Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Informatika mavzulashtirilgan » 9-sinf Informatika » 9-sinf Informatika №8 9-sinf Informatika 9-sinf Informatika №8 InfoMaster Oktabr 22, 2022 129 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Informatika №8 III BOB. ALGORITMLASH ASOSLARI 13–14-darslar. ALGORITM TUSHUNCHASI VA UNING XOSSALARI 1 / 25 1. ...– obyekt va hodisalarning belgilari, xususiyatlari va ular o‘rtasidagi munosabatlar haqida tasdiqlangan yoki rad etilgan fikrlash shakli. Nuqtalar o’rnuga mos javobni tanlang. A) Xulosa B) Murakkab mulohazalar C) Mulohaza D) Tushuncha 2 / 25 2. A mulohaza rost, B mulohaza yolg‘on bo‘lgandagina yolg‘on, qolgan holatlarda rost bo‘ladigan yangi mulohaza nima deb ataladi? A) Sodda mulohazaning inkori B) Sodda mulohazalar implikatsiyasi dеyiladi. C) Sodda mulohazalar ko‘paytmasi dеyiladi. D) Sodda mulohazalar yig‘indisi dеyiladi. 3 / 25 3. Mulohazalar to‘plami va unda bajariladigan barcha &, ∨, ⏋, =>, <=> amallar birgalikda ..... deb yuritiladi. Nuqtalar o’rniga to’g’ri javobni tanlang. A) Mantiqiy formula B) Mulohazalar yig’indisi C) Mulohazalar algebrasi D) Mantiqiy amallar 4 / 25 4. Konyunktor raqamli sxemalarda qaysi mantiqiy elementi orqali belgilanadi? A) Barcha javob to’g’ri B) “VA" C) “YOKI” D) “EMAS” 5 / 25 5. Quyidagi sxemadan foydalanib natijani aniqlang. A=1, B=0, C=0, D=1 A) Rost B) Yolg'on 6 / 25 6. “Natija olish va tahlil etish” kompyuterda masalalar yechishning nechanchi bosqichi hisoblanadi? A) 6-bosqich B) 5-bosqich C) 4-bosqich D) 3-bosqich 7 / 25 7. Qaysi bosqichda: Masalaning modelidan foydalanib, hal etishning algoritmi tuziladi. A) 4-bosqichda B) 3-bosqichda C) 2-bosqichda D) 1-bosqichda 8 / 25 8. “Dasturlash” kompyuterda masalalar yechishning nechanchi bosqichi hisoblanadi? A) 6-bosqich B) 4-bosqich C) 5-bosqich D) 3-bosqich 9 / 25 9. Model - A) biror haqiqiy obyekt yoki obyektlar tizimining obrazi yoki nusxasi bo'lib, u izlanish olib borilayotgan sohaning ma'lum talablariga javob berishi zarur. B) bilish obyektlari (fizik hodisa va jarayonlar)ni ularning modellari yordamida tadqiq qilish, mavjud predmet va hodisalar modellarini yasash va o‘rganishdan iborat jarayon. C) izlanish olib borilayotgan sohaning obyekti nusxasi; D) o'rganilayotgan obyektning haqiqiy ko'rinishi; 10 / 25 10. Vaqt omili (dinamikasi) bо‘yicha modellarning qanday turlari mavjud? A) о‘quv, tajriba, о‘yin, imitatsion, ilmiy-tadqiqot modellari B) Abstrakt modellar, Fizik modellarda, Biologik model C) statik va dinamik modellar D) axborot (nomoddiy, mavhum) va moddiy modellar 11 / 25 11. Abstrakt modellar necha guruhga bo‘linadi? A) 4 B) 6 C) 2 D) 3 12 / 25 12. Algoritimning “Nаtijаviylik” xossasi qaysi javobda keltirilgan? A) Algoritmni chekli sondagi oddiy ko‘rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash kerak. B) Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan keyin albatta natija berishi lozim. C) Har bir algoritm, o‘z mazmuniga ko‘ra, bitta turdagi masalalarning barchasi uchun yaroqli bo‘lishi lozim. D) Ijrochiga tavsiya etilayotgan ko‘rsatmalar unga tushunarli bo‘lishi, ijrochining imkoniyatlariga javob berishi shart. 13 / 25 13. Algoritimning “Tushunаrlilik” xossasi qaysi javobda keltirilgan? A) Ijrochiga tavsiya etilayotgan ko‘rsatmalar unga tushunarli bo‘lishi, ijrochining imkoniyatlariga javob berishi shart. B) Algoritmni chekli sondagi oddiy ko‘rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash kerak. C) Har bir algoritm, o‘z mazmuniga ko‘ra, bitta turdagi masalalarning barchasi uchun yaroqli bo‘lishi lozim. D) Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan keyin albatta natija berishi lozim. 14 / 25 14. “Ijrochiga tavsiya etilayotgan ko‘rsatmalar unga tushunarli bo‘lishi, ijrochining imkoniyatlariga javob berishi shart.” Ushbu xossa algoritimning qaysi xossasi? A) Aniqlilik B) Tushunаrlilik C) Оmmаviylik D) Diskretlilik 15 / 25 15. Algoritmning ijrochisi —bu A) algoritmda belgilangan buyruq yoki ko‘rsatmalarni bajarishga qodir mavhum (abstrakt) yoki moddiy (texnik, biologik yoki biotexnik) tizim. B) Ijrochi uchun qo‘yilgan masalani yechishga qaratilgan aniq va tushunarli ko‘rsatmalarning chekli ketma-ketligi tushuniladi. C) Ijrochi bajarishi mumkin bo’lgan ko‘rsatmalarning chekli ketma-ketligi tushuniladi. D) To’g’ri javob yo’q 16 / 25 16. Algoritm so‘zi va tushunchasi qaysi buyuk alloma nomi bilan uzviy bog‘liq? A) al-Xorazmiy B) M.Ulug’bek C) A.Navoiy D) Farobiy 17 / 25 17. “Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan keyin albatta natija berishi lozim.” Ushbu xossa algoritimning qaysi xossasi? A) Diskretlilik B) Aniqlilik C) Оmmаviylik D) Nаtijаviylik 18 / 25 18. Algoritimning “Aniqlilik” xossasi qaysi javobda keltirilgan? A) Algoritmni chekli sondagi oddiy ko‘rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash kerak. B) Har bir algoritm, o‘z mazmuniga ko‘ra, bitta turdagi masalalarning barchasi uchun yaroqli bo‘lishi lozim. C) Algоritmdа ijrochiga berilayotgan ko‘rsatmalar yagona ma’noga ega, aniq mazmunli bo‘lishi hamda faqat algoritmda ko‘rsatilgan tartibda bajarilishi shart. D) Ijrochiga tavsiya etilayotgan ko‘rsatmalar unga tushunarli bo‘lishi, ijrochining imkoniyatlariga javob berishi shart. 19 / 25 19. Algoritimning “Diskretlilik” xossasi qaysi javobda keltirilgan? A) Ijrochiga tavsiya etilayotgan ko‘rsatmalar unga tushunarli bo‘lishi, ijrochining imkoniyatlariga javob berishi shart. B) Algoritmni chekli sondagi oddiy ko‘rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash kerak. C) Algоritmdа ijrochiga berilayotgan ko‘rsatmalar yagona ma’noga ega, aniq mazmunli bo‘lishi hamda faqat algoritmda ko‘rsatilgan tartibda bajarilishi shart. D) Har bir algoritm, o‘z mazmuniga ko‘ra, bitta turdagi masalalarning barchasi uchun yaroqli bo‘lishi lozim. 20 / 25 20. Algoritimning “Оmmаviylik” xossasi qaysi javobda keltirilgan? A) Algoritmni chekli sondagi oddiy ko‘rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash kerak. B) Ijrochiga tavsiya etilayotgan ko‘rsatmalar unga tushunarli bo‘lishi, ijrochining imkoniyatlariga javob berishi shart. C) Har bir algoritm, o‘z mazmuniga ko‘ra, bitta turdagi masalalarning barchasi uchun yaroqli bo‘lishi lozim. D) Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan keyin albatta natija berishi lozim. 21 / 25 21. “Algоritmdа ijrochiga berilayotgan ko‘rsatmalar yagona ma’noga ega, aniq mazmunli bo‘lishi hamda faqat algoritmda ko‘rsatilgan tartibda bajarilishi shart.” Ushbu xossa algoritimning qaysi xossasi? A) Tushunаrlilik B) Diskretlilik C) Aniqlilik D) Оmmаviylik 22 / 25 22. “Algoritmni chekli sondagi oddiy ko‘rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash kerak.” Ushbu xossa algoritimning qaysi xossasi? A) Оmmаviylik B) Tushunаrlilik C) Diskretlilik D) Aniqlilik 23 / 25 23. “Har bir algoritm, o‘z mazmuniga ko‘ra, bitta turdagi masalalarning barchasi uchun yaroqli bo‘lishi lozim.” Ushbu xossa algoritimning qaysi xossasi? A) Nаtijаviylik B) Aniqlilik C) Оmmаviylik D) Diskretlilik 24 / 25 24. Algoritmga to’g’ri ta’rif berilgan qatorni toping. A) Belgilangan buyruq yoki ko‘rsatmalarni bajarishga qodir mavhum (abstrakt) yoki moddiy (texnik, biologik yoki biotexnik) tizim. B) Ijrochi bajarishi mumkin bo’lgan ko‘rsatmalarning chekli ketma-ketligi tushuniladi. C) Ijrochi uchun qo‘yilgan masalani yechishga qaratilgan aniq va tushunarli ko‘rsatmalarning chekli ketma-ketligi tushuniladi. D) Barcha javob to’g’ri 25 / 25 25. Algоritmlarning asosiy xossalari nechta? A) 3 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz