Uy » Attestatsiya testlar » Davlat tili (O'zbek tili) attestatsiya » Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №1 Davlat tili (O'zbek tili) attestatsiya Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №1 InfoMaster May 16, 2022 148 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 12 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Davlat tili (O'zbek tili) fanidan attestatsiya savollari №1 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1. Fe’l zamonlarini aniqlash qaysi zamonga nisbatan amalga oshiriladi? A) hozirgi zamonga nisbatan B) o‘tgan zamonga nisbatan C) kelasi zamonga nisbatan D) hozirgi va kelasi zamonga nisbatan 2 / 40 2. O‘tgan zamonning –di, kelasi zamon shart mayli shakli –sa shakllaridan keyin o‘rinlashuvchi shaxs-son shakllarini aniqlang. A) –man, -san, -ti, -miz, -siz, -ti B) –man, -san, -di, -miz, -siz, -di C) –m, -ng, -0, -k, -ngiz, -0 D) –man, -san, -0, -miz, -siz, -0 3 / 40 3. Qaysi nisbat shakllari o‘timli-o‘timsizlik jihatidan zidlanadi? A) orttirma va majhul nisbat B) o‘zlik va majhul nisbat C) birgalik va o‘zlik nisbat D) birgalik va orttirma nisbat 4 / 40 4. Qaysi javobda berilgan fe’l yasama o‘tgan zamon sifatdoshi sanaladi? A) qisqarayotgan B) o‘zgartirilgan C) qayg‘uradigan D) ko‘rsatilgan 5 / 40 5. Harakatni bajaruvchi shaxs va harakat tushgan obyekt birlashgan fe’l qatnashgan gapni aniqlang. A) Xat Sharifa tomonidan yozildi. B) Qobil yugurib borib do‘konxona eshigidan ko‘chaga qaradi. C) Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi. D) Tushga yaqin dadam bizga ovqat keltirib berdi. 6 / 40 6. Qaysi nisbat shakllari bir fe’lga bir necha marotaba qo‘shilishi mumkin? A) majhul B) birgalik C) o‘zlik D) orttirma 7 / 40 7. Qaysi gapda orttirma nisbat ma’nosi kuchaytirilgan? A) O‘qituvchi bolalarni sinf xonasidan chiqardi. B) U ssenariyni Alimardonga yozdirtirdi. C) Chol titrab, qo‘lidagi kosani qars etib tushirdi. D) Xabarni Qo‘ng‘irotga o‘n chopar tezda yetkazdi. 8 / 40 8. Quyida berilgan qaysi shakllar ham yetakchi, ham ko‘makchi fe’lga qo‘shila oladi? 1) mayl 2) zamon 3) shaxs-son 4) nisbat 5) bo‘lishsizlik A) 1,2,3,4,5 B) 3,4,5 C) 1,2,3 D) 4.5 9 / 40 9. Qaysi gapda kelasi zamon shakli orqali o‘tgan zamon ma’nosi ifoda etilgan? A) Bahorning iliq kunlarida dam olishga boraman. B) Daryoning bo‘yidagi sadarayhonlarga termulib qaradim. C) Ulardan biri o‘sha damda qo‘shinni tashlab qochadi. D) Siz aytgan ishni keyinroq bajararman. 10 / 40 10. Qaysi mayl shakllari faqat kelasi zamonni ifodalaydi? 1) ijro mayli 2) shart mayli 3) maqsad mayli 4) buyruq-istak mayli A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 3.4 D) 1,2,3,4 11 / 40 11. Quyida berilgan tez aytishlarning qaysi birida sodda yasam fe’l ishtirok etgan? A) Oqil oq olma oldi, oq olmani Oqil oldi. B) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi C) Norning nordon anori narida. D) O‘tkir o‘tkir o‘roqda o‘t o‘rdi. 12 / 40 12. Qaysi javobda berilgan ko‘makchi fe’l harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalaydi? A) olmoq B) boshlamoq C) chiqmoq D) bermoq 13 / 40 13. Qaysi gapda bo‘lishlilik ma’nosi ta’kidlangan? A) Kozimjon ertaga ,albatta, keladi. B) Kelgil, parivashim, kelgil jimgina. C) Shahardan buvingni ko‘rmay kelma. D) Sharifa xatni Valijonga yozdirtirdi. 14 / 40 14. Qaysi javobda subyekt(bajaruvchi) va harakat holat o‘rtasidagi munosabatni ifodalovch shakllar berilgan? A) -man, -san, -miz, -siz B) -tir, -il, -ish C) -moqda, -yap, -ayotir D) -sin, -sin, -ay 15 / 40 15. Qaysi javobda berilgan ko‘makchi fe’llar harakat-holatning davomliligi ifodalaydi? A) ko‘rmoq, chiqmoq, bitmoq B) yotmoq, turmoq, yurmoq C) yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq D) olmoq, bilmoq, boshlamoq 16 / 40 16. Qaysi so‘zdan uch xil qo‘shimcha yordamida fe’l yasash mumkin? A) yalt B) suv C) zavq D) ayb 17 / 40 17. Fe’lning qaysi lug‘aviy shakli zamon, shaxs-son, mayl shakllari bilan qo‘llanmaydi? A) sifatdosh B) harakat nomi C) sof fe’l D) ravishdosh 18 / 40 18. Qaysi javobda asosi o‘timli bo‘lgan o‘timsiz fe’llar berilgan? A) kelishdi, so‘rashdi, o‘ylatdi B) uxlatdi, tomizdi, qaytardi C) o‘qishdi, sakrashdi, tortishdi D) yeyildi, kiyindi, bo‘yaldi 19 / 40 19. Harakatning holatini anglatuvchi ravishdoshlar qaysi qo‘shimchalar yordamida hosil qilinadi? 1) -(i)b, a(-y); 2) -gancha; 3) -gani; 4) -gach A) 2.3 B) 3.4 C) 1, 2 D) 1.4 20 / 40 20. Qaysi javobda fe’lning sifatga xoslangan shakllari berilgan? A) aytdi, aytishdi, ayttirdi B) aygach, ayguncha, aytib C) aytmoq, aytish, aytuv D) aytgan, aytayotgan, aytar 21 / 40 21. Orttirma nisbat shakllari berilmagan qatorni toping. A) –ar, -ay, -ik, -iq B) –giz, -kiz, -g‘iz, -qiz C) –gaz, -kaz, -qaz, -g‘az D) –ir, -iz, -ar, -it 22 / 40 22. Qaysi javobda fe’lning noaniq shakli ko‘rsatilgan? A) kelishdi B) kelmagan C) kelsam D) kelmoq 23 / 40 23. Qaysi javobda asosi o‘timsiz bo‘lgan o‘timli fe’llar berilgan? A) yeyildi, kiyindi, bo‘yaldi B) o‘qishdi, sakrashdi, tortishdi C) kelishdi, so‘rashdi, o‘ylatdi D) uxlatdi, tomizdi, qaytardi 24 / 40 24. Qaysi javobda ravishdoshli so‘z birikmasi berilgan? A) so‘ray ko‘rma B) kelib ketdi C) ketib qoldi D) yig‘lab gapirdi 25 / 40 25. Qaysi javobda berilgan qo‘shimchalar ham fe’l yasovchi, ham fe’lning munosabat shakllari sifatida omonim sanaladi? A) –a, -ay, -ar B) –la, -lash, -sa C) –y, -it, -iq D) –sin, -t, -qir 26 / 40 26. Qaysi ko‘makchi fe’l harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi? A) yurmoq B) chiqmoq C) qo‘ymoq D) olmoq 27 / 40 27. Qaysi qo‘shimchalar yordamida fe’l yasalsa fonetik o‘zgarish sodir bo‘ladi? A) –illa, -lash, -sira B) –a, -la, -ay C) –sa, -ar, -ir D) –i, -ira, -iq 28 / 40 28. Qaysi javobda bir martalik harakat inkori ifodalangan? A) yozib qo‘ymadi B) yozmay qo‘ymadi C) yozmay qo‘ydi D) na o‘qidi, na yozdi 29 / 40 29. Qaysi gapda zamon qo‘shimchasining yozilishi(imlosi) bilan bog‘liq xatolik mavjud? A) Maktabda ayni damda kulgu kechasi o‘tkazilayapti. B) Hozir ko‘nglimga qil sig‘mayapti, keyinroq gapirarsiz. C) Hozir dolzarb payt, barcha yeng shimarib ishlamoqda. D) Hozir yomg‘ir yog‘ayotir, shuning uchun yo‘lga chiqish mumkin emas. 30 / 40 30. Qaysi misrada qo‘shma yasama fe’l qo‘llangan? A) Qani, ayt, maqsading nimadir sening? B) Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang? C) Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am? D) Yetar, ey cholg‘uvchi, bas qil sozingni. 31 / 40 31. Qaysi javobda berilgan shakllar harakat-holatning gap aytilayotgan paytdan keyin sodir bo‘lishini ifodalaydi? A) –gan, -b(-ib) B) –gay, -yap C) –a(-y), -ar(-r) D) –ayotir, ayotib 32 / 40 32. Qaysi qatorda o‘timsiz fe'llar vosita yordamida o‘timli fe'lga aylangan? A) joylashtirmoq, terilmoq, kuzatmoq B) bajartirmoq, o‘qitmoq, berishmoq C) o‘qishmoq, yig‘latmoq, ko‘rsatmoq D) quvontirmoq, tarqatmoq, chiqarmoq 33 / 40 33. Qaysi maqolda to‘rt o‘rinda yasama fe’l qo‘llangan? A) Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar. B) Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma! C) O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. D) Birni ko‘rib, fikr qil, Birni ko‘rib, shukur qil. 34 / 40 34. Qaysi javobda berilgan fe’llar fe’ldan anglashilgan harakat-holat va uni bajaruvchi subyekt munosabatiga ko‘ra farqlanadi? A) kelyapman, kelyapsan, kelyapti B) keldi, kelishdi, keltirdi C) kelsa, kelmoqchi, kelgin D) keldi, kelyapti, keladi 35 / 40 35. Fe’lning zamon va shaxs-son qo‘shimchalarisiz qismi…? A) II shaxs buyruq maylini ifodalaydi B) III shaxs buyruq maylini ifodalaydi C) II shaxs xabar maylini ifodalaydi D) III shaxs xabar maylini ifodalaydi 36 / 40 36. Qaysi qatorda o‘timli fe'llar qo‘llangan? A) o‘qimoq, jilmaymoq, kiyinmoq B) almashmoq, joylashmoq, kuymoq C) joylashtirmoq, almashmoq, yaxshi ko‘rmoq D) o‘xshamoq, jiringlamoq, so‘ramoq 37 / 40 37. Qaysi gapda harakat-holatning doimiy zamon(uch zamon) ga oidligi ifoda etilgan? A) Erta-indin Ra’noni ko‘rgani gospitalga boraman. B) Yomg‘ir tobora kuchayib borayotir. C) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o‘lkalarga uchib ketadi. D) Kunduzi bo‘lishiga qaramay, hamma yoq qop-qorong‘u bo‘lib ketdi. 38 / 40 38. Qaysi javobda qo‘shma fe’l berilgan? A) shoshilib kirdi B) yonib turibdi C) kirib chiqdi D) qotib qoldi 39 / 40 39. Bo‘lishsizlik shakli yetakchi fe’lga qo‘shilsa qanday mazmun ifoda etiladi? A) harakat-holatning bir martalik inkori B) harakat-holatning davomli inkori C) oddiy bo‘lishlilik ma’nosi D) qat’iy bo‘lishlilik ma’nosi 40 / 40 40. O‘tgan zamonning qaysi shakli ilgari ro‘y bergan harakat-holatning so‘zlovchi tomonidan eshitib bilinganini ifodalaydi? A) –b(-ib) B) –gan C) –di D) –di, -b(-ib) 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №7
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №6
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №5
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №4