Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №2 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №2 InfoMaster Aprel 6, 2022 369 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №2 LEKSIKOLOGIYA BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH FE’L SO’Z TURKUMI BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH OT ,SIFAT SO’Z TURKUMI BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 31 Imlo qoidasiga ko‘ra qaysi qatordagi so‘zlaming ikkinchisi xato yozilgan? A) qism-qisim B) ahl-ahil C) adl-adil D) aks-akis 2 / 31 Sifat darajalari qaysi qatorda to’g’ri sanalgan. A) sodda, qiyosiy, orttirma. B) oddiy, qiyosiy, ozaytirma, orttirma. C) oddiy, qiyosiy, orttirma. D) oddiy, qiyosiy, ozaytirma. 3 / 31 Fe’llar nimani atab kelishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) harakat va holat fe’llariga B) to’liq va to’liqsiz fe’llarga C) o’timli va o’timsiz fe’llarga D) bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarga 4 / 31 O’rin joy otini yasovchi qo’shimchalar qatorini toping. A) –do’z, - bon, -gich. B) -zor, - iston, -loq. C) -gich., - q, - k. D) -dosh, -zor, -loq. 5 / 31 Qaysi qatorda juft sifat ishtirok etmagan? A) Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g'ayrat ,dadillik baxh etgandek bo'ldi B) Qo'llari kctmon ,o'roq ,ayri ushlayverganlaridan g'adir-budir haqiqiy dchqon edilar C) Ba'zan pi ilka shokoladni ,arzon-garov qo'g'irchoqni olib keladi D) Menga o'xshash esli -hushli yigitga zoriqib o'tirgan ekan 6 / 31 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) Bemor otamni ko’rgani kasalxonaga bordim, B) Ko’rganni eshitgan yengadi. C) Men gulxan atrofida o’tirganlarni yilqi boquvchilar deb yanglishgan ekanman. D) Yaxshi ko’rganimni bilasiz-da. 7 / 31 Faqat yasama otlar berilgan qatorni toping. A) chaqmoq, obkash, uy. B) kalxat, gulchi, o’t. C) chorva, baxt, guldon. D) quvonch, tinchlik, duradgorlik. 8 / 31 Qaysi qatordagi gapda fe’lning harakat nomi shakli qatnashgan? A) Ular bog’ o’stirishdi ,paxta ekishdi . B) Bu yerda odamlar choy ichishadi chaq –chaqlashishadi ish yuzasidan maslahat qilishadi. C) Mehmonxona yaxshi isitilgan katta stolga dasturxon yozishgan edi . D) Gul ekib daraxt o’stirish kishini ezgulik sari yetaklaydi 9 / 31 Agar so’zlar o’zi ifodalangan tushuncha bilan birgalikda eskirsa, qanday nomlanadi? A) arxaik so’zlar B) tarixiy so’zlar C) eskirgan so’zlar D) iste’moldan chiqqan so’zlar 10 / 31 Har ikkala qismi ham mustaqil qo'llana olmaydigan so'zlardan tashkil topgan juft otlar qatorini toping A) choy-poy,don-dun,temir-tersak,bola-chaqa B) g'ala-g'ovur ,ikr-chikir,alg'ov-dalg'ov ,poyintar-soyintar C) uvali-juvali,alg'ov -dalg'ov,och-yalang'och,past-baland D) ota-bola,aka-uka ,bog'-u bo'ston ,chol-kampir 11 / 31 Agar so’zlar eskirib, ular ifodalagan tushuncha boshqa so’zlar bilan ifodalansa, bunday so’zlar qanday nomlanadi. A) iste’moldan chiqqan so’zlar B) sinonimi mavjud so’zlar C) arxaik so’zlar D) tarixiy so’zlar 12 / 31 Bugungi ishni ertaga qo’yma Ushbu gapdagi sifatning qanday ma’no ifodalanayotganini aniqlang A) darajani B) o’ringa ko’ra munosabatni C) holatni D) paytga ko’ra munosabatni 13 / 31 Atamalar qo’llanishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) atamalar bu kabi turlarga bo’linmaydi B) ilmiy atamalar va kasbiy atamalar C) ilmiy atamalar va siyosiy atamalar D) yangi atamalar va eskirgan atamalar 14 / 31 Bo’lishli fe’l qatnashgan gapni aniqlang A) Hech bir ikkilanmay ,yakka o’zi bo’ri quvib ketdi-yu ?! B) Birni birov beradi ,ko’pni mehnat C) Bu ham azamat , hech qanday dushman bas kelolmas D) Hali hech kim uyg’onmay ,ko’zin ochdi binafsha 15 / 31 Rivojlanmoq ,zavqlanmoq ,ajablanmoq fe’llari qaysi nisbatda ekanligini aniqlang A) orttirma B) majhul C) o’zlik D) aniq 16 / 31 Sifatdosh qaysi gap tarkibida qo’llangan ? A) Erib ,sehrlanib quloq soldi uning yoniq so’ziga . B) Terakzorda chalinayotgan musiqa tobora yaqqol eshitilardi . C) Kosmonavt bo’lish uchun ko’p narsani bilish ,qunt bilan o’qish va ishlash lozim . D) Chin do’stlikning alangasi so’nmasin 17 / 31 Fe'l nisbatlarining ta'rifi to'g'ri berilgan javobni toping. A) B.C. B) Harakatning kim yoki nima tomonidan bajarilishini bildiruvchi fe’l shakllari C) bajaruvchining harakat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari D) bajaruvchining holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari 18 / 31 Quyidagi gapda yo’l so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? U paytlarda otda yurilsa ,uch kunlik yo’l edi A) usul B) masofa C) yo’nalish D) safar 19 / 31 Aqldan g'amginlik, shodlik, о ktamlik,Aqldan borlig-u, yo'qlig-y kamlik. Ushbu baytda ot turkumiga oid nechta so'z ishtirok etgan? A) 2 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 4 ta 20 / 31 Maza-ta’m sifatlari berilgan qatorni aniqlang. A) nimtatir, chuchmal B) serob, kamchil C) bo’ydor, xushbo’y D) badbo’y, sovuq 21 / 31 Quyida yo’l so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Kechga borib ,avtobuslar o’z yo’lini o’zgatiradigan bo’lib qoldi A) masofa B) tadbir C) safar D) yo’nalish 22 / 31 Insonning ichki kechinmalarini ifodalovchi fe’llar nimani atab kelishiga ko’ra qanday nomlanadi? A) holat fe’llari B) o’timli fe’llar C) o’timsiz fe’llar D) harakat fe’llari 23 / 31 Morfologik usul bilan orttirma darajadagi sifat hosil bo’lgan qatorni belgilang. A) dum-dumaloq, yap-yangi B) toza ko’ylak, yumshoq non C) eng kichik, zo’r-zo’r polvonlar D) zahar qalampir, olov bola 24 / 31 Berilgan gapdagi fe’l maylini aniqlang Jahli chiqib yurmasin tag’in A) buyruq –istak B) maqsad C) shart D) ijro 25 / 31 Un, yog’ ,suv kabi so’zlarga lar qo’shimchasi qo’shilganda qanday ma'no ifodalanadi? A) kuchaytirish va takid. B) jamlik va to’da C) xil, nav, mo’llik. D) grammatik ko’plik. 26 / 31 Berilgan misralaming qaysi birida qo’shma fe’l ishtirok etgan? A) Gul bargini nasim tildi - to’kildi B) Falak ishiga boq: bir haftada gul C) Chiqdi, g’unchaladi, kuldi - to’kildi. D) Saboga hikoyat qildi - to’kildi 27 / 31 Qaysi gapda hid bildiruvchi sifatlar mavjud? A) Bog’dagi gullarning muattar bo’yi atrofga taralmoqda. B) Ko’chadagi bolalar yugurib ketishdi. C) Andishali odam qo’rqoq bo’lmaydi. D) Biz achchiqqina sho’rvani ichib oldik. 28 / 31 Takroriy sifat qatnashmagan gapni toping A) Sarvinozxon gul-gul ochilib bog'chaga ketdi B) To'p-to'p daraxtlar tag'in lipillab orqada qolib ketdi C) Ko'chani sho'x-sho'x bolalar to'ldirib o'tishdi D) Yirik-yirik tomchilar yer-u ko'kni avalay ketdi 29 / 31 O’rin-joy otlari qaysi javobda berilgan ? A) ko’cha, guzar, shahar B) mahalla, bostirma, bezak C) qishloq, to’plam, toshloq D) tug’ma, achitqi, qamishzor 30 / 31 Shaxs otlari berilgan qatorni aniqlang A) Yer,Quyosh,Oy B) shohko’cha,yo’lak,darcha C) bobo,onajonim,,yigit D) yulduz,sayyora,samo 31 / 31 Qanday holatlarda otlarda grammatik ko’plikni ifodalayotgan qo’shimcha egalik qo’shimchasidan keyin joylashishi mumkin? A) ko’plik qo’shimchasi har doim egalik qo’shimchasidan oldin joylashadi. B) atoqli otlarga qo’shilganda. C) shaxs yoki narsada asli bir dona bo’ladigan predmedlarni bildirgan so’zlarga qo’shilganda. D) hurmat ma'nosi ifodalangan otlarda. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz