Fizika abituriyent testi №1

0
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

Fizika abituriyentlar uchun №1

1 / 30

Mazmuniga mos ravishda nuqtalar o`rnini to`ldiring. Agar qattiq jismning istalgan nuqtasiga biriktirilgan to‘g‘ri chiziq harakat davomida o‘zining dastlabki holatiga parallel bo‘lib qolsa, bunday harakatga … deb ataladi.

2 / 30

Induktivligi 40 mH bo’lgan g’altakda 1 A tok 1 mWb magnit oqimi hosil qilmoqda. G’altakdagi o’ramlar sonini toping.

3 / 30

Vertikal o’rnatilgan naysimon idishcha ustunining balandligi 2 sm bo’lgan yog’ (ρ=800 kg/m3) balandligi 8 sm bo’lgan suv ustiga quyilgan. Suyuqliklarning idish tubiga beradigan umumiy bosimini hisoblang.

4 / 30

Rasmda ko’rsatilgan elastik metal sim yuqori uchidagi sharchaning massasi 2 kg. Sharcha 8 N kuch yordamida muvozanat vaziyatidan 20 sm og’dirib garmonik tebratilganda sistemaning tebranish davrini toping.

5 / 30

Jism 4 soat 25 m/s tezlik bilan harakatlanib, keyin 100 km masofani 1 soatda bosib o’tdi. Uning butun yo’ldagi o’rtacha tezligini toping (km/h).

6 / 30

Bikrliklari teng bo’lgan 3 ta prujinalarga rasmda ko’rsatilganidek ikki xil holatda 1 kg va 9 kg massali yuklar osilgan. Yuklarning tebranish davrlari nisbati T1/T2 ni hisoblang.

7 / 30

Jism yorug’lik tezligida harakatlansa, Quyosh sistemasi o’rin olgan bizning gallaktikamizning bir chetidan ikkinchi chetiga borish uchun qancha vaqt ketadi?

8 / 30

Gorizontal tekislikda 5 kg massali jismga kuch tasir qilib, tezlanish bilan harakatlanmoqda. Kuchning gorizontal va vertikal tashkil etuvchilari mos holda, Fx=20 N va Fy=30 N bo’lsa, jismning tezlanishini toping.

9 / 30

6 kg massali gaz 200 kPa bosimda 5 m3 hajmni egallasa, uning molekulalari harakatining o’rtacha kvadartik tezligi (m/s) qancha bo’ladi?

10 / 30

Massalari 250 kg dan bo’lgan 3 ta qayiq 5 m/s tezlik bilan bir tomonga bir-birining ketidan suzib ketmoqda. Ikkinchi qayiqdan bir vaqtning o’zida birinchi (oldindagi) va uchinchi (orqadagi) qayiqlar tomon 20 kg massali yuklar uloqtirildi. Yuklarning o’rtadagi qayiqqa nisbatan tezligi 2 m/s. Qayiqlarning yuklar uloqtirilgandan kiyingi tezliklarini toping (m/s).

11 / 30

Rasmda tasvirlangan idishga suv solingan. Idishning yon tomonida, asosidan h1=15 sm va h2=30 sm balandlikdagi teshiklardan suv chiqib, idish asosidan bir xil masofaga borib tushishi uchun syuqlik ustunining balandligi h qanday bo`lishi kerak?

12 / 30

Quyidagi yadro reaksiyasining noma’lum mahsuli qanday zarradan iborat?

13 / 30

Geliy gazi yerning tortish kuchini yengib, atmosferadan chiqib ketishi uchun uni qanday haroratgacha qizdirish kerak? Geliy gazining molyar massasi 4 g/mol, Yerning radiusi R=6370 km.

14 / 30

5 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 7500 kg massali yuk avtomobili sharqqa tomon harakatlanmoqda. Massasi 1500 kg bo’lgan yengil avtomobil 20 m/s tezlik bilan shimoliy g’arb tomonga, yuk avtomobili harakat yo’nalishiga nisbatan 300 burchak ostida qarama- qarshi tomondan yaqinlashib keldi va u bilan noelastik to’qnashdi. To’qnashuvdan so’ng ular qanday tezlik bilan harakatlanadi?

15 / 30

Rasmdagi malumotlardan foydalanib jismning vertikal yo’nalishdagi ko’chishini toping. sin 400=0,6, cos 400=0,8.

16 / 30

Rasmda ko’rsatilgan hol uchun o’tkazgichga ta’sir qiluvchi Amper kuchi yo’nalishini aniqlang.

17 / 30

Zaryadli zarra induksiyasi 0,4 T va kuchlanganligi 80 kV/m bo’lgan o’zaro tik yo’nalgan maydonlarga rasmdagidek uchib kirdi. Magnit maydon bizdan chizma tekisligiga tomon yo’nalgan bo’lsa, zaryad tezligini toping (Mm/s).

18 / 30

Chanani tepalikka tortib chiqishda 18 s da 990 J ish bajarilgan. Bunda qanday quvvatga erishilgan (W)?

19 / 30

Termodinamik jarayonda ideal gazning ichki energiyasi 300 J ga ortib, tashqariga 200 J issiqlik chiqqan. Bu jarayonda gaz qanday ish (J) bajargan?

20 / 30

Boshlang'ich tezligi nolga teng bo'lgan harakatning uchinchi va to’rtinchi sekundlari oralig’ida 8,0 m yo'l o'tgan. Jismning tezlanishi va o'n birinchi sekund boshidan o'n to'rtinchi sekund oxirigacha o'tgan yo'li topilsin.

21 / 30

G'ozning tinch suvga nisbatan tezligi 4 m/s. Agar u 6,5 minut davomida oqimga qarshi suzsa qancha mаsоfаgа siljigan bo'ladi? Oqim tezligi 2 m/s.

22 / 30

Elektr zanjir qarshiligi 20 Ω bo’lgan rezistor, EYKi 22 V va ichki qarshiligi 2 Ω bo’lgan manbalardan tashkil topgan. Rezistorda kuchlanish (V) tushishi nimaga teng?

23 / 30

O’rdak suvdan chiqqanda patlari quruq bo’ladi. Buning sababini qanday tushuntirish mumkin?

24 / 30

Zilzila bo’lgan vaqtda yer qimirlashini ko’p hollarda ketma ket ikki marta sezamiz. Bunga sabab nima?

25 / 30

Uchta o’tkazgich rasmdagidek joylashgan va ulardan ko’rsatilgan yo’nalishlarda tok oqmoqda. C o’tkazgichning uzunligi 25 sm bo’lsa, unga boshqa o’tkazgichlar tomonidan tasir etuvchi natijaviy kuchni toping (mN).

26 / 30

Bir tomoni n-turdagi, ikkinchi tomoni p-turdagi yarim o‘tkazgichda p-sohasini manbaning musbat qutbiga, n-sohasini manfiy qutbiga ulanganda tok o’tadimi?

27 / 30

U=24 V kuchlanishli tarmoqqa o’zaro ketma-ket ikkita resistor ulandi. Bunda tok kuchi 0,6 A bo’ldi. Rezistorlar parallel ulanganda tarmoqlanmagan qismdagi tok kuchi 3,2 A bo’ldi. Rezistorlarning qarshiliklarini (Ω) toping.

28 / 30

F1 kuchning moduli 3 N. To‘rtta F1, F2, F3 va F4 kuchlar teng ta’sir etuvchisining moduli nimaga (N) teng?

29 / 30

Rasmda tasvirlangan idishga suv solingan. Idishning yon tomonida, asosidan h1=10 sm va h2=25 sm balandlikdagi teshiklardan suv chiqib, idish asosidan bir xil masofaga borib tushishi uchun syuqlik ustunining balandligi h qanday bo`lishi kerak?

30 / 30

60 kg massali odam bir kunda 2500 kaloriya yegulik istemol qiladi. Barcha yegulik issiqlikka aylanadi deb hisoblab, odamning harorati qanchaga ortishini hisoblang. 1 kal=4,2 J. Odam tanasi uchun solishtirma issiqlik sig’imi 830 kal/kg.Co.

0%

Baholash mezoni

To'g'ri javob uchun 3,1 ball.

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0