Uy » Abituriyent » Biologiya abituriyent » Biologiya abituriyent testi №1 Biologiya abituriyent Biologiya abituriyent testi №1 InfoMaster Aprel 5, 2022 732 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Vaqtingiz tugadi! Biologiya abituriyentlar uchun №1 1 / 30 Quyidagi organizmlar orasidan fototroflarni ajrating. 1) chetan; 2) nitrifikatorlar; 3) kallima; 4) repishka; 5) arixo’r; 6) kalina; 7) qizilquyruq; 8) termit A) 1, 2, 5, 7 B) 1, 6 C) 3, 5, 7, 8 D) 3, 6 2 / 30 Tikandum qaysi turkumga mansub? A) skat B) suyaklilar C) tog’aylilar D) bakra 3 / 30 Albinizm kasalligi retsessiv autosoma kasalligi, daltonizm retsessiv jinsga birikkan holda irsiylanadi. I qon guruhi I0 I0 va II qon guruhi IA IA, IA I0 holda ifodalanadi. I qon guruhli daltonizm va albinizm bo'yicha sog'lom gomozigotali ayol daltonik bo'Imagan va qolgan ikki belgi bo'yicha geterozigotali II qon guruhli yigitga turmushga chiqdi. Ushbu oilada tug'ilgan farzandlar necha foizining qon guruhi I va II bo'lishi ehtimolini mos ravishda toping A) 50, 25 B) 25, 50 C) 0, 100 D) 50, 50 4 / 30 Zirhlilarga tegishli ma’lumotlami aniqlang. 1) hasharotxo'rlar turkumiga mansub; 2) oz tishlilar turkumi vakili; 3) suvda ham, quruqlikda ham uchraydi; 4) sutemizuvchi hayvon; 5) Paleoarktik viloyatda ko'proq uchraydi; 6) Neotropik viloyatda tarqalgan. A) 6,2,4, B) 2,3,4,5 C) 2,3,4,6 D) 1,3,4 5 / 30 Maxsar o’simligiga xos xususiyatlarni aniqlang. 1) ziradoshlar oilasiga mansub; 2) qoqio’tdoshlar oilasiga mansub 3) gultojisi naysimon; 4) gultojisi tilsimon; 5) ziravor o simlik; 6) moyli o simlik A) 2,4,6 B) 2,3,5 C) 1,4,6 D) 1,3,5 6 / 30 Yashil bronza qo'ng'izining jinsiy sistemasini aniqlang A) germofrodit, ko'p sonli tuxumdon va urug'donlar B) urg'ochisida 1 ta tuxumdon, erkagiga ko'p urug'donlar C) urg'ochi va erkagida bir juftdan tuxumdonlar va urug'donlar D) urg'ochisida ko'p tuxumdon, erkagiga ko'p urug'donlar 7 / 30 Qorako'l qo'ylarning uzunquloqli bo'lishi to'liqsiz dominant holda nasldan naslga o'tadi. Tajribada geterozigotali organizmlar bir necha marta chatishtirilib, 28 ta nasl olindi. Olingan qo'zichoqlaming 25% i kalta quloqli bo'lgan. Avloddagi uzun quloqli qo'ylar sonini va foizini aniqlang. A) 14 ta; 50 B) 7 ta; 25 C) 28 ta; 100 D) 21 ta; 75 8 / 30 Lansetnik embrionidagi blastomerlar 128 taga yetishi uchun hujayralar necha marta meridianal va ekvatorial bo’linishi kerak? A) 4 va 3 B) 5 va 3 C) 2 va 1 D) 4 va 2 9 / 30 Quyidagi qaysi oila o'simliklari orasida ikki yillik hayotiy shaklga ega vakillari uchramaydi? A) sho’radoshlar, burchoqdoshlar B) karamdoshlar, ziradoshlar C) burchoqdoshlar, ziradoshlar D) ra'nodoshlar, tokdoshlar 10 / 30 Karrak (a) va kovrak (b) uchun xos xususiyatlarni ajrating. 1) gullari voronkasimon; 2) bargi uzun; 3) o'simlikning balandligi 2 metr; 4) gultojibarglari qo'shilmagan; 5) gultojibarglari qo'shilgan, 6) kakra turkumiga kiradi; 7) tojibarglari tilsimon A) a-5,7; b-3,5,6 B) a-1,7; b-2,4,6 C) a-5,7; b-2,3,4 D) a-1,7; b-2,3,5 11 / 30 Noto'g'ri fikrni aniqlang. A) Bankiv - tovuqning yovvoyi turi. B) Tovus kaptar shamolga qarshi ucha olmaydi. C) Umrboqi, aravakash, bargi, buvaki, daroyi qovun navlaridir D) Biosintetik reaksiyalar har bir individga xos xususiyat asosida farqlanadi. 12 / 30 Quyidagilar orasidan tikanli o’simliklarni ajrating. 1) burchoq; 2) zirk; 3) no’xat; 4) do'lana; 5) yovvoyi sabzi; 6) oq akatsiya; 7) na’matak; 8) malina A) 1,3,5 B) 1,2,4,6 C) 2,4,6,7,8 D) 3,4,7,8 13 / 30 DNK molekulasida 1234 ta T bor. A nukleotidi umumiy nukleotidlarning 25 % tashkil etadi. DNK molekulasida jami nechta nukleotid bor A) 4938 B) 3936 C) 4936 D) 6349 14 / 30 Ituzumdoshlar (I) va bug'doydoshlar (II) oilasiga mansub o simliklarning kelib chiqish markazi bilan juftlang. 1) tamaki; 2) makkajo’xori; 3) soya; 4) beda; 5) arpa; 6) loviva; 7) qalampir; 8) kartoshka; 9) bug'doy; 10) sholi; a) Janubiy Osiyo tropik markazi; b) Sharqiy Osiyo; c) Janubig'arbiy Osiyo; d) O’rta Yer dengizi; e) Abissiniya; f) Markaziy Amerika; g) Janubiy Amerika A) I-6-c, 7-a; II-7- a, 8-e, 9-g B) I-3 -c, 4-b, 5-a; II-5-a, 7-e, 10-f C) I-2-f, 5-e; II-3-g, 4-c, 5-a D) I-1 -g, 7-f, 8-g; II-2-f, 5-e, 9-c, 10-a 15 / 30 Shaftoli mevasining tuklar bilan qoplanganligi (B) silliqligi (b) ustidan, meva eti oq rangda (C) bo’lishi sariqligi (c) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada ikkala belgi bo'yicha geterozigotali o’simlik bilan tukli oq mevali o’simlik chatishtirilgan. Avlodda olingan 96 ta o’simlikdan 75% i ning mevasi tukli va rangi oq, 25% i ning mevasi tukli va rangi sariq bo’lgan. Olingan o’simliklardan nechtasi gomozigotali dominant bo'ladi? A) 12 ta B) 48 ta C) 24 ta D) 72 ta 16 / 30 Qo'g'a o simligi uchun xos xususiyatlarni aniqlang 1) mevasi qanotchali suv yordamida tarqaladi; 2) mevasi shamol yordamida tarqaladi; 3) kserofit o’simlik; 4) hayotiy shakli o‘t; 5) to’qaylarda tarqalgan; 6) namsevar o simlik A) 1,3,6 B) 2,4,5,6 C) 1,4,5,6 D) 1,3 17 / 30 Ko‘zi ko’k (a), chapaqay (b) erkak ko'zi qo'ng'irrang o'naqay ayol bilan turmush qurdi. Oilada tug'ilgan 4 farzanddan bittasi otasiga o’xshash bo’lsa, ota-ona genotipini aniqlang. A) aaBb x AaBb B) aabb x AaBb C) AaBb x AaBB D) Aabb x AaBB 18 / 30 DNK molekulasida 4836 ta A va 8423 ta G bor. Ushbu molekulani uzunligi va H bog’lar sonini aniqlang. A) 34941 A; 2843 B) 45980 A; 8672 C) 13259 A; 45080 D) 45080,6 A; 34941 19 / 30 Otlar junining rangini ikkita allel bo’Imagan genlar nazorat qiladi. Genotipdagi dominant B geni qora rangli, b geni esa malla rangli jun hosil bo’lishiga sabab bo'ladi. I geni esa B va b genlar funksiyasini pasaytirib, rangning kulrang tusda bo’lishiga olib keladi. Fermer xo'jaligida bir necha yil davomida digeterozigotali otlarni chatishtirish natijasida olingan nasl orasida necha foiz organizm kulrang tusda bo'lishi ehtimolini aniqlang. A) 25 B) 50 C) 75 D) 100 20 / 30 Quyidagi qaysi ta'rifda simbioz gipotezasiga mos dalil keltirilgan? A) biomolekulalar yadro va sitoplazmada turlicha bo'lishi B) xloroplast, mitoxondriya, yadro qo’sh membranali ekanligi C) yadro va sitoplazmaning plastik jarayonlari o'xshashligi D) mitoxondriya va xloroplastlarda DNK va RNK mavjudligi 21 / 30 Quyidagi hayvonlami tana qoplami bilan juftlab belgilang. a) jayra; b) yexidna; c) gekkon; d) muflon; 1) jun; 2) uzun ninalar; 3) uzun qillar; 4) muguz tangachalar; 5) suyak tangachalar; 6) tivit. A) a-2, b-4, c-5, d-3 B) a-3, b-6, c-3, d-4 C) a-2, b-3, c-4, d-1 D) a-3, b-4, c-5, d-1 22 / 30 Otlar junining rangini ikkita allel bo’Imagan genlar nazorat qiladi. Genotipdagi dominant B geni qora rangli, b geni esa malla rangli jun hosil bo’lishiga sabab bo'ladi. I geni esa B va b genlar funksiyasini pasaytirib, rangning kulrang tusda bo’lishiga olib keladi. Fermer xo'jaligida bir necha yil davomida digeterozigotali otlarni chatishtirish natijasida olingan nasl orasida fenotip bo'yicha ota-onaga o'xshamagan organizmlar necha foizni tashkil qiladi? A) 25 B) 75 C) 100 D) 50 23 / 30 Patsimon barg (a) va gul urug chisining tumshuqchasi patsimon (b) tuzilishga ega bo'lgan o'simliklar guruhini belgilang. 1) yeryong'oq; 2) shoyi akatsiya; 3) sholi; 4) oqjo'xori; 5) achambiti; 6) sachratqi; 7) totem. A) a-2,7; b-3,4 B) a-1,5,7; b-3,4 C) a-1,2; b-3,4,6 D) a-1,2,5; b-3,4,6 24 / 30 DNK molekulasida 620 juft adenin bor. Guanin umumiy nukleoidlarni 30% ini tashkil etadi. Shu DNK molekulasini uzunligi (A°) toping. (qo’shni nukleotidlar orasidagi masofa 3,4 A°. A) 10540 B) 1640 C) 1540 D) 15400 25 / 30 Amilaza fermentiga tegishli ma’lumotlami aniqlang. 1) fotosintezda asosiy hosil bo'ladigan modda; 2) unayotgan donlar tarkibida ko'p uchraydi; 3) o'simlik hujayrasida plazmolizni ta'minlaydi; 4) bargni rangsizlantirishda ishlatiladi; 5) moyli o’simliklarda ko'p uchraydi; 6) odam so'lagida ko'p bo'ladi; 7) kraxmalni shakargacha parchalaydi; 8) kraxmalga ta'sir ettirilganda eritma yod ta'sirida ko’k rangga kirmaydi. A) 4,6,7,8 B) 2,6,7,8 C) 1,2,3 D) 1,2,3,5,7 26 / 30 Hujayra mitoxondriyasi uchun xos bo’lgan xususiyatlarni ko’rsating. 1) bo'linish yo'li bilan ko’payadi, 2) turli to’qima hujayralarida soni doimiy emas; 3) faqat ko'p hujayrali organizmlarda uchraydi, 4) ichki membranasi burmali; 5) Go’lji majmuasidan hosil bo’ladi, 6) silliq membranalari krista deyiladi A) 1,2,4 B) 1,4,6 C) 3,5,6 D) 1,2,6 27 / 30 Sutemizuvchilaming oz tishlilar (I) va hasharotxo'rlar (II) turkumi vakillarini juftlab ko'rsating. 1) chumolixo'r; 2) yerqazar; 3) yalqov; 4) sakrovchi; 5) zirxlilar; 6) tipratikan; 7) kutora; 8) vixuxol A) I-3, 6, 8; II-1, 2, 4, 5, 7 B) I-3, 6, 8; II-1, 2, 4, 5, 7 C) I-1, 3, 5; II-2, 4, 6, 7, 8 D) I-2, 4, 6, 7, 8; II-1, 3, 5 28 / 30 Odamlarda terisining rangi ikki xil gen bilan belgilanadi. AABB genotipli odamlaming terisi qora, aabb genotipli odamlarniki oq bo'ladi. Genotipda uchta dominant gen bo'Isa qoramtir, 2 ta bo'lsa oraliq, 1 ta bo’Isa oqish bo’ladi. Terisi oraliq rangdagi digeterozigota ayol va erkak turmushidan turmushidan terisi oq rangli farzandlar tug'ilish ehtimoli necha foiz bo'ladi? A) 25 B) 66,7 C) 37,5 D) 6,25 29 / 30 Shaftoli mevasining tuklar bilan qoplanganligi (B) silliqligi (b) ustidan, meva eti oq rangda (C) bo’lishi sariqligi (c) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada ikkala belgi bo'yicha geterozigotali o’simlik bilan tukli oq mevali o’simlik chatishtirilgan. Avlodda olingan 96 ta o’simlikdan 75% i ning mevasi tukli va rangi oq, 25% i ning mevasi tukli va rangi sariq bo’lgan. Olingan o’simliklardan nechtasi bitta belgi bo'yicha geterozigotali bo'ladi? A) 24 ta B) 72 ta C) 12 ta D) 48 ta 30 / 30 UUAGSSGAU ushbu RNK dan teskari transkriptaza vositasida sintezlangan DNK da nechta H bog’lar bor A) 44 B) 22 C) 12 D) 1012 Sizning ballingiz 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni To'g'ri javob uchun 3,1 ball. Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz