqli tezligi 4 m/s ga teng. Jismning markazga intilma tezlanishini (m/s2 ) toping.

8 / 40

Hajmlari bir xil bòlgan jismlar zichliklarining massaga boģliqligi qanday bòladi?

9 / 40

40 m/s tezlikda kelayotgan mashina 5 s da tormozlanib to’xtadi. U oxirgi 2 s da qancha masofa bosib o’tgan (m)?

10 / 40

Piyodaning tezligi 4 km/soat. Undan 15 minut keyin yo‘lga chiqqan velosipedchi piyodani 5 minutda quvib yetishi uchun qanday tezlik bilan harakatlanishi kerak?

11 / 40

Jism A(−1; −1,5; −3) nuqtadan B(0; 0; 0) nuqtaga 3 s da bordi. Keyin C(1; 1,5; 3) nuqtaga 4 s da bordi. Jismning butun yo’ldagi o’rtacha tezligini toping (m/s).

12 / 40

Jism egri chiziqli harakat qilayotganida to‘la tezlanishi va chiziqli tezligi o‘zaro 60° burchak tashkil etdi. ??/?? nisbatning
son qiymatini toping.

13 / 40

Silliq qiya tekislikda jism sirpanib tushmoqda. Qiyalik burchagi 60 0 bo’lsa jism qanday tezlanish bilan harakatlanadi (m/s²)? Ishqalanish hisobga olinmasin. g=10m/s² .

14 / 40

Magnitafon o’ragichi 6m/s tezlik bilan 60s da tasmani o’rab bo’ladi. agar o’ragichning boshlang’ich radiusi 2sm, oxirgi radiusi 10 sm bo’lsa. Tasmaning qalinligi qanday (mm)? ?= 3 deb oling.

15 / 40

OX o‘qi bo‘ylab harakatlanayotgan jism kordinatasining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi berilgan (t)=10-10t+t²   ([x]=m, [t]=s) Tezlik proeksiyasining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi qaysi rasmga mos keladi?

16 / 40

Jism R radiusili aylana bo’ylab harakatlanmoqda. Aylananing 1/3 qismini o’tganda, yo’l va ko’chish moduli nimaga teng bo’ladi?

17 / 40

Uzunligi 20 sm, bikirligi 300 N/m bo’lgan prujina uzunliklari 15 sm va 5 sm bo’lgan qismlarga ajratiladi. Kichkina prujinaning bikirligini toping.

18 / 40

“Neksiya” avtomobili 10 sekundda tezligini 108 km/h gacha yetkazdi. Avtomobilning tezlanishi qanday (m/s² ).

19 / 40

Javohir o’z tezligini 14 m/s dan 10 m/s gacha tekis kamaytirib bordi va jami 192 m masofa bosib o’tdi. Buninguchun qancha vaqt sarflangan (s)?

20 / 40

7 kg massali 3 ta jism o’zaro ip bilan mahkamlangan va ular F=42N kuch bilan tortib ketilmoqda. Ikkinchi va uchinchi jismlarni bog’lab turgan ipning taranglik kuchini toping.

21 / 40

Jism tezlanishining vaqtga bog`lanish grafigi berilgan. Jismning dastlabki tezligi V0= 20 m/s bo’lsa, t = 3s paytdagi tezligi nimaga teng (m/s)?

22 / 40

an = 0, ar ≠ 0 qanday harakat?

23 / 40

Massasi m bo`lgan jism ichi bo`sh konus ichida rasmdagidek joylashtirilgan. Konus o`z o`qi atrofida qanday burchak tezlik (rad/s) bilan aylansa jism tinch kolatini saqlaydi. Jism konus o`qidan 0.6 m masofada joylashgan. Ishqalanishni hisobga olmang.

24 / 40

FIK i 80% va motorining quvvati 1,5 kW bo’lgan kran 0,1 m/s o’zgarmas tezlik bilan qancha (t) massali yukni ko’tara oladi? g=10 m/s².

25 / 40

Agar ikki avtomobilning harakat tenglamalari x1 =t2 +10t va x2 =t² +14t-6 bo’lsa, ularning uchrashgan momentidagi nisbiy tezligi topilsin (m/s)?

26 / 40

Jism koordinatalari (6;5) bo’lgan nuqtadan koordinatalari (12;13) bo’lgan nuqtaga ko’chdi. Uning ko’chish moduli qanday (m)?

27 / 40

Agar diametri 0,3 m bo‘lgan velosiped g‘ildiragining aylanish chastotasi 120 ayl/min bo`lsa, velosiped tezligi qanday (m/s)?

28 / 40

Radiusi 25 sm bo’lgan disk 12,56 m/s tezlik bilan harakatlanyapti. 0,04 sekund ichida qanday burchakka buriladi (rad ? =3,14)

29 / 40

Tik yuqoriga 10 m/s tezlik bilan otilgan jism ma’lum vaqtdan so’ng, yerga qaytib tushdi. Uning yo’li va ko’chishini toping. (m)

30 / 40

Massasi 1 t bo’lgan avtomobil dvigatelining 500 N tortish kuchi tasirida joyidan qo’zg’alib, 30 s da qanday (m) yo’l o’tadi? Qarshilik kuchini hisobga olmang.

31 / 40

Velosiped tekis va to’g’ri chiziqli harakat qilganda, yer bilan bog’langan sanoq sistemasida velosiped g’ildiragi to’g’ri nuqtasining harakat trayektoriyasi qanday bo’ladi?

32 / 40

Jismning bir nuqtasiga 2 N va 8 N kuch birbiriga nisbatan 0° burchak ostida qoʻyiigan. Jismga taʻsir qiluvchi natijaviy kuchni toping (N).

33 / 40

Jism gorizontal holatda boshlang‘ich ?1 tezlik bilan otilganida K nuqtaga, ?2 boshlang‘ich tezlik bilan otilganida esa L nuqtaga borib tushadi (ras.q).  Berilganlarga ko‘ra ?1/?2 nisbatni toping. (g=10 m/s² , havoning qarshiligini hisobga olmang)

34 / 40

Mexanika bo’limidagi SI sistemaga kirgan asosiy birliklarni ko’rsating.

35 / 40

Poyezd yo’lning 1/3 qismini 15 m/s tezlik bilan, qolgan qismini 30/ms tezlik bilan o’tsa, uning shu yo’ldagi o’rtacha tezligi qanday (m/s)?

36 / 40

Avtomobil egrilik radiusi 40 m bo’lgan botiq ko’prikdan qanday tezlikda o’tsa, uning yuklanishi 3 ga teng bo’ladi? (m/s)

37 / 40

Havo shari biror balandlikka vertikal ko’tarilgach, shamol uni gorizontal yo’nalishda 300m masofaga uchirib ketdi. Agar havo sharining ko’chishi 500m bo’lsa, uning o’tgan yo’li qanday (m)?

38 / 40

Uch yer radyusiga teng balandlikda erkin tushish tezlanishi.Yer sirtidagiga nisbatan qanday bo’ladi?

39 / 40

Jism bir yo’nalishda o’zgarmas tezlanish bilan harakatlanib, ketma-ket keladigan davomiyligi 2 s dan bo’lgan vaqtda 16 m va 18 m yo’l bosdi. Harakatning birinchi bosqichi boshidagi tezligini toping (m/s).

40 / 40

Agar jismning tezlik va tezlanish vektori istalgan paytda o’zaro to’g’ri burchak hosil qilsa, jism qanday harakatda bo’ladi?

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

 

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

2 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0