8-sinf Biologiya olimpiada №1

0

8-sinf Biologiya olimpiada №1

2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar

1 / 25

Chayonning o`rgimchaklardan farq qiluvchi (a) va o`xshash (b) belgilarini ko`rsating. 1.oyoq paypaslagichlarining qisqichga aylanishi 2.4 juft yurish oyoqlarining mavjudligi 3.po`st tashlab o`sishi 4.faqat o`pka orqali nafas olishi 5.o`pka va traxeya orqali nafas olishi.

2 / 25

Bosh miyasi va nerv tuguni kuchli rivojlangan hasharotlar?

3 / 25

Odam tanasining qaysi qismlarida bir yadroli silliq muskul to`qimasi uchraydi.1.diafragma 2.arteriya qon tomiri devoir 3.yurak qorinchasi 4.kapilyarlar devori 5.qorin devoir 6.siydik yo`li 7.yurakning o`ng bo`lmachasi 8.siydik pufagi

4 / 25

Odam organizmida venoz (a) va arterial (b) qon harakatida ishtirok etadigan qon tomirlarini belgilang. 1.pastki kovak vena; 2.yuqorigi kovak vena; 3.buyrak darvozasidan kiruvchi qon tomir 4.o`pka arteriyasi 5.o`pka venalari 6.tojsimon arteriya

5 / 25

Ko`sak mevaga ega bo`lgan magnoliyasimonlar (1) va lolasimonlar (2)ni aniqlang.a.oqquray b.chuchmoma c.boychechak d.lola e.bangidevona f.g`oza

6 / 25

Oziq-ovqat sifatida foydalaniladigan lolasimonlarga mansub bir yillik o`simliklarni aniqlang. 1.yeryong`oq 2.qovun 3.makkajo`xori 4.madaniy tok 5.pomidor 6.oddiy zira 7.sholi 8.mosh 9.oshqovoq.

7 / 25

Odam skelitidagi uzun g`ovak suyaklarning nechtasi ko`krak qafasida (a) va nechtasi qo`l suyaklarida (b)joylashadi?

8 / 25

Soxta kashtanga tegishli javoblarni top; 1.barglari murakkab panjasimon 2.kurtaklari nisbatan mayda 3.lub tolalari rivojlanmagan 4.barglari murakkab patsimon 5.ildizpoyalai o`simlik 6.kurtaklari nicbatan yirik 7.hayotiy shakli daraxt.

9 / 25

Chayon qisqichlari qaysi organining o`zgarishidan kelib chiqqan?

10 / 25

Barglari qarama-qarshi joylashgan buta (1) va ko`p yillik o`t(2)larni belgilang. A.kiyiko`t b.ligistrum c.nastarin d.chinnigul e.yalpiz f.rayhon g.pomidor

11 / 25

Odam organizmida venoz qonning harakatlanishida ishtirok etadigan klapanlarni ko`rsating? 1. 2 tavaqali 2. 3 tavaqali. 3.chap qorincha va aorta o`rtasidagi yarimoysimon klapanlar 4.o`pka arteriyasi boshlanishidagi yarimoysimon klapanlar 5.o`pka venalaridagi klapanlar.

12 / 25

Noto`g`ri ma`lumotlarni aniqlang.1.daryo qisqichbaqasi va butli o`rgimchak-bo`g`imoyoqlilar tipi vakillari 2.daryo qisqichbaqasining yuragida arterial qon,butli o`rgimchakning yuragida venoz qon; 3. daryo qisqichbaqasining ko`zlari oddiy, butli o`rgimchakning ko`zlari murakkab 4. daryo qisqichbaqasimonlar va o`rgimchaksimonlar trilobitlardan kelib chiqqan. 5. Qisqichbaqasimonlardan hasharotlar kelib chiqqan 6. daryo qisqichbaqasi va butli o`rgimchakning yuragi boshko`krag bo`limida.

13 / 25

Ko`rshapalaklar uchun mos kelmaydigan ma`lumotni topinig.1.tuxum qo`yish uchun uya quradi.2.oldingi oyog`i qush qanoti bilan gomologik organ. 3. Tanasi jun bilan qoplangan 4.xordalilar tipiga kiradi. 5.kloakasi mavjud.6.yupqa teri pardasi uchganda ko`tarilish yuzasini hosil qiladi. 7.yuragi 4 kamerali. 8.tana harorati doimiy.9.ko`zi ojiz.10.bir marta olgan havosidan 2 marta nafas oladi.

14 / 25

Koala uchun mos keluvchi ma`lumotlar to`g`ri berilgan javobni top. 1.sutemizuvchilar sinfiga kiradi. 2.kichik va zaif bolasini xaltasida olib yuradi. 3.qo`lqanotlilar turkumi vakili 4.barmoqlarida yassi tirnoqlari bo`ladi. 5.tanasi jun bilan qoplangan 6.burni va og`zidan ultratovush chiqaradi.7.primatlar turkumiga kiradi.8.rangni yaxshi ajratadi.9.kloakasi bo`lmaydi.

15 / 25

To`qaylarda to`qay mushugi bilan nimani uchratish mumkin. 1)yovvoyi cho`chqa 2) yo`g`a tuvaloq 3)kalxat 4)yumronqoziq 5)ko`k sug`ur 6)qoplon 7)bo`rsiq 8) jayron

16 / 25

Plimutrok zoti- ……….

17 / 25

Qaysi javobda odam organizmidagi qon tomirlariga oid noto`g`ri ma`lumotlar keltirilgan? 1.simpatik nerv ta`sirida tomirlar devoir kengayadi? 2.tojsimon arteriyada kislorodning konsentrtsiyasi yuqori bo`ladi. 3. alveola atrofini o`rab turuvchi qon tomirlar devoir faqat epiteliy to`qimasidan iborat. 4.parasimpatik nerv sistemasi ta`sirida tomirlarda qon oqish tezligi ortadi. 5.vazopreessin garmoni tomirlarda tomirlarda qon oqish tezligini susaytiradi. 6.arteriya qon tomirlari devorining tebranishidan arterial puls yuzaga keladi.7.muskul to`qimalaridan yig`iluvchi tomirlardagi qonda CO2 ning konsentratsiyasi yuqori bo`ladi.

18 / 25

Piyozbosh qaysi jihatlari bilan ildizdan farq qilmaydi. 1.1.kurtakning bo`lishi 2.oziq modda to`plashi 3.vegetativ ko`payishga xizmat qilashi; 4.shakli o`zgargan barglarining mavjudligi 5.qo`shimcha ildiz hosil qilishi.6.asosiy ildiz hosil qilishi

19 / 25

Shoyi akatsiyaga xos xususiyatlarni to`g`ri belgilang.1.guli va bargi jozibador 2.bargi 2 karra patsimon. 3.burchoqdoshlar oilasiga kiradi.4.magnoliyatoifa bo`limi vakili 5.bug`doydoshlar oilasiga kiradi. 6.gultogi kapalak shaklida 7.urug`chisi 3ta urug`chibargning qo`shilishidan hosil bo`lgan. 8.hayotiy shakli buta 9.mevasi 2 ta mevabargchaning qo`shilishidan hosil bo`lgan. 10 mevasi orasida to`sig`I bo`ladi.

20 / 25

Donor qonidagi eritrositlarda faqat gemoglabin ,resus omil va aglyutinogen B bo`lsa, u qaysi qon guruhiga ega odamlarga qon bera oladi?

21 / 25

Odamdagi qaysi suyaklar o`zaro harakatchan birikkan?1.tepa va peshona 2.7- va 8-juft qovurg`alar 3.5-juft qovurg`alar va to`sh suyagi. 4.tepa va chakka suyaklari. 5.kaftusti va tirsak 6. Son va bolder suyaklari

22 / 25

Katta yoshli sog`lom odamdagi qaysi doimiy tishlar soning o`zaro nisbati 3:1 ni tashkil etadi?

23 / 25

Ko`rshapalaklar uchun mos keluvchi ma`lumotlarni tanlang; 1.tuxum qo`yish uchun uya quradi. 2.oldingi oyog`I qush qanoti bilan gamologik organ hisoblanadi. 3.tanasi jun bilan qoplangan.4.xordalilar tipiga kiradi. 5.kloakasi mavjud.6.yupqa teri pardasi uchganda ko`tarilish yuzasini hosil qiladi 7.yuragi 4kamerali 8.tana harorati doimiy.

24 / 25

Meksika g`o`zasiga xos bo`lmagan xususiyatlar ko`rsatilgan javobni aniqlang.1.urug`ida urug`pallalari qat-qat bo`lib joylashgan 2.urug`ining yog`ochsimon qobig`I bir hujayradan tashkil topgan tuklar bilan qoplangan 3,kuzda mevasining asosiy qismi pishib poyasining uchki qismidagi gullari ochilib turadi 4.mevasi 2 ta mevabargning qo`shilishidan hosil bo`lgan 5.gulxayri turkumiga kiradi 6.magnoliyatoifa bo`limiga kiradi.

25 / 25

Terakning orasi teshikli to`siqlar bilan bo`lingan hujayralardan iborat naychalariga xos xususiyatlar? 1.o`tkazuvchi to`qimaga mansub.2.tirik hujayra 3.cho`ziq. 4.o`lik hujayra 5.barglarda hosil bo`lgan organic modda harakatlanadi.6.yumaloq hujayra 7.mexanik to`qimaga mansub.8.hujayra qobig`iga suberin moddasi shimilgan 9.suv va unda erigan mineral moddalarni o`tkazadi.10.yupqa devorli o`lik parenxima hujayralaridan iborat. 11.lub tolalari orasida joylashgan.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0