Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №1 6-sinf Ona tiliOna tili mavzulashtirilgan 6-sinf Ona tili №1 InfoMaster Mart 29, 2022 547 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №1 UNDOSH TOVUSHLAR O’ZBEK ALIFBOSI VA IMLO QOIDALARI BO’GIN VA URG’U LEKSIKOLOGIYA VA LUG’ATSHUNOSLIK Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Olimlar kompyuterni inson miyasidan andaza olib yaratgan . O’ylaydi Hisob –kitob qiladi .Muammolar yechadi .Xulosa chiqaradi .Eslab qoladi …Faqat kompyuterning insondan bitta ustunligi bor :keraksiz axborotni xohlagan paytda xotirasidan o’chirib tashlash mumkin ... Odam esa yomon xotiralarni miyasidan o’chirib tashlolmay aziyat chekadi …( O’ Hoshimov ) Yuqoridagi matn matnning qaysi turiga mansubligini aniqlang . A) tasviriy matn B) muhokama matn C) rivoyat matn D) hikoya matn 2 / 50 Yopiq bo'g'inlaridan biri faqat lab undoshlaridan tashkil topgan so'zni belgilang A) bolg'a B) mafkura C) konduktor D) bodomzor 3 / 50 Tarkibida faqat quyi keng unlilar qatnashgan so'zlar qatorini toping A) o'rin, bel B) boy. qush C) xomtok, ko'k D) Narsa, vatan 4 / 50 Bunday bo’g’in unli bilan tugaydi yoki bir unlidan iborat bo’ladi Ushbu izoh quyidagi qaysi tushunchaga taaluqli? A) berkitilgan bo’g’inga B) ochiq bo’g’inga C) berkitilmagan bo’g’inga D) yopiq bo’g’inga 5 / 50 Qaysi jarangli undoshlar sirg'aluvchi tovushlarga mansub emas ? A) y.n B) j,g' C) m,g D) v,z 6 / 50 Quyidagi fonetik tahlil qaysi qatordagi unliga xos? - yuqori tor, orqa qator, lablangan. A) i B) e C) a D) u 7 / 50 Qaysi so’zlarda urg’u so’zning birinchi bo’g’iniga tushgan? A) chollar, tollar B) barchasida birinchi bo’g’inga tushadi C) har kim, qaysi D) albatta, o’qiyman 8 / 50 Old qator unlilar berilgan qatorni aniqlang. A) o, a, u. B) i, e, a. C) e, o, i. D) a,o,u. 9 / 50 Nihoyat ,Londondan Toshkentga uchadigan bo’ldik . Havo kemasiga chiqishimiz bilan osoyishta va yoqimli ovoz yangradi : “Assalom-u alaykum ,xonimlar va janoblar ! Sizlarni “O’zbekiston havo yo’llari “ milliy aviakompaniyasi nomidan muborakbod etamiz !” ..Yuqoridagi matn matnning qaysi turiga mansubligini aniqlang . A) tasviriy matn B) muhokama matn C) rivoyat matn D) hikoya matn 10 / 50 Atama ishtirok etgan gapni toping A) Bo’zchi belbog’ga yolchimas B) Sifat va otdan yasalgan qo’shma otlarga misol keltiring C) Xullas, bor haqiqatni qayta kashf etdim D) Insonlar Alloh oldida bir biriga teng bo’lgandek ,bir birlari oldida ham teng bo’lishlari lozim 11 / 50 Muayyan predmet yoki voqea-hodisalar haqidagi fikr mulohazalar bayon qilingan matn …hisoblanadi ? A) rivoyat matn B) hikoya matn C) tasviriy matn D) muhokama matn 12 / 50 Muhokama matn haqida berilgan qaysi hukmlar to’g’ri ? 1 Muhokama matn darsliklarda ko’proq qo’llaniladi . 2 Muhokama matn badiiy adabiyotda ko’proq qo’llaniladi . 3 Muhokama matn ilmiy adabiyotlarda ko’proq qo’llaniladi . A) 1,2 B) 1,2,3 C) faqat 2 D) 1,3 13 / 50 Leksikografiya nimani o’rganadi? A) harf va belgilarni B) lug’at va uning turlarini C) so’z va uning ma’nolarini D) frazeologik iboralarni 14 / 50 Tarix fani birikmasining harflar tartibi to’g’ri berilgan qatorni toping. A) 20,1,18,10,23,22,1,15,10 B) 19,1,17,7,22,5,1,13,18 C) 19,1,17,22,8,5,1,13,8 D) 19,1,17,8,22,5,1,13,8 15 / 50 Qanday tovushlar jarangli undoshlar deyiladi? A) Nutq organlarida to'siqqa uchramaydigan tovushlar B) Faqat un(ovoz) dan hosil bo'ladigan tovushlar C) Faqat shovqindan hosil bo'ladigan tovushlar D) Shovqin va unlardan hosil bo'ladigan tovushlar 16 / 50 Bo'gin...... A) gapdagi biror bo'lakning boshqasiga nisbatan alohida ta'kidlanib aytilishidir B) so'zdagi unlilarning alohida ohang (intonatsiya)bilan aytilishidir C) bir havo zarbi bilan aytiladigan bir yoki bir necha toyushlar yig'indisidir D) so'zda bir xil unlilarning kelishidir 17 / 50 aysi qatorda sport atamalari berilgan? A) chala, halol, yonbosh B) kilometr, tonna, vazn C) suv, baland, chuqur D) balli, dushman, maydon 18 / 50 –a unlisining fonetik tasnifi qaysi qatorda to’g’ri berilgan? A) orqa qator, quyi keng, lablangan B) old qator, quyi keng, lablanmagan C) old qator, o’rta keng, lablanmagan D) old qator, yuqori tor, lablanmagan 19 / 50 Qaysi so'zlarda faqat o'rta keng unlilar bor ? A) tugma, non B) bardam, shod C) elak, gulbeor D) erk, kel, el 20 / 50 Ma’lum hududdagina ishlatilib, faqat shu yerda yashovchi kishilar tushunarli bo’lgan so’lar qanday nomlanadi. A) Atamalar B) Shevaga xos so’zlar C) Paronomlar D) Umumxalq ishlatiladigan so’zlar. 21 / 50 Qaysi javobda ko'rsatilgan xususiyat unli tovushlarga xos emas? A) Unli tovushlarsiz bo'gin bo'gin hosil bo'hnaydi B) Bo'g'inlar unli bilan tugasa, ochiq bo'g'in hisoblanadi C) Urg'u,odatda unli tovushga tushadi D) unlilar jarangli va jarangsiz bo'ladi. 22 / 50 jo’ja va jirafa so’zlaridagi j tovushlari qaysi jihatdan o’zaro farqlanadi? A) portlovchi va sirg’aluvchiligiga ko’ra B) jarangli va jarangsizligiga ko’ra C) talaffuzida labning ishtirokiga ko’ra D) til qismlarining harakatiga ko’ra 23 / 50 Qaysi iboraning ma’nosi beparvo ,beg’am so’zlariga sinonimbo’la oladi ? A) qush kabi yengil tortmoq B) o’ziga yuqtirmaslik C) do’ppisi yarimta D) chuchvarani xom sanamoq 24 / 50 “Ona “ so’zidagi harflar o’rniga alifbodagi tartib raqami berilgan javob variantini aniqlang . A) 14,13,1 B) 14,21,1 C) 14,15,1 D) 19,18,2 25 / 50 Yopiq bo'g'inlarni toping A) os-mon,mak-tab,tok-zor B) gul-chi,so-at,pesh-voz C) qu-loq,so-ya,jang D) yu-bor,ham-dam,ol-ma 26 / 50 Tarixiy so ‘zlar qatorini aniqlang. A) vazir, mufti B) onhazrat, takyagoh C) sarf, nahv D) yo'qsil, avom 27 / 50 Lablanmagan unlilar qatiorini aniqlang A) i, e,a B) e,o',a C) o,u,o' D) a,i 28 / 50 Javoblarning qaysi birida unli tovushlar ko'rsatilgan? A) yo,yu,ya ,a B) m,ng,n,r,l C) a.u,o',i,e,o D) b,f,k,t,s 29 / 50 Muayyan predmet yoki voqea-hodisalar haqida xabar beriladigan matn …hisoblanadi ? A) tasviriy matn B) hikoya matn C) rivoyat matn D) muhokama matn 30 / 50 Muayyan predmet yoki voqea-hodisalar ta’riflangan , tavsiflangan matn …hisoblanadi ? A) rivoyat matn B) hikoya matn C) tasviriy matn D) muhokama matn 31 / 50 Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) tuxfa, tahlit B) tanbex, taxmin C) timsox, tuxmat D) rahnamo, rayhon 32 / 50 G‘afur akaning o‘zi o‘sha buyuk ustozlar izidan borishga intilardi. Shuning uchun ham u tariximizni mukammal bilar, rasmlar chizar edi. U raqs tushganda , zo‘r raqqosalar ham davradan chiqib, tomosha qilardi. Qo‘liga taqsimcha olib, xalq termalarini aytganda, hamma jimib qolardi. Dutor chertganda, tinglovchilar bosh egib tebranishardi. G‘afur aka Yusuf qiziqlar bilan teng kelib askiya qilardi. Ushbu parcha matnning qaysi turiga mansub? A) tavsifiy matn B) muhokama matni C) hikoya matni D) tasviriy matn 33 / 50 Yopiq bo'g'inlardan biri faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan so'zni belgilang A) paxta B) ko'cha C) kitob D) sunbul 34 / 50 Imlo lug’ati nima uchun kerak ? A) Shevaga xos so’zlarni bilish uchun B) Og’zaki nutqni o’stirish uchun C) So’zlarning to’g’ri yozilishini o’rganish uchun D) To’g’ri tallaffuzni o’rganish uchun 35 / 50 Urg'u yordamida so'z ma'nolarini farqlash mumkin bo'lgan qatorni belgilang A) yangi, yigitcha , qishloqcha B) fizik, chog'lar , mudir C) surma, kitob , hovli D) olma , anjir ,muhit 36 / 50 Lablangan unlilar qatorini aniqlang A) barcha unlilar B) a,i e C) o’,o,u D) a,i 37 / 50 Qaysi so‘z imlosiga ko‘ra xato yozilgan? A) boshboshdoq B) boshmaldoq C) burushmoq D) badhazim 38 / 50 dengiz so’zi tarkibida qanday undosh til tovushlar mavjud ? A) ) 3 ta til oldi ,1 ta til o’rta undoshlari B) ) 3 ta til oldi ,1 ta til orqa undoshlari C) ) 2 ta til oldi ,1 ta til orqa undoshlari D) ) 2 ta til oldi ,1 ta til o’rta undoshlari 39 / 50 Qaysi qatordagi so'zlarning undoshlari jarangli lab tovushlaridan iborat. A) beibo, beva, vabo. B) ivi, bibi, jafo C) bob, bobo , betob D) ibo, bamuk, bevafo 40 / 50 . h undoshiga to'g'ri tavsif berilgan javobni toping A) chuqur til orqa ,sirg'aluvchi jarangli undosh tovush B) bo'g'iz , sirg'aluvchi jarangsiz undosh tovush C) chuqur til orqa ,sirg'aluvchi jarangsiz undosh tovush D) chuqur til orqa ,portlovchijarangsiz undosh tovush 41 / 50 Qaysi qatordagi barcha so’zlarda urg’u ma’no farqlaydi? A) qoshlar,boshlar, yoshlar B) olma, surma, childirma C) fizik, yo’llar, gullar D) oshiq, doston, ildizlar 42 / 50 Bo'g'inga ajralmaydigan so'zlar qatorini toping. A) ongi, yengil, yangi. B) hukm, gramm, ong. C) yongan, singil, bong. D) qit'a, qal'a, yechim. 43 / 50 Tarkibida faqat tor unlilar ishtirok etgan so'zlarni belgilang. A) besh, yil B) qultum, uzum. C) to'rt, burchak D) asal ,gul 44 / 50 Tasviriy matn haqida berilgan qaysi hukmlar to’g’ri ? 1 Tasviriy matn darsliklarda ko’proq qo’llaniladi . 2 Tasviriy matn badiiy adabiyotda ko’proq qo’llaniladi . 3 Tasviriy matn ilmiy adabiyotlarda ko’proq qo’llaniladi . A) 1,2 B) 1,2,3 C) faqat 2 D) 1,3 45 / 50 Arxaik so’zlar qatorini aniqlang A) ulus,handasa,cherik ,oraz B) zindon,taxt,zebigardon, bo’noki C) jayhun,muarrix ,jallod,bitik D) me’mor,boj,yorg’uchoq ,paysa 46 / 50 Qaysi qatordagi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga h harfi qo‘yiladi? A) ar…eolog, mu…bir, i..tisos B) gul…an, a…ir, va…ima C) asla…a, gazet…on, giyo… D) alo…ida, ba…o, ba…s 47 / 50 Kosasi oqarmadi iborasining sinonimini toping A) boshi shishdi B) oyog’i tortmadi C) tuz totmadi D) bir to’ni ikki bo’lmadi 48 / 50 Lotin alifbosi tartibida yozilgan so’zlar qatorini toping A) jahon ,ilm ,shijoat B) eshik ,fasl ,shimol C) bog’,gul ,daraxt D) anor ,kuz ,hosil 49 / 50 Qaysi qatordagi so‘zlar alifbo tartibida yozilmagan? A) telegraf, tipografiya, teploxod B) mayiz, mashina, mosh C) agrotexnika, anjir, anor D) kattaqo'rg'on, kishmish, kuz 50 / 50 Lotin alifbosi tartibida yozilgan so’zlar qatorini toping. A) inson, karam, elak B) abadiy, vazir, hayo C) mumtoz, navo, jilo D) gavhar, xalq, o’rmon 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz