Uy » Abituriyent » Tarix abituriyent » Tarix abituriyent testi №1 Tarix abituriyent Tarix abituriyent testi №1 InfoMaster Aprel 5, 2022 241 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster Tarix abituriyentlar uchun №1 1 / 30 Buxoro amirligidagi marza bu-… A) bir necha ariq va kanal orqali sug’oriladigan yuz ming tanob yer. B) 400 tanob yerga ega qishloq hududi. C) bitta katta ariq bilan sug’oriladigan ellik ming tanob yer. D) 300 tanob va undan kam yer bo’lgan hudud. 2 / 30 O‘z nutqlaridan birida: “Men Amerika xalqiga yangi kurs va’da qilaman”,-degan AQSH prezidentini aniqlang. A) V.Vilson B) U.Garding C) G.Guver D) F.Ruzvelt 3 / 30 Jaloliddin Manguberdining ukasi G`iyosiddinga tegishli hududlar to`g`ri ko`rsatilgan javob variantini aniqlang. 1) Kirmon; 2) Bog`dod; 3) Sheroz; 4) Isfahon; 5) Fors; 6) Tabriston; 7) Damashq; 8) Misr A) 1, 7, 8 B) 6, 7, 8 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4 4 / 30 AQSH prezidenti J.Bush Eronni “yovuzlik tayanchi” mamlakatlari qatoriga qo‘shib, terrorizmni moliyalashtirishda ayblagan yilda bo‘lgan voqealarni belgilang. 1) Homid Karzay Afg‘o niston prezidenti etib saylandi; 2) Yevroittifoqqa Latviya, Litva, Estoniya qabul qilindi; 3) R.Erdo‘g‘on Turkiya bosh vaziri lavozimini egalladi; 4) Yevro joriy qilindi; 5) Afg‘onistonning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi; 6) Turkiyada adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) parlament saylovlarida g‘alaba qozondi; 7) AQSH va Buyuk Britaniya qo‘shinlari Bag‘dodga bostirib kirdi. A) 2, 4, 6, 7 B) 1, 3, 5, 7 C) 1, 3, 5, 6 D) 1, 2, 4, 6 5 / 30 Ispaniya va Portugaliyada parlament qanday nomlanadi? A) Kongress B) Seym C) Kortes D) Bundestag 6 / 30 Angliya va Fransiyaning qaysi bosh vazirlari Myunxenda o‘z imzolari bilan gitlercha hukmronlikni tasdiqlagan? (1938-yil 30-sentabr) A) G.Dumerg, S.Bolduin B) A.Lebren, R.Makdonald C) E.Daladye, N.Chemberlen D) A.Milyeran, U.Cherchill 7 / 30 Ushubu rasmda ko’rsatilag hukmdor qaysi davlat asoschisi? A) Maurya davlati B) Usmonliylar davlati C) Arab xalifaligi D) Chjou davlati 8 / 30 1995-yili FATX bilan Isroil o‘rtasida muvaqqat kelishuvga binoan FATX ixtiyoriga o’tqazilgan hududni aniqlang. A) Iordan daryosining sharqiy sohilidagi ko‘plab shahar va qishloqlar B) Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi ko‘plab shahar va qishloqlar C) G‘azo sektori va Iordan daryosining G‘arbiy sohili D) Iordan daryosining janubiy sohilidagi ko‘plab shahar va qishloqlar 9 / 30 Musiqachi va qo‘shiqchi Ziryab qaysi asrda yashagan? A) XI asrda B) VIII asrda C) IX asrda D) X asrda 10 / 30 Rasimda berilgan tarixiy yodgorlik barpo etilgan asrda quyida berilgan voqealarni nechtasi yuz berganligini aniqlang? 1) O’rta osiyoda yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va suvdan iborat katta-katta mulklar in’om qilina boshlaydi; 2) Xonbandi suv ombori barpo etildi; 3) binokorlikda sinchkori imoratlar keng tarqaladi; 4) qarluqlarning kattagina qismi musulmon bo‘lgan; 5) qarluqlar Movarounnahrning shimoliy hududlarini egalladi 6) o‘g‘uzlar Islom dinini qabul qiladilar. A) 6 tasi B) 5 tasi C) 4 tasi D) 3 tasi 11 / 30 Rossiya 1620-yildan 1675-yillar oraligi’ida xonliklarga necha marotaba elchi yuborganligini aniqlang. A) 6 marta B) 4 marta C) 7 marta D) 2 marta 12 / 30 “yapon iqtisodiy mo‘jizasi” deb nom olgan davrni belgilang. A) 1980 – 1990-yillarda B) 1950 – 1960-yillarda C) 1970 – 1980-yillarda D) 1950 – 1970-yillarda 13 / 30 Jaloliddin Manguberdi hukmronlik qilgan yillar oralig`ida jahon tarixida bo`lib o`tgan voqealarni toping. 1) mo‘g‘ullar rus yerlariga bostirib kirdi; 2) Botuxon Sharqiy Yevropada istilochilik urushlarini boshladi; 3) Chingizxon zabt etilgan hududlarni o‘z o‘g‘illariga bo`lib berdi; 4) Shamsiddin Eltutmish hukmronligi tugadi; 5) papa Grigoriy IX papalik taxtiga chiqdi; 6) Mali hukumdori Sundiata Keyt hukmronligi boshlandi. A) 1, 3, 5, 6 B) 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 5, 6 D) 1, 4, 6 14 / 30 Amir Haydar qaysi hududni saqlab qolish uchun Qo’qon xonligiga qarshi kurash olib borishga to’g’ri kelgan edi? A) Miyonqol B) Shaxrisabz C) Marv D) O’ratepa 15 / 30 Xaritada berilgan nuqtalarda joylashgan Mesopotamiya shaharlarni aniqlang. 1) Tir; 2) Umma; 3) Kish; 4) Sidon; 5) Lagash; 6) Uruk; 7) Bibil; 8) Ur; 9) Sippar A) 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1, 3, 4, 5, 6, 7 C) 2, 3, 5, 6, 8, 9 D) 1, 3, 5, 6, 8, 9 16 / 30 XVII asr turk me’mrchiligining ajoyib namunalarini aniqlang. A) Istambuldagi Qohriya masjidi B) To’pqopi saroyidagi Bag’dod va Ravon ko’shki C) shoh va shayx Lutfillo masjidi D) Ali Kapa va Chexel Sotun 17 / 30 Quyidagi Lotin Amerika davlatlaridan qaysilari 2008-yildan G-20 «Katta yigirmalik» obro‘li klubiga a’zo bo`lgan edi? 1) Braziliya; 2) Boliviya; 3) Meksika 4) Argentina 5) Venesuela; 6) Chili A) 2, 3, 4 B) 4, 5, 6 C) 1, 2, 4 D) 1, 3, 4 18 / 30 BRIKS tashkilotini tashkil qiluvchi davlatlarni aniqlang. 1) Braziliya; 2) Xitoy, 3) Italiya; 4) Hindiston,5) Janubiy Afrika Respublikasi; 6) Koreya 7) Rossiya A) 1, 2, 4, 5, 6 B) 1, 2, 4, 5, 7 C) 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 5, 7 19 / 30 1220-yil dekabrda… A) Muhammad Xorazmshoh vafot etdi. B) mo‘g‘ullar tomonidan Buxoro egallanib, talon-toroj etiladi. C) mo‘g‘ullar Movarounnahrning eng mashhur va yirik shahri bo‘lgan Samarqand tomon yo‘l oladi. D) Muhammad Xorazmshoh Nishopurga keladi. 20 / 30 Pokistonda 2013-yilgi saylovlardan so`ng bosh vazir lavozimini egallagan shaxsni aniqlang. A) G`ulom Is`hoqxon B) Muhammad Navoz Sharif C) P.Musharraf D) B.Bxutto 21 / 30 Quyida berilgan voqealarning orasida IX asrda yashagan Ziryab faoliyati bilan bog`liq. 1) murakkab jarrohlik asboblari va og`riqni bosadigan dori-darmonlar vositasida jarrohlik muolajalarini o‘tkazgan; 2) mavsumga qarab kiyinishni joriy etgan; 3) xattotlik san’atining yuksalishiga kata hissa qo‘shgan; 4) yupqa shisha idish oltin va kumush idishga nisbatan qulay va nafis ekanligini isbotlagan; 5) tantanalarda dasturxonga taom tortishning qat’iy tartibini belgilab bergan; 6) rassomchilikda ayniqsa devoriy rasmlar chizish sohasini rivojlantirgan. A) 1, 2, 6 B) 3, 6 C) 2, 4, 5 D) 2, 3, 6 22 / 30 XVIII asrda Moskvada tashkil topgan maktablarni aniqlang. 1) matematika; 2) fzika; 3) navigatsiya fanlarii maktabi; 4) artilleriya; 5) meditsina maktabi; A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 2, 4, 5 D) 2, 3, 4, 5 23 / 30 Jaloliddin Manguberdi necha yil davomida mo`g`ullarni O`rta Sharq va Sharqiy Yevropaga qo`ymadi? A) 9 yil davomida B) 3 yil davomida C) 7 yil davomida D) 11 yil davomida 24 / 30 Amir Temur davlatida har bir yomda qancha ot-ulov tutilgan. A) 50-200 boshdan B) 200-220 boshdan C) 150-200 boshdan D) 100-200 boshdan 25 / 30 1994-yil Meksikada ijtimoiy-iqtisodiy ahvol og`irlashgan vaqtda mamlakat kapitali qaysi davlatga ommaviy ravishda ko`cha boshlagan edi. A) AQSHga B) Italiyaga C) Fransiyaga D) Germaniyaga 26 / 30 Qoriya bu… A) bir necha ariq va kanal orqali sug’oriladigan yuz ming tanob yer. B) yigirma besh ming tanob yer. C) 400 tanob yerga ega qishloq. D) bitta katta ariq bilan sug’oriladigan ellik ming tanob yer. 27 / 30 Brest-Litovskiy shartnomasiga ko‘ra Rossiya…. 1) Rossiya 5 mln. kishi yashaydigan juda kata hududidan ayrildi; 2) Qora dengiz flotidan ayrildi; 3) Germaniyaga katta kontributsiya to‘lash majburiyatini oldi; 4) Rossiya 15 mln. kishi yashaydigan juda katta hududidan ayrildi A) 2, 3, 4 B) 1, 4 C) 2, 4 D) 1, 2, 3 28 / 30 1920-yillar boshida Buyuk Britaniya siyosiy tizimida ikkinchi partiya sifatida o‘rnashib olgan partiyani belgilang. A) leyboristlar B) liberallar C) sotsialistlar D) konservatorlar 29 / 30 XX asr oxiriga kelib Lotin Amerikasi mintaqasida mustaqil davlatlar mavjud edi. A) 12 ta B) 34 ta C) 27 ta D) 15 ta 30 / 30 1936-1939-yillari Germaniya iqtisodiyoti to‘liq urush maqsadlariga bo‘ysundirildi, harbiy xarajatlar…..oshirildi, qo‘shinlar soni….. darajasiga yetkazildi, …..isloh qilindi. A) 4 barobar/ 1914-yil/ harbiy-dengiz floti B) 2 barobar/ 1918-yil/ harbiy-dengiz floti C) 10 barobar/ 1914-yil/ harbiy-dengiz floti D) 20 barobar/ 1918-yil/ harbiy-dengiz floti 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni To'g'ri javob uchun 3,1 ball. Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz