11-sinf Fizika olimpiada №3

0

11-sinf Fizika olimpiada №3

2021-2022 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar

1 / 25

1. Akkumulyatorga tashqi 10 Om qarshilik ulanganida, bu qarshilikdagi quvvat 100 W ga teng bo’ldi. Agar bunda to’la zanjir bo’ylab 110 W quvvat ajralgan bo’lsa, akkumulyatorning ichki qarshiligini (Om) toping.

2 / 25

2. Metropoliten ikki stansiyasining oralig’i 1,5 km. Poyezd bu masofaning birinchi yarmida tekis tezlanuvchan, qolgan ikkinchi yarmida tekis sekinlanuvchan harakat qiladi. Poyezdning maksimal tezligi 50 km/soat ga teng. Bu tezlanuvchan va sekinlanuvchan harakatning tezlanishlarini modul jihatdan teng bo`lsa,poyezdning ikki stansiya orasidagi harakat vaqti topilsin.(min)

3 / 25

3. Kamondan o’q gorizontal yo’nalishda otildi. O’q yerga 60° burchak ostida sanchilib qoldi. O’qning otilish balandligi h, uchish uzoqligi L bo’lsa, arccos(h/L) ni (° da) toping.

4 / 25

4. Uzunligi ? bo`lgan arava silliq relslar ustida turibdi. Aravaning ikki uchida massalari ?1 va ?2 bo`lgan bolalar turibdi. Agar ular o`zaro joy almashib olishsa, arava yerga nisbatan qanday masofaga siljiydi? Aravaning massasi ?0.

5 / 25

5. Porshen ostida joylashgan ideal gaz juda tez siqildi. Bu qaysi jarayonga mos keladi?

6 / 25

6. Gorizontal sirtda sirpanmasdan dumalayotgan diskning ilgarilanma harakat tezligi ?0 = 8 ?/s ga, massasi esa 2 kg teng bo’lsa, diskning kinetik energiyasini (J) toping.

7 / 25

7. Kranga osilgan yukni ishchi arqon yordamida F kuch bilan tortib turibdi. Yukning massasi m = 100 kg bo’lsa, F (N) ni toping. α = 30° ; g= 10 m/s²

8 / 25

8. 1 dengiz milyasi taqriban necha km ga mos kelishini ko’rsating. Ma’lumot uchun, 1 dengiz milyasi yer ekvatori aylanasining 1'(bir minut) burchagiga mos keladi.

9 / 25

9. Radiusi R bo’lgan halqa ?1 = ? zaryad bilan zaryadlangan, halqa markazida joylashgan ?2 = −? zaryadning potensial energiyasini aniqalng.

10 / 25

10. Chizmada ko’rsatilgan sistemada M=8 kg bo’lsa, m ning qanday minimal qiymatida (kg) sistema muvozanatda qoladi?

11 / 25

11. Vodorod atomining 3 – energetik sathida joylashgan elektronning impulsi x ∗ 10−25 kg ∗ m/s ga teng. Elektronning massasi 9,1 ∗ 10−31 kg. x  ni toping.

12 / 25

12. Jism aylana bo’ylab tekis sekinlanuvchan harakatlanmoqda. Biror vaqt momentida burchak tezligining qiymati ?0. Shu momentdan burchak tezligi uch marta kamayguncha jism aylana bo’ylab to’liq ? marta aylandi. Jism to’xtash momentigacha yana necha marta aylanadi?

13 / 25

13. Suv solingan kalorimetrga 165 g massali va −10℃ haroratli muz bo’lagi kiritildi. Suvning boshlang’ich harorati 0℃ ga teng. Idishda termodinamik muvozanat qaror topganidan so’ng idishdagi muz olib tashlandi. Olib tashlangan muzning massasi necha gramm? Muzning solishtirma erish issiqligi 330kJ/kg, muzning solishtirma issqilik sig’imi 2100 J/kg ∗ K

14 / 25

14. Gorizontal silliq sirtda joylashgan ?1 va ?2 massali brusoklar deformatsiyalanmagan prujina yordamida o’zaro bog’langan. Ikkinchi brusokka rasmda ko’rsatilganidek gorizontal tezlik ?0 berildi. Brusoklarning harakati davomida prujinaning potensial energiyasi maksimal qiymatga yetgan vaqt momentda brusoklarning tezliklari ?1  va ?2 bo’lsa, ?1 ni toping.

15 / 25

15. Jism tinch holatdan harakatni boshlab dastlabki 3 s da 10 m masofani bosib o’tsa, ? = 18 ÷ 21 s vaqt oralig’ida necha metr masofani bosib o’tadi.

16 / 25

16. m massali kichik sharcha bir uchi mahkamlangan ipning ikkinchi uchiga bog’langan. Ipni gorizontal holatga olib kelinib boshlang’ich tezliksiz qo’yib yuborildi. Sharchaning tezlanishi
vertikal pastga yo’nalgan vaqt momentida ipning taranglik kuchi nimaga teng?

17 / 25

17. m massali kichik sharcha bir uchi mahkamlangan ipning ikkinchi uchiga bog’langan. Ipni gorizontal holatga olib kelinib boshlang’ich tezliksiz qo’yib yuborildi. Sharchaning tezlanishi vertikal yuqoriga yo’nalgan vaqt momentida ipning taranglik kuchi nimaga teng?

18 / 25

18. Gorizontal sirtda sirpanmasdan dumalayotgan diskning ilgarilanma harakat tezligi ?0 = 8 ? ga, massasi esa 2 kg teng bo’lsa, diskning kinetik energiyasini (J) toping.

19 / 25

19. Sinish qonuniga ko’ra sharti bajarilganida, α = β bo’lishi mumkinmi?

20 / 25

20. Velosipedchi doimiy 20 km/h bilan yo’l bo’ylab harakatlanmoqda. Yo’lga parallel bo’lgan relslar bo’ylab harakatlanuvchi poyezd velosipedchini 10 s da quvib o’tdi. Agar poyezdning harakat yo’nalishi teskari bo’lib qolganida, velosipedchining oldidan 6 sekundda o’tsa, uning tezligini (km/h) aniqlang.

21 / 25

21. Sig’imi 200 mkF va 50 mkF bo’lgan ikki kondensator o’zaro ketma-ket ravishda U =8cos100t qonun bo’yicha o’zgarayotgan o’zgaruvchan tok manbaiga ulansa, sistemaning to’liq qarshiligini (Om) toping.

22 / 25

22. m massali kichik sharcha bir uchi mahkamlangan ipning ikkinchi uchiga bog’langan. Ipni gorizontal holatga olib kelinib boshlang’ich tezliksiz qo’yib yuborildi. Sharchaning tezlanishi gorizontal yo’nalgan vaqt momentida ipning taranglik kuchi (N) nimaga teng? m = √3 kg, g = 10 m/s².

23 / 25

23. Shlang bo’ylab oqayotgan suvning tezligi 3 marta orttirilsa, uning quvvati qanday o’zgaradi?

24 / 25

24. Ikki konsentrik sfera o’tkazgichdan yasalgan bo’lib, R va 5R radiusga ega. Ichki sfera zaryadlangan, tashqi sfera zaryadlanmagan. Ingichka o’tkazgich orqali sferalar tutashtirilsa ichki sferaning potensiali necha marta kamayadi?

25 / 25

25. Ideal gaz grafikda ko’rsatilgan jarayon bo’yicha A holatdan B holatga o’tmoqda. Bu jarayonda gazning ichki energiyasi o’zgarishi ∆? ning, ideal gaz bajargan ishi ? ga nisbatini toping. ? – gazning erkinlik darajasi

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0