Uy » Abituriyent » Biologiya abituriyent » Biologiya abituriyent testi №1 Biologiya abituriyent Biologiya abituriyent testi №1 InfoMaster Aprel 5, 2022 514 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Vaqtingiz tugadi! Biologiya abituriyentlar uchun №1 1 / 30 Kallimaga xos ma'lumotlarni tanlang. 1) tangachaqanotlilar turkumiga mansub; 2) chumchuqsimonlar turkumiga mansub; 3) lichinkasida soxta oyoqlari bor; 4) traxeyalar orqali nafas oladi; 5) o’pkasi orqali nafas oladi; 6) ayirish sistemasi malpigi naychalaridan iborat, 7) qanotlari shakli, naqsh va tomirlari bargga o’xshash A) 2, 3, 4, 7 B) 3, 5, 6 C) 1, 3, 4, 6, 7 D) 1, 3, 5 2 / 30 DNK molekulasida 620 juft adenin bor. Guanin umumiy nukleoidlarni 30% ini tashkil etadi. Shu DNK molekulasini uzunligi (A°) toping. (qo’shni nukleotidlar orasidagi masofa 3,4 A°. A) 10540 B) 15400 C) 1540 D) 1640 3 / 30 Odamlarda kichik jag’ tishlarining bo'Imasligi dominant belgi sifatida nasldan-naslga o’tadi Ona shu belgi bo'yicha sog’lom, ota esa geterozigotali bo’Igan oilada farzandlarning necha foizi genotip jihatdan ona organizmiga o’xshash bo'ladi? A) 25 B) 75 C) 50 D) 100 4 / 30 Otlar junining rangini ikkita allel bo’Imagan genlar nazorat qiladi. Genotipdagi dominant B geni qora rangli, b geni esa malla rangli jun hosil bo’lishiga sabab bo'ladi. I geni esa B va b genlar funksiyasini pasaytirib, rangning kulrang tusda bo’lishiga olib keladi. Fermer xo'jaligida bir necha yil davomida digeterozigotali otlarni chatishtirish natijasida olingan nasl orasida fenotip bo'yicha ota-onaga o'xshamagan organizmlar necha foizni tashkil qiladi? A) 50 B) 25 C) 75 D) 100 5 / 30 Gidraning xivchinli (1), amyobasimon (2) va muskul tolali (3) hujayralarini aniqlang. a) spermatozoid; b) endoderma hujayrasi; c) tuxum hujayra; d) teri-muskul hujayrasi. A) 1-b, d; 2-a, c; 3-a B) 1-a; 2-b; 3-c, d C) 1-a, d; 2-b, c; 3-a, b D) 1-a, b; 2-b, c; 3-b, d 6 / 30 Odamlarda sariq va tekis soch retsessiv belgi hisoblanadi. Sochi sariq va to'lqinsimon bo'lgan ayol sochi qora va to'lqinsimon bo'lgan erkakka turmushga chiqqan. Bu oila farzandlarining necha foizi qora va jingalak sochli bo'lishi ehtimolini aniqlang A) 75 B) 12,5 C) 50 D) 12,5 7 / 30 Qo'g'a o simligi uchun xos xususiyatlarni aniqlang 1) mevasi qanotchali suv yordamida tarqaladi; 2) mevasi shamol yordamida tarqaladi; 3) kserofit o’simlik; 4) hayotiy shakli o‘t; 5) to’qaylarda tarqalgan; 6) namsevar o simlik A) 1,3,6 B) 1,4,5,6 C) 1,3 D) 2,4,5,6 8 / 30 Lansetnikka xos bo'lmagan belgilarni aniqlang. 1) nerv naychasi ektodermaning orqa tomonidan hosil bo'ladi; 2) nerv naychasi ektodermaning yon tomonidan hosil bo'ladi; 3) ayirish sistemasi a'zolari mezodermadan hosil bo'ladi; 4) limfa sistemasi a'zolari mezodermadan hosil boladi; 5) gaz almashinuvi jabralarda amalga oshadi; 6) bosh miyasi sodda tuzilgan. A) 1,3,4,5 B) 1,3,5 C) 2,6 D) 2,3,5,6 9 / 30 Zirhlilarga tegishli ma’lumotlami aniqlang. 1) hasharotxo'rlar turkumiga mansub; 2) oz tishlilar turkumi vakili; 3) suvda ham, quruqlikda ham uchraydi; 4) sutemizuvchi hayvon; 5) Paleoarktik viloyatda ko'proq uchraydi; 6) Neotropik viloyatda tarqalgan. A) 6,2,4, B) 2,3,4,6 C) 1,3,4 D) 2,3,4,5 10 / 30 Nafas olish sistemasi a’zosi teshigi qorin bo'limida joylashgan organizmlarni aniqlang 1) suv shillig'i, 2) qisqichbaqa; 3) butli o'rgimchak; 4) baliq; 5) lansetnik; 6) yashil bronza qo'ng'izi; 7) oq kapalak; 8) mita A) 3,6,7,8 B) 2,3,4,8 C) 1,3,5 D) 1,2,4,5 11 / 30 Odam somatik hujayrasining mitoz bo'linishining anafaza bosqichida xromasoma va DNKlar soni nechta bo'ladi? A) n-46; c-92 B) n-92; c-46 C) n-92; c-92 D) n-46; c-46 12 / 30 Tadqiqotlarni ularni kashf etgan olimlar bilan juftlab ko'rsating. 1) gametalar sofligi nazariyasining sitologik isboti 2) drozofila melanogaster belgilarining irsiylanishini o'rganish; 3) transformatsiya jarayoni; 4) transformatsiya hodisasining DNK ga bog'liqligi o’rganish a) Boveri va Setton; b) T.Morgan; c) O.Everi; d) Griffit. A) 1-b; 2-a; 3-d; 4-c B) 1-b; 2-c; 3-d; 4-a C) 1-a; 2-b; 3-d; 4-c D) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d 13 / 30 Shaftoli mevasining tuklar bilan qoplanganligi (B) silliqligi (b) ustidan, meva eti oq rangda (C) bo’lishi sariqligi (c) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada ikkala belgi bo'yicha geterozigotali o’simlik bilan tukli oq mevali o’simlik chatishtirilgan. Avlodda olingan 96 ta o’simlikdan 75% i ning mevasi tukli va rangi oq, 25% i ning mevasi tukli va rangi sariq bo’lgan. Olingan o’simliklardan nechtasi birinchi belgi bo'yicha gomozigotali dominant bo'ladi? A) 24 ta B) 48 ta C) 72 ta D) 12 ta 14 / 30 Halokatlar nazariyasi muallifi kim? A) J. Kyuve B) K. Ber C) F. Redi D) J. Lamark 15 / 30 Lansetnik embrionidagi blastomerlar 256 taga yetishi uchun hujayralar necha marta meridianal va ekvatorial bo’linishi kerak? A) 4 va 3 B) 2 va 1 C) 5 va 3 D) 4 va 2 16 / 30 DNK molekulasida 4836 ta A va 8423 ta G bor. Ushbu molekulani uzunligi va H bog’lar sonini aniqlang. A) 13259 A; 45080 B) 45080,6 A; 34941 C) 45980 A; 8672 D) 34941 A; 2843 17 / 30 Quyidagi organizmlar orasidan fototroflarni ajrating. 1) chetan; 2) nitrifikatorlar; 3) kallima; 4) repishka; 5) arixo’r; 6) kalina; 7) qizilquyruq; 8) termit A) 3, 5, 7, 8 B) 3, 6 C) 1, 2, 5, 7 D) 1, 6 18 / 30 Patsimon barg (a) va gul urug chisining tumshuqchasi patsimon (b) tuzilishga ega bo'lgan o'simliklar guruhini belgilang. 1) yeryong'oq; 2) shoyi akatsiya; 3) sholi; 4) oqjo'xori; 5) achambiti; 6) sachratqi; 7) totem. A) a-1,5,7; b-3,4 B) a-1,2; b-3,4,6 C) a-2,7; b-3,4 D) a-1,2,5; b-3,4,6 19 / 30 1 ta aminokislotani 3 ta nukleotid kodlaydi. Har bir nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ga tengdir. Uzunligi 316,2 nm bo’lgan gen asosida hosil bo’lgan oqsil tarkibida nechta aminokislota va genda nechta nukleotid bo’ladi? A) 310; 465 B) 310; 930 C) 465; 930 D) 930; 310 20 / 30 DNK molekulasida 396 ta A, 386 ta G bor. i-RNK DNK ning 1-ipidan sintezlandi va uning tarkibida 190 ta S borligi aniqlandi. DNK ning 2-ipida nechta G joylashgan? A) 198 B) 380 C) 196 D) 200 21 / 30 Sinflar uchun tegishli ma’lumotlarni juftlab ko'rsating. a) qushlar; b) sudralib yuruvchilar; c) qisqichbaqasimonlar; d) suvda hamda quruqlikda yashovchilar; e) sutemizuvchilar; 1) haqiqiy quruqlik hayvonlari; 2) dastlabki quruqlikda yashashga o'tgan hayvonlar; 3) birlamchi suv hayvonlari; 4) dastlabki issiqqonli hayvonlar. A) a-4; b-1; c-3; d-2 B) a-1; b-2; c-4; d-3 C) a-4; b-2; c-3; e-4 D) a-2; b-3; c-1; d-4 22 / 30 Tikandum qaysi turkumga mansub? A) tog’aylilar B) suyaklilar C) skat D) bakra 23 / 30 Yashil bronza qo'ng'izining jinsiy sistemasini aniqlang A) urg'ochisida 1 ta tuxumdon, erkagiga ko'p urug'donlar B) germofrodit, ko'p sonli tuxumdon va urug'donlar C) urg'ochi va erkagida bir juftdan tuxumdonlar va urug'donlar D) urg'ochisida ko'p tuxumdon, erkagiga ko'p urug'donlar 24 / 30 Lansetnik embrionidagi blastomerlar 8 taga yetishi uchun hujayralar necha marta meridianal va ekvatorial bo’linishi kerak? A) 4 va 2 B) 4 va 3 C) 5 va 3 D) 2 va 1 25 / 30 Yalqovga tegishli ma’lumotlami aniqlang. 1) hasharotxo'rlar turkumiga mansub; 2) oz tishlilar turkumi vakili; 3) suvda ham, quruqlikda ham uchraydi; 4) sutemizuvchi hayvon; 5) Paleoarktik viloyatda ko'proq uchraydi; 6) Neotropik viloyatda tarqalgan. A) 2,3,4,6 B) 1,3,4 C) 2,3,4,5 D) 2,4,6 26 / 30 Odamlarda terisining rangi ikki xil gen bilan belgilanadi. AABB genotipli odamlaming terisi qora, aabb genotipli odamlarniki oq bo'ladi. Genotipda uchta dominant gen bo'Isa qoramtir, 2 ta bo'lsa oraliq, 1 ta bo’Isa oqish bo’ladi. Terisi oraliq rangdagi digeterozigota ayol va erkak turmushidan tug’ilishi mumkin bo'lgan terisi oraliq rangli farzandlarning necha foizi genotip jihatdan ota-onaga o'xshash bo'ladi? A) 6,25 B) 66,7 C) 37,5 D) 25 27 / 30 Amilaza fermentiga tegishli ma’lumotlami aniqlang. 1) fotosintezda asosiy hosil bo'ladigan modda; 2) unayotgan donlar tarkibida ko'p uchraydi; 3) o'simlik hujayrasida plazmolizni ta'minlaydi; 4) bargni rangsizlantirishda ishlatiladi; 5) moyli o’simliklarda ko'p uchraydi; 6) odam so'lagida ko'p bo'ladi; 7) kraxmalni shakargacha parchalaydi; 8) kraxmalga ta'sir ettirilganda eritma yod ta'sirida ko’k rangga kirmaydi. A) 2,6,7,8 B) 4,6,7,8 C) 1,2,3 D) 1,2,3,5,7 28 / 30 Nazariyalarni ularni kashf etgan olimlar bilan juftlab ko'rsating. 1) mutatsion nazariya; 2) halokatlar nazariyasi; 3) filoembriogenez; 4) hayotning biokimyoviy evolutsiya nazariyasi; a) A.I.Oparin; b) J.Kuvye; c) G.De Friz; d) A.N.Seversov; e) Y.Xoldeyn. A) 1-a; 2-b; 3-d; 4-c B) 1-b, c; 2-a; 3-a; 4-e C) 1-a, e; 2-c; 3-b; 4-d D) 1-c; 2-b; 3-d; 4-a, e 29 / 30 Qorako'l qo'ylarning uzunquloqli bo'lishi to'liqsiz dominant holda nasldan naslga o'tadi. Tajribada geterozigotali organizmlar bir necha marta chatishtirilib, 28 ta nasl olindi. Olingan qo'zichoqlaming 25% i kalta quloqli bo'lgan. Avlodlardan nechtasining quloq uzunligi o'rtacha bo'lishini aniqlang. A) 7 B) 14 C) 21 D) 28 30 / 30 Odamlarda kichik jag’ tishlarining bo’Imasligi dominant belgi sifatida nasldan-naslga o'ladi. Ona shu belgi bo’yicha sog'lom, ota esa geterozigotali bo’Igan oilada farzandlarning shu anomaliya bo'yicha tug’ilish ehtimoli qanday bo'ladi? A) 75 % sog'lom; 25 % kasal B) 100 % sog’lom C) 50 % sog’lom; 50 % kasal D) 25 % sog'lom; 75 % kasal Sizning ballingiz 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni To'g'ri javob uchun 3,1 ball. Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz