Uy » Attestatsiya testlar » Davlat tili (O'zbek tili) attestatsiya » Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №1 Davlat tili (O'zbek tili) attestatsiya Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №1 InfoMaster May 16, 2022 122 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Davlat tili (O'zbek tili) fanidan attestatsiya savollari №1 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1. Qaysi javobda berilgan ko‘makchi fe’l harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalaydi? A) chiqmoq B) bermoq C) boshlamoq D) olmoq 2 / 40 2. Qaysi javobda fe’lning noaniq shakli ko‘rsatilgan? A) kelmagan B) kelmoq C) kelsam D) kelishdi 3 / 40 3. Qaysi gapda bo‘lishlilik ma’nosi ta’kidlangan? A) Shahardan buvingni ko‘rmay kelma. B) Sharifa xatni Valijonga yozdirtirdi. C) Kelgil, parivashim, kelgil jimgina. D) Kozimjon ertaga ,albatta, keladi. 4 / 40 4. O‘tgan zamonning qaysi shakli ilgari ro‘y bergan harakat-holatning so‘zlovchi tomonidan eshitib bilinganini ifodalaydi? A) –di, -b(-ib) B) –b(-ib) C) –di D) –gan 5 / 40 5. Fe’l zamonlarini aniqlash qaysi zamonga nisbatan amalga oshiriladi? A) hozirgi zamonga nisbatan B) kelasi zamonga nisbatan C) o‘tgan zamonga nisbatan D) hozirgi va kelasi zamonga nisbatan 6 / 40 6. Qaysi javobda berilgan qo‘shimchalar ham fe’l yasovchi, ham fe’lning munosabat shakllari sifatida omonim sanaladi? A) –la, -lash, -sa B) –y, -it, -iq C) –a, -ay, -ar D) –sin, -t, -qir 7 / 40 7. Qaysi qatorda o‘timli fe'llar qo‘llangan? A) almashmoq, joylashmoq, kuymoq B) o‘xshamoq, jiringlamoq, so‘ramoq C) o‘qimoq, jilmaymoq, kiyinmoq D) joylashtirmoq, almashmoq, yaxshi ko‘rmoq 8 / 40 8. Fe’lning qaysi lug‘aviy shakli zamon, shaxs-son, mayl shakllari bilan qo‘llanmaydi? A) sifatdosh B) sof fe’l C) ravishdosh D) harakat nomi 9 / 40 9. Qaysi javobda berilgan ko‘makchi fe’llar harakat-holatning davomliligi ifodalaydi? A) yotmoq, turmoq, yurmoq B) yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq C) ko‘rmoq, chiqmoq, bitmoq D) olmoq, bilmoq, boshlamoq 10 / 40 10. Qaysi javobda berilgan fe’llar fe’ldan anglashilgan harakat-holat va uni bajaruvchi subyekt munosabatiga ko‘ra farqlanadi? A) keldi, kelyapti, keladi B) kelsa, kelmoqchi, kelgin C) keldi, kelishdi, keltirdi D) kelyapman, kelyapsan, kelyapti 11 / 40 11. Qaysi mayl shakllari faqat kelasi zamonni ifodalaydi? 1) ijro mayli 2) shart mayli 3) maqsad mayli 4) buyruq-istak mayli A) 2,3,4 B) 3.4 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4 12 / 40 12. Qaysi gapda zamon qo‘shimchasining yozilishi(imlosi) bilan bog‘liq xatolik mavjud? A) Hozir ko‘nglimga qil sig‘mayapti, keyinroq gapirarsiz. B) Hozir dolzarb payt, barcha yeng shimarib ishlamoqda. C) Maktabda ayni damda kulgu kechasi o‘tkazilayapti. D) Hozir yomg‘ir yog‘ayotir, shuning uchun yo‘lga chiqish mumkin emas. 13 / 40 13. Qaysi gapda kelasi zamon shakli orqali o‘tgan zamon ma’nosi ifoda etilgan? A) Bahorning iliq kunlarida dam olishga boraman. B) Siz aytgan ishni keyinroq bajararman. C) Ulardan biri o‘sha damda qo‘shinni tashlab qochadi. D) Daryoning bo‘yidagi sadarayhonlarga termulib qaradim. 14 / 40 14. Quyida berilgan qaysi shakllar ham yetakchi, ham ko‘makchi fe’lga qo‘shila oladi? 1) mayl 2) zamon 3) shaxs-son 4) nisbat 5) bo‘lishsizlik A) 4.5 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4,5 D) 3,4,5 15 / 40 15. Orttirma nisbat shakllari berilmagan qatorni toping. A) –giz, -kiz, -g‘iz, -qiz B) –ir, -iz, -ar, -it C) –ar, -ay, -ik, -iq D) –gaz, -kaz, -qaz, -g‘az 16 / 40 16. Qaysi javobda qo‘shma fe’l berilgan? A) shoshilib kirdi B) kirib chiqdi C) qotib qoldi D) yonib turibdi 17 / 40 17. Qaysi qatorda o‘timsiz fe'llar vosita yordamida o‘timli fe'lga aylangan? A) joylashtirmoq, terilmoq, kuzatmoq B) quvontirmoq, tarqatmoq, chiqarmoq C) bajartirmoq, o‘qitmoq, berishmoq D) o‘qishmoq, yig‘latmoq, ko‘rsatmoq 18 / 40 18. Qaysi nisbat shakllari bir fe’lga bir necha marotaba qo‘shilishi mumkin? A) orttirma B) o‘zlik C) birgalik D) majhul 19 / 40 19. O‘tgan zamonning –di, kelasi zamon shart mayli shakli –sa shakllaridan keyin o‘rinlashuvchi shaxs-son shakllarini aniqlang. A) –man, -san, -di, -miz, -siz, -di B) –m, -ng, -0, -k, -ngiz, -0 C) –man, -san, -0, -miz, -siz, -0 D) –man, -san, -ti, -miz, -siz, -ti 20 / 40 20. Bo‘lishsizlik shakli yetakchi fe’lga qo‘shilsa qanday mazmun ifoda etiladi? A) harakat-holatning davomli inkori B) harakat-holatning bir martalik inkori C) oddiy bo‘lishlilik ma’nosi D) qat’iy bo‘lishlilik ma’nosi 21 / 40 21. Qaysi gapda harakat-holatning doimiy zamon(uch zamon) ga oidligi ifoda etilgan? A) Kunduzi bo‘lishiga qaramay, hamma yoq qop-qorong‘u bo‘lib ketdi. B) Erta-indin Ra’noni ko‘rgani gospitalga boraman. C) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o‘lkalarga uchib ketadi. D) Yomg‘ir tobora kuchayib borayotir. 22 / 40 22. Qaysi ko‘makchi fe’l harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi? A) yurmoq B) chiqmoq C) olmoq D) qo‘ymoq 23 / 40 23. Qaysi javobda subyekt(bajaruvchi) va harakat holat o‘rtasidagi munosabatni ifodalovch shakllar berilgan? A) -man, -san, -miz, -siz B) -moqda, -yap, -ayotir C) -sin, -sin, -ay D) -tir, -il, -ish 24 / 40 24. Harakatni bajaruvchi shaxs va harakat tushgan obyekt birlashgan fe’l qatnashgan gapni aniqlang. A) Tushga yaqin dadam bizga ovqat keltirib berdi. B) Qobil yugurib borib do‘konxona eshigidan ko‘chaga qaradi. C) Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi. D) Xat Sharifa tomonidan yozildi. 25 / 40 25. Qaysi misrada qo‘shma yasama fe’l qo‘llangan? A) Yetar, ey cholg‘uvchi, bas qil sozingni. B) Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang? C) Qani, ayt, maqsading nimadir sening? D) Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am? 26 / 40 26. Qaysi javobda bir martalik harakat inkori ifodalangan? A) yozmay qo‘ymadi B) yozmay qo‘ydi C) na o‘qidi, na yozdi D) yozib qo‘ymadi 27 / 40 27. Qaysi javobda ravishdoshli so‘z birikmasi berilgan? A) so‘ray ko‘rma B) yig‘lab gapirdi C) kelib ketdi D) ketib qoldi 28 / 40 28. Harakatning holatini anglatuvchi ravishdoshlar qaysi qo‘shimchalar yordamida hosil qilinadi? 1) -(i)b, a(-y); 2) -gancha; 3) -gani; 4) -gach A) 3.4 B) 1, 2 C) 1.4 D) 2.3 29 / 40 29. Qaysi javobda berilgan fe’l yasama o‘tgan zamon sifatdoshi sanaladi? A) o‘zgartirilgan B) qayg‘uradigan C) ko‘rsatilgan D) qisqarayotgan 30 / 40 30. Qaysi gapda orttirma nisbat ma’nosi kuchaytirilgan? A) O‘qituvchi bolalarni sinf xonasidan chiqardi. B) Xabarni Qo‘ng‘irotga o‘n chopar tezda yetkazdi. C) Chol titrab, qo‘lidagi kosani qars etib tushirdi. D) U ssenariyni Alimardonga yozdirtirdi. 31 / 40 31. Qaysi javobda fe’lning sifatga xoslangan shakllari berilgan? A) aytdi, aytishdi, ayttirdi B) aygach, ayguncha, aytib C) aytmoq, aytish, aytuv D) aytgan, aytayotgan, aytar 32 / 40 32. Fe’lning zamon va shaxs-son qo‘shimchalarisiz qismi…? A) III shaxs buyruq maylini ifodalaydi B) II shaxs buyruq maylini ifodalaydi C) II shaxs xabar maylini ifodalaydi D) III shaxs xabar maylini ifodalaydi 33 / 40 33. Qaysi javobda asosi o‘timli bo‘lgan o‘timsiz fe’llar berilgan? A) uxlatdi, tomizdi, qaytardi B) o‘qishdi, sakrashdi, tortishdi C) kelishdi, so‘rashdi, o‘ylatdi D) yeyildi, kiyindi, bo‘yaldi 34 / 40 34. Qaysi so‘zdan uch xil qo‘shimcha yordamida fe’l yasash mumkin? A) ayb B) zavq C) suv D) yalt 35 / 40 35. Qaysi nisbat shakllari o‘timli-o‘timsizlik jihatidan zidlanadi? A) birgalik va o‘zlik nisbat B) orttirma va majhul nisbat C) birgalik va orttirma nisbat D) o‘zlik va majhul nisbat 36 / 40 36. Quyida berilgan tez aytishlarning qaysi birida sodda yasam fe’l ishtirok etgan? A) Norning nordon anori narida. B) O‘tkir o‘tkir o‘roqda o‘t o‘rdi. C) Oqil oq olma oldi, oq olmani Oqil oldi. D) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi 37 / 40 37. Qaysi javobda berilgan shakllar harakat-holatning gap aytilayotgan paytdan keyin sodir bo‘lishini ifodalaydi? A) –gay, -yap B) –a(-y), -ar(-r) C) –gan, -b(-ib) D) –ayotir, ayotib 38 / 40 38. Qaysi qo‘shimchalar yordamida fe’l yasalsa fonetik o‘zgarish sodir bo‘ladi? A) –sa, -ar, -ir B) –a, -la, -ay C) –illa, -lash, -sira D) –i, -ira, -iq 39 / 40 39. Qaysi maqolda to‘rt o‘rinda yasama fe’l qo‘llangan? A) Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma! B) Birni ko‘rib, fikr qil, Birni ko‘rib, shukur qil. C) Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar. D) O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. 40 / 40 40. Qaysi javobda asosi o‘timsiz bo‘lgan o‘timli fe’llar berilgan? A) yeyildi, kiyindi, bo‘yaldi B) o‘qishdi, sakrashdi, tortishdi C) kelishdi, so‘rashdi, o‘ylatdi D) uxlatdi, tomizdi, qaytardi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №7
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №6
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №5
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №4