8-sinf Adabiyot 18-mavzu

0
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

8-sinf Adabiyot 18-mavzu yuzasida testlar

18 – MAVZU:   TAKRORLASH

1 / 37

“Kuntug’mish” dostonida Xolbeka dorga qarab aytgan nolasida kimdan madad so’raydi ?

2 / 37

Lutfiyning qaysi g'azalida maqol lirik qahramonning «tuturmen ko'z» degan fikriga mantiqiy asos sifatida keltirilgan?

3 / 37

Nasr va nazm aralash bitilgan asar?

4 / 37

Nodiraning qaysi g'azalida 2 karra undov so'z va 2 bor undalma ishlatilgan?

5 / 37

G'afur G'ulomning quyidagi qaysi she'rida «AI-jabr val-muqobala» - algebra faniga asos solgan buyuk bobokalonimiz Al-Xorazmiy tilga olinadi?

6 / 37

Oybekning Ikkinchi jahon urushi qurbonlari haqida uzluksiz kelayotgan shum xabarlar dahshatini o'zida ifoda etgan to'rtligi nomini toping

7 / 37

«Jaloliddin Manguberdi» portretini chizgan mashhur rassomni toping.

8 / 37

Usmon Nosirning «Yana she'rimga» she'rining «Saharda qon tupursam, mayli...» misrasidagi yashirin dardni shoirning, bolalik va o'smirlikning og'ir yillari o'sha paytda ko'p tarqalgan, qaysi kasalga mubtalo bo'lishi bilan ham bog'lash mumkin?

9 / 37

«Ufq» romanining qaysi qismida Katta Farg'ona kanali qurilishi qalamga olingan?

10 / 37

«Chinor» romanida qaysi qishloq Akbaralining nomi bilan qayta nomlanadi va Akbarobod deb atala boshlanadi?

11 / 37

Ozod Sharafiddinovning 1962-yilda chop etilgan ilk kitobi qanday nomlangan edi?

12 / 37

To’ra Sulaymon “Iltijo “she’rida nimani saodatga ishora deb aytadi ?

13 / 37

«Otning egasi» hikoyasida otasidan juda erta, xotini va farzandlaridan fojiali tarzda ayrilgan qahramonni toping.

14 / 37

Muhammad Yusufning «Vatanim» she'rida: «Kim Qashqami qildi makon», - deyilganda chor hukumati tomonidan yurtidan chiqib ketishga majbur qilingan, umrbod ortga qaytolmay, Qashqar tuprog'ida xoki qolgan qaysi ijodkor nazarda tutiladi?

15 / 37

Fuzuliy qaysi g'azalida undalmalardan ustalik bilan foydalangan, izchil ravishda har baytda bittadan undalma qo'llagan?

16 / 37

Thakurning ijtimoiy-siyosiy faoliyatining ijtimoiy-badiiy ko'rinishi sifatida yaratilgan she’riy to’plamlarini toping.

17 / 37

E.Vohidov Sergey Yeseninning qaysi she’rini 4+3 turoqli vaznda tarjima qilgan?

18 / 37

Ota diydoridan, ona mehridan, yor-do'stlar davrasidan olisda, chaqirsa ovoz yetadigan joyda quvg'in bo'lib olamdan o'tgan qahramon va u ta'riflangan asarning nomini toping.

19 / 37

Manbalarda taxallusi oldidan «mavlono» sifati qo'shib tilga olingan ijodkorni toping.

20 / 37

Ilgari qaysi dostonni aytish darajasiga qarab baxshilar iste'dodiga baho berilgan?

21 / 37

"She'r ko'p, ammo shoir-chi?", "Hayotiylik jozibasi, sxematizm inersiyasi" maqolalari muallifi kim?

22 / 37

Bog'da tovus kabi xiromon bo'lib, Umid danagini birga ekingiz. G‘olib kelajakni sayr qilaylik Mushfiq onaginang bilan ikkimiz. Ushbu kelajakka ishonch ifodasi bo‘lgan umidbaxsh misralar muallifini aniqlang.

23 / 37

«Xon g'azabi - Xudo g'azabi» degan naql qaysi asarda uchraydi?

24 / 37

“Bu kitobni kitobxon boshdan oyoq shavq bilan,hech qayerda turtinmasdan,diqqatli susaymandan,ishtahasi bo’g’ilmasdan o’qib chiqadi…Kitobda qimirlagan har bir jonning qayg’usi,quvonchi qilish-qimish,muhabbati ga’zabi,og’zidan chiqadigan har bir so’zi rost.”.Yuqoridagi so’zlar kimga tegishli va qaysi asar haqida so’z bormoqda?

25 / 37

U Farg‘ona shahrida temiryo‘lchi oilasida dunyoga keldi. Oilada uchinchi farzand bo‘lgan ... endigina 11 yoshga to‘lganida otasi vafot etadi. 0‘n ikki yetim bolani boqib katta qilish oson ish emas edi... . balog‘at yoshiga yetguncha bolalar uyida tarbiya topadi, o‘qiydi. U Toshkentga kelib, jurnalistlar tayyorlaydigan kurslarga o'qishga kiradi, gazeta tahririyatida ishlaydi. Ushbu parchada qaysi ijodkor haqida ma’lumot berilgan?

26 / 37

G'uncha ochilguncha o‘tgan fursatni Kapalak umriga qiyos etgulik, Ba’zida bir nafas olgulik muddat Ming yulduz so‘nishi uchun у etgulik. Shunday takrorlanmas misralar o‘rin olgan «Vaqt» she’ri muallifini aniqlang.

27 / 37

"Vatan tushunchasi muayyan jug'rofiy hududnigina qamrab olmaydi, balki uning tarkibiga butun jamiyat, uning kechagi kuni, buguni va ertasi ham kiradi". Ushbu fikr kimga tegishli?

28 / 37

Qaysi shoir ko’nglida yotgan armonni ko’chib qolgan nortuyaga, quyosh tushmaydigan yerdagi erimay qolgan qiyoslab ta’riflangan?

29 / 37

Bahorsiz ham divorsiz el ichra benazarnian- Bahor, ketma menins bos'imdan. Ushbu she'r muallifini toping.

30 / 37

«Geyne bilan o'rtoq tutindim, Lermontovdan ko'mak o'tindim», - deya yozgan ijodkor kim?

31 / 37

Hayot sharobidan bir qultum yutay, Damlar g'animatdir, umr uzoq soqiy, Quyosh-ku falakda kezib yuribdi, Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy. Ushbu qadrli baytiar muallifi nomi qaysi qatorda berilgan ?

32 / 37

«Tilak», «Tong edi», «Totli damlar» singari she’riy asarlar qaysi ijodkorning qalamiga mansub?

33 / 37

Shoir «Iltijo» she’rida «Bahor, sensiz sahro-yu tog‘-u toshga jon qayda?» - der ekan, bu sahro - beminnat makon qidirib sargardon kezgan vatangado kimsalarnin tog‘-u toshlar - qilmishi qing'ir zotlarnin ramziy ifodasi ekanini ilg‘aymiz. Demak, bu zotlarning bahori yo‘q. Ular o‘z umri bahoriga mensimay qaragan, unga noshukurlik qilgan, bahorini toptagan kimsalardir. Ular hayot bahorini xazongc almashganlar.Ushbu parchada tahlili keltirilgan she’r muallifini aniqlang.

34 / 37

«Ushbu she’rda otalarimizga xos bo‘lgan jamiki fazilatlar o‘zining yorqin ifodasini topgan. Ularning samimiyligi, jonsarakligi, har doim ham oshkor qilinavermaydigan farzandga mehr-u muhabbati, kuzatuvchanligi, tantiligi, andishasi ... barcha-barchasi shu she’rda namoyon bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, bu she’rda o‘zbek otasining bo‘rtma, umumiy, hamma uchun tanish, yaxlit siymosi aks ettirilgan». Ushbu ma’lumot qaysi she’r haqida?

35 / 37

Ijodkor she’rida she’riyatdagi jonlantirish san’atidan mahorat bilan foydalanib, dunyodan o‘tib ketgan yaqin odamining sog‘inchi, xotirasini qalamga oladi. She’rda: «Mana, qimmatligim, yana bahor kelib, Seni izlab yurdi, kezdi sarsari. Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni, Ul ham yosh to‘kdi-yu, chekildi nari» kabi ta’sirchan misralar o‘rin olgan. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?

36 / 37

"Xarsang" (1984), "Gul bir yon, chaman bir yon" (1996), "Yovqochdi" (1998) kabi kitoblar muallifi kim?

37 / 37

."Odam deb o'lgan odam - doim tirik bo'ladi", "O'zini deb yashagan - o'lik" kabi gaplar qaysi asarda keltiriladi?

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0