Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 11-sinf Geografiya olimpiada №3 Geografiya olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 11-sinf Geografiya olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 356 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Geografiya olimpiada №3 2022-yil 16-oktyabr: 2022-2023 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 O‘zbekistonning cho‘l va chalacho‘l mintaqalaridagi o‘rtacha murakkab geotizimlarga nimalarni misol qilish mumkin? A) Deltalarning o‘rta qismlarini B) Yuqori allyuvial terrasalarni C) Konussimon yoyilmalar va daryo deltalarining bosh qismini D) Qirlar, adirlar va platolarni 2 / 30 Namangan vioyatining qaysi tumanlaridagi yaylovlarda qo‘y va echkilar ko‘p boqiladi? A) To‘raqo‘rg‘on va Uychi B) Pop va Chust C) Uchqo‘rg‘on va Kosonsoy D) Namangan va Kosonsoy 3 / 30 Quyidagi qaysi relyef shakli Tyanshan ororgenining tarkibiy qismi emas? A) Zarafshon tizmasi B) Turkiston tizmasi C) Chotqol tizmasi D) Bo‘kantov tizmasi 4 / 30 G‘ulja shahri qaysi mamlakat hududida joylashgan? A) Eron B) Afg‘oniston C) Qirg‘iziston D) Xitoy 5 / 30 Ustyurtda sho‘rxoklarning keng tarqalishiga qanday omillar sabab bo‘lgan? A) platoda joylashganligi va relyefning to‘lqinsimonligi B) relyefning tekisligi va grunt suvlari sathining yer betiga yaqinligi C) yer yuzasining tekisligi va Orol dengiziga yaqin joylashganligi D) relyefning botiqligi va tez eruvchan tog‘ jinslarining keng tarqalganligi 6 / 30 Terrigen yotqiziqlar ko‘p to‘planadigan joylar rasmda qaysi harflar bilan belgilangan? A) G, F B) D, A C) F, B D) J, B 7 / 30 Abiskun dengizi qaysi materikda joylashgan suv havzasining qadimgi nomi hisoblanadi? A) Yevrosiyo B) Afrika C) Shimoliy Amerika D) Avstraliya 8 / 30 Grenlandiya va Islandiya orollari orasidagi bo‘g‘iz nomini belgilang. A) Lankaster B) Daniya C) Mak-Klintek D) Deyvis 9 / 30 Ptolemey tuzgan “Dunyo xaritasi”da 5 va 6 raqamlari bilan qaysi daryolar ko‘rsatilgan? A) Ra va Istr B) Oks va Yaksart C) Hind va Nil D) Gang va Nil 10 / 30 Sulina shahri 45° shimoliy kenglik, 29° sharqiy uzoqlikda joylashgan. Shahardan Janubiy qutbgacha bo‘lgan masofani kilometr hisobida aniqlang. A) 9 999 km B) 14 998,5 km C) 1 914, 5 km D) 4,999.50 11 / 30 Quyidagi rasmda nima tasvirlangan? A) Sovuq front B) Geotermik o‘choq C) Termik depressiya D) Iliq front 12 / 30 Rasmda ko‘rsatilgan A nuqtaning mutlaq balandligi 400 m, u yerdagi havo bosimi 730 mm Hg. B nuqtadagi havo bosimini aniqlang. A) 580 mm Hg B) 600 mm Hg C) 550 mm Hg D) 610 mm Hg 13 / 30 Rasmda “k” harfi bilan daryo vodiysining qaysi elementi ko‘rsatilgan? A) suvayirg‘ich B) irmoqlar C) estuariy D) daryo manbai 14 / 30 Quyidagi qaysi orol vujudga kelishiga ko‘ra rasmda tasvirlangan tipga xos emas? A) Mariana B) Pasxa C) Gavayi D) Tasmaniya 15 / 30 Qishda Murmansk portining muzlamasligiga sabab bo‘luvchi oqimlar quyidagi xarita-sxemada qaysi sonlar bilan ko‘rsatilgan? A) 9, 8, 7 B) 1, 2 , 4 C) 16, 17, 19 D) 9, 10, 12 16 / 30 Termometr tog‘ cho‘qqisida havo harorati -10ºC, xuddi shu paytda uning dengiz bo‘yida joylashgan etagida havo harorati +14ºC ga teng ekanligini ko‘rsatdi. Tog‘ning mutlaq balandligini aniqlang. A) 3000 m B) 4000 m C) 4500 m D) 3500 m 17 / 30 Sovetskoye platosi quyidagi qaysi geografik obyektga eng yaqin joylashgan? A) Shimoliy qutbga B) Erebus vulqoniga C) Pantanal botqoqligiga D) Verxoyansk tizmasiga 18 / 30 Quyidagi qaysi shaharlarda paxta tozalash hamda yog‘ sanoati uchun mashina va uskunalar ishlab chiqaruvchi zavodlar joylashgan? A) Toshkent, Qo‘qon, Jizzax, Namangan B) Toshkent, Farg‘ona, Navoiy, Andijon C) Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz D) Toshkent, Andijon, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on 19 / 30 10°–20° janubiy kengliklar oraligʻida joylashgan poytaxt shaharlarni aniqlang. A) La-Pas, Asunson, Santyago, Maputu, Kigali B) Luanda, Dili, Montevideo, Lusaka, Maseru C) Vindxuk, Jakarta, Lilongve, Kito, Singapur D) Antananarivu, Lima, Lusaka, Brazilia, Xarare 20 / 30 Yevropadagi kichik rivojlangan mamlakatlar qaysi variantda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) Belgiya, Avstriya, Shvetsiya B) Shveysariya, Serbiya, Niderlandiya C) Lyuksemburg, Belgiya, Italiya D) Polsha, Norvegiya, Daniya 21 / 30 Quyidagi xarita-sxemada 4 raqami bilan qaysi dengiz ko‘rsatilgan? A) Tirren B) Adriatika C) Liguriy D) Ioniya 22 / 30 Quyidagi qaysi mamlakat ichimlik suvini Malayziyadan import qiladi ? A) Singapur B) Indoneziya C) Xitoy D) Vyetnam 23 / 30 Quyidagilardan qaysi biri O‘zbekistonning eng janubida joylashgan tog‘ hisoblanadi? A) Qurama B) Zarafshon C) Bobotog‘ D) Oqtog‘ 24 / 30 Qorako‘l qo‘ylari Mirzacho‘l iqtisodiy rayonining qaysi qismida boqiladi? A) Markazi va janubida B) Shimoli-g‘arbida C) Janubida D) Sharqida 25 / 30 Quyidagi rasmda Mariana va Kermadek cho‘kmalari qaysi raqamlar bilan ko‘rsatilgan? A) 4 va 7 B) 1 va 2 C) 4 va 6 D) 3 va 6 26 / 30 Quyidagi qaysi geografik obyekt Past Afrikada joylashgan emas? A) Assal ko‘li B) Kattara botig‘i C) Tubkal tog‘i D) Darfur platosi 27 / 30 Quyidagi qaysi davlat iqtisodiyoti eng qoloq agrar mamlakatlardan biri hisoblanadi? A) Vyetnam B) Laos C) Shri Lanka D) Bangladesh 28 / 30 Quyidagi milliy bog‘lardan qaysilari Shimoliy Amerikada joylashgan? 1. Jasper; 2. Yosemit; 3. Manu; 4. Sekvoyya; 5. Parakas; 6. Vud-Buffalo. A) 2, 4, 5, 6 B) 1, 2, 4, 6 C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4 29 / 30 Jeneva ko‘li vujudga kelishiga ko‘ra qanday ko‘llar guruhiga mansub? A) Morena B) Laguna C) To‘g‘onli D) Tektonik 30 / 30 Quyidagi qaysi IES yiliga 13 mlrd kW ∙ h elektr energiya beradi? A) Talimarjon IES B) Navoiy IES C) Sirdaryo IES D) Farg‘ona IES 0% Testni qayta ishga tushiring Testni PDF shaklida yuklab olish Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6