Biologiya abituriyent testi №1

3

Biologiya abituriyentlar uchun №1

1 / 30

Interferon oqsilining og'irligi 38640 D bo’lsa, uni hosil qilgan tripletlar sonini aniqlang. (bitta aminokislotaning og’irligi 120 D deb olinsin)

2 / 30

DNK molekulasining birinchi ipida umumiy nukleotidlarni 4,5 foizini tashkil etuvchi G joylashgan bo’lib, qolgan G ikkinchi ipda joylashgan. Ikkinchi ipda yana 162 ta sitozin bor. Shu DNK molekulasining bir ipidan sintezlangan i-RNK ning uzunligi necha nm.

3 / 30

Jigar bezi rivojlanmagan organizmlami aniqlang.

4 / 30

Lansetnik embrionidagi blastomerlar 64 taga yetishi uchun hujayralar necha marta meridianal va ekvatorial bo’linishi kerak?

5 / 30

DNK molekulasida 28450 H bog’i bor. Undagi A umumiy nukleotidlarni 25 % ini tashkil etadi. Ushbu molekulada nechta S bor ?

6 / 30

Halokatlar nazariyasi muallifi kim?

7 / 30

DNK molekulasida 4836 ta A va 8423 ta G bor. Ushbu molekulani uzunligi va H bog’lar sonini aniqlang.

8 / 30

DNK molekulasida 396 ta A, 386 ta G bor. i-RNK DNK ning 1-ipidan sintezlandi va uning tarkibida 190 ta S borligi aniqlandi. DNK ning 2-ipida nechta G joylashgan?

9 / 30

Yashil bronza qo'ng'izining jinsiy sistemasini aniqlang

10 / 30

Vixuxolga tegishli ma’lumotlami aniqlang.  1) hasharotxo'rlar turkumiga mansub; 2) oz tishlilar turkumi vakili; 3) suvda ham, quruqlikda ham uchraydi;  4) sutemizuvchi hayvon; 5) Paleoarktik viloyatda ko'proq uchraydi; 6) Neotropik viloyatda tarqalgan

11 / 30

DNK molekulasida 1234 ta T bor. A nukleotidi umumiy nukleotidlarning 25 % tashkil etadi. DNK molekulasida jami nechta nukleotid bor

12 / 30

Yalqovga tegishli ma’lumotlami aniqlang.  1) hasharotxo'rlar turkumiga mansub; 2) oz tishlilar turkumi vakili; 3) suvda ham, quruqlikda ham uchraydi; 4) sutemizuvchi hayvon; 5) Paleoarktik viloyatda ko'proq uchraydi; 6) Neotropik viloyatda tarqalgan.

13 / 30

Patsimon barg (a) va gul urug chisining tumshuqchasi patsimon (b) tuzilishga ega bo'lgan o'simliklar guruhini belgilang.  1) yeryong'oq; 2) shoyi akatsiya; 3) sholi; 4) oqjo'xori; 5) achambiti; 6) sachratqi; 7) totem.

14 / 30

Nechta aminokislotaning genetik kodi faqat bitta?

15 / 30

DNK 1 ipida 90 A bor. Shu DNK fragmentidan sintezlangan i-RNK dagi G lar soni DNK dagi A lar sonidan 17 marta ko’p. i-RNK dagi A lar soni umumiy nukleotidlarni 17 % ini tashkil etadi. RNK dagi S lar soni U lar sonidan 3 marta ko’p. DNK ning uzunligini (nm) toping

16 / 30

Quyidagi qaysi ta'rifda simbioz gipotezasiga mos dalil keltirilgan?

17 / 30

Alqor o'simligiga xos xususiyatlarni aniqlang      1) ziradoshlar oilasiga mansub; 2) qoqio'tdoshlar oilasiga mansub; 3) gultojisi erkin; 4) gultojisi tilsimon; 5) ziravor o’simlik; 6) moyli o’simlik

18 / 30

Kiyiko’t o’simligiga tegishli ma’lumotlar keltirilgan javobni aniqlang.

19 / 30

Ayirish sistemasi organlari quyidagi hayvonlar tanasining qaysi qismida joylashganligini aniqlang.  a) lansetnik; b) qisqichbaqa; c) it; d) yashil bronza qo'ng’izi; 1) halqum bo'ylab; 2) bel umurtqasining ikki yonida; 3) boshko’krak qismida; 4) qorin bo'shlig'ida.

20 / 30

Nazariyalarni ularni kashf etgan olimlar bilan juftlab ko'rsating.  1) mutatsion nazariya; 2) halokatlar nazariyasi; 3) filoembriogenez; 4) hayotning biokimyoviy evolutsiya nazariyasi; a) A.I.Oparin; b) J.Kuvye; c) G.De Friz; d) A.N.Seversov; e) Y.Xoldeyn.

21 / 30

Tadqiqotlarni ularni kashf etgan olimlar bilan juftlab ko'rsating.  1) gametalar sofligi nazariyasining sitologik isboti 2) drozofila melanogaster belgilarining irsiylanishini o'rganish; 3) transformatsiya jarayoni; 4) transformatsiya hodisasining DNK ga bog'liqligi o’rganish a) Boveri va Setton; b) T.Morgan; c) O.Everi; d) Griffit.

22 / 30

Lolasimonlarga mansub o'simliklarni aniqlang.

23 / 30

Odamlarda qoshning sertuk bo’lishi, yuqori qovoqning osilgan bo’lishi, burunning katta bo’lishi dominant belgi hisoblanadi. Agar qoshi sertuk, qovog’i normada, burni katta, genotip bo'yicha gomozigota erkak siyrak qoshli, qovog'i osilgan va burni kichik gomozigotali ayolga uylansa, ularning farzandlari orasida retsessiv belgili farzand tug’ilish ehtimoli necha foiz?

24 / 30

Odamlarda kichik jag’ tishlarining bo'Imasligi dominant belgi sifatida nasldan-naslga o’tadi Ona shu belgi bo'yicha sog’lom, ota esa geterozigotali bo’Igan oilada farzandlarning necha foizi genotip jihatdan ona organizmiga o’xshash bo'ladi?

25 / 30

DNK ning 1-zanjirida nukleotidlar GSSATGSGTA ko’rinishida. DNK ning 2-zanjiriga mos RNK nukleotidlarni aniqlang.

26 / 30

Kartoshka tugunagining ko'k-binafsha rangini dominant F geni, pushti rangini dominant G geni namoyon qiladi. Lekin bu genlaming faoliyati dominant H geni bo'lmasa yuzaga chiqmaydi. Genotipda F va G genlari dominant H geni bilan uchrashganda tugunak qizil-binafsha rang bo'ladi, boshqa holatlarda tugunak oq rangda bo'ladi. Quyidagi chatishtirishlaming qaysi birida genotip bo'yicha nisbat 1:1:1:1:1:1:1:1

27 / 30

Maxsar o’simligiga xos xususiyatlarni aniqlang.      1) ziradoshlar oilasiga mansub; 2) qoqio’tdoshlar oilasiga mansub 3) gultojisi naysimon; 4) gultojisi tilsimon;  5) ziravor o simlik; 6) moyli o simlik

28 / 30

Kartoshka tugunagining ko'k-binafsha rangini dominant F geni, pushti rangini dominant G geni namoyon qiladi. Lekin bu genlaming faoliyati dominant H geni bo'lmasa yuzaga chiqmaydi. Genotipda F va G genlari dominant H geni bilan uchrashganda tugunak qizil-binafsha rang bo'ladi, boshqa holatlarda tugunak oq rangda bo'ladi. Tugunagi oq gomozigotali kartoshka qizil-binafsha rangli gomozigota kartoshka bilan chatishtirilgan. Olingan avlodning necha foizi fenotip bo’yicha qizil-binafsha rangli bo’ladi?

29 / 30

Lansetnikka xos bo'lmagan belgilarni aniqlang. 1) nerv naychasi ektodermaning orqa tomonidan hosil bo'ladi;   2) nerv naychasi ektodermaning yon tomonidan hosil bo'ladi; 3) ayirish sistemasi a'zolari mezodermadan hosil bo'ladi;  4) limfa sistemasi a'zolari mezodermadan hosil boladi; 5) gaz almashinuvi jabralarda amalga oshadi; 6) bosh miyasi sodda tuzilgan.

30 / 30

Quyidagi DNK ketma-ketligiga mos bo’lgan RNK ketmaketligini aniqlang. (TTATSGGTAS)

Sizning ballingiz

0%

Baholash mezoni

To'g'ri javob uchun 3,1 ball.

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Iltimos, reklama blokeringizni o’chiring!

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0