10-sinf Fizika olimpiada №4

0
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

10-sinf Fizika olimpiada №4

2022-yil 14-oktyabr:

2022-2023 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar

1 / 30

1. A punktidan o’zaro perpendikulyar yo’llar orqali bir vaqtning o’zida ikki avtomobil : birinchisi 80 km/h va ikkinchisi 60 km/h tezliklar bilan jo’nab ketishdi. Ular qanday tezlik (km/h) bilan bir-biridan uzoqlashmoqdalar?

2 / 30

2. Potensial energiya deb nimaga aytiladi?

3 / 30

3. Yer atrofida uchib yurgan sun’iy yo’ldoshning tezligi 2 km/s va massasi 200 kg teng ekanligi ma’lum
bo’lsa, uning to’liq mexanik energiyasi necha МJ?

4 / 30

4. Zaryadlangan metal sferaning radiusi R = 10 sm va zaryadi +6nC ga teng. Sferaning markazidan 3 sm masofada joylashgan nuqtadan 6 sm masofada joylashgan nuqtaga zaryadi -4nC bo’lgan nuqtaviy zaryad ko’chirildi. Bunda elektr maydoning zaryadni ko’chirishda bajargan ishini toping.

5 / 30

5. Ideal gaz izotermik ravishda kengaymoqda. Bunda molekulalarning o’rtacha kvadratik tezligi qanday o’zgaradi?

6 / 30

6. Chizmada +q zaryadga ta’sir etuvchi natijaviy kuchning yo’nalishi ko’rsatilgan. ?1/?2 ni toping.

7 / 30

7. Massasi 50 kg bo’lgan bola 8 m/s tezlik bilan harakatlanib tinch turgan 30 kg massasi aravachaga sakrab chiqib oldi. Bu jarayonda sistemaning kinetik energiyasi (J) qanchaga kamaygan?

8 / 30

8. Galvanik elementning tashqi zanjirga berayotgan quvvati maksimal bo’lsa, shu zanjirning FIK necha foiz?

9 / 30

9. Chizmada ko’rsatilgan sxemaning A va B nuqtalar orasidagi umumiy qarshilikni (?) toping.

10 / 30

10. Qiyalik burchagi 30° bo`lgan qiya tekislikda massasi 4 kg bo’lgan jism tinch turibdi. Bu jismning og’irligini
toping. ? = 10 ?/?².

11 / 30

11. Vertikal silindrik idishda erkin siljiy oladigan porshen ostida joylashgan ideal gaz kengaymoqda. Bunda gazning qaysi parametri o’zgarmaydi?

12 / 30

12. Izobarik jarayonda ideal gazning hajmi 30% ga oshdi bunda uning harorati 60 K ga oshgan bo’lsa, ideal gazning dastlabki haroratini (K) toping.

13 / 30

13. Yer sirtidan gorizontga nisbatan necha gradus burchak ostida otilgan jismning kinetik va potensial energiyalari harakat trayektoriyasining o’rtasida o’zaro tenglashadi?

14 / 30

14. 22,4 l hajmni egallab turgan 1 mol karbonat angedrid gazning harorati -136,5ᵒC ga teng bo’lsa uning bosimini
(kPa) toping.

15 / 30

15. Massasi 10 kg va uzunligi 80 sm bo’lgan to’sin chizmada ko’rsatilganidek 2 tayanchning ustiga qo’yilgan. A nuqtadan 0,25 m/s tezlik bilan shar harakatlana boshladi, necha sekunddan keyin to’sinning muvozanati buziladi? Sharning massasi 5 kg.

16 / 30

16. Gazning harorati -20ᵒC dan 70ᵒC gacha oshdi, bunda uning harorati (ᵒC) o’zgarishini toping.

17 / 30

17. Maydon kuchlanganligi 300 kV/m bo’lgan elektr maydoniga zaryadi +2nC va massasi 50 mg bo’lgan zarracha
kiritilgan bo’lsa, uning tezlanishi (?/?2 ) toping.

18 / 30

18. O’quvchi topni gorizontga nisbatan 45ᵒ burchak ostida tepib yubordi. Top o’quvchidan 9 masofada joylashgan vertikal devorga absolyut elastib urilib orqaga qaytdi va o’quvchidan 6 m masoda yerga tushdi. Top qanday maksimal balandlikka (m) ko’tarilgan?

19 / 30

19. Massalari ?1 va ?2 bo’lgan jismlar o’zaro gravitatsion tortishuv kuchi tufayli bir – biriga yaqinlashmoqda.
Ularning tezlanishlari nisbatini (?1/?2) toping.

20 / 30

20. Vaznsiz va qo’zg’almas blokka ? = 500 ? massali yukchalar rasmda ko’rsatilgandek osib qo’yilgan. 3- va 4-yuklar orasidagi ipning taranglik kuchini (N) toping. ? = 10 ?/?²

21 / 30

21. Yer sirtidan tik yuqoriga 40 m/s tezlik bilan tosh uloqtirildi. Toshning 6 sekundda bosib o’tgan yo’lining
ko’chishiga nisbatini toping. ? = 10 ?/?².

22 / 30

22. 4 atomli ideal gazni doimiy 200 kPa bosimda hajmini 4 litrga oshirish uchun unga qancha issiqlik miqdorini berish lozim?

23 / 30

23. Parallel ulangan rezistorlarning qaysi parametri bir hil?

24 / 30

24. Chizmadan foydalanib OA va LK iplarning taranglik kuchlarining nisbatini (T?LK?/TOA) toping. Richagning massasini hisobga olmang.

25 / 30

25. Jism radiusi 2 m ga teng bo’lgan aylana bo’ylab ? = 1,6 + 12? qonuniyat bo’yicha harakatlanmoqda. Jismning t = 0,2 s vaqt momentidagi tezlanishini (?/?²) aniqlang.

26 / 30

26. 1 – kosmik tezlikda yer sirtida harakatlanuvchi raketa 1 sutkada yerni necha marotaba aylanib chiqadi?

27 / 30

27. Geostatsionar orbita bo’ylab harakatlanayotgan kosmik kemaning aylanish davrini (sekund) toping.

28 / 30

28. R - Universal gaz doimiysining k – Boltsmann doimiysiga nisbati qanday doimiyga mos keladi?

29 / 30

29. Izoxorik jarayonda gazning bosimi 20kPa ga oshdi. Gazning harorati esa 300 K dan 40 K ga ortgan bo’lsa, uning oxirgi bosimini (kPa da) ni toping.

30 / 30

30. Kondensator qoplamalarining orasidagi masofa 7 mm ga teng, qoplamalariga parallel ravishda qalinligi 6 mm bo’lgan metal plastinka kiritilsa, kondensatorning sig’imi qanday o’zgaradi?

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

2 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0