Uy » Abituriyent » Ona tili va adabiyot abituriyent » Ona tili va adabiyot abituriyent testi №1 Ona tili va adabiyot abituriyent Ona tili va adabiyot abituriyent testi №1 InfoMaster Aprel 5, 2022 57 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Vaqtingiz tugadi! Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №1 1 / 30 “Olov sochlar” “O`lim yovga” kabi to`plamlar muallifi kim? A) G`afur G`ulom B) Maqsud Shayxzoda C) Zulfiya D) Hamid Olimjon 2 / 30 Qaysi gapda ravishdan yasalgan fe`llar berilgan? A) Izg`irindan ko`zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor g`irchillaydi. B) Mirtursun Xalifaning terakzoriga yaqinlashgach, qadamini sekinlatdi. C) Peshonangiz devorga qarsillab urilganidan keyin esingiz kiradi. D) Shokarim uxladimi, yo`qmi, bilolmadi. 3 / 30 Birikma tarkibidagi tobe so`z turlangan javobni toping. A) yoppasiga ommalashmoq B) g`alabaga intilmoq C) to`satdan kelmoq D) birdaniga yopirilmoq 4 / 30 Narsa otlarining tuzilishi haqida berilgan hukmlarning qaysi biri noto`g`ri? A) Narsa otlari tuzilishiga ko`ra qo`shma bo`lishi mumkin. B) Narsa otlari tuzilishiga ko`ra sodda tub yoki yasama bo`lishi mumkin. C) Barcha hukmlar to`g`ri D) Narsa otlari tuzilishiga ko`ra juft yoki takroriy bo`lishi mumkin. 5 / 30 Maqsad ravishi qo`llangan gapni aniqlang. A) Men sizni olib ketgani keldim. B) Feruza bilan Shahnoza Azizani o`ynatmoqchi bo`lib kelishgan ekan. C) Ovozingizni eshitish umidi bilan ataylab kelgan edim. D) Umringga yuz bahor zamondosh bo`lsin. 6 / 30 Bag`rim yoniq, yuzim qora, ko`nglim siniq, bo`yim bukik, sening ziyoratingga keldim sultonim. Gapda fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so`zlar soni nechta? A) 5 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 7 / 30 Kiritma gaplar haqida to`g`ri ma`lumotlarni aniqlang. 1) kiritma gaplar, asosan, kitobiy uslubga xos; 2) kiritma gaplar, asosan, gap o`rtasida keladi; 3) kiritma gaplar orqali ifodalangan qo`shimcha ma`lumot gapning umumiy mazmuniga bog`liq bo`lmaydi; 4) kiritma gaplar gap tarkibidan tushurib qoldirsa ham, gapning asosiy ma`nosiga ziyon yetmaydi. A) faqat 1 B) 1,2,3,4 C) 1,2,4 D) 1,3,4 8 / 30 Bir g`uncha edingiz yel ham tegmagan, ifor taralardi sizdan muattar. Gapdagi hid bilduruvchi sifat qaysi bo`lakka tobelangan ? A) holga B) to`ldiruvchiga C) egaga D) kesimga 9 / 30 Quyida keltirilgan she`riy parchadagi yasama fe`llar sonini aniqlang. Jahon ichra tole izlab, Xalq nomidan dadil so‘zlab, Obod yurtning taxtin ko‘zlab Asragaymiz biz VATANni, Fido aylab jon-u tanni. A) 3 B) 4 C) 2 D) 5 10 / 30 "Ravshan" dostoni voqealari haqida berilgan to`g`ri hukmni toping. A) Hasanxon Xon Dallini Vayangandan olib qochib kelib, qiriq kun shohona to`ylar berib, o`z rasm-rusmlari bilan oldi B) Hasanxonni Yunus pari tarbiyalab voyaga yetkazdi C) Avazxonga Gulqiz degan barno suluvni kelin qilib tushirib berdilar D) Go`ro`g`li Hasanxonni Xunxordan olib kelib o`ziga o`g`il qildi 11 / 30 Qaysi javobda o`zlik olmoshi ta`kid ma`nosini ifodalash uchun xizmat qilgan gap(lar) to`g`ri ko`rsatilgan? Rostini aytsam, men o`zim ham unchalik yomon bola emasman. O`zi dumaloq, qor kabi oq. Ikromjon xotinini qoldirib, o`zi idora tarafga qarab ketdi. 4. O`zingni er bilsang, o`zgani sher bil. A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2 C) 1 D) 1, 3, 4 12 / 30 Shaxs-son, zamon, bo`lishi-bo`lishsizlik qo`shimchalari qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga qo`shiladi A) Shaxs-son, zamon qo`shimchasi qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga, bo`lishsizlik qo`shimchasi birinchi qismiga qo`shiladi B) Shaxs-son, zamon, bo`lishi-bo`lishsizlik qo`shimchalari qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga qo`shiladi C) Shaxs-son, zamon qo`shimchalari qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga, bo`lishsizlik qo`shimchasi har ikki qismiga qo`shila oladi D) Shaxs-son qo`shimchasi qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga, zamon, bo`lishsizlik qo`shimchasi birinchi qismiga qo`shiladi 13 / 30 Tarkibida o‘zaro shakldosh so‘z yasovchi qo‘shimcha ishtirok etgan bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gapni aniqlang. A) Xalqimiz shuni istaydiki, yurtimiz tinch bo‘lsin, farzandlarimiz o‘kinch nimaligini bilmasin. B) Istagimiz shuki, hayot farovon bo‘lsin, hech kim yomonlik ko‘rmasin. C) Suv ko‘p bo‘lsa, ekinlar yaxshi o‘sadi, dasturxon to‘kin bo‘ladi. D) Sen nimani istasang, nimani so‘rasang, o‘shani muhayyo qilamiz. 14 / 30 Hayot mendan ayamadi ne`matlarini, Ne istasam, berdi doim, hech bir tonmayman. Ushbu parchada qaysi gap bo`laklari kesimga nisbatan o`rnini almashtirgan? A) vositasiz va vositali to`ldiruvchi B) vositasiz to`ldiruvchi va daraja-miqdor holi C) vositasiz to`ldiruvchi va payt holi D) faqat vositasiz to`ldiruvchi 15 / 30 Hozir shu zulm va avvalgi adovat tikanlari o`zining ilk mevasini berdi. Ushbu gapda nechta bitishuv so`z birikmasi mavjud? A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 4 ta 16 / 30 "Ravshan" dostoni voqealari haqida berilgan to`g`ri hukmni toping. A) Avazxonga Gulqiz degan barno suluvni kelin qilib tushirib berdilar B) Hasanxon Xon Dallini Vayangandan olib qochib kelib, qiriq kun shohona to`ylar berib, o`z rasm-rusmlari bilan oldi C) Go`ro`g`li Hasanxonni Xunxordan olib kelib o`ziga o`g`il qildi D) Hasanxonni Yunus pari tarbiyalab voyaga yetkazdi 17 / 30 Quyida berilgan gardagi fe`l yasovchi qo`shimchalar soni qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan? Chollar kulgidan qotib qoldilar, ularning burishgan yuzlari ruhlanib ko`zlarini kulgu namladi A) 2 ta4 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 5 ta 18 / 30 Qaysi qatorda metafora usuli bilan ma`no ko`chgan so`z qatnashgan? A) Alisher Navoiy vafotini eshitib, butun Hirot yig`ladi B) Qalam ushladimmi, demak, o`yin bas… C) Yuragini ezib turgan tuyg`ular biroz chekinganday bo`ldi D) Bu darddan qora boshim oqardi 19 / 30 Nisbat qo`shimchasi vositasida o`timsiz fe’lga aylanishi mumkin bo`lgan o`timli fe’llar berilgan qatorni aniqlang. A) yuvmoq, yayramoq B) qochmoq, yonmoq C) quvnamoq, jilmaymoq D) kiymoq, taramoq 20 / 30 Qaysi javobda quyidagi berilgan gapdagi aniqlovchilar haqida noto`g`ri hukm keltirilgan? Badavlat va baquvvat dushmandan emas, ochko`z va badnafs, ichi qora odamga sherik bo`lib qolishdan qo`rq. Qaysi javobda quyidagi berilgan gapdagi aniqlovchilar haqida noto`g`ri hukm keltirilgan? Badavlat va baquvvat dushmandan emas, ochko`z va badnafs, ichi qora odamga sherik bo`lib qolishdan qo`rq. A) sifatlovchi aniqlovchi uyushib kelgan B) barcha aniqlovchilar sodda yasamadir C) gapda qaratqich aniqlovchi ishtirok etmagan D) aniqlovchi ibora bilan ifodalangan 21 / 30 Quyidagi keltirilgan gapda fonetik o`zgarish asosida yozilgan so`z qanday bo`lak vazifasida kelgan? Ularning uyidagi gullarning-ku son-sanog`i yo`q. A) murakkab ot kesim B) sifatlovchi aniqlovchi C) ega D) qaratqich aniqlovchi 22 / 30 O`quv darsliklarida berilgan qaysi xalq dostonlari Ergash Jumanbulbul o`g`lidan yozib olingan. A) “Alpomish”, “Rustamxon”, “Kuntug`mish” B) “Alpomish”, “Rustamxon” C) “Kuntug`mish”, ”Ravshan” D) “Rustamxon”, “Kuntug`mish”, “Ravshan” 23 / 30 Quyida berilgan gapda qaysi so`zdan oldin tire qo`yiladi? Endi senlar o`qib, oq-qorani taniglar, deydi Xolyor amaki. Hozir dunyo ilmli odamlarniki. A) deydi Xolyor amaki B) taniglar, hozir C) deydi, dunyo D) deydi, hozir 24 / 30 O`zaro sinonim bo`lgan ko`makchilar qatorini ko`rsating. A) so`ng, keyin, nari B) boshqa, tashqari, bo`lak C) faqat, o`zga, boshqa D) buyon, beri, burun 25 / 30 Bosh gap egasi noma`lum gap bo`lgan ergashgan qo`shma gapni aniqlang. A) Odamlar siz bilan odatdagidek gaplashishni xohlamasa aybni o`zingizdan qidiring. B) Odamning shunday do`stlari bo`ladiki, ularning har biri bilan fe’liga qarab gaplashishga to`g`ri keladi. C) Har kishi el uchun tpsa agar ranj, Oqibat muyassar bo`lar unga ganj D) Dushman oz deb g`ofil bo`lmaslik kerak, chunki ko`p o`tinni ozgina o`t kuydiradi. 26 / 30 Haqiqat tikanli gulaga o`xshaydi, shuning uchun ham u hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi. Berilgan qo`shma gapning bosh gap qismidagi yasama so`zning lug`aviy shakl yasovchisi quyidagi qaysi shakil bilan omonimlik hosil qiladi? A) fe’l yasovchi qo`shimcha bilan B) fe’lning ortirma daraja shaklini hosil qiluvchi qo`shimcha bilan C) III shaxs ko`plikni ifodalovchi shaxs-son D) Birlik nisbat shakli bilanq 27 / 30 Qaysi gapdagi juft sifatlar yasama+yasama so`z shaklida tuzilgan? A) Kasbning katta-kichigi bo`lmaydi. B) U yoshligidan ota-onasiz katta bo`lgan. C) U paytda qing`ir-qiyshiq ko`chalar ko`p bo`lgan. D) Menga o`xshash esli-hushli yigitga zoriqib o`tirgan ekan. 28 / 30 Navoiy "Xamsa"ning qaysi qahramonini "bir yilda Qur`oni karimni yod oldi", deydi? A) Shayx San`onni B) Shayx Roziyni C) Farhodni D) Qaysni 29 / 30 O`qituvchilik so`zi haqida to`g`ri hukmni toping. A) tub ot B) narsa oti C) faoliyat jarayon oti D) shaxs oti 30 / 30 Urush - quyon ovi emas. Ushbu gapdagi tirening ishlatilish sababini aniqlang. A) izohlash munosabati bo`lgani uchun B) bu gapda tire ishlatilmaydi, chunki ot kesim tarkibida bog`lama bor C) ega ma`nosi ta`kidlangani uchun D) o`xshatish munosabati ifodalangani uchun 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni To'g'ri javob uchun 3,1 ball. Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 Ona tili va adabiyot abituriyent testi №3
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №2