Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » ONA TILI (MAJBURIY) №8 Ona tili va adabiyot majburiy blok ONA TILI (MAJBURIY) №8 InfoMaster May 2, 2024 188 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №8 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi uslubda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi? A) so‘zlashuv uslubi B) rasmiy uslub C) ilmiy uslub D) ommabop uslub 2 / 10 2. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplarda qanday voqea- hodisalar ifodalanadi? A) Bir-biriga zid voqea-hodisalar ifodalanadi B) to‘g‘ri javob yo‘q C) Bir paytda yoki ketma-ket bo‘ladigan voqea-hodisalar ifodalanadi D) voqea-hodisalarning galma-gal bo‘lishi yoki ulardan biri bo‘lishi ifodalanadi 3 / 10 3. Yig‘ilishda hayotiy tajribasi va obro‘-e’tibori bilan yurtimizda tanilgan keksalar ishtirok etdilar. Ushbu gapda fe’lning qaysi vazifa shakli ishtirok etmagan? A) harakat nomi B) ravishdosh C) Bsof fe’l D) sifatdosh 4 / 10 4. Muallim va ustozning qimmatli vaqtlarini qadrlab, aytganlariga diqqat bilan quloq sol. Ushbu parchadagi ismlar guruhiga mansub so‘zlar qaysi turkumlarga tegishli? 1ot 2sifat 3fe’l A) 1, 2, 3 B) 1, 3 C) 2, 3 D) 1, 2 5 / 10 5. Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) -gach, -guncha, -gani, -ib B) -in, -t, -ir, -ish, -il C) -guncha, -la, -in, -il, -gan D) -gach, -t, -ir, -n, -i 6 / 10 6. Quyidagi so‘zlardan nechtasi imloviy jihatdan noto‘g‘ri yozilgan? Jaholat, hokisor, mutaxasis, hoxish, zahmat, aynala, taxsimot, asil, bepayon. A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 3 ta 7 / 10 7. Tishlarimni ko‘rmak istasang, Tushlaringni marvaridga ayt, Gar o‘zimni ko‘rmak istasang, Yovni yengib, tezroq qayt. Ushbu parchadagi fonemalarni aniqlang. A) sh, k, t B) a, i, o‘ C) i, u, q D) t, k, y 8 / 10 8. Buyuk olim odamning nopok istaklari va tuban ehtiroslarini uyga qamab qo‘yilgan uch maxluq odam, tong‘iz va arslonga o‘xshatgan ekan. Ushbu gapda qaysi kelishik qo‘shimchalari ishirok etmagan? A) chiqish, o‘rin-payt B) qaratqich, tushum, jo‘nalish, bosh C) tushum, o‘rinpayt, bosh D) qaratqich, chiqish o‘rin payt 9 / 10 9. Quyidagi tillardan qaysi biri turkiy tillar oilasining qarluq guruhiga mansub? A) qozoq B) tatar C) Buyg‘ur D) qoraqalpoq 10 / 10 10. til undoshlariga mansub bo‘lmagan jarangsiz undoshlar soni nechta? A) 3 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 1 ta 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 33 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 9 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29