Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №16 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №16 InfoMaster Aprel 6, 2022 180 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №16 O’XSHATISH –QIYOSLASH YUKLAMALAR MUSTAHKAMLASH UNDOV SO’ZLAR Mavzular yuzasidan testlar 1 / 45 Qaysi javobdagi barcha so'zlar noto'g'ri yozilgan? A) ishtaha, jaxd, jaholat B) vaxshiy, zuvillamoq, uxlamoq C) uchirmoq, taziya, tavsilot D) raxmat, ma’sul, ma’sud 2 / 45 Qanday holatlarda otlarda grammatik ko’plikni ifodalayotgan qo’shimcha egalik qo’shimchasidan keyin joylashishi mumkin? A) atoqli otlarga qo’shilganda. B) hurmat ma'nosi ifodalangan otlarda. C) ko’plik qo’shimchasi har doim egalik qo’shimchasidan oldin joylashadi. D) shaxs yoki narsada asli bir dona bo’ladigan predmedlarni bildirgan so’zlarga qo’shilganda. 3 / 45 1 Yaxshiyam universitet yaqinda 2 Yaqinda o’qishni tugatadi Ushbu gaplardagi yaqinda so’zi haqidagi qaysi fikr to’g’ri ? A) birinchi gapda o’rin ravishi ,ikkinchi gapda payt ravishi B) har ikkala gapda o’rin ravishi C) birinchi gapda payt ravishi ,ikkinchi gapda o’rin ravishi D) har ikkala gapda payt ravishi 4 / 45 Qaysi qatordagi ta’rif sinonim (ma’nodosh ) so’zlarni aks ettiradi ? A) shakli bir xil ,ma’nosi har xil so’zlar B) bir tushuncha doirasidagi turli ma’no qirralarini anglatuvchi so’zlar C) zid ma’noli so’zlar D) aytilishi va ma’nosi bir hil so’zlar 5 / 45 Kitobni ko’p o’qisangiz ,undan ko’p hikmat topasiz.Ushbu gapdagi undan olmoshi qaysi so’z o’rnida qo’llanyapti? A) kitobni B) hech qaysi so’z o’rnida qo’llangani yo’q C) o’qisangiz D) ko’p 6 / 45 O’zlik olmoshi bog’lanib kelgan ot tarkibida asosan qanday qo’shimcha bo’ladi. A) kelishik. B) egalik. C) ko’plik. D) egalik va kelishik. 7 / 45 Qaysi gapda gumon olmoshi ishtirok etgan? A) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi B) Har kim o'z qilmishiga yarasha mukofot oladi C) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi D) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? 8 / 45 Olmoshlarning qaysilari takroriy holda qo’llanadi ? A) gumon, o’zlik. B) kishilik, ko’rsatish. C) o’zlik, belgilash. D) so’roq, ko’rsatish. 9 / 45 Bo‘yningdan ketgan yo‘q hali dor izi,Qo‘y» qora kunlarning o‘chsin qorasi!Sen borsan - Temurning ulug‘ vorisi,Osmoningga qaytdi oylaring, o‘zbek.She’riy parchadagi kelishik shakllari haqida berilgan to‘g‘ri hukmni aniqlang? A) 5 ta belgili, 3 ta belgisiz kelishik shakli ishtirok etgan. B) 5 ta belgili, 2 ta belgisiz kelishik shakli ishtirok etgan C) 4 ta belgili, 3 ta belgisiz kelishik shakli ishtirok etgan D) 4 ta belgili, 1 ta belgisiz kelishik shakli ishtirok etgan 10 / 45 Kelishiklar vazifasiga ko’ra qaysi birliklarga o’xshash bo’ladi ? A) nisbat hosil qiluvchi qo'shimchala’ga B) kelishik qo'shimchala’ga C) to’siqsiz fe’llarga D) ko’makchilarga 11 / 45 Vazifadosh ko’makchilar berilgan qatorni toping. A) sari, sayin, bilan B) sababli, tufayli, uchun C) ko’ra, deb, bo’ylab, qarab D) uzra, haqida, qadar 12 / 45 Chiqish kelishigidagi so`zlar bilan qo`llanadigan ko`makchini toping. A) bilan B) uzra C) o`zga D) chamasi 13 / 45 Qaysi javobda vazifadosh zidlov bog'lovchilari keltirilgan? A) -u, -yu, -da, na . . na B) -u, -yu, -da, ba’zan C) -u, yu, -da, balki D) -u, -yu, -da, xoh 14 / 45 Yuklamalar gapda qanday gap bo’lagi vazifasiga kela oladi? A) gap bo’lagi vazifasini bajarmaydi B) Faqat aniqlovchi va to’ldiruvchi C) ega, aniqlovchi D) kesim, aniqlovchi, to’ldiruvchi 15 / 45 Qaysi gapda ham yuklamasi bog’lovchi vazifasida qo’llangan? A) Men ham eshitgan va ko’rganimni aytaman-da,jo’ra. B) Sekin unga yaqin bordim: bu manzara ham bizning ko’ngilga yaqin-da, qadrdon! C) O’zi balo tog’ining boshida o’tirarmish kun-u tun, yoz ham qish. D) Barcha javoblarda yuklama sifatida qo’llangan. 16 / 45 Ha, albatta, qatnashamiz! E, otangizga rahmat! Barakalla do’stim! Ushbu matnda qo’llangan undov so’zlarni toping A) rahmat,barakalla B) e,barakalla,rahmat C) ha,albatta,e D) e 17 / 45 Axir Marg’ilonda bizning ham shunday kclininimiz bor ekan-u, bilmay yurgan ekanmiz-da !Gapdagi yuklamalar sonini toping. A) 4ta B) 3 ta C) 2 ta D) 5 ta 18 / 45 Nutqiy odat undovlariga qaysilari kiradi? A) iye,o,voy,eh,oh B) o’h-ho’,ho,ehe C) xo’sh,rahmat,balli,salom D) hoy,hay,hey,allo 19 / 45 Qaysi qatordagi gapda otlashgan undov ishtirok etgan. A) Va ba'zan qilgan ishimdan pushaymonim va ohim yo’qdir B) Eh ,darsdan kechga qoldim . C) E,e bu voqeani Toshkand ahli orasida eshitmagan qolmadi D) Xalqning dardini eshitay deb kelibsiz-da 20 / 45 Betobligini ko’riboq sezgan ekansan, shifoxonaga yuborsang bo’lmasmidi, axir? Ushbu gapdagi yuklamalar miqdorini aniqlang. A) 1 B) 3 C) 2 D) 4 21 / 45 Kishilarning diqqatiini tortish,jonivorlarni haydash,chaqirish va to’xtatish uchun qo’llanadigan so’zlar ... A) his-hayajon undovlari B) taqlid so’zlar C) modal so’zlar D) buyruq-xitob undovlari. 22 / 45 Bilasanmi, ertagayoq bu gap faqat uning qulog’igagina emas hatto ota-onasigacha yetib borishi mumkin Ushbu gapda qollangan yuklamalar miqdorini toping. A) 5 B) 4 C) 2 D) 3 23 / 45 Darhaqiqat, odam qo’ligina odamga abadiy hakal qo’yishiga ana o’shanda ishonganman-da A) 2 B) 3 C) 5 D) 4 24 / 45 Qaysi qatorda undov so’zlar berilgan? A) oh,qars,rahmat,piq-piq,kisht.duk-duk B) uf,o'ho',chu,beh-beh,drr,ey C) voy,yarq,balli,g’uv-g'uv,xo'o'sh,g'ir-g'ir D) ofarin,hay,hormang,be,gurs 25 / 45 Men-ku, bu ishhi eplarman-a, o'zingiz-chi, biror ishni qila olasizmi? gapdagi yuklamalar sonini toping. A) 3ta B) 6ta C) 4ta D) 5 ta 26 / 45 Gumon yuklamasi qaysi qo'shimcha bilan shakldosh? A) fe'llardagi orttirma nisbat qo'shimchasi bilan B) —miz, -siz- qatorida turuvchi 3-shaxs qo’shimchasi bilan C) В va C. D) man, san qatorida turuvchi 3-shaxs qo 'shimchasi bilan 27 / 45 O’xshatish-qiyoslash yuklamasi qatnashgan gapni toping A) Men bor-ku ! – deb qichqirdi Akbarali kulib. B) Toki odamlar meni ko’rmasin, faqat mehnatimni ko’rishsin. C) Dardga darmon bo’ladigan ham shu so’z, turmushga og’u soladigan ham xuddi shu so’z. D) O’shanda dadam ham frontda edilar. 28 / 45 Qaysi qatorda undov so’zlarga xos xususiyat noto’g’ri berilgan ? A) gap tarkibida kelib ,uni undov gapga aylantirishi mumkin B) undov so’zlar gap bilan gramatik jihatdan bog’lanishi mumkin C) undov so’zlar otlashganda gapda ma’lum vazifada qo’llanishi mumkin D) undov so’zlar o’zi undov gap bo’lib kelishi mumkin 29 / 45 Gumon yuklamasi qatnashgan gapni toping A) Suv hayot manbaidir. B) U musobaqa g 'olibidir. C) Urug'ingdir, aymog'ingdir, Biror og'zi maymog'ingdir... (Masaldan) D) A, B, C. 30 / 45 Gumon yuklamasi qaysi qatordagi gap tarkibida mavjud ? A) B,C B) Balki bugun uyga borgandir. C) Til millat kovzgusidir. D) Bu yerda na tom, na deraza bor edi. 31 / 45 O'shanda ham faqatgina imorat xolos-da boshqa hech narsa yo’q-kuUshbu gapdagi yuklamalar muiqdorini aniqlang. A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 1 ta 32 / 45 Inkor yuklamasi qatnashgan gapni belgilang A) Allaqachon yetib kelgandir B) Bu xabarni hamma eshitdimi ? C) Sen hayotda sira bo’shashma D) Naq o’ldirib qo’yayozdi 33 / 45 Qaysi gapda gumon yuklamasi ishtirok etmagan? A) Muslima maktabga yetib borgandir. B) Sizni birontasi yo’qlab kelgandir ? C) ”O’lsa o’lgandir, bunga nima janjal ! “ – deb qo’ydi tag’in birov. D) Furqatning “Sayding qo’ya ber, sayyod” musaddasi asl mazmuni bilan erk va ozodlikka chorlovchi madhiyadir. 34 / 45 Gumon yuklamasi qo’llanmagan gapni toping. A) U sizni yo’qlab kelgandir? B) Uni kimdir elektr toki bilan urgandek bo’ldi . C) Barcha gaplarda gumon yuklamasi qo’llangan D) Urug’ingdir, aymog’ingdir, Biror og’zi maymog’ingdir. 35 / 45 Undov so'z qatnashgan gapni aniqlang. A) Xonaga kirgan birinchi salom beradi. B) Hozirgacha birov mening mushugimni pisht degan emas. C) Obbo, bular dod-voy solib nimaga erishmoqchi bo'lishadi- ya! D) Barcha gaplarda undov so'z qo'llangan. 36 / 45 Mayli-da kimgadir yoqsa, yoqmasaUlarga qo’shilib yig’isharmidik. Biz baxtli bo’lamiz, Xudo xohlasa. Xudo xohlamasa, Uchrasharmidik ? Yuklamalar sonini toping. A) 2 ta B) 4ta C) 6ta D) 3 ta 37 / 45 Inkor yuklamasi berilgan qatorni aniqlang. A) xuddi, naq B) faqat, -gina C) hech, sira D) –ku, ham 38 / 45 Sizni otasi o’rnida ko’rsag-u, nahotki sizdan beso’roq ish tutsak-a (A.Q.)Ushbu gapdagi yuklamalar miqdorini aniqlang. A) 2 ta B) 1 ta C) 3 ta D) 4 ta 39 / 45 Undovga xos xususiyatlarni belgilang. A) Atab ko’rsatish xususiyatiga ega emas B) Turlanmaydi C) Maxsus guruh ko’rsatkichlari yo'q D) A,B 40 / 45 Qaysi gapda undov so’z otlashgan? A) Kerak emas buncha oh-vohlar B) Voy, Mohigulxon, shug’zingizmi C) Ehe, ishlar kattaku, ozamatlar. D) Eh. hozir onam tirilib kelgandami! 41 / 45 Inkor yuklamasi qatnashgan gapni toing. A) Na qo’shiq,na kulgi ,na churq etgan ovoz eshitilmadi. B) Dalalarda ish boshlandi-da. C) Sekin unga yaqin bordim : bu manzara ham bizning ko’ngilga yaqin-da qadrdon! D) Axir, dalalarda ish boshlandi. 42 / 45 Rangi boshqa bo’lsa ham, o’shaning o’zi-ku, faqatgina bu yangisi xolos-da.Ushbu gapdagi yuklamalar miqdorini toping A) 3 B) 4 C) 5 D) 6 43 / 45 Gumon yuklamasi ishtirok etgan gapni toping. A) Suv hayot manbayidir. B) ”O’lsa o‘lgandir, bunga nima janjal!” — deb qo‘ydi tag‘in birov. C) Furqatning “Sayding qo‘yaver, sayyod” musaddasi asl mazmuni bilan erk va ozodlikka chorlovchi madhiyadir. D) U musobaqa g‘olibidir. 44 / 45 Bilasizmi, bu nima? Birinchi marta osmouga uchirilgan Ycr yo’ldoshi bor-ku, ana o’shaoning xuddi o’ziUsbu matnda qo’llangan yuklamalar miqdorini toping A) 4 B) 6 C) 3 D) 2 45 / 45 Bolalar-ku, mayli-ya, kuniga savat-savat narsa tashib, uzoq-yaqindari keladigan ota-onalarning xarhashasini aytmaysizmu. yuklamalar miqdorini aniqlang. A) 5 B) 2. C) 4 D) 3 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz